Forwarded from Jadid.uz
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
OLMAOTADAGI TOSHBITIKLAR
Qozog‘iston milliy kutubxonasi xodimi Qanot Altinbekov Abay o‘gitlari yozilgan toshbitiklar haqida ma’lumot berdi.
Tilda, fikrda, ishda birlik!
Jadid.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Qozog‘iston milliy kutubxonasi xodimi Qanot Altinbekov Abay o‘gitlari yozilgan toshbitiklar haqida ma’lumot berdi.
📱 Videoni HD formatda YouTube kanalimizda tomosha qiling: https://youtu.be/TX3fbuheMtQ
Tilda, fikrda, ishda birlik!
Jadid.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
👍6❤1
Forwarded from Jadid.uz
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
SOʻZ VA SAHNA XURSHIDI
Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi, Oʻzbek milliy musiqali drama teatri asoschilaridan biri, shoir va dramaturg XURSHID (Shamsiddin Sharafiddinov) hayoti va ijodiga bag‘ishlanagan portret-ko‘rsatuvni tamosha qiling.
Unda taniqli jadidshunos olim Sirojiddin Ahmad, shoirning qizi Rahima Sharafidinova, Alisher Navoiy nomidagi adabiyot muzeyi katta ilmiy xodimlari – Yusuf Tursunov, Abdurasul Eshonboboyev hamda O‘zbek tili, adabiyoti va folklori instituti doktoranti Gulruxsor Sherjonovalar ijodkorning o‘ziga xos hislatlari haqida so‘z yuritgan.
📱 To‘liq videoni YouTube sahifamizda tomosha qiling: https://youtu.be/IGFVA6vbYag
Tilda, fikrda, ishda birlik!
Jadid.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥2❤1
Forwarded from Duel
Bir roʻyxat tuzdik:
Shoir-u sheʼr-u shuur!
Eh-he, bu roʻyxatga kirmagani hali qancha...
https://t.iss.one/addlist/iEzAQACZwD8zZWU6
Shoir-u sheʼr-u shuur!
Eh-he, bu roʻyxatga kirmagani hali qancha...
https://t.iss.one/addlist/iEzAQACZwD8zZWU6
Telegram
Shoirlar
Nurmuhammad invites you to add the folder “Shoirlar”, which includes 43 chats.
❤3👍2
Forwarded from She'r sehri
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Ziyo darg`alari (Abduvali Qutbiddin)
1-qism
21-aprel, 2022. "Mahalla" telekanali
Muallif: Shahriyor Shavkat
Rejissyor: Farida Zohidova
@sherSehri
1-qism
21-aprel, 2022. "Mahalla" telekanali
Muallif: Shahriyor Shavkat
Rejissyor: Farida Zohidova
@sherSehri
❤4
Forwarded from She'r sehri
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Ziyo darg`alari (Abduvali Qutbiddin)
2-qism
22-aprel, 2022. "Mahalla" telekanali
Muallif: Shahriyor Shavkat
Rejissyor: Farida Zohidova
@sherSehri
2-qism
22-aprel, 2022. "Mahalla" telekanali
Muallif: Shahriyor Shavkat
Rejissyor: Farida Zohidova
@sherSehri
❤5
Forwarded from “Yoshlik” jurnali
#olis_yaqin_ovozlar
O‘zimga
Uloqtir eng po‘rim liboslaringni,
Eng qimmat kibringni olovga tashla,
Zahmatga alishtir zeb-u zaringni,
Eng o‘tkir fikr ila nafsni tarashla!
O‘lguncha joningni qil qiyma-qiyma,
O‘zingni qiyna, sen, o‘zingni qiyna!
Zil-zambil hikmatni boshingga yukla,
To asab torlaring bo‘lguncha chayir.
Har kecha falokat ostida uxla,
Qo‘rquvning sovuqqon qo‘llarin qayir,
Qarshingda qaltirab tursin vahima,
O‘zingni qiyna, sen, o‘zingni qiyna!
Dasturxon chirpirak, bir burda qoldiq
Nonida g‘ichirlar minnat toshlari,
Qo‘yinda och go‘dak, manglayda miltiq –
Qon kechib yurganda millatdoshlaring,
Vijdonni tepkilab, ustida o‘yna,
O‘zingni qiyna, sen, o‘zingni qiyna!
Degil: “Ey haromga egilgan bo‘yin,
Hech izza qilmasmi bu savil izzat?
Boshingni baland tut, bilaman, qiyin,
Bormi shu og‘riqda ozmuncha lazzat?
Beminnat ochlikdir halol xazina”,
O‘zingni qiyna, sen, o‘zingni qiyna!
Bo‘g‘izla halovat elchisini ham,
Zig‘irday iztirob ustida ishla,
Qamchilar zarbidan chekkanda alam
Dadilroq odimla, gijingla, kishna!
Mazza qil, tovonga botganda ni(y)na –
O‘zingni qiyna, sen, o‘zingni qiyna!
Shahriyor Shavkat
📱 Telegram 📱 Instagram
📱 Veb-sayt 📱 Facebook
O‘zimga
Uloqtir eng po‘rim liboslaringni,
Eng qimmat kibringni olovga tashla,
Zahmatga alishtir zeb-u zaringni,
Eng o‘tkir fikr ila nafsni tarashla!
O‘lguncha joningni qil qiyma-qiyma,
O‘zingni qiyna, sen, o‘zingni qiyna!
Zil-zambil hikmatni boshingga yukla,
To asab torlaring bo‘lguncha chayir.
Har kecha falokat ostida uxla,
Qo‘rquvning sovuqqon qo‘llarin qayir,
Qarshingda qaltirab tursin vahima,
O‘zingni qiyna, sen, o‘zingni qiyna!
Dasturxon chirpirak, bir burda qoldiq
Nonida g‘ichirlar minnat toshlari,
Qo‘yinda och go‘dak, manglayda miltiq –
Qon kechib yurganda millatdoshlaring,
Vijdonni tepkilab, ustida o‘yna,
O‘zingni qiyna, sen, o‘zingni qiyna!
Degil: “Ey haromga egilgan bo‘yin,
Hech izza qilmasmi bu savil izzat?
Boshingni baland tut, bilaman, qiyin,
Bormi shu og‘riqda ozmuncha lazzat?
Beminnat ochlikdir halol xazina”,
O‘zingni qiyna, sen, o‘zingni qiyna!
Bo‘g‘izla halovat elchisini ham,
Zig‘irday iztirob ustida ishla,
Qamchilar zarbidan chekkanda alam
Dadilroq odimla, gijingla, kishna!
Mazza qil, tovonga botganda ni(y)na –
O‘zingni qiyna, sen, o‘zingni qiyna!
Shahriyor Shavkat
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤7🔥4
(2000 йил Узун ва Сариосиё туманларида халқаро террорчи тўдаларга қарши олиб борилган жанговар ҳаракатларда Ватан учун курашаётган сафдошларини қутқариш чоғида қаҳрамонларча ҳалок бўлган фельдшер сержант Қаҳрамон Мадолимовнинг ўчмас хотирасига бағишланади.)
КУРАШДИК –
Музаффар боболар руҳи ҳурмати,
Боболар руҳи ҳам қараб турмади!
Курашдик –
Қуролдош юраклар бирдаму бардам,
Улуғвор тоғлар ҳам беришди ёрдам!
Ошиққа айландик, ёвқур ошиққа,
Жўралар жўр бўлди таниш қўшиққа:
“Бу элнинг ҳар ўғли, қизи қаҳрамон,
Ёвлашган
қолмагай қаҳридан омон!”
Курашдик –
Фосиқу мунофиқ, сотқину суллоҳ
Қонига қоришиб қолгунча жанггоҳ!
Курашдик –
Очкўзлар кўзини очдик мил билан,
Босқинчи бошини босдик фил билан.
То қадам босмасин қадим кўшкка,
Жўралар жўр бўлди надим қўшиққа:
“Бу элнинг ҳар ўғли, қизи қаҳрамон,
Ёвлашган
қолмагай қаҳридан омон!”
Курашдик –
Ҳа-а, жангда зарурдир қон тўкиш, отиш,
Ундан-да муҳимроқ қонни тўхтатиш.
То қондан кетмасин қондан ўтган ор,
То қониб ичмасин эркимни ғаддор.
Токи қўл чўзмасин онам – мушфиққа,
Жўралар, жўр бўлинг азиз қўшиққа:
“Бу элнинг ҳар ўғли, қизи қаҳрамон,
Ёвлашган
қолмагай қаҳридан омон!”
Курашдик...
Юксакда милтирар Зуҳро мисоли,
Қаҳрамон аскарнинг мунис аёли.
Демангиз, бечора, дилпора қолди,
Ёлғизи – ёридан Ёдгора қолди.
Бехабар чиқарсиз тағин хойнаҳой,
Хирмонлар яратгай бир дона буғдой.
Пешона босаркан хушбўй бешикка,
Алласин улайди таниш қўшиққа:
“Бу элнинг ҳар ўғли, қизи қаҳрамон,
Ёвлашган
қолмагай қаҳридан омон!”
Шаҳриёр Шавкат
КУРАШДИК –
Музаффар боболар руҳи ҳурмати,
Боболар руҳи ҳам қараб турмади!
Курашдик –
Қуролдош юраклар бирдаму бардам,
Улуғвор тоғлар ҳам беришди ёрдам!
Ошиққа айландик, ёвқур ошиққа,
Жўралар жўр бўлди таниш қўшиққа:
“Бу элнинг ҳар ўғли, қизи қаҳрамон,
Ёвлашган
қолмагай қаҳридан омон!”
Курашдик –
Фосиқу мунофиқ, сотқину суллоҳ
Қонига қоришиб қолгунча жанггоҳ!
Курашдик –
Очкўзлар кўзини очдик мил билан,
Босқинчи бошини босдик фил билан.
То қадам босмасин қадим кўшкка,
Жўралар жўр бўлди надим қўшиққа:
“Бу элнинг ҳар ўғли, қизи қаҳрамон,
Ёвлашган
қолмагай қаҳридан омон!”
Курашдик –
Ҳа-а, жангда зарурдир қон тўкиш, отиш,
Ундан-да муҳимроқ қонни тўхтатиш.
То қондан кетмасин қондан ўтган ор,
То қониб ичмасин эркимни ғаддор.
Токи қўл чўзмасин онам – мушфиққа,
Жўралар, жўр бўлинг азиз қўшиққа:
“Бу элнинг ҳар ўғли, қизи қаҳрамон,
Ёвлашган
қолмагай қаҳридан омон!”
Курашдик...
Юксакда милтирар Зуҳро мисоли,
Қаҳрамон аскарнинг мунис аёли.
Демангиз, бечора, дилпора қолди,
Ёлғизи – ёридан Ёдгора қолди.
Бехабар чиқарсиз тағин хойнаҳой,
Хирмонлар яратгай бир дона буғдой.
Пешона босаркан хушбўй бешикка,
Алласин улайди таниш қўшиққа:
“Бу элнинг ҳар ўғли, қизи қаҳрамон,
Ёвлашган
қолмагай қаҳридан омон!”
Шаҳриёр Шавкат
❤13👍4🔥1
Forwarded from soʻz!
Yangi oyni Shahriyor Shavkat she’ri bilan boshlaymiz:
“Boychibor, boshla yoʻl, Zindonni koʻrsat!”
https://youtu.be/ALSOCtZYKpQ?si=FZJq_G_Wqd0V1JdJ
@soz_loyihasi
“Boychibor, boshla yoʻl, Zindonni koʻrsat!”
https://youtu.be/ALSOCtZYKpQ?si=FZJq_G_Wqd0V1JdJ
@soz_loyihasi
YouTube
“Sahifalar”. Shahriyor Shavkat she’ri
SAHIFALAR
Satrlar yastangan sariq sahifa,
Xo‘rsin-u, yarqirab Cho‘lponni ko‘rsat!
Tunning-ku borligi ayni haqiqat,
Sen kunduz atalmish yolg‘onni ko‘rsat!
"Amirim!.."
Bo’zlaydi cho‘tir Oqsaroy,
Qo‘rg‘oshin yutmagan qo‘rg‘onni ko‘rsat.
Tashnakom giyohlar…
Satrlar yastangan sariq sahifa,
Xo‘rsin-u, yarqirab Cho‘lponni ko‘rsat!
Tunning-ku borligi ayni haqiqat,
Sen kunduz atalmish yolg‘onni ko‘rsat!
"Amirim!.."
Bo’zlaydi cho‘tir Oqsaroy,
Qo‘rg‘oshin yutmagan qo‘rg‘onni ko‘rsat.
Tashnakom giyohlar…
❤5
Forwarded from Shahriyor Shavkat
Turkiy dunyoning buyuk shoirlaridan biri – Romiz Rovshan bilan yonma-yon!
❤12👍7🔥1
Forwarded from “Аkademnashr” nashriyoti
Shahriyor Shavkat va Nozima Habibullayeva “HamNafas” kitoblarini ozarboyjonlik taniqli shoir Ramiz Ravshanga sovg‘a qilishdi.
📘 @akademnashr | #izlam
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤12
Forwarded from Shahriyor Shavkat
Titroq novdalarda uyg‘onar hayot,
Sarg‘aygan qor kabi erib bitar dard.
Yashin tuyg‘ulardan chayqalasan shod,
Fevral o‘tib borar, yaqinlashar mart.
Musaffo ruhingni olqaydi qushlar,
Maysalar – hayotning shirin tillari.
Uyqungni to‘ldirar eng go‘zal tushlar,
Oyning nurlarini silar qo‘llaring.
Kunlarning chiroyi ochilib borar,
Ochilib borasan kunlarday, go‘zal.
Ikki fasl sening ko‘nglingga qarar,
Ko‘nglingni avaylab qisqarar fevral...
Uning himmati keng toki sen borsan.
Yigirma sakkiz kun tanti sayyorga
Kundan kun go‘zalsan va baxtiyorsan,
Fevral bir juft kunin sochar bahorga.
Havasim sengadur, shodlik ortmoqda,
Sarg‘aygan qor kabi erib bitar dard.
Mening yuragimdan fevral o‘tmoqda,
Sening yuragingga kirib bordi mart.
✍️Eshqobil Shukur
Sarg‘aygan qor kabi erib bitar dard.
Yashin tuyg‘ulardan chayqalasan shod,
Fevral o‘tib borar, yaqinlashar mart.
Musaffo ruhingni olqaydi qushlar,
Maysalar – hayotning shirin tillari.
Uyqungni to‘ldirar eng go‘zal tushlar,
Oyning nurlarini silar qo‘llaring.
Kunlarning chiroyi ochilib borar,
Ochilib borasan kunlarday, go‘zal.
Ikki fasl sening ko‘nglingga qarar,
Ko‘nglingni avaylab qisqarar fevral...
Uning himmati keng toki sen borsan.
Yigirma sakkiz kun tanti sayyorga
Kundan kun go‘zalsan va baxtiyorsan,
Fevral bir juft kunin sochar bahorga.
Havasim sengadur, shodlik ortmoqda,
Sarg‘aygan qor kabi erib bitar dard.
Mening yuragimdan fevral o‘tmoqda,
Sening yuragingga kirib bordi mart.
✍️Eshqobil Shukur
❤8👍3❤🔥2
Forwarded from ✍️Replika
Siz soʻzga ustasiz, gʻoyalaringiz gʻij-gʻij. Ammo ularni sotib pul topish mumkinligini bilmaysiz a?
🎯 Unda bu yangilik aynan siz uchun!
Bizning ssenariynavistlik kursimizda siz ichingizdagi qobiliyatni kasbga aylantirasiz.
Darslarimiz davomida sizga
🎬 Qisqa metrajli filmlar, telenovellalar
🎞 Badiiy film va seriallar
🎥 Kliplar
🎭 Teatr uchun pyesalar
yozishning sir-asrorlarini oʻrgatamiz.
Kurs davomiyligi 2 oy va uyda oʻtirgan holda online oʻrganishingiz mumkin.
📊 Guruhda eng yuqori natija koʻrsatgan oʻquvchilarning ssenariysi janri boʻyicha rejissyorlarga tavsiya qilinadi.
❗️Shoshiling, joylar soni cheklangan. Eng avval yozilgan 3 ta oʻquvchiga kurs narxidan 10% chegirma bor.
☎️Batafsil maʼlumot uchun quyidagi raqamlarga bogʻlaning:
+998884163005 @ScreenwriterM
👉senariyozuvchilik
🎯 Unda bu yangilik aynan siz uchun!
Bizning ssenariynavistlik kursimizda siz ichingizdagi qobiliyatni kasbga aylantirasiz.
Darslarimiz davomida sizga
🎬 Qisqa metrajli filmlar, telenovellalar
🎞 Badiiy film va seriallar
🎥 Kliplar
🎭 Teatr uchun pyesalar
yozishning sir-asrorlarini oʻrgatamiz.
Kurs davomiyligi 2 oy va uyda oʻtirgan holda online oʻrganishingiz mumkin.
📊 Guruhda eng yuqori natija koʻrsatgan oʻquvchilarning ssenariysi janri boʻyicha rejissyorlarga tavsiya qilinadi.
❗️Shoshiling, joylar soni cheklangan. Eng avval yozilgan 3 ta oʻquvchiga kurs narxidan 10% chegirma bor.
☎️Batafsil maʼlumot uchun quyidagi raqamlarga bogʻlaning:
+998884163005 @ScreenwriterM
👉senariyozuvchilik
😁2
ИСТАНБУЛ ҲАЙРАТИ
Ошиқдим
мозийнинг мунаққаш эшикларига,
Термулдим
боғлари, қизлари, мушукларига.
Чайқалдим,
кемадек чайқалдим қўшиқларига,
Иккига бўлинган ҳилолдир Истанбул,
Соҳилда тобланган аёлдир Истанбул.
Ҳар саҳар
юзини ёмғирда ювар бу шаҳар,
Сочлари
қоп-қора денгиздир,
пойида – мармар,
Бир бордоқ ҳусни бор –
ичарман,
тўймасман қиёмат қадар,
Асалга беланган паҳлава – Истанбул,
Солланар бир финжон қаҳвада Истанбул!
На гўзал –
Бешафқат нафосат салтанати бу,
На шараф –
Муҳташам жасорат шарофати бу,
Не бахтким,
Тангрининг туркийга марҳамати бу,
Диёнат аҳлига жомеъдир Истанбул,
Маърифат халқига ҳомийдир Истанбул!
Сиз уни кўрмаган бўлсангиз,
эртаклар ўқинг,
Эшитган ё кўрган бўлсангиз,
эртаклар тўқинг,
Соф шеърлар ташиган шамолин
қучоқланг, ўпинг,
Айтила-айтила
битмаган воқеа – Истанбул,
Сусамбил сўзига қофия – Истанбул.
Шаҳриёр Шавкат,
12.07.2025
Ошиқдим
мозийнинг мунаққаш эшикларига,
Термулдим
боғлари, қизлари, мушукларига.
Чайқалдим,
кемадек чайқалдим қўшиқларига,
Иккига бўлинган ҳилолдир Истанбул,
Соҳилда тобланган аёлдир Истанбул.
Ҳар саҳар
юзини ёмғирда ювар бу шаҳар,
Сочлари
қоп-қора денгиздир,
пойида – мармар,
Бир бордоқ ҳусни бор –
ичарман,
тўймасман қиёмат қадар,
Асалга беланган паҳлава – Истанбул,
Солланар бир финжон қаҳвада Истанбул!
На гўзал –
Бешафқат нафосат салтанати бу,
На шараф –
Муҳташам жасорат шарофати бу,
Не бахтким,
Тангрининг туркийга марҳамати бу,
Диёнат аҳлига жомеъдир Истанбул,
Маърифат халқига ҳомийдир Истанбул!
Сиз уни кўрмаган бўлсангиз,
эртаклар ўқинг,
Эшитган ё кўрган бўлсангиз,
эртаклар тўқинг,
Соф шеърлар ташиган шамолин
қучоқланг, ўпинг,
Айтила-айтила
битмаган воқеа – Истанбул,
Сусамбил сўзига қофия – Истанбул.
Шаҳриёр Шавкат,
12.07.2025
❤8🔥6👏4👎2