Sergeli tuman IM matbuot kanali
697 subscribers
1.98K photos
435 videos
11 files
712 links
Download Telegram
Cheklanib yashamang...

• Sizning vaqtingiz cheklangan, shuning uchun uni birovning hayoti uchun sarflamang.
• Sizni boshqalarning fikrlariga eʼtibor qaratishga majbur qiladigan dogma tuzogʻiga tushmang.
• Boshqalarning fikri shovqini sizning oʻzingizning ichki ovozingizni choʻktirishiga yoʻl qoʻymang.
• Oʻzingizning yuragingizga va sezgingizga ergashishdan qoʻrqmang. Qandaydir tarzda ular allaqachon kim boʻlishni xohlayotganingizni bilishadi. Qolganlari ikkinchi darajali.
https://t.iss.one/sergeli_IM
Oʻzbekiston belbogʻli bel olish va uch kurash assotsiatsiyasi sportning bel olish va uch kurash turi boʻyicha kattalar va yoshlar oʻrtasida Buxoro shahrida boʻlib oʻtgan Oʻzbekiston birinchiligida +72 kg vazn toifasida faxrli III oʻrinni Sergeli tuman ixtisoslashtirilgan maktabining 10-B sinf oʻquvchisi Nazarov Akromxon qoʻlga kiritdi va Eronda boʻlib oʻtadigan yoshlar oʻrtasida Jahon chempionati yoʻllanmasini qoʻlga kiritdi. Oʻquvchimizga Jahon chempionatida ham yuqori oʻrinlarni egallashiga umid bildiramiz! Olgʻa Akromxon
​​⚡️Bugun Xalq shoiri M.Yusuf tavallud topgan kun.

Muhammad Yusuf 1954 -yil 26- aprelda Andijon viloyati Marhamat tumanining Qovunchi qishlog’ida dehqon oilasida dunyoga keldi.
U o’nga yaqin she’riy to’plamlar, ko’plab qo’shiqlarning muallifi sifatida keng kitobxonlar qalbiga kirib ulgurdi. Shoirning dastlabki she’rlari “O’zbekiston adabiyoti va san’ati” gazetasida 1976 yili e’lon qilindi. So’ngra “Tanish teraklar” (1985), “Bulbulga bir gapim bor” (1987), “Iltijo” (1988), “Uyqudagi qiz” (1989), “Halima enam allalari” (1989), “Ishq kemasi” (1990), “Ko’nglimda bir yor” (1991), “Bevafo ko’p ekan” (1991), “Erka kiyik” (1992), “Yolg’onchi yor” (1994) kabi she’riy to’plamlari, saylanmalari nashr etildi.1989 yilda esa “Uyqudagi qiz” nomli she’riy to’plami uchun unga respublika Yoshlar tashkilotining mukofoti berildi. 1998= yili Muhammad Yusufga “O’zbekiston xalq shoiri” degan yuksak unvon berildi.

Shoir 2001- yilning 1- avgust kuni 47 yoshida olamdan o’tdi.

😔Mening dardim
 
Tuzalmaydi dardim mening,
Oʻlsam kerak.
Tuproq bilan ogʻa-ini
Boʻlsam kerak.
 
Oʻlim nima? Bu ham bitta
Sayr, Ona.
Oʻgʻling qaro yerga ketdi,
Xayr ona...
Uzrlar qidirishni bas qil!

— Uyquga to‘ymayapsanmi?
— Ertaroq uxla!

— Semirib ketyabsanmi?
— Sport bilan shug‘ullan!

— Kitob o‘qishga vaqting yetmayaptimi?
— Telefon ko‘rishni bas qil.

— Ishlaring chalkashib ketyaptimi?
— Ularni tartib bilan bajar!

— Biliming yetarli emasmi?
— Ko‘proq kitob o‘qi!
https://t.iss.one/sergeli_IM
Бу Эроннинг Занжон шаҳрида дўкондор Ҳожи Ҳасан шарафига ўрнатилган ёдгорлик.

Бир куни унинг дўконига кимдир киради ва велосипедини Ҳожи Ҳасанга омонат сифатида қолдириб, негадир қайтиб келмайди.

Ҳожи Ҳасан велосипедни ҳар куни эрталаб дўкон ташқарисига олиб чиқар, эгаси келмагач кечки пайт ичкарига олиб кириб қўяр эди. Бу ҳолат 45 йил давом этди, Ҳожи Ҳасан шунча пайт омонатнинг эгасини кутди.

Ҳожи Ҳасан оламдан ўтди, лекин велосипед эгаси топилмади. Унинг вафотидан кейин ҳукумат шаҳар марказида дўкондор ва велосипедга монумент ўрнатди. Одамлар уни Ваъдага вафо ёдгорлиги дейишади.
Sergeli tuman ixtisoslashtirilgan maktabining 8-B sinf oʻquvchisi Xasanov Kamronbek ,, Najot ta'lim'' markazi ,,Frontend ReactJS (Standart)'' kursini muvaffaqiyatli yakunladi va ushbu markazning sertifikati bilan taqdirlandi. Oʻquvchimizni tabriklaymiz. Kelajakda yetuk IT mutaxassisi boʻlib yetishishiga tilakdoshmiz.
Muvaffaqiyatga erishish yoʻlida koʻp narsa bizning qilayotgan ishimizga va oʻzimizga boʻlgan ishonchga bogʻliq

Oʻzingiz qilayotgan ishingizga ishonganizda, imkoniyatlar eshigining oʻzi ochiladi!
#Bizning shunday oʻquvchilarimiz bor
Sergeli tuman ixtisoslashtirilgan maktabining 8-A sinf oʻquvchisi Saylixonova Kumush IELTS sertifikatidan 6.5 ballni (B2 darajasini) qoʻlga kiritdi. Oʻquvchimizning ustozlari va ota-onasini tabriklaymiz. Kelgusida bundan-da yuqori natijalarni kutib qolamiz.
1️⃣. Otang senga tanbeh berganida u seni karih ko‘rmaydi.

2⃣. Otang senga bosim qilganida u seni o‘sishingni istaydi.

3⃣. Otangni jim turganini ko‘rganingda u seni kelajaging haqida bosh qotirayotgan bo‘ladi.

4⃣. Otang iqtisod qilgan paytda bilib qo‘y, u o‘z nafsini butunlay mahrum qilgan bo‘ladi.

5⃣. Otang hansirab qolganini ko‘rsang bilib qo‘y, u sen sababli shunday bo‘lgan.

6⃣. Otang kulgan paytida bilib qo‘y, buning ham sababchisi sensan.

7⃣. Otang qattiq qo‘l bo‘lib qolsa bilib qo‘y, sen uning ko‘rsatmalariga yurmagan bo‘lasan.

8⃣. Otang eshik xonasini qulflab olgan paytida bilib qo‘y, u yig‘layotgan bo‘ladi.

9⃣. Otangga nisbatan ovozingni balandlatsang uni tiriklayin go‘rga tiqqaningni bilib qo‘y.

1⃣0⃣ . Sen o‘zingni darbadar va sargardon holda ko‘rsang bilib qo‘y, otang sendan g‘azablangan bo‘ladi.

1⃣1⃣. Otang to‘shakka cho‘zilib olib, gapirmayotganini ko‘rsang bilib qo‘y, sen ulkan suyachiq tog‘ni yo‘qotib, bo‘shliqqa yuz tutgan bo‘lasan. U bo‘shliqni hech qanday xotira ham to‘ldira olmaydi.
DONOLAR BISOTIDAN HIKMATLAR

1. Ishonch kuchingga kuch qo‘shadi.

2. O‘ziga ishonganni yengib bo‘lmaydi.

3. Nafrat joy olgan ko‘ngilda muhabbatga o‘rin qolmaydi.

4. Yaxshini yomondan ajratolmagan odam har qadamda pand yeydi.

5. Harakat kishini maqsadga yaqinlashtiradi.

6. Dard mardni yengolmaydi.

7. Vaqtni o‘zingga bo‘ysundirmoqchimisan, bir daqiqani ham behuda o‘tkazma.

8. Daqiqa ham umrning bir zarrasi.

9. O‘ch olishga ketgan vaqt eng bema’ni vaqtdir.

10. Ko‘nglida yomonligi bo‘lmagan kishi yomonni o‘ziga yaqin tutmaydi.

11. Havas bilan hasadning orasi bir qadam.

12. Ikkilangandan tavakkal qilgan yaxshi.

13. Yaxshining qadriga yetmaganning kuni yomonga qoladi.

14. Mehnatning rohati bo‘lmasa ham samarasi bo‘ladi.

15. Qo‘lidan ish keladigan kishi ko‘chada qolmaydi.

16. Kishining qaysarligi o‘ziga qimmatga tushadi.

17. Bir so‘z bilan qolgan ko‘ngilni ming so‘z bilan olib bo‘lmaydi.

18. Mardlik tilda emas, dilda bo‘ladi.

19. Birovni ahmoq qilgan aslida o‘zining ahmoqligini ko‘rsatgan bo‘ladi.

20. Birovni ayblash o‘zini oqlashdir.
https://t.iss.one/sergeli_IM
Prezident maktablariga kirish imtihonlari uchun spetsifikatsiyalar eʼlon qilindi.


https://portal.piima.uz/page/qabul-imtihon-materiallari-spesifikatsiyasi
БЎРИ

(Абдулла Ориповнинг “Тулки фалсафаси” шеърига ўхшатма)

– Устоз, – деди бир кун Бўри Бўрига
Устозин ўтқазиб уйнинг тўрига:

– Сиз кўп бало кўрган устоз бўрисиз,
Бўрилар ичида айёр, зўрисиз,

Ёшингиз етмишга яқинлаб қолди,
Ҳаёт юзингизга ажинлар солди,

Ҳамон жонсараксиз, бир дам тинмайсиз,
Нечун эгилмайсиз, нечун синмайсиз?

Қочасиз дўсту ёр, ошно, улфатдан,
Иллат ахтарасиз ҳар бир хилқатдан?

Йўлбарс, Шер олдида ер бўлай дейсиз,
Бироқ Шер йўқ жойда Шер бўлай дейсиз.

На қопқонга тушиб, на-да тутилиб,
Қанча овчилардан қочиб қутулиб,

Ҳамон шону шуҳрат дея чопасиз,
Қачон дам оласиз, ором топасиз?

Ўттиз-қирқ йилдан сўнг ҳар қандай бўри
Яқин бўп қоларди тўридан гўри,

Сиз эса то ҳануз серғайрат, бардам,
Гўё жон бермайсиз Азроилга ҳам.

Ўрмондаги ўнлаб бўриваччалар
Сиздай бўлмоқ учун отни қамчилар.

Буларнинг сирини ўргатинг, устоз,
Кошки, биз ҳам сиздай бўлолсак мумтоз...

...Кўп гапни ёқтирмас эди сур Бўри,
Зеро, камайганди қалбининг қўри,

Шогирдига қараб хўрсинди аста,
Ўйга толиб, деди бемажол, хаста:

– Бўрини оёғи боқади, ука,
Хушомад барчага ёқади, ука,

Ҳаёт – улкан саҳна, раққос ҳаммамиз,
Рости, Тулки бўлган бизнинг момомиз...

Абдунаби ҲАМРО

https://t.iss.one/sergeli_IM
“Biz boshqa odamlar yetishtirgan oziq-ovqatlarni iste’mol qilamiz. Biz boshqa odamlar tikkan kiyimlarni kiyib yuramiz. Biz boshqa odamlar tomonidan o'ylab topilgan tillarda so'zlashamiz. O'ylashimcha, insoniyat uchun qandaydir foydali ish qiladigan vaqtimiz keldi.”

©️Stiv Jobs
#Bizning shunday oʻquvchilarimiz bor
Sergeli tuman ixtisoslashtirilgan maktabining 8-B sinf oʻquvchisi Zayniddinov Javohir chet tilini bilish darajasi toʻgʻrisida sertifikatdan B2 darajasini qoʻlga kiritdi. Oʻquvchimizning ustozlari va ota-onasini tabriklaymiz. Oʻquvchimizdan bundan-da yuqori natijalarni kutib qolamiz.
🔝Muvafaqqiyat sirlari - Savol bering!
       
Hech qachon vaqtingizni zoya ketkazuvchi narsalar eng muhim masalalar hisobiga bo’lmasligi kerak. Har kuni o’zingizga “Bu ish orqali vaqt va kuchimni eng to’g’ri yo’lga sarfladimmi?” deb savol bering. Chunki vaqtning to’g’ri taqsimoti hayotning unumli bo’lishiga sababchi bo’ladi. Shuning uchun har bir o’tayotgan daqiqa uchun e’tibotli bo’ling!
Sergeli tuman ixtisoslashtirilgan maktabining 7-B va 7-G sinf oʻquvchilari 9-may Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan Toshkent shahridagi ,,Gʻalaba bogʻi''ga hamda Shon-shuhrat muzeyiga tashrif buyurishdi