Shayxontohur TIM matbuot xizmati
1.36K subscribers
5.45K photos
1.24K videos
58 files
1.9K links
Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Shayxontohur ixtisoslashtirilgan maktabi.

👉https://t.iss.one/shayxontohur_IM_uz

👉https://www.facebook.com/groups/shayxontohur.im.uz

👉https://youtube.com/@Shayxontohur_im_uz?si=tsEDDc_iMzhwVTEA
Download Telegram
Harvard, Yale va Stanford kabi dunyoning top-100 universitetlarida o‘qishni xohlaysizmi?

⚡️ “Prezident iqtidorli farzandlari” Milliy dasturiga qabul boshlandi!

💥Ushbu dastur O‘zbekistonning eng iqtidorli 1500 nafar o‘quvchsi uchun — 2 yil davomida top-100 oliygohlarga bepul tayyorgarlikni o'z ichiga oladi.

Mazkur dastur orqali siz:
🔹 xalqaro testlar (SAT, IELTS),
🔹 olimpiadalar,
🔹 grantlar,
🔹 eng nufuzli universitetlar yo‘lida professional tayyorgarlikdan o‘tishingiz mumkin.

📚 Kimlar ishtirok eta oladi?
9-sinfni tamomlab, 10-sinfga o'tgan iqtidorli o‘quvchilar.

📆 Arizalar 31-iyulgacha onlayn tarzda qabul qilinadi:
👉 ariza.piima.uz
👉 my.gov.uz

📚 Saralash quyidagilardan iborat:
1️⃣ Matematika va ingliz tilidan 40 tadan test - 80 ballgacha
2️⃣ Nomzodning fan olimpiadalaridagi natijalari - 20 ballgacha

📞 Savollar bo‘yicha:
🤖 @Piftuzbot
☎️ Call-markaz: 1206 yoki +998 78 1137789

🎯 O‘z imkoniyatingizni boy bermang!

🔁 English

#Prezident #milliydastur

Bizga qo'shiling
Telegram | Instagram | Facebook
👍2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
"Президент иқтидорли фарзандлари" миллий дастури бошланади ва "Гарвардчилар мактаби" очилади.

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
👍4
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
“Prezident iqtidorli farzandlari” Milliy dasturiga ariza topshirish bo'yicha video yo'riqnoma

Milliy dasturga ariza.piima.uz sayti orqali ariza topshirish bo‘yicha video-yo'riqnoma taqdim etilmoqda.

💥Dunyoning nufuzli oliygohlarida talaba bo'lishni maqsad qilgan yoshlarimizni Milliy dasturda kutib qolamiz.

🔁 English

#milliydastur #qabul2025

Bizga qo'shiling
Telegram | Instagram | Facebook
NOMZODLAR DIQQATIGA!❗️❗️❗️

📅 Ertaga bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan saralash imtihoni soat 8:00da boshlanadi.

🕡 Ishtirokchilar imtihon joyiga 06:30 da yetib kelishlari so‘raladi.

🆔 Imtihonga tug‘ilganlik haqidagi guvohnomaning asli va imtihon ruxsatnomasi bilan kelishingiz lozim.

💻 Imtihon ruxsatnomasini ariza.piima.uz saytidagi shaxsiy kabinetingizdan yuklab olishingizni so‘raymiz.

📞 Agarda, imtihon ruxsatnomasini yuklab olishda muammoga duch kelsangiz, 1206 qisqa raqamiga qo‘ng‘iroq qiling, yoki ertaga test joyidagi mas’ullardan ruxsatnomani chiqarib berishini SO‘RANG! (Yoningizda tug‘ilganlik haqidagi guvohnoma
bo‘lishi shart).

Al-Beruniy nomidagi xalqaro maktab-internati jamoasi Sizlarga ertangi birinchi-saralash bosqichi imtihonida muvaffaqiyatli ishtirok etishingizni tilaydi.

🎯 Imkoniyat eshiklarini ochish o‘z qo‘lingizda!

🔑 O‘z bilim va salohiyatingizni namoyon qiling, orzuyingizdagi ta’lim sari BIRINCHI QADAMNI TASHLANG!

🎓KELAJAK SIZDAN BOSHLANADI!

@alberuniyuzb
5
Biz bilan dunyoning top-100 universitetlari talabasi bo'ling!

⚡️ “Prezident iqtidorli farzandlari” Milliy dasturiga qabul davom etmoqda. Milliy dastur ishtirokchilariga tajribali mentorlar tomonidan maxsus platforma orqali dunyoning top-100 universitetlariga kirish bo'yicha darslar o'tib boriladi.

💥 Dasturga a'zo bo'lish va mentorlar darslarida qatnashish mutlaqo bepul bo'lib, unga 1500 nafar o'quvchi yoshlar qabul qilinadi.

Milliy dasturda olgan bilim va tajribangiz bilan siz dunyoning nufuzli oliygohlaridan 100% gacha grant yutib olishingizga ishonamiz.

Shuni ta'kidlash lozimki, top-100 oliygohlarga minimum 50% grant asosida qabul qilingan yoshlarning o'qish xarajatlari ajratilgan kvota doirasida qoplab beriladi.

📆 Arizalar 31-iyulgacha ariza.piima.uz va my.gov.uz saytlari orqali qabul qilinadi.

🤩 Ushbu xabarni 9-sinfni bitirib, 10-sinfga o'tayotgan tanishlaringizga yuborib qo'yishni unutmang.

🔁 English

#milliydastur #qabul2025

Bizga qo'shiling
Telegram | Instagram | Facebook | Aloqa-bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1
Forwarded from Korean Education Center
‼️ Koreyada kasb-hunar bo'yicha maktabni davom ettirish uchun ajoyib imkoniyat ‼️

📕 Kimlar uchun:
- 9 yoki 10-sinfni bitirganlar

📗 Hujjat topshirish muddati:
- 14-iyuldan 18-iyulgacha

📘 Talablar:
- 9 yoki 10-sinfni bitirgan bo'lishi;
- Koreys tilidan kamida TOPIK 2 sertifikatga ega bo'lishi;
-2008-yil 1-iyuldan keyin tug'ilgan bo'lishi.

📒 Topshiriladigan hujjatlar ro'yxati:
1) Ariza shakli(1-shakl)
2) O'zini tanishtirish xati(2-shakl)
3) O'qish rejasi(3-shakl)
4) Maktab direktoridan tavsiyanoma(4-shakl)
5) Rozilik xati(5-shakl)
6) Shaxsiy tibbiy baholash(6-shakl)
va yo'riqnomada ko'rsatilgan boshqa hujjatlar

*Eslatma:
- Barcha shakllar koreys yoki ingliz tilida to'ldirilishi hamda barcha hujjatlar ingliz(koreys) tiliga notarial tarjima qilingan bo'lishi lozim.

📓 Hujjat topshirish ko'rinishi va manzili:
- Yuqoridagi barcha hujjatlar bitta pdf shaklga keltirilib [email protected] elektron pochtasiga yuboriladi.

📔 Qo'shimcha murojaat uchun:
+998-71-291-8182(ichki raqam 118)
2👍1🔥1
Yangi lavozim, yuksak ishonch muborak!

Davlatimiz rahbarining tegishli Farmoni bilan Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Umarova Hilola O‘ktamovna Prezident Administratsiyasi rahbarining ta’limni isloh qilish bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.

Endilikda Hilola O‘ktamovna nafaqat maktabgacha va maktab ta’limidagi islohotlarda faoliyat olib boradi, balki yangi O‘zbekistonda hurmatli Prezidentimiz boshchiligidagi keng qamrovli ta’lim tizimidagi o‘zgarishlarda mas’ul sifatida ishtirok etadi.

Aytish mumkinki, keyingi yillarda yurtimizda “maktabgacha-maktab-oliy ta’lim-malaka oshirish” yagona tizimi vujudga keldi.

Shuningdek:

tizimni korrupsiyasiz sohaga aylantirishga doir ishlar jadal davom ettirildi hamda pedagoglarni attestatsiyadan o‘tkazish, maktabga qabul, turli ta’lim xizmatlari to‘liq raqamlashtirildi;

vazirlik tizimida Fan olimpiadalari markazi, Al-Xorazmiy universiteti, Al-Beruniy nomidagi maktab-internati, Bahodir Jalolov va Oksana Chusovitina nomidagi sport maktablari kabi qator ta’lim maskanlari, “Renessans” bolalar oromgohi faoliyati yo‘lga qo‘yildi;

yangi summativ va formativ baholash tizimi bosqichma-bosqich umumta’lim maktablariga joriy etila boshlandi;

umumta’lim maktablari direktorligiga nomzodlarni menejerlik kurslariga o‘qitish va ularni Direktorlar kengashi orqali tayinlash tizimi yo‘lga qo‘yildi;

maktabgacha ta’lim bilan qamrov darajasi 77 foizga, 6 yoshli bolalar qamrovi 96 foizga yetkazildi;

o‘quvchilarning xalqaro fan olimpiadalardagi yutuqlari soni keskin oshdi hamda ushbu toifadagi olimpiadalarda 2023-yilda 91 ta, 2024-yilda 128 ta, 2025-yilning o‘tgan vaqti davomida 170 ta turli darajadagi medal qo‘lga kiritildi;

o‘quvchilar o‘rtasida “Turon maktab teatri” hamda “Iqtidor maktab ansambli” respublika tanlovlari yo‘lga qo‘yildi;

yangi tashkil etilayotgan “Yil o‘qituvchisi” tanlovi g‘oliblariga uy sovg‘a qilinishi tartibi joriy etildi.

Sohaga doir bu kabi katta islohotlarni uzoq sanash mumkin. Muhimi, ular izchil davom ettiriladi.

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi jamoasi Hilola O‘ktamovnaga kelgusi faoliyatida ham ulkan muvaffaqiyatlar tilab, yuksak ishonch bilan yana bir bor qutlab qoladi!

Bizni kuzating

Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
6
📢 E’LON: Al-Beruniy nomidagi Xalqaro maktab-internatiga kirish imtihonining 2-BOSQICHI haqida

🔹 Fanlar: Matematika va Ingliz tili
🔹 Shakl: Yozma ish shaklida

Ingliz tili bo‘yicha yozma ish imtihonlari Buyuk Britaniyaning British Council tashkiloti bilan
hamkorlikda o‘tkaziladi.

🔍 British Council vakillari testlarni tuzish, imtihonni o'tkazish, javoblarni tekshirish va natijalarni e'lon qilish uchun mas'uldir:

✍️ Yozma ish quyidagi 4 qismdan iborat bo‘lib, o'quvchilarni yozish va fikrlash qobiliyati baholanadi.
(50 daqiqa):

1. Word-level writing (around 3 minutes) – Short responses to five simple messages.
2. Short text writing (around 7 minutes) – One response of
20–30 words to a basic prompt.
3. Three short responses (around 10 minutes) – Informal replies of 30–40 words each to simulated forum-style questions.
4. Formal essay (around 30 minutes) – A structured response of 220–250 words to an opinion-based question.

Test bo'yicha yo'riqnoma bilan tanishing.

@alberuniyuzb
🔥3
Milliy dastur Matematika.docx
25.7 KB
📢 Eʼlon: Prezident iqtidorli farzandlari Milliy dasturiga qabul imtihoni savollarining spetsifikatsiyasi eʼlon qilindi!

📝 Ushbu hujjatda imtihon savollari qanday manbalarga asoslanishi, savollar turlari va ularni baholash mezonlari haqida batafsil maʼlumot berilgan.

📚 Milliy dasturga tayyorgarlik ko‘rayotgan barcha nomzodlar va ularning ota-onalari ushbu spetsifikatsiya bilan tanishib chiqishlari tavsiya etiladi.

Arizalar 31-iyulgacha ariza.piima.uz va my.gov.uz saytlari orqali qabul qilinadi.

🔁 English

#milliydastur #qabul2025

Bizga qo'shiling
Telegram | Instagram | Facebook | Aloqa-bot
#Диққат_эълон

📣 HURMATLI BITIRUVCHILAR!

✈️ Siz JANUBIY KOREYAdagi kasb-hunar maktablarida o'qishni davom ettirishni istaysizmi? Unda ushbu imkoniyat aynan siz uchun!

Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi hamda O‘zbekistondagi Koreya Ta'lim markazi bilan hamkorlikda umumta’lim maktablarining 9- yoki 10-sinflarini bitirgan o‘quvchilari uchun 2026-yilda:


📍Aviatsiya muhandisligi maktabi;
📍Kumoh texnika yuqori sinf maktabi;
📍Chungnam Internet o‘rta maktabi;
📍Chonnam kelajak Xalqaro o‘rta maktabida o‘qish imkoniyati yaratildi.

Mazkur dasturda ishtirok etmoqchi bo‘lgan nomzodlar:


9- yoki 10-sinfni bitirgan bo‘lishi;
Koreys tilidan kamida TOPIK 2 sertifikatga ega bo‘lishi;
2008-yil 1-iyuldan keyin tug'ilgan bo‘lishi lozim.

Bunda quyidagi hujjatlar talab etiladi:


Ariza shakli;
O‘zini tanishtirish xati;
O‘qish rejasi;
Maktab direktoridan tavsiyanoma;
Rozilik xati;
Shaxsiy tibbiy baholash va yo‘riqnomada ko‘rsatilgan boshqa hujjatlar.

Barcha hujjatlar bitta pdf shaklga keltirilib, 16-iyuldan 18-iyulga qadar [email protected] manziliga yuborilishi lozim.

ESLATMA


❗️Barcha hujjatlar koreys yoki ingliz tilida to‘ldirilishi hamda ingliz (koreys) tiliga notarial tarjima qilinishi talab etiladi.

📞 Murojaat uchun: +998 71 291 81 82 (ichki raqam 118)

Bizni kuzating:

Telegram                   🌐 Facebook
🌐 Youtube                     🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt                     😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
3
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Kitobimizni qanday olish kerakligini bilmayotganlar uchun video tayyorladik.

To`liq ko`rib kitoblarimizdan buyurtma berib foydalansangiz bo`ladi.

Qandaydir xatolik bo`lsa @ceo97 profilimga tashlang to`g`rilaymiz.
1-2 kunlik xatolar to`g`rilandi.

Shaxsiy profilimga yozganlarga 1-2 kun ichida javob beraman.

Bot linki:
➡️ @Kelajakmediklari_bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2
📢 1-BOSQICH IMTIHON NATIJALARI E’LON QILINADI!

📅 2025-yil 12-iyul kuni o‘tkazilgan Al-Beruniy nomidagi xalqaro maktab-internatiga 1-bosqich saralash imtihon natijalari e’lon qilinadi.

📌 Natijalar bilan
shu yerda tanishishingiz mumkin.

1-bosqichda eng yuqori ball to‘plagan 300 nafar nomzodlar 2-bosqich imtihoniga tavsiya etiladi.
🎯 2-bosqich natijalariga ko'ra 60 nafar eng yuqori ball to‘plagan o‘quvchilar maktabga o‘qishga qabul qilinadi.

🧠 Haqiqiy bilim — insonni yuksaklik sari yetaklaydi. Siz ilk bosqichni bosib o‘tdingiz — bu sizda kuch, iqtidor va salohiyat borligidan dalolat beradi!

💬 Hurmatli ishtirokchilar!
Agar bu galgi imtihondan o‘taolmagan bo‘lsangiz, yo‘l hali tugamadi, balki yangi yo'lning boshlanishidir. Harakat qilishdan to‘xtamang!

📍 Al-Beruniy nomidagi xalqaro maktab-internati — intellektual taraqqiyot va yuksak orzular sari yo‘l boshlovchi maskandir!

@alberuniyuzb

#AlBeruniyMaktabi #ImtihonNatijalari #Qabul2025 #KelajakSari #IlmYo‘li
👏Tabriklaymiz!

🏆 Toshkent shahrining Shayxontohur tumanidagi ixtisoslashtirilgan maktabining 7-sinf o‘quvchisi Zuxra Toshmurodova yosh bo‘lishiga qaramay ajoyib yutuqqa erishdi.

🔝 Zuxra Xitoy tilini bilish bo‘yicha xalqaro HSK-3 imtihonidan 258 ball to‘plab, o‘z bilim va salohiyatini butun dunyoga namoyon etdi.

🇺🇿 Mazkur yutuq nafaqat Zuxraning tinimsiz mehnati, intilishi va bilimga bo‘lgan qiziqishi, balki mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ta’lim sohasidagi tub islohotlar, keng imkoniyatlar, shuningdek, Prezidentimiz rahbarligida yoshlarga qaratilayotgan e’tibor va g‘amxo‘rlikning amaldagi yorqin samarasidir.

Ma’lumot uchun:
HSK (Hanyu Shuiping Kaoshi) — bu Xitoy tilini bilish darajasini aniqlovchi xalqaro test bo‘lib, asosan standart xitoy tilini o‘rganayotgan chet elliklar va xitoy tili ona tili bo‘lmaganlar uchun mo‘ljallangan.

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook  📱 YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👏299👍7🔥6
#ishga_taklif

🔔 HURMATLI ZAMONAVIY INNOVATOR O‘QITUVCHILAR!

📚 Siz ham kelajak avlod tarbiyasida o‘zingizning innovatsion yondashuvingiz bilan yetakchi bo‘lishni istaysizmi?

🔍Unda siz bilan kelajak ta’limini birga quramiz!

🤩 Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimdagi ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlarga fidoyi, ijodkor va zamonaviy fikrlovchi pedagoglarni ishga taklif etadi!

📆 Hujjatlar qabuli 1-iyuldan boshlanadi
🌐 Platforma: job.piima.uz

📝 Bizni tanlashingiz uchun 3 ta asos:

🎓Kasbiy o‘sish uchun cheksiz imkoniyatlar – xalqaro tajriba almashinuvi, innovatsion metodikalar, mentorlik va doimiy malaka oshirish kurslari;

🌍 Xalqaro miqyosda rivojlanish – IELTS, CEFR, SAT kabi sertifikatlarni olish va xorijiy mutaxassislar bilan ishlash imkoniyati;

📖 Ta’limda yangi davrga qadam – ilg‘or STEM, CLIL, IB, PISA dasturlari asosida darslarni tashkil etish imkoniyati.

📎Talab qilinadigan hujjatlar:

🪪 Pasport (shaxsni tasdiqlovchi hujjat);
🎓 Pedagogik yo‘nalishdagi bakalavr yoki magistr diplomi;
🧾Shaxsiy ma’lumotnoma (obyektivka);
📄IELTS / CEFR sertifikati (xorijiy til o‘qituvchilari uchun zarur, boshqa fan o‘qituvchilarida mavjud bo‘lsa).

👩‍🏫Biz qanday o‘qituvchini izlayapmiz?
🔹 Halol, faol va fidoyi;
🔹 O‘z fanini mukammal biladigan, zamonaviy metodikalarni qo‘llay oladigan;
🔹 Zamonaviy texnologiyalardan foydalana oladigan;
🔹 Yangi avlod bilan ishlashda yondashuvi zamonga mos, ochiq fikrli pedagog.

🗣Kelajak avlod tarbiyasida sizning o‘rningiz bor!
🌟 Endi sizning navbatingiz – zamonaviy o‘qituvchilikdagi yangi bosqichga qadam qo‘ying!

⚡️ Sizdek fidoyi ustozlar tanlovimizda ishtirok etishidan mamnunmiz!

❗️Qabul yangiliklarini biz bilan kuzating:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
4
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Korrupsiya haqida xabar berish — xavf emas, masʼuliyat. Sen boshla – sening ortingdan boshqalar ham ergashadi.

Korrupsiyaga duch kelsangiz quyidagi aloqa manzillariga murojaat qilishingizni so‘raymiz:
Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi: Call-markaz – 1253

telegram
Korrupsiya haqida xabar berish — xavf emas, masʼuliyat. Sen boshla – sening ortingdan boshqalar ham ergashadi.

Korrupsiyaga duch kelsangiz quyidagi aloqa manzillariga murojaat qilishingizni so‘raymiz:
Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi: Call-markaz – 1253

telegram
Korrupsiya haqida xabar berish — xavf emas, masʼuliyat. Sen boshla – sening ortingdan boshqalar ham ergashadi.

Korrupsiyaga duch kelsangiz quyidagi aloqa manzillariga murojaat qilishingizni so‘raymiz:
Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi: Call-markaz – 1253

telegram
🔥21👌1