Sanepidqo'mita Mirzo Ulug'bek tuman bo'limi
80 subscribers
2.68K photos
164 videos
2 files
199 links
Mirzo Ulug'bek tuman bo'limining eng so'nggi yangiliklaridan xabardor bo'ling.
Download Telegram
Mahallalarda ochiq suhbat jarayonlari tashkil etildi

Mahallalarda o'tkazilayotgan targ'ibot tadbirlarini amalga oshirish davomida mutaxassislar kaslliklar haqida to'liq va tushunarli tarzda aholiga foydali bo'lgan maslahatlarini berib kelishmoqda. Targ'ibot tadbilarini o'tkazilishidan asosiy maqsad esa yuqumli kasalliklarni oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlar hisoblanadi.


📌Bugun, Kamolot MFY da Sanepidqo'mita Toshkent shahar boshqarmasi Mirzo Ulug'bek tuman mutaxassislari ishtirokida emlash tadbirlarini o'z vaqtida amalga oshirish hamda yuqumli kasalliklarni oldini olish bo'yicha soha mutaxassislari tomonidan aholiga tushuntirishlar berildi.

🔸Har bir yuqumli kasalliklarga qarshi emlash tadbirlarini amalga oshirish juda muhimdir. Yuqumli kasallikning oldini olish uchun vaksina reja asosida, boshqa hollarda esa epidemik koʻrsatkichlar boʻyicha yuboriladi. Vaksinani keng qoʻllash tufayli bakterial va virusli infeksiyalarning oldini olishga muvaffaq boʻladi.

Sanepidqo'mita Toshkent shahar boshqarmasi Mirzo Ulug'bek tuman bo'limi
Navro'z dehqon bozorida o'rganish ishlari olib borildi

Bozor rastalari, supermarket va do‘konlarda sifatsiz, ishlab chiqarilgan sanasi va yaroqlilik muddati ko‘rsatilmagan oziq-ovqat mahsulotlarini uchratish mumkin. Bunday mahsulotlarni iste'mol qilish esa inson organizmida turli kasalliklarni keltirib chiqarish ehtimoli juda yuqoridir. Mutaxassisning ta’kidlashicha, har bir iste’molchi, avvalo, o‘zi iste’mol qilayotgan mahsulotning kelib chiqishini bilishi kerak.

📍Bugun Sanepidqo'mita Toshkent shahar boshqarmasi Mirzo Ulug'bek tuman bo'limi xodimlari tumanda joylashgan Navro'z dehqon bozorida ovqatdan zaharlanish ya'ni botulizm kasalligini oldini olish maqsadida o'rganish ishlari o'tkazildi.

🔸Jarayonlar vaqtida sotuvchilar maxsus kiyimlar bilan ta'minlanganligi, sanitariya-gigiyena qoidalariga amal qilinayotganligi hamda mahsulotlarning sifati bo'yicha nazorat tadbirlari o'tkazildi.

Sanepidqo'mita Toshkent shahar boshqarmasi Mirzo Ulug'bek tuman bo'limi
Oilaviy poliklinikada rejali tekshiruv ishlari olib borildi

📌Sanepidqo'mita Toshkent shahar boshqarmasi Mirzo Ulug'bek tuman bo'limi mas'ul xodimlari tomonidan tumanda joylashgan 6-sonli oilaviy poliklinikada emlash tadbirlarini samarali olib borish yuzasidan nazorat tashkil etildi.

🔸Ta'kidlash kerakki, emlash poliklinikalarda yoki emlash markazlarida maxsus tayyorlangan tibbiyot xodimi tomonidan vrach nazoratida oʻtkaziladi. Bolalarnini emlashdan avval uning gavda harorati oʻlchanadi va qanday kasalliklar bilan ogʻriganligi soʻraladi va vrach bolani sinchiklab tekshirib, uni emlash mumkin yoki mumkin emasligini aniqlaydi.

Sanepidqo'mita Toshkent shahar boshqarmasi Mirzo Ulug'bek tuman bo'limi
Gelmintoz kasalligi bo'yicha tahlillar olindi

Gelmintlar yoki gijjalar - parazit chuvalchanglar oilasining vakillari bo'lib, odatda inson organizmida yashaydi va uning normal ishlashini buzadi (gelmintoz). Hozirgi vaqtda gelmintlarning 400 ga yaqin turlari mavjud.

📌Sanepidqo'mita Toshkent shahar boshqarmasi Mirzo Ulug'bek tuman bo'limi Parazitologiya bo'linmasi xodimlari tomonidan tumandagi 113-sonli maktabgacha ta'lim tashkilotidagi tarbiyalanuvchilardan 121-sonli buyruq ijrosini ta'minlash maqsadida gelmintoz kasalligini erta aniqlash uchun perianal qirindi usuli bilan tahlillar olindi.

🔸Tahlil uchun olingan analizlar tuman bo'limidagi parazitologiya laboratoriyasiga topshirildi.

Sanepidqo'mita Toshkent shahar boshqarmasi Mirzo Ulug'bek tuman bo'limi
Oilaviy poliknikalarda seminar tashkil etildi

📌Bugun, Sanepidqo'mita Toshkent shahar boshqarmasi Mirzo Ulug'bek tuman bo'limi xodimlari tomonidan tumanda joylashgan 4 va 9-sonli oilaviy poliklinikalarda o'ta xavfli yuqumli kasalliklar va meningkook kasalligi bo'yicha seminar tashkil etildi.

🔸Seminarda tibbiyot xodimlariga o'ta xavfli yuqumli kasalliklari bo'yicha hushyorlikni, ehtiyotkorlikni pshirish hamda o'ta xavfli yuqumli kasalliklar aniqlanganida kasallik o'chog'ida epidemiyaga qarshi kurashish chora-tadbirlarini tashkillashtirish tadbirlari haqida tushunchalar berildi.

Sanepidqo'mita Toshkent shahar boshqarmasi Mirzo Ulug'bek tuman bo'limi
Sanminimum qoida va me'yorlari bo'yicha o'quv jarayonlari tashkil etildi

Sanitariya minimumi qonun bilan tartibga solinadigan profilaktika chora-tadbirlarining yagona majmui hisoblanadi. Gigiyenik tayyorgarlikdan o‘tish fuqarolarning sog‘lig‘iga ta’sir qilishi mumkin bo‘lgan muayyan kasb egalari uchun majburiydir. Sanitariya minimumi davriy tibbiy ko‘rikdan o‘tish davomida o‘qitiladi. Gigiyena va epidemiologiya fanlaridan tasdiqlangan dastur asosida har bir yo‘nalish bo‘yicha o‘tkaziladigan qisqa o‘quv kurslarida xodimlar o‘z xizmat vazifalarini bajarish jarayonida rioya qilishlari kerak bo‘lgan normalar va qoidalar o‘rgatiladi.


📌Bugun, Sanepidqo'mita Toshkent shahar boshqarmasi Mirzo Ulug'bek tuman bo'limida Bolalar va o'smirlar gigiyenasi mutaxassisi tomonidan ''Vestminster catring'' maktab va bog'cha ta'lim muassasalaridagi oshxona xodimlariga SanQvaN 0017-21-sonli qoida va me'yorlariga asosan ovqatlanishni tashkil etishning sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlari bo'yicha o'quv jarayonlari tashkil etildi.

O'quv jarayonlari davomida:

-barcha maktabgacha ta'lim tashkilotlarida ovqatlanishni tashkillashtirilishi
- mavsumiy taomnomani tuzilishiga oid talablar
-keltirilgan oziq-ovqat mahsulotlarning sifati
-ta'lim muassasalaridagi ovqatlanish xonalarini joylashtirish, texnologik jarayonlarda ishlatiladigan xom-ashyo, yarim tayyor mahsulotlarning, toza va ishlatilgan idishlarning, xodimlar va o'quvchilar oqimining bir-biriga to'qnashishining oldini olishga qaratilgan sanitariya-epidemiologik talab va me'yorlariga
muvofiq bo'lishi kerakligi yuzasidan tushunchalar berilib, o'quv jarayonlari olib borildi.

Sanepidqo'mita Toshkent shahar boshqarmasi Mirzo Ulug'bek tuman bo'limi