Sanepidqo'mita Mirzo Ulug'bek tuman bo'limi
80 subscribers
2.68K photos
164 videos
2 files
199 links
Mirzo Ulug'bek tuman bo'limining eng so'nggi yangiliklaridan xabardor bo'ling.
Download Telegram
Tadbir ishtirokchilaridan covid-19 kasalligiga tahlillar olindi

Covid-19 virusi havo-tomchi yo’li bilan yo'talish va aks urish paytida to'g'ridan-to'g'ri yuqadi. Shuningdek virus bilan ifloslangan yuzalarga tegish orqali ham yuqishi mumkin. Jumladan, COVID-19 virusi bir necha soat davomida buyumlarning sirtida o’z kuchini saqlab qoladi, biroq oddiy dezinfeksiya vositalari uni o'ldirishi mumkin.

📌Bugun Sanepidqo'mita Toshkent shahar boshqarmasi Mirzo Ulug'bek tuman bo'limi xodimlari tomonidan tuman hokimligida hayit ayyomi munosabati bilan tadbir ishtirokchilaridan covid-19 kasalligiga qarshi analizlar olish jarayonlari tashkil etildi.

🔹Jahon Sog'liqni Saqlash Tashkilotining qo‘llanmasiga ko‘ra, COVID-19 ni keltirib chiqaruvchi koronavirus teskari transkripsiyali polimeraz zanjir reaksiyasi (PZR) yo‘li bilan aniqlanishi kerak. Tavsiyalarda aytilishicha, bu – bugungi kunda virus infeksiyasini tashxislashning eng aniq va ishonchli yo‘lidir. U inson biologik materialida virus RNKsining juda kam miqdorini ham aniqlash imkonini beradi va kasallikni yashirin davridayoq aniqlanadi.

Sanepidqo'mita Toshkent shahar boshqarmasi
Mirzo Ulug'bek tuman bo'limi
Iste'molga yaroqsiz mahsulotlar savdosiga chek qo'yildi

📌Sanepidqo'mita Toshkent shahar boshqarmasi Mirzo Ulug'bek tuman bo'limi mutaxassislari tomonidan tumanda joylashgan Navro'z dehqon bozorida mahsulotlarning sifati nazoratdan o'tkazildi.

🔸Tumanimiz bozorlarida kunlik olib borilayotgan o'rganishlar davomida bozor rastalarda sotilayotgan sifatsiz mahsulotlar sotuvdan olinmoqda. Shu jumladan bugun ham profilaktik nazorat vaqtida mas'ul xodimlarimiz iste'molga yaroqsiz 49 litr janduq, 13 litr pomidor salati noma'lum sharoitda tayyorlanganligi sababli o'rnatilgan tartibda brakeraj qilindi.

🔸Mazkur holatlar yuzasidan sotuvchilar ogohlantirildi va bu kabi mahsulotlar sotmasligi yuzasidan tushuntirish ishlari berildi.

Sanepidqo'mita Toshkent shahar boshqarmasi Mirzo Ulug'bek tuman bo'limi
Shifoxonalarda seminar tashkil etildi

📌Sanepidqo'mita Toshkent shahar boshqarmasi Mirzo Ulug'bek tuman bo'limi mas'ullari tumanda joylashgan 5-sonli poliklinika va Markaziy poliklinikada qizamiq, parazitar kasalliklarni oldini olish va immunoprofilaktika chora-tadbirlarini kuchaytirish bo'yicha seminar tashkil etildi.

🔸Jumladan, mutaxassislarimiz qizamiq kasalligini kamaytirishga qaratilgan chora-tadbirlarni yanada kuchaytirish va sifatini oshirish, shuningdek emlash ishlarini o'z vaqtida o'tkazilishi to'g'risida tavsiyalar berib o'tishdi.

🔸Seminar yakunida kasallik yuzasidan ishtirokchilar tomonidan ko’tarilgan bir qator savol va takliflarga mutaxassislarimiz tomonidan atroflicha javoblar berishdi. Shundan so’ng, uzoq yillar davomida shu sohada faoliyat yuritib, o’zining samarali mehnati, fidoyiligi va tashabbuskorligi bilan boshqalarga o’rnak bo’lib kelayotgan mas'ul xodimlar o'zlarining tajribalari bilan bo'lishishdi.

Sanepidqo'mita Toshkent shahar boshqarmasi Mirzo Ulug'bek tuman bo'limi
Noma'lum sharoitda tayyorlangan mahsulotlar brakeraj qilindi

Ma'lumki, tayyorlanish jarayonlari noma'lum bo'lgan va uy sharoitida tayyorlangan yarim tayyor mahsulotlar sifatsiz holatga kelib qolganidan so'ng, inson salomatligiga xavf tug'dirishi mumkin. Shu tufayli ham, mahsulotlarni xarid qilish jarayonlari davomida, iste'mol uchun yaroqli yoki yaroqsizligiga alohida e'tibor berishingiz so'raladi.

📌Sanepidqo'mita Toshkent shahar boshqarmasi Mirzo Ulug'bek tuman bo'limi mas'ullari tomonidan tumanda Navro'z dehqon bozorida ovqatdan zaharlanish ya'ni botulizm kasalligini oldini olish maqsadida profilaktik nazorat tadbirlari o'tkazildi.

🔸Nazorat tadbirlari davomida bozor rastalarida sotilayotgan 5 kg norin, 18 kg lag'mon shuningdek, ikkilamchi idishlardagi 7 litr jandiq, 9 litr achchiq qalampir mahsulotlari iste'molga yaroqsizligi va inson salomatligiga salbiy ta'sir qilishi sababli, tegishli tartibda o'rganilib, brakeraj qilindi.

🔸Mahsulotlarning sifatsiz holatga kelib qolganligi va bu holatlar boshqa takrorlanmasligi yuzasidan sotuvchilarga ogohlantirish choralari qo'llanildi.

Sanepidqo'mita Toshkent shahar boshqarmasi Mirzo Ulug'bek tuman bo'limi