Shayxontohur Sardorlar Kengashi🇺🇿
159 subscribers
412 photos
41 videos
75 links
🇺🇿 Toshkent shahar Shayxontohur tuman Sardorlar Kengashining rasmiy kanali
Download Telegram
🏆Shayxontohur tuman 186-sonli umumiy o'rta talim maktabida "Ma'naviyat kuni" doirasida 9-10 sinflar o'rtasida Zakovat intelektual o'yini bo'lib o'tdi.
↗️Qizg'in davom etgan savol-javoblarda 10-V sinf o'quvchilari 1-o'rinni olib, tuman bosqichiga qatnashish imkoniyatini qo'lga kiritdi.

😎https://t.iss.one/MAKTABILMDARGOHI
Bolalar FUTBOL musobaqasiga tayyormisiz?

O‘zbekiston bolalar tashkiloti Toshkent shahar “Bolalar Harakati” sardorlari tomonidan futbol musobaqasi tashkil etiladi.

🔥Musobaqa 14-16 yosh toifasida o‘tkaziladi.

⚽️ Jamoa tarkibida; 7 nafar o‘yinchi, 1 nafar darvozabon, 1 nafar zaxira o‘yinchisi. Umumiy 9 nafar ishtirokchi ishtirok etishi mumkin bo‘ladi.

📝Musobaqada ishtirok etish uchun bizga @Zzzzzz0019 murojaat qiling.

🔎t.iss.one/bolalar_tashkiloti_toshkent
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
O‘zbekiston bolalar tashkiloti Boshqaruv Kengashi hamda Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti o‘rtasida tashkil etilgan hamkorlik uchrashuvi yuzasidan tayyorlangan videorolik.

📱 Telegram 🔹Instagram 📱 Facebook  📱  YouTube  📱 LinkedIn
👍1
🏆 Eng kuchli, eng tashabbuskor, eng kreativ bolalar davrasiga marhamat!

⭐️ Joriy yilning 22-aprel, soat 11:00 da O‘zbekiston bolalar tashkiloti tashkil topgan kun munosabati bilan Toshkent shahridagi “Yoshlar ijod saroyi”da tashabbuskor va kreativ fikrlovchi, eng ilg‘or bolalar ishtirokida “Iqtidor bolalar shou” tadbiri tashkil etiladi.

🇺🇿 Shou davomida bolalar tomonidan tayyorlangan mahsulotlar ko‘rgazmasi tashkil etiladi.

🔺 Ushbu jarayonlarni jonli tomosha qilish imkoniyatiga ega bo‘ling!

🗣 Jarayonlarni biz bilan birga kuzating...

📱 Telegram 🔹Instagram 📱 Facebook  📱  YouTube  📱 LinkedIn
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🌟Shayxontohur tumani 115-maktabda shaxmatga bo‘lgan qiziqishni oshirish va o‘quvchilarning mantiqiy fikrlash qobiliyatini rivojlantirish maqsadida shaxmat o‘yiniga sharoit yaratildi. Endi tanaffus paytida bolalar bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazib, aqliy salohiyatlarini oshirish imkoniga ega bo‘lishdi.🌟
Tashkilotchilar: 115-maktab rahbariyati va sport va salomatlik sardori.
🔥1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
"Vatan yuragimda" — 34-maktabda 9-may Xotira va qadrlash kuniga bag‘ishlangan bellashuv
2025-yil 9-may kuni Shayxontohur tumanidagi 34-sonli umumta’lim maktabida “Xotira va qadrlash kuni” munosabati bilan 3-sinf o‘quvchilari o‘rtasida “Vatan yuragimda” shiori ostida ma’naviy-ma’rifiy bellashuv bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda kichik yoshdagi o‘quvchilar Vatanga bo‘lgan muhabbat, tinchlik va osoyishtalikning qadriga yetish mavzularida she’rlar, sahna ko‘rinishlari, qo‘shiqlar ,raqslar ,rassomchilik san'ati va shaxmat musobaqalari orqali o‘z iste’dodlarini namoyish etdilar. Bellashuv davomida har bir sinf jamoasi Vatan tarixiga oid bilimlari, ijodiy chiqishlari va jamoaviy ruhda ishtirok etish qobiliyatlari bo‘yicha baholandi.
Tadbirning asosiy maqsadi — yosh avlod qalbida milliy g‘urur, tarixiy xotira va qahramonlarimizga bo‘lgan hurmatni yanada mustahkamlashdan iborat bo‘ldi. Tadbir yakunida faol ishtirok etgan sinflarga maktab ma’muriyati tomonidan esdalik sovg‘alari topshirildi.
🔥2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
9-may — Xotira va Qadrlash kuni. Bu sana — tariximizning eng og‘ir, ammo eng sharafli sahifalaridan я biridir. Yurtimiz ozodligi, osmonimiz musaffoligi uchun jonini fido qilgan ajdodlarimizni yod etish, ularning mangu xotirasiga hurmat bajo keltirish — har bir avlodning muqaddas burchidir.

Bugun Shayxontohur 115-maktab sardorlari ana shu burchni chuqur his etgan holda Motamsaro Ona haykali poyiga gulchambar qo‘yishdi. Bu — yurakdan chiqqan ehtirom, bu — mard ajdodlarimiz ruhiga bildirilgan chuqur ta’zimdir. Motamsaro Ona haykali yonida to‘xtagan har bir nigoh, egilgan har bir bosh — o‘z ichida minglab minnatdorchilik so‘zlarini mujassam etadi.

Ushbu ziyorat, yoshlarda Vatanga muhabbat, tarixga hurmat va tinchlikning qadriga yetish tuyg‘usini mustahkamlaydi. Zero, o‘tganlarni xotirlab, kelajak sari yurish — eng ulug‘ fazilatdir. G‘alaba ruhi, ajdodlar jasorati qalbimizda mangu yashaydi."
👏2🔥1🏆1
Forwarded from Наргиза Мадрахимова
Shayxontohur tumani 34-maktab 9-"G" sinfidan maktab kutubxonasiga kitoblar sovg‘a qilindi
Shayxontohur tumani 34-maktabida yoshlar o‘rtasida kitobxonlikni rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy muhitni yanada boyitish maqsadida ezgu tashabbus amalga oshirildi. Maktabning 9-"G" sinf o‘quvchilari o‘z tashabbuslari bilan maktab kutubxonasiga bir nechta badiiy va ilmiy-ommabop kitoblar sovg‘a qilishdi.Ushbu xayrli ish maktab kutubxonasidagi kitoblar fondini boyitib, o‘quvchilar uchun qo‘shimcha bilim manbaiga aylandi.
"Kitob – bilim va ma’rifat manbai. O‘quvchilarimizning ushbu tashabbusi nafaqat kutubxonamizni boyitdi, balki boshqa o‘quvchilarga ham o‘rnak bo‘ldi," — dedi maktab kutubxonachisi.
O‘quvchilar tomonidan sovg‘a qilingan kitoblar orasida adabiy asarlar, tarixiy kitoblar va zamonaviy ilmiy-ommabop nashrlar mavjud bo‘lib, ular maktab kutubxonasi javonlaridan munosib o‘rin oldi. Mazkur tashabbus 34-maktab jamoasi va o‘quvchilari tomonidan yuqori baholanib, bunday ezgu ishlarga davom etilishi ta’kidlandi.
🔥2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
"Diqqat! Diqqat! Shayxontohur tumani 115-maktabda shaxmat bo‘yicha musobaqa e’lon qilindi!"

"Musobaqa sanasi: 17.05.2025. 12:00
"Joylashuvi: 115-maktab 1-qavat
"Ishtirokchilar: 1-11-sinf o‘quvchilari"
"Aql va sabr bellashuvida ishtirok eting! G‘oliblarga qimmatbaho sovg‘alar va faxriy yorliqlar topshiriladi."
"Shoshiling, joylar chegaralangan! Ro‘yxatdan o‘ting va o‘z iqtidoringizni namoyish eting!"
Tashkilotchilar: sport sardori
1🔥1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🌟Shayxontohur tumani 115-maktabida joriy yilning 17-may kunida shaxmat musobaqasi yuqori saviyada, intellektual ruhda o‘tdi. Qizlar va o‘g‘il bolalar alohida guruhlarda bellashib, har bir yurishda o‘z bilim va mantiqiy fikrlashini namoyon qilishdi.

Musobaqaning har bir bosqichi murosasiz va qiziqarli o‘tdi. Ayniqsa, 1-o‘rin uchun bahslar hayajonli kechdi. O‘g‘il bolalar orasida g‘olib raqiblarini puxta strategiya, aniq hisob-kitob va qat’iyat bilan ortda qoldirdi. Yakuniy partiyada esa matni kuchli kombinatsiya orqali qo‘ydi.

Qizlar orasida esa g‘oliba shaxmatchi bosim ostida xotirjamlikni saqlab, raqib yurishlarini oldindan his qilib harakat qildi va yakunda hal qiluvchi yurish bilan g‘alabaga erishdi.

🥇1-o‘rin egalari:
TURAPOV ZAFAR– o‘g‘il bolalar orasida
GAPPAROVA EZOZA – qizlar orasida

⚡️Ushbu musobaqa barcha ishtirokchilarga unutilmas taassurotlar ulashdi.

💐 Hamma ishtirokchilarga minnatdorchilik bildiramiz💐
Tashkilotchilar: sport sardori hamda 115-maktab rahbariyati
👏21🔥1🎉1
Shayxontohur tumani 115-maktabida o'tkazilgan shaxmat musobaqasining tantanali taqdirlash marosimi bo'lib o'tdi. G'oliblar va faol ishtirokchilar diplomlar va esdalik sovg'alari bilan taqdirlandi. Rasmda g'oliblar faxr bilan mukofotlarini ushlab turishibdi — ularning yuzidagi quvonch va g'urur barchaga namuna bo'la oladi.
🔥3👍1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Shayxontohur tumani 115-maktabida “Yozni maroqli o‘tkazaman” nomli qiziqarli chellenj tashkil etildi.
Bu chellenj davomida o‘quvchilar o‘z orzu-umidlari, rejalarini, yozni mazmunli va foydali o‘tkazish istagini video orqali namoyish qilishdi. Har bir ishtirokchi o‘z g‘oyasini o‘ziga xos tarzda ifoda etdi: kimdir sport bilan shug‘ullanishni, yangi bilimlarni o‘rganishni maqsad qilganini aytdi.

Videoda bolalar orzulariga yetishish uchun doimo harakatda bo‘lishlari, bilim olishdan to‘xtamasliklari, yozni ham foydali o‘tkazish kerakligini ta’kidladilar. Har bir kadrda ilhom, harakat va kelajak sari intilish aks etdi.
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Maqsadimiz aniq! Harakatdan tõxtamaymiz!!!

115 maktab matbuot xizmati👇👇👇
https://t.iss.one/+U49VsUz5Wa9fZVQt
🔥31👍1