Sergeli SES / Rasmiy kanal
56 subscribers
7.1K photos
80 videos
17 files
1.05K links
SANEPIDQO'M TOSHKENT SHAHAR BOSHQRMASI SERGELI TUMAN BO'LIMI FAOLIYATI YORITILADI
Download Telegram
Mahallalarda aholi bilan sanitariya targ'ibot ishlari olib borilmoqda

♦️
Sergeli tumanining "Ziyolilar" mahalla markazi idorasida Sanepidqo‘m Sergeli tuman bo'limi mutaxassislari tomonidan yangicha mahallabay ish tizimini yuritish maqsadida aholi bilan uchrashuv tashkil qilindi.
♦️Bunda fuqarolar o'rtasida mahallani orastaligini saqlash, xonadonlarda sanitariya gigiena tartiblariga rioya qilish, sog'lom turmush tarzini yuritish, to'g'ri ovqatlanishga amal qilish, toza ichimlik suvi va sifatli oziq ovqat mahsulotlarini iste'mol qilish, yuqumli va parazitar kasalliklar, botulizm va ovqatdan zaharlanishlarni oldini olish chora tadbirlari, gripp, qizamiq, virusli gepatit kasalliklariga qarshi emlash tadbirlari ahamiyati mavzusida davra suhbati o'tkazildi.
♦️Uchrashuv so'nggida Ishtirokchilarga yuqumli kasalliklarni profilaktik chora tadbirlari to'g'risidagi targ'ibot tarqatmalari berildi.

♦️ Sanepidqo‘m Sergeli tuman bo'limi jamoatchilik bilan ishlash bo'linmasi.

https://t.iss.one/sergeliSEOvaJSB
https://www.facebook.com/profile.php?id=100078001693512
https://instagram.com/sergeli_tuman_seo_va_jsb?igshid=NGExMmI2YTkyZg==
Parazitar kasalliklar profilaktikasi olib borilmoqda.

O'zbekiston Respublikasi Sog'liqni Saqlash Vazirligining "Respublikada parazitar kasalliklarni profilaktik chora tadbirlarini takomillashtirish to'g'risida"gi 121-sonli buyrug'i ijrosini ta’minlash maqsadida o'quv ta'lim muassasalarida parazitologik nazoratlar o'tkazilib, bolalarni parazitar kasalliklarga laborator tekshiruvlardan o'tkazdilmoqda.


♦️Sanepidqo‘mita Toshkent shahar boshqarmasi Sergeli tuman bo'limi parazitologiya laboratoriyasi xodimlari tomonidan Sergeli tumanidagi 104-sonli umumta'lim maktabda 215 nafar bolalardan gelmintologik tekshiruvlar uchun laborator namunalar olinib, tahlillar o'tkazildi.
♦️Laborator tekshiruvlar natijasida 5 nafar bolalarda  enterobioz kasalligi aniqlanib, bolalarni hududiy oilaviy poliklinikalar tomonidan degelmitizatsiya davo chorasi va tibbiy kuzatuvga olish chora tadbirlari tashkil qilindi.

♦️ Sanepidqo‘mita Toshkent shahar boshqarmasi Sergeli tuman bo'limi jamoatchilik bilan ishlash bo'linmasi

https://t.iss.one/sergeliSEOvaJSB
https://www.facebook.com/profile.php?id=100078001693512
https://instagram.com/sergeli_tuman_seo_va_jsb?igshid=NGExMmI2YTkyZg==
Travmatologiya punktida rejaga asosan sanitariya epidemiologik nazorat o'tkazildi

♦️ Sergeli tuman Tibbiyot Birlashmasi qoshidagi travmatologiya punktida
SSVning 37, 200-sonli buyruqlarini ijrosi hamda 0342-17 SanQvaM talablariga rioya qilinishi bo'yicha rejaga asosan sanitariya epidemiologik nazorat o'tkazildi. Travmatologiya punktida shifoxona ichi kasalliklarini oldini olish choralari, markaziy sterilizatsiya tadbirlari, hamda sanitariya dezinfeksiya tadbirlarini samarasini aniqlash maqsadida bakteriologik tahlillar uchun surtma namunalari olindi.
♦️Nazorat davomida xayvonlardan jaroxat olganlarga tibbiy yordam ko'rsatish, qutirishga qarshi antirabik vaksina bilan emlash, zarurat bo'lganda qoqsholga qarshi anatoksin qo'llash emlash ishlarini o'tkazilishi asoslari ko'rilib, tegishli ko'rsatma va tavsiyalar berildi.

♦️Sanepidqo‘mita Toshkent shahar boshqarmasi Sergeli tuman bo'limi jamoatchilik bilan ishlash bo'linmasi

https://t.iss.one/sergeliSEOvaJSB
https://www.facebook.com/profile.php?id=100078001693512
https://instagram.com/sergeli_tuman_seo_va_jsb?igshid=NGExMmI2YTkyZg==
Ta'lim muassasalari tibbiy xodimlari va DPMlar mas'ullari bilan seminar yig'ilish o'tkazildi

♦️Sanepidqo‘mita Toshkent shahar boshqarmasi Sergeli tuman bo'limi mutaxassislari tomonidan maktab va maktabgacha ta'lim tashkilotlari tibbiy xodimlari hamda davolash profilaktika muassasalari mas'ullari bilan Sog'liqni Saqlash Vazirligining yuqumli kasalliklarni profilaktik chora tadbirlari bo'yicha amaldagi buyruqlari va sanitar gigienik me'yoriy xujjatlarini qayta o'rganish maqsadida seminar yig'ilish o'tkazildi.
♦️Yig'ilishda qizamiqqa qarshi immunoprofilaktika chora tadbirlariga alohida to'xtalib, emlash tadbirlarini yanada kuchaytirilishi bo'yicha vazifa va topshiriqlar berildi.
♦️ Shuningdek SSVning 200-sonli buyrug'i asosida ta'lim tashkilotlari pedagog va ishchi xodimlarini davriy hamda kasb kasalliklariga tibbiy ko'riklardan o'tish tartiblari bo'yicha batafsil tushuncha berib o'tildi.

♦️Sanepidqo‘mita Toshkent shahar boshqarmasi Sergeli tuman bo'limi jamoatchilik bilan ishlash bo'linmasi

https://t.iss.one/sergeliSEOvaJSB
https://www.facebook.com/profile.php?id=100078001693512
https://instagram.com/sergeli_tuman_seo_va_jsb?igshid=NGExMmI2YTkyZg==