Bahodirjon Shermuhammadovich Shermuhammadov
9.47K subscribers
34.5K photos
4.4K videos
207 files
10.5K links
Farg'ona davlat universiteti rektorining rasmiy telegram sahifasi
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🔹Universitetimiz bo'ylab Dolzarb 90 kun loyihasi doirasida ko'plab amaliy ishlar olib borilmoqda

♻️Xususan ta'til davrida talaba-yoshlarning bo'sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida Tabiiy fanlar fakultetida Amaliy Kimyo, Fizika - matematika fakultetida kibersport, robototexnika, fizik amaliyot, Chet tillari fakultetida kitobxonlik to'garaklari faoliyati o'rganildi hamda zakovat, kitobxonlik yarmarkasi va "Men sevgan asar" nomli kitobxonlik tadbirlari bo'lib o'tdi.

⚜️Mazkur tadbirlar bugungi kun yoshlarning bo'sh vaqtlarini mazmunli o'tkazish bilan birga nazariy bilimlarni amaliyotga tadbiq etish va ma'naviy salohiyati hamda kreativ fikrlash darajasini yuksaltirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

👉на русском
👉in english
👍3🔥2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
✍️Shuhrat

Uddalasang, davrni o‘zinga qarata olasan; uddalamasang, davrga boqasan.


#xayrli_kun
👍4🔥1
Forwarded from Edu.uz
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Barcha oliygohlar tashkiliy va akademik jihatdan mustaqil bo‘ladi.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍2🔥1
#Dolzarb_90_kun
#universitet_ kasbiy_ko‘nikmalar_markazi_hamkorlik


 🔰Pedagogika-psixologiya va san'atshunoslik fakulteti tomonidan yoshlarning bo'sh vaqtlarini mazmunli o'tkazish, ularni foydali kasbga yo'naltirish maqsadida Farg‘ona shahri "Kasbiy ko‘nikmalar markazi" bilan hamkorlikda kompyuter savodxonligi bo‘yicha o‘quv mashg‘ulotlari yo'lga qo'yildi hamda seminar - treninglar bo'lib o'tmoqda.

🖇Mazkur yo‘nalishda tinglovchilarda kompyuterda ishlash ko'nikmalari, sun'iy intelekt, hamda zamonaviy kompyuter programmalari, uskunalar bilan ishlash bo‘yicha nazariy va amaliy bilimlar shakllantirish ko'zda tutilgan.

Darslar malakali mutaxassislar tomonidan olib borilmoqda. O‘quv kurs yakunida tinglovchilar sertifikatga ega bo‘lib, ushbu sohada mehnat faoliyatini boshlash imkoniyatiga ega bo‘ladilar.

👉на русском
👉in english
👍2
“Toza likopcha” loyihasi amalda

#dolzarb_90_kunlik

🔹Universitetning Tarix fakulteti tomonidan "Milliy tiklanish" partiyasi bilan hamkorlikda Farg‘ona shahar “Shodiyona” MFYda “Toza likopcha” loyihasi doirasida aholi o'rtasida muloqotlar tashkil etildi.

➡️Unda fakultet professor-o'qituvchilari tomonidan to‘y va boshqa marosimlarni tartibga solish, isrofgarchilikni oldini olish, sog‘lom ovqatlanishni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha tushuntirishlar hamda targ‘ibot ishlari olib borildi.

"Toza likopcha" aksiyasi oziq-ovqat chiqindilarini kamaytirish muhimligini targ‘ib qilishga qaratilgan tashabbusdir. Bunday aksiyalar turli mamlakatlarda o‘tkaziladi va ularning maqsadi oziq-ovqatlarni isrof qilmaslik, iste’mol odatlarini o‘zgartirish hamda oziq-ovqat tanqisligi muammosiga e’tiborni jalb qilishdan iborat.

👉на русском
👉in english
👍3
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Ogohlik

❗️ Ayrim mobil ilovalar orqali shaxsiy ma’lumotlar o‘g‘irlanayotgani aniqlanmoqda

Kiberxavfsizlik mutaxassislarining ta’kidlashicha, foydalanuvchilarning telefonlariga o‘rnatilgan ba’zi mobil ilovalar shaxsiy ma’lumotlarga noqonuniy tarzda kirish holatlari qayd etilmoqda.

Bunday ilova va servislar foydalanuvchining ruxsatisiz kontaktlar, fotosuratlar, geolokatsiya ma’lumotlari hamda hatto mikrofon yoki kameraga ulanganlik kabi axborotlarni yig‘ishi mumkin.

Mutaxassislar fuqarolarga faqat rasmiy manbalardan yuklab olingan, ishonchli va reytingga ega ilovalardan foydalanishni, shuningdek, ilovalar so‘rayotgan ruxsatlarni diqqat bilan ko‘rib chiqishni tavsiya etmoqda.

▶️ Batafsil videoda
👍3
#targ'ibot
#dolzarb_90_kunlik


🔹Ingliz tili va adabiyoti fakulteti professor - o‘qituvchilari Qirg'isiztonning Batkent davlat universitetida targ'ibot ishlarini olib bormoqdalar.

➡️Bunda FDU da o'qish istagini bildirdilar bir qator talabalarga universitetdagi yo'nalishlar, shart-sharoitlar, yoshlarga berilayotgan imkoniyatlar haqida batafsil ma'lumot bermoqdalar.

👉на русском
👉in english
👍2🔥1
Islomxo‘ja: taraqqiyparvarlik g‘oyalari uchun hayoti ayanchli yakun topgan vazir

Vatanimiz tarixidagi 8 avgust sanasi bilan bog‘liq ayrim voqealar bayoni.

Batafsil: https://uza.uz/posts/747512

📱Mobil ilova 👉 iOS | Android

O`zbekcha | Ўзбекча | Русская | Илм-фан | Тезкор
👍1🔥1
#Dolzarb_90_kun
#kitobxon_yoz

🔰Farg'ona davlat universiteti, Filologiya fakulteti rus tili metodikasi kafedrasi professor - o'qituvchilari boshchiligida Oq-ariq mahallasi faollari va yoshlari Farg'ona viloyati axborot-resurs markaziga tashrif buyurishdi.

🖇Yoshlar axborot-resurs markaziga a'zo bo'ldilar va o'zlari yoqtirgan kitoblarni mutolaa qilib, qiziqtirgan savollarga javob topdilar.

👉на русском
👉in english
👍2🔥2
❗️Abituriyentlar uchun xushxabar

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida oliy taʼlim muassasalari bitiruvchilarining bandligini taʼminlash masalalari yuzasidan kengaytirilgan yigʻilish ma'lum qilinishicha:

Endilikda abituriyentlar 5 ta oliygohdan birortasiga kirolmagan boʻlsa, lekin toʻplagan balli boshqa oliygohdagi toʻlmagan yoʻnalishga toʻgʻri kelsa, shu oliygoh rektori ularni kontrakt asosida qabul qilishi mumkin boʻladi.

Prezident ushbu jarayon davlat va xususiy oliygohlar oʻrtasida raqobatning rivojlanishiga xizmat qilishini taʼkidladi.

Bundan tashqari, rektorlarga “super” kontrakt summasini tabaqalashgan holda belgilash vakolati beriladi.
🔥4😍3
#dolzarb_90_kunlik
#toʻgarak

♻️ Iqtisodiyot fakulteti tashabbusi bilan "Shakarqishloq" MFY da istiqomat qilayotgan yoshlar ishtirokida “Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida ”Sport musobaqalari" oʻtkazildi.

👉на русском
👉in english
👍2