Shirin Xabarlari | RASMIY
2.79K subscribers
23.4K photos
3.35K videos
40 files
10.5K links
Download Telegram
Shirin shahridagi sport inshootlari o‘rganildi.

Bugun Sport boshqarmai boshlig‘ining o‘rinbosari Dilshod Daniyarov Shirin shahrida bo‘lib, qurilish ishlari bo‘layotgan sport inshootlari bilan tanishdi.

Xususan, yangi universal sport zali va qo‘shimcha binolardagi qurilish jarayonlarini o‘rgandi.

Shuningdek, Sport maktabining stol tennisi bo‘limi uchun yangidan taʼmirdan chiqarilgan sport zali va u yerda sportchilarga yaratib berilgan sharoyitlarni ko‘zdan kechirdi.

🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook 🌐 Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍5🔥1
Shirin Xabarlari | RASMIY
#live Ayni damda Shirin shahar Yoshlar markazida sayyor qabul bo‘lib o‘tmoqda. 🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook 🌐 Website
Sayyor qabul: xalq bilan yuzma-yuz muloqot va amaliy natijalar

Fuqarolarni qiynayotgan muammolarga yechim izlash, ularning hayot darajasini oshirish va davlat idoralari bilan xalq o‘rtasidagi ochiq muloqotni kuchaytirish maqsadida joylarda sayyor qabullar tashkil etilmoqda.

Bugun Sirdaryo viloyati hokimining o‘rinbosari Bekzod Ismatov hamda Shirin shahar hokimi Niyoz Xazratkulov boshchiligida Shirin shahar Yoshlar markazida ommaviy sayyor qabul bo‘lib o‘tdi. Unda shahar fuqarolari, viloyat va shahar tashkilotlari rahbarlari, mas’ul mutasaddilar ishtirok etdi.

Qabul davomida fuqarolar sog‘liqni tiklash, moddiy yordam ajratish, tadbirkorlik faoliyatini boshlash, imtiyozli kredit olish, elektr ta’minoti va boshqa ijtimoiy-iqtisodiy yo‘nalishlardagi 20 ga yaqin masala yuzasidan murojaat bildirdi.

Har bir murojaat alohida ko‘rib chiqilib, muammolarning kelib chiqish sabablari joyida o‘rganildi. Aksariyat murojaatlarga qabul jarayonida yechim topildi. O‘rganish uchun muddat talab etgan muroaatlar yuzasidan tegishli tashkilotlarga masalalarni ijobiy hal etish bo‘yicha aniq topshiriqlar berildi.

Sayyor qabullar – fuqarolar dardiga bevosita quloq tutish va ularning ishonchini mustahkamlashga qaratilgan muhim amaliy tashabbusdir.

🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook 🌐 Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥2👍1
Shirin Xabarlari | RASMIY
#live Ayni damda Shirin shahar Yoshlar markazida Sirdaryo viloyati hokimining o‘rinbosari Alisher Xidirovning o‘ziga biriktirilgan yoshlar bilan uchrashuvi o‘tkazilmoqda. 🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook 🌐 Website
Viloyat hokimi o‘rinbosari Shirin shahridagi o‘ziga biriktirilgan yoshlar bilan uchrashdi

Shirin shahar Yoshlar markazida Sirdaryo viloyati hokimining qurilish, to‘siqlarsiz muhit yaratish, kommunikatsiyalar, kommunal xo‘jalik, ekologiya va ko‘kalamzorlashtirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Alisher Xidirovning yoshlar bilan uchrashuvi o‘tkazildi.

Uchrashuvda ishsiz yoshlarni tadbirkorlikka jalb qilish, bandligini ta'minlash hamda muammolarini bartaraf etish masalasida fikr almashildi. Yoshlarning har biri bilan alohida suhbat qilinib, muammo va takliflari eshitildi.

Yakunda yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash choralarini ko‘rish yuzasidan mas’ullarga topshiriqlar berdi hamda ijrosini nazoratga olindi.

🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook 🌐 Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍3