Senioritta Coder
43 subscribers
17 photos
2 videos
1 file
13 links
Mumkin bo'lmagan narsalarga erishishning yagona yo'li bu mumkinligiga ishonishdir
Download Telegram
#365hikoya

Assalamu alaykum qadrli obunachilar.

Bugundan #365hikoya challengeni boshlaymiz. Har kuni 3tadan hikoya joylab boraman. Bu hikoyalar sizlarga manfaatli bo'ladi degan umiddaman.

@senioritta_coder 🧕🏻
#365hikoya

BOSHQALARNI KUZATMANG

Bir shaharchaning markazida ikki kishi shirinlik sotardi Ulardan biri donishmand ziyoratiga bordi. Suhbat asnosida unga savdosi yaxshi boʻlmayotgani va shu sababli bu yerlardan ko'chib ketmoqchiligini aytdi.
- Do'koningni nega yopmoqchisan o'zi? - deb so'radi donishmand.
- Mening raqibim juda ishbilarmon, shu tufayli shaharchadagi hamma uning do'konidan savdo qiladi. Uning mahsulotlarini sotib oladi.
- Hamma uning moliga xaridor ekanini qayerdan bilasan?-soʻradi donishmand.
- Juda oson. Derazadan doim uning do'konini kuzataman.
- Butun muammo va kamchilik ham ana shunda. Agar sherigingni kuzatgan vaqtingni o'z ishing uchun sarflaganingda edi, hozir sen undan oʻzib ketgan bo'larding.

Raqibingizning nima qilayotganiga emas,o'z imkoniyatingizga diqqat qiling. Vaqtni raqibingizning yutuq va kamchiliklarini hisoblashga emas, balki o'z kamchiliklaringiz tuzatib, yutuqlarni koʻpaytirishga sarflang.

@senioritta_coder 🧕🏻
#365hikoya

AZROILNI (A.S.) ENG KOʻP XAFA QILGAN VA ENG KO'P QUVONTIRGAN OʻLIM

Alloh taolo Azroildan (a.s.) soʻrabdi:
- Ey Azroil, necha asrlardan beri bandalarimning jonini olish bilan mashg'ulsan. Ayt-chi, kimning o'limi seni qayg'uga soldi?
- Yo Robbiy! Hamma narsani bilguvchi zotsan. Bir safar ummon uzra suzib ketayotgan kema to'fonga uchrab cho'kdi. Kemadagi barcha insonlarning bir-bir jonini oldim. Navbat qo'lidagi chaqalog'ini sandiqqa solgan, o'zi ham o'sha sandiqqa tushib bir choʻkib, bir suv ustiga chiqayotgan ayolning jonini olishga keldi. Uning jonini oldim,lekin sandiq ichidagi onasiz qolgan go'dakka juda rahmim kelgandi.
Alloh azza va jalla yana so'rabdi:
-Kimning jonini olganingda sevinding?
-Falon oʻlkada bir zolim podshoh bor edi. Uning dastidan xalq juda azob chekdi. Uning jonini olishga farmon kelganda juda quvongandim.
Sirlar sohibi Alloh taolo Azroil (a.s.) dan:
- Ey Azroil! O'sha zolim kimligini bilasanmi? - deb so'rabdi.
- Yo Robbiy, albatta, Sen barcha narsalarni bilguvchi zotsan. Men bilmayman.
- Oʻsha sen sevinib jonini olgan zolim, ancha yillar oldin juda rahming kelgan chaqaloq edi.

«Ehtimol, sizlar yoqtirmagan narsa (aslida) oʻzlaringiz uchun yaxshi, yoqtirgan narsalaringiz esa (aslida) yomondir. Alloh bilur, sizlar esa bilmassizlar» (Baqara surasi, 216-oyat).

@senioritta_coder 🧕🏻
#365hikoya

ALLOH BARCHA BANDALARIGA MEHRIBON

Ibrohim (a.s.)ning oldilariga bir majusiy:
- Qornim och, uyingda bir kun mehmon boʻlay, - deb keldi. Ibrohim (a.s.) esa: «Musulmon boʻlsanggina seni a mehmon qilishim mumkin», dedi. U odam buni istamay orqasiga qarab ketdi.
Shu payt Alloh azza va jalla Ibrohim(a.s.)ga vahiy yubordi: Nimaga uni mehmon qilish uchun dinini o'zgartirish shartini qo'yding? Axir yetmish yildan beri u meni inkor qiladi; men esa uning rizqini beryapman. Sen esa dini tufayli bir kun mehmon qila olmading.
Ibrohim (a.s.) Alloh taoloning vahiyini olgach, darhol haligi odamning orqasidan yugurdi. Uni topib uyiga olib kelib mehmon qildi. Holatdan hayron boʻlgan majusiy soʻradi:
- Ey Ibrohim, sen avval meni mehmon qilishni istamading, so'ng o'zing ortimdan yugurib meni uyingga olib kelib mehmon qilding. Buning sababi nima? Ibrohim (a.s.) Alloh taoloning vahiysini unga aytib berdi. Majusiy bundan juda ta'sirlandi:
-Alloh men haqimda shunday dedimi?! Menga o'xshagan uni inkor qilib, yolg'onga chiqargan bir bandasini deb, sen kabi uning do'sti boʻlgan zotga tanbeh berdimi?! Ey Ibrohim, menga diningni o'rgat! Men ham musulmon bo'lishni istayman! -dedi.

Dunyo insonlarni dinlari, tanlagan yoʻllari uchun hukm chiqarilib mukofot yoki jazo beriladigan qozixona emas. Aksincha, dunyo insonlar o'z dinlarini, o'z yo'llarini xohlaganlaricha tanlashlari mumkin boʻlgan imtihon maydonidir.

@senioritta_coder 🧕🏻
#365hikoya

SOʻNGGI PUSHAYMON

Derazaga osib qoʻyilgan qafasdagi qush faqat kechalari sayrardi.
Bundan ajablangan koʻrshapalak undan nega faqat kechalari sayrab kunduzlari jim turishini soʻradi. Qush javob berdi:
- Chunki meni kunduz kuni sayrayotganimni eshitib tutib olishdi. Bundan xulosa chiqarib, endi kunduzi sayramaslikka qaror qildim.
Koʻrshapalak qushning javobidan kulgisi kelib: - Toʻgʻri, lekin buni oldin oʻylashing kerak edi. Hozirgi pushaymoning esa seni qutqarmaydi, qaytangga seni pichoq ostiga olib boradi, - dedi.


Oxirida pushaymon bo'lmaslik uchun bir ishni boshlashdan oldin qayta-qayta oʻyla. Zotan, so'nggi pushaymon o'zingga dushman.

@senioritta_coder 🧕🏻
#365hikoya

ARSLON TERISINI YOPINGAN ESHAK

Bir eshak arslonning terisini topib, yopinib olibdi. Keyin oʻrmonga borib hammani qo'rqitishga urinibdi. Harchand urinmasin, hech kim undan qo'rqmasmish. Oxiri sababini tulkidan so'rabdi. Tulki shunday javob qilibdi:
- Boshqa hayvonlarni qoʻrqitish uchun faqatgina arslon terisini yopinish yetmaydi. Hangrashingni ham sher na'rasiga oʻzgartirishing lozim. Aslida hayvonlarni qo'rqitadigan narsa sherning koʻrinishi emas, balki uning na'rasidir.


Kiyim insonning shaxsiyatini oʻzgartirmaydi. Insonlarga kiygan kiyimiga qarab baho bermang. Chunki siz arslon deb o'ylagan maxluq aslida arslon terisini yopingan eshak boʻlishi mumkin.

@senioritta_coder 🧕🏻
#365hikoya
HAMMAGA OʻZI TUSHUNADIGAN TILDA GAPIRING

Yahudiylar Muso (a.s.)dan: - Robbing uxlaydimi? - deb so'rashibdi.
Muso (a.s.) ularga:
- Allohdan qo'rqing. Hargiz bu soʻzni tilingizga olmang. Qanday jur'at qilasizlar bunday deyishga?! - dedilar.
Shu paytda Alloh azza va jalla Muso (a.s.)ga vahiy nozil qildi:
- Odamlar sendan Robbingning uyquga ketish уo ketmasligini so'rashyaptimi? Buning izohi juda oson. Bu tun qo'lingga ikkita shisha koʻzani ushlab, tun bo'yi uxlamasdan tik tur.
Muso (a.s.) Robbisining buyrug'iga itoat qildi. O'sha kecha qo'liga ikkita shisha ko'zani ushlab, tunni tik oyoqda o'tkazishga ahd qildi. Tun yarmidan og'ganda esa ularni mudroq bosa boshladi. Oradan ko'p o'tmay uyqu g'alaba qozondi. Muso a. s cho'kkalab qoldi. Qo'lidagi ko'zalar esa yerga tushib chil-chil bo'lib sindi. Xuddi shu paytda Alloh azza va jalla vahiy nozil qildi:
- Ey Muso! Qullarimga ayt, agar men uxlasam yashab turgan yer, koinot bir lahzada ana shu koʻzalar kabi chil-chil bo'ladi. Albatta, men uyqudan, uyqusirashdan mudroq va g'aflatdan pokman.

Odamlarga nimanidir tushuntirish uchun ular bilan tortishishning foydasi yo'q. Yaxshisi, ularga o'zlari tushunadigan tilda misollar bilan so'zingizni isbotlang. Shundagina ular sizga ishonch bildirishlari mumkin bo'ladi.

@senioritta_coder 🧕🏻
#365hikoya
Yoshlarga so'z haqqi yo'qmi?

Ummaviy xalifalardan Umar ibn Abdulaziz hukmronlikni qo'lga olgach, Ayosh ismli yigit hay'at nomidan so'zga chiqdi. Umr ibb Abdulaziz:
- Sendan yoshi kattalar turganda so'zlashing joizmi,o'g'lim? -dedi.
Yigit:
-Inson tili va qalbi bilan insondir. Alloh bergan burro til va pokiza qalbi bor insonning so'z so'ylashga haqqi yo'qmi? Agar anjumanda so'z so'ylash,yetakchilik haqqi faqat qarilarniki bo'lsa edi, sizning taxtingizga haqli qariya topish hech muammo tug'dirmasdi.

Insonlarning yoshiga qarab ularga baho berilmaydi. Ba'zan sakson yoshli oqsoqolnung aqli yetmagan narsaga sakkiz yoshli bola chiroyli yechim topishi mumkin.

@senioritta_coder 🧕🏻
#365hikoya
XURMO DARAXTINING MEVASI

Abbosiy Xalifa Xorun ar-Rashid ramazon kunlarining birida vaziri Ja'far Barmakiy bilan birga Dajla daryosining bo'yini sayr qilishga chiqishibdi.
Shu paytda keksa bir otaxon xurmo ko'chati ekayotgan ekan.
Buni ko'rgan Xalifa uning yoniga borib debdi:
- Ey yoshi ulug' zot! Xurmo daraxti 40 yildan keyin meva beradi. Siz uni hosilini ko'rishingiz amri mahol. Uni ekishdan qanday foyda topasiz?
Keksa chol:
- Sultonim, bizdan oldingilar biz uchun ekishgan. Men ham avlodlarimiz uchun ekmoqdaman, - deb javob beribdi.
Bu javob Xorun ar-Rashidga yoqibdi va keksa cholga bir kosa oltin beribdi. Chol juda quvonib goʻllarini ochib shukrona aytibdi.
Buni koʻrgan hukmdor choldan shukrona sababini so'rabdi.
- Hamma oʻzi ekkan niholning hosilini qirq yilda olsa, men o'tqazar-o'tqazmas oldim. Shuning uchun Robbimga shukr qilyapman, - debdi.
Bu javobdan yanada xursand boʻlgan Xorun ar-Rashid cholga yana bir kosa oltin beribdi. Shunda xalifaning vaziri:
- Sultonim! Tez bu yerdan uzoqlashaylik. Sizda shunday saxovat va bu odamda shunday aql va shirin til bor ekan, butun xazinangiz qo'ldan ketadi, - degan ekan.

Boshingizga kelgan qilich ham, yog'ilgan zar ham - tilingiz va aqlingizning mevasi.

@senioritta_coder 🧕🏻
#365hikoya
BUZOQNI BOSHQARISH

Mashhur yozuvchi Emerson bilan o'g'li bir kuni xizmatkorlarga yordam beramiz, deb molxonaga borishibdi. Molxonada kichkina bir buzoq bo'lib, uni oxurning oldiga olib kelish va yem yeyishga o'rgatish lozim edi. Emerson buzoqni torta boshladi. O'g'li esa itara boshladi. Ammo qancha urinishmasin buzoqni onasi oldidan uzoqlashtirisha olmadilar.
Bu holni kuzatib turgan molboqar buzoqning oldiga bordi. Avval uni silab erkaladi. So'ng ozgina pichanni qo'liga olib buzoqni o'ynatib-o'ynatib oxur oldiga olib keldi.
Molboqar Emersonga o'xshab bir necha institutlarni bitirmagan, kitob va maqolalar yozishga aqli yetmas ham edi. Ammo u oʻz ishini yaxshi bilardi.


Suhbatdoshingizni o'z fikringizga ko'nishga majbur qilmang. Uning nimani xohlayotganini bilib shunga qarab yo'l tuting. Shunda siz ham, u ham hech narsa yo'qotmaydi.

@senioritta_coder 🧕🏻