Sherobod tumani hokimligi Axborot xizmati
3.97K subscribers
53.8K photos
5.12K videos
10 files
17K links
Murojaat uchun telefon:
+998932071242
+998763221033

Rasmiy web sayt:
https://www.sherobod.uz/
Hokimga murojaat
@Sherobodpressbot
youtube:
https://www.youtube.com/channel/UCsGqfLEvOzqvYIIzz4XYn4A?view_as=subscriber;
Download Telegram
ISHCHI GURUH SHEROBODDAGI FERMER XO‘JALIKLARIDA BO‘LDI

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisi o‘rinbosari Shuhrat G‘aniyev boshchiligidagi ishchi guruh Surxondaryo viloyatining Sherobod tumanida bo‘lib, qishloq xo‘jaligida olib borilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishdi.

Ishchi guruhning birinchi manzili anor yetishtirish bilan shug‘ullanadigan “Bog‘i xayol” fermer xo‘jaligi bo‘ldi. Bu yerdan yiliga o‘rtacha 200 tonna anorni ichki bozorga yetkazib beriladi. Mevalarni saqlash uchun xo‘jalikning omborxonalari ham mavjud. Fermer xo‘jaligining chorvachilik yo‘nalishi ham bo‘lib, unda 200 bosh qoramol va 500 taga yaqin qo‘y boqiladi. Xo‘jalik mahsulotlari asosan Surxon vohasi ichki bozoriga yo‘naltirilgan. Kelajakda import va eksport quvvatini oshirish ko‘zda tutilmoqda.

Ishchi guruhning keyingi manzili “Jo‘rayev Fruts” Mas’uliyati cheklangan jamiyatidir. Uning 16 gektar maydonda tashkil etilgan issiqxonalari keskin sovuqda ekinlarni asrash uchun anʼanaviy tutatish hamda termos uslublari yordamida isitilmoqda. Hozirda issiqxonalarda pomidor, baqlajon, rukkala karamini yetishtirib, Rossiyaga eksport qilish yo‘lga qo‘yilgan. Mahsulotning qolgan qismi esa xalqimiz dasturxoniga tortiq qilinadi.

Ishchi guruh shundan so‘ng tumandagi paxta, g‘alla va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanuvchi fermer xo‘jaliklari rahbarlari bilan uchrashib, keskin sovuqda amalga oshirilishi kerak bo‘lgan agrotexnik tadbirlar bo‘yicha maslahat va tavsiyalarini berishdi. Shuningdek, dala maydonlari chetlariga tut, jiyda, uzum ko‘chatlarini ekish, ariq va zovurlarni qayta ochish, ularni soz holatga keltirish bo‘yicha topshiriqlar berildi.

#tashrif #qishloq_xojaligi #issiqxona #oziq_ovqat #eksport #import

WWWTELEGRAMFACEBOOKYOUTUBEINSTAGRAM