Bahodirjon Shermuhammadovich Shermuhammadov
9.47K subscribers
34.5K photos
4.39K videos
207 files
10.5K links
Farg'ona davlat universiteti rektorining rasmiy telegram sahifasi
Download Telegram
#Dolzarb_90_kun

🏓Iqtisodiyot fakulteti tashabbusi bilan "Mustaqillik" MFY yoshlari stol tennis sport turi bilan shug'ullanib, o'zlarida sog'lom turmush tarzini shakillantilmoqda.

👉на русском
👉in english
👍1
📌 O‘qishni ko‘chirish bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tgan talabgorlar diqqatiga!

Belgilangan to‘lovni bugun soat 17:00gacha amalga oshirish mumkin.

2025/2026-o‘quv yili uchun xorijiy va nodavlat oliy ta’lim muassasalaridan respublika davlat oliy ta’lim muassasalariga o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha my.uzbmb.uz platformasi orqali ro‘yxatdan o‘tgan talabgorlar to‘lovni bugun, 8-avgust soat 17:00 gacha amalga oshirishi lozim.

💡 Ro‘yxatdan o‘tgan barcha talabgorlardan my.uzbmb.uz platformasidagi shaxsiy kabinetlarini kuzatib borishlari so‘raladi.

❗️ Eslatma: Yangi ariza topshirish yoki mavjud arizani tahrirlash imkoniyati mavjud emas.
Forwarded from Edu.uz
Oliy ta’lim tizimida “Korrupsiyadan xoli muhit”ni ta’minlash bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar muhokama qilindi

7-avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi va Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi o‘rtasida 2025-yil 26-mart kuni imzolangan “Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar tizimida korrupsion omillarni aniqlash va bartaraf etish hamda korrupsiyadan xoli muhitni yaratish bo‘yicha Yo‘l xaritasi” ijrosi yuzasidan amalga oshirilgan ishlar taqdimoti bo‘lib o‘tdi.

Unda O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori o‘rinbosari Sherzod To‘xtaboyev va Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri o‘rinbosari Sarvarxon Buzrukxonov boshchiligidagi har ikki tashkilot mas’ullari ishtirok etdi.

Tadbirda tizimda korrupsion xavf-xatarlarni bartaraf etish, sohaga raqamli texnologiyalarni joriy etish yo‘nalishida amalga oshirilgan chora-tadbirlar muhokama qilindi. Shuningdek, kelgusidagi ustuvor vazifalar belgilab olindi.

#Taqdimot #Korrupsiyaga_qarshi_kurash #Oliy_taʼlim

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
#dolzarb_90_kunlik
#work_and_travel

🌎Tabiiy fanlar fakulteti talaba va magistrlari “Work and Travel” dasturi doirasida Germaniya Federativ Respublikasining janubiy qismida joylashgan, yirik sanoat va qishloq xo‘jaligi salohiyatiga ega bo‘lgan Würzburg shahri hamda Baden-Vyurtemberg federal yerida faoliyat olib bormoqdalar.

👉 Mazkur dastur talaba va magistrant uchun chet elda ishlash, til amaliyotini oshirish, madaniyatlararo muloqotni rivojlantirish va dunyoqarashni kengaytirish imkonini beruvchi muhim xalqaro platformalardan biridir.

👉на русском
👉in english
👍2🔥2
Forwarded from Edu.uz
Birozdan so‘ng Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilarining bandligini ta’minlash masalalari yuzasidan kengaytirilgan yig‘ilish boshlanadi.

Скоро под председательством Президента Шавката Мирзиёев начнется расширенное совещание по вопросам обеспечения занятости выпускников высших учебных заведений.

#Prezident #Yigʻilish

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
📣DIQQAT, ANONS!

"FARDU-MEDIA" taqdim etadi!🔥

💥DOLZARB 90 KUN DOIRASIDA UNIVERSITET TALABALARI UCHUN TURLI INTELLEKTUAL VA KITOBXONLIK TADBIRLARI BO'LIB O'TMOQDA

❇️Bugun Farg'ona davlat universitetining Fizika-matematika, Tabiiy fanlar va Chet tillari fakultetlarida Amaliy Kimyo, Kibersport, robototexnika, fizik amaliyot to'garaklari faoliyati o'rganildi hamda Kitobxon Yoz - 2025, Zakovat, kitobxonlik yarmarkasi va "Men sevgan asar" nomli kitobxonlik tadbirlari tashkil etildi.

➡️ Jarayonlarni biz bilan kuzating

👉на русском
👉in english
👍1🤩1
Forwarded from Edu.uz
Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida oliygohlar bitiruvchilarini ishga joylashtirish bo‘yicha kengaytirilgan yig‘ilish boshlandi.

Oxirgi 7-yilda oliy ta’limda qabul 4,5 barobar oshib, qamrov 42 foizga yetgan bo‘lsada, kadrlar tayyorlash tizimi real ehtiyojga mos emasligi qayd etildi.

Misol uchun, yiliga 20 ming avtomobil chiqarayotgan "BYD" zavodida 100 ta bo‘sh ish o‘rni bor. Shuning to‘rtdan biri – robototexnika va bo‘yoqlash, robotlarni dasturlash muhandislari.

Zavodda kadr yetishmayotgani uchun xorijdan 80 nafar mutaxassis kelib ishlamoqda. Zavod 4-5-yilda to‘liq quvvatga o‘tib, yiliga 500 ming avtomobil chiqarishni boshlasa, 4 ming nafar oliy malakali kadrlar kerak bo‘ladi.

“Bu – bitta loyiha bo‘yicha hisob-kitoblar. Yaqin 3-4-yilda ishga tushadigan 83 milliard dollarlik yirik loyihalar hisobiga sanoatni o‘zida 500 mingga yaqin kadr zarur”,

- d
edi davlatimiz rahbari.

#Prezident #Yigʻilish

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
Forwarded from Edu.uz
Qirqta oliygohga moliyaviy mustaqillik berilgani bugun o‘z samarasini bergani ta’kidlandi

Masalan, iqtisodiyot, yuridik, tibbiyot, tillar va pedagogika yo‘nalishidagi oliygohlarning yetarli mablag‘i bor. Lekin eng dolzarb bo‘lib turgan qishloq xo‘jaligi, veterinariya, muhandislik, aniq va tabiiy fanlar (STEM) yo‘nalishidagi ayrim oliygohlar daromad topishga o‘rganmayotgani, yoshlar uchun jozibador emasligi ko‘rsatib o‘tildi.

Prezidentimiz “tarmoq-korxona-oliygoh” zanjirini yo‘lga qo‘yishni jadallashtirish zarurligi qayd etdi.

Bu borada 25 ta muhandislik oliygohi hamkor korxonalarda 438 ta kafedra ochdi. Masalan, neft-gaz tarmog‘i ta’lim-ishlab chiqarish klasterlarini tashkil qildi. Buxoro texnika universiteti esa neft-gazdan tashqari yana 10 ta korxonada 20 ta kafedra filiali faoliyatini yo‘lga qo‘ydi.

Buxoro viloyatida yaqin yillarda yirik gaz-kimyo majmuasi ishga tushishi kutilmoqda. Xorijiy kompaniyalar tomonidan Ustyurtdagi yangi loyihalar bo‘yicha ishlar boshlangan.

Prezidentimiz bu quvvatlarga mutaxassislar qayerda tayyorlanadi, ilmiy izlanishlar kim tomonidan olib boriladi, degan savollarga hozirdan javob topish kerakligini ta’kidladi.

#Prezident #Yigʻilish

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
Investor ehtiyojiga mos kelgan bitiruvchilar kafolatli ishga olinadigan tizim yaratiladi

Endilikda qiymati 1 million dollardan, ishchilar soni 50 tadan yuqori loyihalar texnik-iqtisodiy asosida sohalar va yo‘nalishlar kesimida mutaxassislarga ehtiyoj ko‘rsatiladi.

Bu asosda mas’ul vazir va tarmoq rahbari oliygohlarga buyurtma joylashtirib, kadrlarni maqsadli tayyorlashni yo‘lga qo‘yadi.

Bunda rektorlar buyurtma asosida o‘qiyotgan talabalar uchun asosiy fanlardan tashqari qo‘shimcha ta’lim modullarini joriy qiladi. Ushbu modullarni o‘qigan talabalarga kredit ballari beriladi.

Talabalarning bilimi ikkinchi kursdan keyin ularni ishga olmoqchi bo‘lgan investor ishtirokida har yili baholab boriladi. Talaba diplom ishini loyihada qo‘yilgan masalalardan kelib chiqib, himoya qiladi.

Bir so‘z bilan aytganda, investor ehtiyojiga mos kelgan bitiruvchilar u tomonidan kafolatli ishga olinadigan tizim bo‘ladi.


Batafsil: https://uza.uz/posts/747281

O`zbekcha | Ўзбекча | Русская | Илм-фан | Тезкор
Forwarded from UzA | Rasmiy kanal
Bitiruvchisini yarmidan ko‘pini ishga joylagan “karera markazi”ga oliygoh jamg‘armasidan 500 million so‘m mukofot beriladi

Tahlillar ko‘rsatganidek, byurokratiya sabab xususiy sektor bo‘sh o‘rinlarni ko‘rsatishdan manfaatdor emas.

Shu bois, oliygoh bitiruvchilarini ishga joylashtirish bo‘yicha xususiy sektor uchun ma’qul keladigan tizim yaratilishi belgilandi.

Batafsil: https://uza.uz/posts/747289

📱Mobil ilova 👉 iOS | Android

O`zbekcha | Ўзбекча | Русская | Илм-фан | Тезкор
Forwarded from UzA | Rasmiy kanal
Prezidentimiz yana bir tashabbusni ilgari surdi

–Biz abituriyentlarga 5 ta oliygohni tanlash imkonini berdik. Bu – oliy ta’limda katta sakrash, desak adolatdan bo‘ladi. Buni yanada kengaytiramiz, – dedi davlatimiz rahbari.

Endilikda abituriyentlar 5 ta oliygohdan birortasiga kirolmagan bo‘lsa, lekin to‘plagan bali boshqa oliygohdagi to‘lmagan yo‘nalishga to‘g‘ri kelsa, shu oliygoh rektori ularni kontrakt asosida qabul qilishi mumkin bo‘ladi.

Bu davlat va xususiy oliygohlar o‘rtasida raqobatning rivojlanishiga xizmat qilishi ta’kidlandi.


Batafsil: https://uza.uz/posts/747304

📱Mobil ilova 👉 iOS | Android

O`zbekcha | Ўзбекча | Русская | Илм-фан | Тезкор
👍3🔥2
Forwarded from Edu.uz
Prezident hozirda band bo‘lmagan 92 ming bitiruvchini ishga joylashtirish va qo‘shimcha ish o‘rinlarini yaratish yo‘nalishlarini ko‘rsatib o‘tdi

20 ming nafar bitiruvchi magistratura va ikkinchi mutaxassislik bilan qamrab olinadi. Yana 20 ming nafar bitiruvchini 10 mingga yaqin korxonadagi staj talab qilmaydigan ish o‘rinlariga joylashtirish mumkin.

Har bir viloyatda biznes-inkubatorlar tashkil qilib, ularda tadbirkorlik startaplari, marketing, dizayn, AT xizmatlari orqali 15-20 ming bitiruvchini band qilish topshirildi.

Kimyo, energetika, geologiya, avtosanoat, metallurgiya, farmatsevtika tarmoqlarida 10 ming muhandis, texnolog, operator, standartlash, sifat nazorati, moliya, iqtisodiyot yo‘nalishi bitiruvchilarini ishga joylash imkoniyati bor.

Shuningdek, to‘qimachilik, charm, elektrotexnika, qurilish materiallari, oziq-ovqat kabi mahalliy sanoat tarmoqlarida 5-7 ming bitiruvchini doimiy ish bilan ta’minlash mumkin.

Mutasaddilarga 6 ming bitiruvchini transport, logistika, yo‘l, qurilish, kommunal sohalar bilan qamrab olish, pedagogika, tibbiyot, ijtimoiy himoya, madaniyat, san’at sohalari muassasalari va o‘quv markazlarida 10 ming bitiruvchini ishli qilish topshirildi.

Yana 30 ming bitiruvchiga biznesini yo‘lga qo‘yishga ko‘maklashiladi.

#Prezident #Yigʻilish

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
🔥1
Forwarded from Edu.uz
Umuman, yoshlar bandligini ta’minlash uchun banklarga 300 million dollar resurs ajratilgan.

Bitiruvchilarning ko‘pchiligi katta kredit olib, qaytara olmasligidan xavotir olayotgani uchun imtiyozli kredit resursining bir qismini bitiruvchini ishga olgan korxonalarga ham berish taklifi ma’qullandi.

Endi ishga olingan bitiruvchilar soniga qarab, tadbirkorlarga 5 milliard so‘mgacha 18 foizli kredit beriladi.

Masalan, 1 milliard so‘mgacha kredit olganlar kamida 1 nafar, 5 milliard so‘m olganlar esa 5 nafar bitiruvchini ishli qiladi. Imtiyozli kredit olgan korxona bitiruvchini 2-yil ichida ishdan bo‘shatsa, kredit foizi tijorat stavkasiga o‘zgaradi.

Ushbu yangi tizim nafaqat bu yilgi, balki oliygohni tugatganiga 3-yil bo‘lmagan bitiruvchilar uchun ham amal qiladi.

#Prezident #Yigʻilish

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
🔥3
#dolzarb_90_kun
#work_and_travel

⚡️Tarix fakulteti talabalari hozirda “Work and Travel” dasturi doirasida Germaniyaning tarixiy shaharlaridan biri — Vurtsburgda faoliyat yuritmoqda.

🕍U yerda u ish tajribasini oshirish bilan birga, Germaniyaning madaniyati, turmush tarzi va urf-odatlari bilan yaqindan tanishmoqda.

👉на русском
👉in english
👍5🤩2💯2😎1
#Dolzarb_90_kun
#Universitet_va_mahalla_hamkorligi
#onlayn_to'garaklar


🎓Fizika-matematika fakulteti tomonidan Farg‘ona shahridagi mahallalar yoshlari va FarDU talabalari ishtirokida “Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida “Dasturlash va sun'iy intelekt” kasbiy va fan to‘garaklari online shaklda olib borilmoqda.

👉на русском
👉in english
👍3