Senioritta Coder
46 subscribers
17 photos
2 videos
1 file
13 links
Mumkin bo'lmagan narsalarga erishishning yagona yo'li bu mumkinligiga ishonishdir
Download Telegram
Channel created
Channel name was changed to «Senioritta Coder»
"Bismillahir Rohmanir Rohim" blog faoliyatimni boshladim.

Assalomu alaykum qadrli obunachilar. Men Zayirkulova Nozima Ilyasovna logoped va bo'lajak dasturchiman.
Blogimda:
-IT,
-Ta'lim,
-Ota onalar va bolajonlar uchun logopedik maslahatlar,
-Talabalar uchun ilmiy xalqaro va respublika jurnallar, konferensiyalarda maqolalar yozish va ishtirok etish,
- Ilmiy va badiy kitoblar,
-O'zim qiziqqan barcha sohalar bo'yicha shaxsiy fikrlarim va hayotiy tajribalarim bilan bo'lishaman.


Agar sizga qiziq bo'lsa kanalni kuzatishda davom eting...

@senioritta_coder 🧕
Vatanning vayronasi — Umrning gʼamxonasi.

Bugungi postim vatanparvarlik haqida. To'g'risini aytsam, men bilgan hozirgi insonlar Vatandan tezroq ketishni va o'zga yurtlarda "yallo" qilib yashashni orzu qilishadi. Juma kuni darsda "Osmonimiz mussafo" degan gaplar bo'ldi, norozlik bildirdim, bu norozilikka esa kamolotchi, Yoshlar ittifoqida ko'p yurgan degan so'zlar bilan olqishlandi. Meni bu so'zlar juda hafa qildi.Nahotki, inson yurti bilan shunday faxrlanadi, shunday g'ururlanadimi dedim. Siz ketsangiz, men ketsam,boshqalar ketsa,kim bu yurtni obod qiladi. Siz istagandek faqat "Musaffo osmon"dan iborat bo'lmagan O'zbekistonni kim yaratadi, kim barpo qiladi. Vatan -tuyg'usi, vatanparvarlik qani?! Bejizga Vattani onaga tenglashtirilmaydi, ona bitta bo'ladi xuddi Vatan kabi, yoki siz onangizni boshqasiga almashtirasizmi?!

Sizga bir voqeani aytib beraman. Xullas bu voqea men uchun juda tasirli edi. 1-kursda tarix fanidan maruza payti, maruza zerikarli boshlandi, hamma zerikkan shunda ustozimiz o'zbeklar xalq-u, nemislar millat dedi. Hamma nimaga dedi birdan hayron bo'lib, men esa demak xalq millatdan kuchliroq ustozimiz o'zbeklarni maqtayapdi dedi.Ustozimizga qarata albatta buyuk xalqmiz dedim, lekin javoban afsus millat emas dedilar😔. Shunda ustozdan xalq va millat o'rtasida nima farq borligini biz tushunadigan tilda tushuntirib bering dedim. Ustozimiz sodda ya'ni biz chunadigan til terminologiyadan foydalanmasdan va hammaga ta'sir qiladigan ohangda gapirishni boshladilar. Hamma xalq va elatlarningning eng qashshoq qatlamdagi kishilarida tajriba o'tkazishibdi.Tajribaning maqsadi esa kim millatu, kim elat, kim xalq ekanligini bilish ekan. Ko'p xalqlar va millatlarga borib katta miqdorda pul taklif qilib qadimiy qadamjonlarni portlatishni so'rashibdi. Ruslarga borib, -1000$ beraman cherkovingni portlat debdi, rus yoq hech qachon hozir seni portlataman deb javob beribdi. Nemisga borib -10000$ beraman qadimiy maydonga borib bomba qo'yib kel debdi, nemis o'sha odamni adabini berib ,qonun ximoyachilariga tutib beribdi. Vanihoyat ko'pgina xalqa va elatlardan so'ng navbat o'zbekka kelibdi,unga kamroq aytay chunki, buning ota bobolari buyuk o'tgan, yana meni do'pposlamasin deb -100$ beraman qadamjoga borib portlatish kerak debdi, o'zbek esa hammani hayratga solib, -hop bo'ladi aka, yana xizmat bo'sa aytavering debdi. Shu joyiga keldiyu, mazmuni ayon bo'ldi xalqning birlashmasligi millat bo'la olmasligidan dalolat edi. Bu bo'lgan yoki bo'lmagan voqea bunisidan xabarim yoq lekin, ustozimiz bizga vatanparvarlik, millat, xalq, elat nima ekanligini tushuntirib bo'lgan edi. Agar, biz birlashmasak albatta yoq bo'lib ketishimiz anniq degan qarorga keldim.

Hozirda kim O'zbekistondan nolishni boshlasa ko'zimga xuddi o'sha 100$ga portlatib yuboradigan insondek ko'rinadi. Ey yurtdoshlar kelajak bizning qo'limizda, biz harakat qilsakkina buyuk natijalar bo'ladi. Chet elni orzu qilgan insonlar "Har yerni qilma orzru, har yerda bor toshu tarozu". Yana bunga yaxshi bir misol Zahiriddin Muhammad Bobur. U shoir bo'lib, shohlik libosini kiygan Hindiston sultoni bo'ldiyu, ammo butun umr Andijonning gadosi bo'lishiga ham rozi edi. Vatan gadosi-kafan gadosi bo'ldi sulton. Hatto o'zi ulg'ayib o'sgan yurtga ham dafn qilinmadi, yurtini shabodasi keladigan yurtgacha qabri yetdi xolos. Siz ketishni istarsiz, ammo men kelajagi buyuk yurt O'zbekistonda qolaman, Zero Vatan gado bo'lish o'z yurtida gado bo'lishdan og'iroqdir. Lekin unutmang xalq hech qachon o'z qahramonlarni unutmaydi, ularning ismlarini manguga muhrlaydi. Xuddi vatan uchun jonini fido qilgan buyuk bobokalonlar kabi.

@senioritta_coder 🧕🏻
Forwarded from Najot Ta'lim
​​Oʻzbekistonda ayol dasturchilar nega kam?

Bundan bir necha yillar avval ayollar avtomashina boshqarayotganini koʻrganlar ularga ishonchsizlik bilan qarashgandi. Lekin ular buni aʼlo darajada uddalashdi.

👩‍💻 Bugun esa dasturchi ayol-qizlar safi koʻpaymoqda. Ularning oʻta masʼuliyatliligi muvafaqqiyat qozonishidagi muhim omil sanaladi. Faqat bunga baʼzi sabablar toʻsiq boʻlishi mumkin.

Koʻp hollarda ayollarning kasb tanlashi ota-onasi yoki turmush sharoitidan kelib chiqadi. Shu bois dasturlash erkaklarga xos degan tushuncha paydo boʻlib qolgan.

📊 Lekin bugungi kunga kelib, ayol-qiz dasturchilarning koʻpayotgani bizni quvontiradi. Masalan, Najot Taʼlim markazida 2020-yilda tahsil olgan xotin-qizlar soni 70 nafarga yaqinni tashkil etgan boʻlsa, 2021-yilda bu raqamlar 100 nafardan yuqoriga almashganligini koʻrish mumkin.

5-10 yildan soʻng dasturlash sohasi yurtimizda ham juda rivojlanib ketadi. Tabiiyki, uni oʻrgangan qizlar faqatgina yutishadi.

☝️Yana bir muhim jihat shundaki, daromadli ish topishda til bilish darajasi soʻralgan bandga endilikda dasturlash tilini bilish talabi ham qoʻyiladi.

🔥 Bu ayollar ham IT sohasini zabt etish vaqti kelganligini anglatadi. Bunga qiziqish va qobiliyat bor ekan, nega endi ular ham oʻzlari qiziqqan kasb bilan shugʻullanmasliklari lozim?

Axir u jismoniy kuch talab etmaydi, koʻp hollarda onlayn ishlashga ruxsat beriladi, ayollar detallarga juda eʼtiborli va eng muhimi farzandlariga ham oʻrgatishlari mumkin!

🚀 Shunday ekan, bu sohada oʻz kelajagingizni sinab koʻring! Najot Taʼlim markazi ayol-qizlarning qiziqishlarini hamisha qoʻllab-quvvatlaydi.

Bundan tashqari, Najot Ta'lim markazi tomonidan shu yilning 21-oktyabriga qadar faqat ayol-qizlarga IT kurslari uchun umumiy summadan 10 foizli chegirma ham e'lon qilingan.

Najot Ta'lim kurslariga ro'yxatdan o'tish

🧑🏻‍💻 Administratorga yozish

📞 Tel: +998712001123

🔴 YouTube sahifa
​​Ayollar ilmli va oliy ma'lumotli bo'lishi kerakmi? 🤔

Men bu savolga baralla, "HA" deb javob beraman va sizga yetarlicha sabablar keltira olaman. Har bir jamiyat rivojlanishi uchun ayollarni ilmli qilish muhumdir, chunki ayol va qizlarning jamiyatdagi pozitsiyasi muhumdir. Bugungi jamiyatda ayol mavqei mehribon ona va uy bekasi doirasidan tashqariga chiqib, mamlakatning ijtimoiy-siyosiy hayotining faol ishtirokchisiga aylandi. Jamiyatda ayolning o‘rni juda faxrlidir. Chunki ayol o‘zining qalb mehri bilan erkaklarning cheksiz qudratini ijobiy yo‘nalishga burish xususiyatiga ega va u jamiyatning kelajagi yoshlarni ya'ni, o'z farzandlarini tarbiyalashda muhum rol o'ynaydi. Ayollarni ilm olishga ko'proq imkoniyatlar yaratsak, u jamiyatdagi ko'plab muammolarga yechim topa oladigan, jamiyatni rivojlantirib kelajak uchun yetuk komil inson tarbiyalab, o'z xissasini qo'shadigan shaxsga aylanadi.

Men ham Najot Ta'lim o'quv markazida fullstack web dasturlash bo'yicha oktyabr oyidan beri ta'lim olib kelmoqdaman. Men uchun bu - jamiyat rivoji uchun katta yutuqdir. Dasturlashni o'rganib imkoniyati cheklangan, nutqida, rivojlanishda nuqsoni bor bolajonlarga va ularning ota-onasi uchun ko'plab o'zbekcha dasturlar va saytlar yaratish niyyatidaman. Hozir O'zbekistonda logopediya bo'yicha sifatli o'zbekcha saytlar va dasturlar juda kam bu esa biz logopedlardan ko'p vaqtimizni uni tarjima qilishga sarflab, ota-onalar va bolajonlargaulashguncha ko'p vaqtni oladi. Bu muammoni yechimini topdim va Najot Ta'lim o'quv markaziga keldim. Bu bilan jamiyat uchun va inshaAlloh farzandlarim uchun ko'plab imkoniyatlarni ochidim. Qo'limdan kelgancha dasturlashni do'stlarimga ham o'rgatib kelyapman va bu sohaga ko'plab ayol-qizlarda xohish paydo bo'ldi, ammo ko'p qizlarda moliyaviy va oilaviy jihatdan qiyinchilik va to'siqlar paydo bo'ldi bu esa bu sohaga kelishdagi eng katta to'siq bo'ldi. Ko'p oilalar qiz bola uchun sarmoya kiritishmaydi chunki uni shunchaki foydasiz deb bilishadi, yoki yoshlikdan qiz bola faqat uy ishlarini bilishi va pazanda bo'lish kerak degan narsani qizlarimiz ongiga singdirishadi, men uchun esa bu eng achinarli ahvol. Aslida, bo'lajak ona ilmli bo'lishi, bola tarbiyasida nimalar muhumligini bilishi uy ishlari va pishir-kuydirdan muhumroqdir deb o'ylayman. Kasbim doirasidan kelib chiqib aytadigan bo'lsam,onadan farzandga 30% meros bo'lib o'tadigani bu onaning ilmidir. Ayol kishi nafaqt o'zi balki, bir farzandlarining bilim darajasi, hayotiga ham masul bo'ladi. Siz o'z farzandingizni ilmli bilimli barkamol shaxs bo'lib yetishishini istasangiz ayollarni o'qiting, bilimli qiling.


Tarixdan yana bir misolni aytaman Vatanimizdan ko'plab allomalar, buyuk sarkardalar, shox va sultonlar chiqqan-u, nega buyuk ayollar chiqmagan deb qiziqanmisiz? Aslida esa unday emas, buyuklarning onasi buyuk va ilmli bo'lgani uchungina ular buyuk bo'la olganlar. Ey muslimalarim, zoh diniy ilm bo'lsin, xoh dunyoviy ilm o'qing. Zero Robbim bizga o'qing deb buyurdi. ☝️

@senioritta_coder
Forwarded from Najot Ta'lim
​​Tikuvchilik bilan dasturlashni solishtirib ko'ramiz

Najot
Ta'lim markazida faqatgina ayol-qizlar uchun mo'ljallangan bootcamp frontend dasturlash kurslarini yo'lga qo'yayotgani haqidagi yangilik qulog'ingizga chalingandir-a? Bu haqida bir nechta post yozdik, yo'q bilmayman demang iltimos 🥺

Dasturlash o'zi ayollarni qo'lidan keladimi? Nega Najot Ta'lim markazi, ko'proq ayollar, dasturlashni o'rganishlari kerak deb, harakat qilmoqda? Ayol dasturchilarga IT olamida ish bormi kabi savollar sizda tug'ilayotgan bo'lsa kerak? Keling bugun shu haqida gaplashamiz.

😇 Dasturlash bir qarashda sizga qiyindek tuyulishi mumkin. Keling yaxshisi dasturlashni biror kasbga, masalan tikuvchilikka taqqoslab ko'ramiz.

Tikuvchilikni siz avval ustozlardan o'rganasiz. Doimiy biror kichik elementlarni tikib, mashq qilib borasiz. Qo'lingizdan biror ish kelishni boshlaganida esa, mijozlar bilan ishlay boshlaysiz. Dizayner chizib bergan libosni, siz tikib-bichib berasiz va daromadni olasiz.

👩‍💻 Dasturlash ham xuddi shu kabi jarayon bo'ladi, odatda. Siz ham dasturlashda, dizaynerlar bilan ishlaysiz. Biror kattaroq loyiha bo'lsa, jamoa bilan birgalikda amalga oshirasiz. Faqat buni o'rganish uchun sizdan, xuddi tikuvchilikda bo'lgani kabi sabr va o'z ustida doimiy ishlash talab qilinadi.

🤩 Hozirgi kunda, Najot Ta'lim markazida faqat ayollar uchun tikish-bichish, a yo'q kechirasiz, frontend bootcamp dasturlash kursi uchun qabul ketmoqda.

👉 Dasturlash kursiga ro'yxatdan o'tish

🧑🏻‍💻 Administratorga yozish

📞 Tel: +998712001123

🔴 YouTube sahifa
Forwarded from Nizamoff
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Ushbu suxbatni ko'rish uchun ketkazgan vaqtingizga sira afsuslanmaysiz.

Hozir o'zim ko'rib o'tiribman, Osmondagi bolalarning eng yaxshi soni deb baholadim. Dam olish kuningiz yaxshi o'tsin )

Video uchun link: https://bit.ly/3rQYNwU

👉 @nizamoff
🔴 🔴 🔴

Bismillahir Rohmanir Rohiym
Assalamu alaykum varohmatullohi vabarokatuhu
Ey, Allohga iymon keltirganlar!
Alloh yo'lida oxiratingizga zahira qilib qoling!
Bu bolajonimiz yong'in bo'lgan uyining ichida qolib ketibdi. Uylari batamom yonib kul bo'libdi, bu bolajon bo'lsa 20 kundan buyon kasalxonada....
Oila a'zolarini hech narsasi, dori darmonga puli tugul, hatto kiyim kechagi qolmabdi. Alloh o'zi yordam bersin bu oilaga va farzandiga tez muddatda mukammal shifo bersin.

Bu bolani ota onasini o'rniga o'zingizni qo'yib ko'ring... Agar qodir bo'lsangiz qodir bo'lganingizcha, yoki 5000ming so'm bilan bo'lsada yordam qiling. Biz uchun besh, o'n ming so'm hech nima emas, ammo bu oila uchun katta yordam in shaa Alloh!

Siz birni berasiz Alloh ko‘pni qaytaradi hech qachon Alloh yo'lida qilgan ehsoningiz qolib ketmaydi, u Allohni zimmasida Alloh esa hamma narsaga kafil va Qodir Zot! Mulk Allohnikidir!
Karta raqami: ⬇️

💳 Тажибаева Мохидил 8600492981299098

▪️▫️▪️▫️▪️▫️▪️▫️
#365hikoya

Assalamu alaykum qadrli obunachilar.

Bugundan #365hikoya challengeni boshlaymiz. Har kuni 3tadan hikoya joylab boraman. Bu hikoyalar sizlarga manfaatli bo'ladi degan umiddaman.

@senioritta_coder 🧕🏻
#365hikoya

BOSHQALARNI KUZATMANG

Bir shaharchaning markazida ikki kishi shirinlik sotardi Ulardan biri donishmand ziyoratiga bordi. Suhbat asnosida unga savdosi yaxshi boʻlmayotgani va shu sababli bu yerlardan ko'chib ketmoqchiligini aytdi.
- Do'koningni nega yopmoqchisan o'zi? - deb so'radi donishmand.
- Mening raqibim juda ishbilarmon, shu tufayli shaharchadagi hamma uning do'konidan savdo qiladi. Uning mahsulotlarini sotib oladi.
- Hamma uning moliga xaridor ekanini qayerdan bilasan?-soʻradi donishmand.
- Juda oson. Derazadan doim uning do'konini kuzataman.
- Butun muammo va kamchilik ham ana shunda. Agar sherigingni kuzatgan vaqtingni o'z ishing uchun sarflaganingda edi, hozir sen undan oʻzib ketgan bo'larding.

Raqibingizning nima qilayotganiga emas,o'z imkoniyatingizga diqqat qiling. Vaqtni raqibingizning yutuq va kamchiliklarini hisoblashga emas, balki o'z kamchiliklaringiz tuzatib, yutuqlarni koʻpaytirishga sarflang.

@senioritta_coder 🧕🏻
Bugun 21- asrning 2021-yilining 21-kuni ekan.

Navro'z muborak azizlarim!

@senioritta_coder
#365hikoya

AZROILNI (A.S.) ENG KOʻP XAFA QILGAN VA ENG KO'P QUVONTIRGAN OʻLIM

Alloh taolo Azroildan (a.s.) soʻrabdi:
- Ey Azroil, necha asrlardan beri bandalarimning jonini olish bilan mashg'ulsan. Ayt-chi, kimning o'limi seni qayg'uga soldi?
- Yo Robbiy! Hamma narsani bilguvchi zotsan. Bir safar ummon uzra suzib ketayotgan kema to'fonga uchrab cho'kdi. Kemadagi barcha insonlarning bir-bir jonini oldim. Navbat qo'lidagi chaqalog'ini sandiqqa solgan, o'zi ham o'sha sandiqqa tushib bir choʻkib, bir suv ustiga chiqayotgan ayolning jonini olishga keldi. Uning jonini oldim,lekin sandiq ichidagi onasiz qolgan go'dakka juda rahmim kelgandi.
Alloh azza va jalla yana so'rabdi:
-Kimning jonini olganingda sevinding?
-Falon oʻlkada bir zolim podshoh bor edi. Uning dastidan xalq juda azob chekdi. Uning jonini olishga farmon kelganda juda quvongandim.
Sirlar sohibi Alloh taolo Azroil (a.s.) dan:
- Ey Azroil! O'sha zolim kimligini bilasanmi? - deb so'rabdi.
- Yo Robbiy, albatta, Sen barcha narsalarni bilguvchi zotsan. Men bilmayman.
- Oʻsha sen sevinib jonini olgan zolim, ancha yillar oldin juda rahming kelgan chaqaloq edi.

«Ehtimol, sizlar yoqtirmagan narsa (aslida) oʻzlaringiz uchun yaxshi, yoqtirgan narsalaringiz esa (aslida) yomondir. Alloh bilur, sizlar esa bilmassizlar» (Baqara surasi, 216-oyat).

@senioritta_coder 🧕🏻
#365hikoya

ALLOH BARCHA BANDALARIGA MEHRIBON

Ibrohim (a.s.)ning oldilariga bir majusiy:
- Qornim och, uyingda bir kun mehmon boʻlay, - deb keldi. Ibrohim (a.s.) esa: «Musulmon boʻlsanggina seni a mehmon qilishim mumkin», dedi. U odam buni istamay orqasiga qarab ketdi.
Shu payt Alloh azza va jalla Ibrohim(a.s.)ga vahiy yubordi: Nimaga uni mehmon qilish uchun dinini o'zgartirish shartini qo'yding? Axir yetmish yildan beri u meni inkor qiladi; men esa uning rizqini beryapman. Sen esa dini tufayli bir kun mehmon qila olmading.
Ibrohim (a.s.) Alloh taoloning vahiyini olgach, darhol haligi odamning orqasidan yugurdi. Uni topib uyiga olib kelib mehmon qildi. Holatdan hayron boʻlgan majusiy soʻradi:
- Ey Ibrohim, sen avval meni mehmon qilishni istamading, so'ng o'zing ortimdan yugurib meni uyingga olib kelib mehmon qilding. Buning sababi nima? Ibrohim (a.s.) Alloh taoloning vahiysini unga aytib berdi. Majusiy bundan juda ta'sirlandi:
-Alloh men haqimda shunday dedimi?! Menga o'xshagan uni inkor qilib, yolg'onga chiqargan bir bandasini deb, sen kabi uning do'sti boʻlgan zotga tanbeh berdimi?! Ey Ibrohim, menga diningni o'rgat! Men ham musulmon bo'lishni istayman! -dedi.

Dunyo insonlarni dinlari, tanlagan yoʻllari uchun hukm chiqarilib mukofot yoki jazo beriladigan qozixona emas. Aksincha, dunyo insonlar o'z dinlarini, o'z yo'llarini xohlaganlaricha tanlashlari mumkin boʻlgan imtihon maydonidir.

@senioritta_coder 🧕🏻
#365hikoya

SOʻNGGI PUSHAYMON

Derazaga osib qoʻyilgan qafasdagi qush faqat kechalari sayrardi.
Bundan ajablangan koʻrshapalak undan nega faqat kechalari sayrab kunduzlari jim turishini soʻradi. Qush javob berdi:
- Chunki meni kunduz kuni sayrayotganimni eshitib tutib olishdi. Bundan xulosa chiqarib, endi kunduzi sayramaslikka qaror qildim.
Koʻrshapalak qushning javobidan kulgisi kelib: - Toʻgʻri, lekin buni oldin oʻylashing kerak edi. Hozirgi pushaymoning esa seni qutqarmaydi, qaytangga seni pichoq ostiga olib boradi, - dedi.


Oxirida pushaymon bo'lmaslik uchun bir ishni boshlashdan oldin qayta-qayta oʻyla. Zotan, so'nggi pushaymon o'zingga dushman.

@senioritta_coder 🧕🏻
#365hikoya

ARSLON TERISINI YOPINGAN ESHAK

Bir eshak arslonning terisini topib, yopinib olibdi. Keyin oʻrmonga borib hammani qo'rqitishga urinibdi. Harchand urinmasin, hech kim undan qo'rqmasmish. Oxiri sababini tulkidan so'rabdi. Tulki shunday javob qilibdi:
- Boshqa hayvonlarni qoʻrqitish uchun faqatgina arslon terisini yopinish yetmaydi. Hangrashingni ham sher na'rasiga oʻzgartirishing lozim. Aslida hayvonlarni qo'rqitadigan narsa sherning koʻrinishi emas, balki uning na'rasidir.


Kiyim insonning shaxsiyatini oʻzgartirmaydi. Insonlarga kiygan kiyimiga qarab baho bermang. Chunki siz arslon deb o'ylagan maxluq aslida arslon terisini yopingan eshak boʻlishi mumkin.

@senioritta_coder 🧕🏻