Sariq Dev
13.3K subscribers
1.25K photos
381 videos
4 files
845 links
Mohirdev.uz asoschisi Anvar Narzullaevning rasmiy kanali.

Muhokama uchun guruhimiz: @sariqdevchat
Talab va takliflar uchun @sariqdevadmin ga murojat qiling.
Download Telegram
Forwarded from rume.up
Yangi texnologiya trendlari | 2-qism

Zamonaviy yo’nalish egasi bo’lishni istaysizmi? Unda maslahatlarimizni ayamaymiz.

Tinimsiz globallashib borayotgan planetamizda jon saqlash, kurashish qiyinlashib borayapti. Shunday davrda ishonchli kasb egasi bo’lish-juda ham muhim hisoblanadi. O’zingizni sinab ko’rishingiz mumkin bo’lgan, 2022-yilda top darajada bo’ladigan texnologiya trendlari.

Keyingi postlarimizda bu yo’nalishlarning har biri haqida alohida to’xtalib o’tamiz. Bizni ko’zatib borishni unutmang.

@sariqdev | @rumeup
👍49🔥73👏2🎉2
Forwarded from MohirDev.uz
Har bir dasturchi bilishi kerak bo’lgan S.O.L.I.D. bu – dasturiy ta’minotni ishlab chiqishning yani yozishning asosiy tamoyillari sifatida qabul qilingan.

Dasturchilar, ayniqsa Junior yoki Middle darajada ishga topshirayotganda suhbat vaqtida eng ko’p so’raladigan savollardan biri bu aynan bugungi mavzuimiz hisoblanadi. Shuning uchun ushbu maqolani sabr bilan so’ngigacha diqqat qilib o’qishingizni tavsiya beraman.

Batafsil: https://mohirdev.uz/solid-nima-solid-dasturlash-prinsiplari-nimalar/

@mohirdev bilan o'zingizga qulay vaqtda, istalgan joyda, chegarasiz ta'lim oling!
👍39🔥5
Forwarded from Nuruddin Blogs
Telegramda bir nechta dasturchilar guruhlari mavjud, ularda noqulayliklardan biri o’xshash savollarni qaytarilishidir, quyida shu muammoni yechishga qaratilgan yechimlardan biri yoritilgan, bu haqda batafsil muallif bn ham gaplashib ko’rishingiz mumkin:


Assalomu alaykum
IT sohasi community larining telegram guruhlarida savol javoblarni tartibga soladigan bot ishlab chiqildi
Tajribadan guruh ishtirokchilari ko'paygach qoidaga rioya qilinishini ta'minlash qiyinlashadi va javob beruvchilar ham flooddan qocha boshlaydi
Bu muammoni kanal + bot bilan hal qildik
Unda rasmda korganingizdek savollar bir post shaklida javoblar esa izohda bo'ladi

Botga ulangan community lar:

@uzdroiduz - Android community
@dartuzb_faq - Flutter community
@vuejs_uz_savol_javob - VueJs community
@spring_boot_uz_savollar - Spring community

Botga ulanishni istaganlar @rsktash ga murojaat qilsin
👍68👏8😁6🤔5🔥4🤯2
Forwarded from MohirDev.uz
Data Science kasbining plyus va minus taraflari | Anvar Narzullaev

Videoni ko'rish:
https://mohirdev.uz/ds_kamchilik_yutuq

@mohirdev bilan o'zingizga qulay vaqtda, istalgan joyda, chegarasiz ta'lim oling!
👍34🔥7😁3
Forwarded from MohirDev.uz
"Mohirdev" foydali suhbat va vebinarlar tashkil qilishda davom etadi. Bu gal DevOps haqida gaplashamiz.

"DevOps engineering sohasi bilan tanishuv?" mavzusida bo'lib o'tadigan vebinarda Frontend Praktikum o'qituvchisi, "Mayoq" loyihasi muallifi Muhammadjavohir Sur'atov va "Costco Wholesale Corp."da Infrastructure analyst III va RedHat Architect bo'lib ishlab kelayotgan Hamidulla Ziyoyevlar qatnashishadi.

Vebinar 27-fevral, soat 20:30 da Mohirdev youtube kanalida bo'lib o'tadi.

DevOps sohasiga qiziqqan va u haqida ko'proq ma'lumot olmoqchi bo'lgan barchani taklif qilib qolamiz.

LINK: https://www.youtube.com/c/Mohirdev
👍20👏4
Forwarded from IT Park Uzbekistan
‼️ Sovrin jamgʻarmasi 45 million soʻm boʻlgan “ASTRUMHACK 2022” xakatoni!

IT Park rezidenti “Astrum” IT-Akademiyasi, IT Park va xalqaro “Veon” kompaniyasi bilan birgalikda 45 million so‘m mukofot jamg‘armasiga ega barcha hohlovchilar uchun “ASTRUMHACK 2022” xakatonini tashkil qiladi.

▫️ “ASTRUMHACK 2022” xakatonining ishtirokchilari 7 yo‘nalishdan birida biznes muammosini hal qiladigan raqamli mahsulotni yaratishlari kerak bo‘ladilar.

Qanday qilib aʼzo boʻlish mumkin?
▫️ 3 kishigacha boʻlgan jamoani toʻplash yoki alohida qatnashish;
▫️ Havola orqali roʻyxatdan oʻtish: https://form.astrum.uz/hack/
🦾 Gʻalaba qozonishga tayyor boʻlish!

▪️ Roʻyxatdan oʻtish muddati: 8-martgacha (shu kuni ham)
▪️ Xakaton oʻtkaziladigan sanasi: 2022-yil 11–13-mart
▪️ Manzil: “Astrum” IT-Akademiyasi

💠 Muhim: tanlov g‘oliblari “Veon” xalqaro kompaniyasining alohida sovg‘alariga ega bo‘ladilar.

Barcha savollar uchun qoʻngʻiroq qiling: +99897 333-20-20

Batafsil: https://clck.ru/cnkZz
👍72🔥52👏2
Qatnashinglar, yoshlar 👆
👍92🔥305👎3🎉3
Forwarded from MohirDev.uz
DevOps nima?

Nima uchun ushbu mutaxassislarning ahamiyati ortib bormoqda?

O’zbek segmentida ko’p gapirilmagan, lekin dunyo IT sohasidagi o’rni kattalashib borayaotgan DevOps haqida quyidagi video orqali batafsil ma’lumot olishingiz mumkin.

Videoni ko'rish: https://youtu.be/3ONotomQE9M
👍39🤔5🔥43🎉1
Forwarded from Sariq Dev
Ko'pchilik Data Science va Sun'iy Intellekt yaratish uchun qanday kompyuter olishim kerak deb so'raydi. Keling shu haqida gaplashamiz.

Avvalo shaxsiydan bu savolni so'rashganida mening javobim: "Alohida kompyuter olmang, biz onlaynda Googlening maxsus, bepul kompyuterlaridan foydalanamiz" bo'ladi. Va bu eng to'g'ri javob.

Sababi...

Sun'iy Intellekt modellarni yaratishda katta ma'lumotlarga (big data) ishlov beriladi shuning uchun quyidagi ikki narsa juda muhim:
1. Operaiv xotira (RAM)
2. Ma'lumotlarga parallel ishlov berish

1-ko'rsatkich tushunarli, operativ xotira qancha katta bo'lsa shuncha yaxshi, lekin ma'lumotlarga parallel ishlov berish nima degani?

Gap shundaki, katta ma'lumotlar bilan ishlashning eng tez usuli, ma'lumotlarni kichik bo'laklarga ajratish va bir vaqtda bir nechta bo'laklarga (parallel) ishlov berish. Ya'ni buyerda processor tezligi (GHz) emas, yadrolar soni muhimroq. Afsuski, eng zamonaviy processorlarda ham yadrolar soni juda chegaralangan.

Shuning uchun ham Data Science loyihalarni bajarishda processor emas, grafik kartalardan (GPU) foydalanish urfga aylandi. Grafik kartalar yuzlab yoki minglab kuchsizroq yadrolardan iborat bo'ladi va ma'lumotlarga parallel ishlov berishda processorlardan bir necha yuz barobar tezroq ishlaydi.

Solishtirish uchun, intel i7 processori 6-8 yadrodan iborat bo'lsa, Nvidia RTX2060 2176ta yadroga ega.

Yana bir muhim jihati, Data Science uchun har qanday grafik karta to'g'ri kelavermaydi, to'g'ri grafik kartani tanlash uchun Nvidia saytiga murojaat qilasiz.

Demak, Data Science uchun maxsus kompyuter olaman desangiz shu ko'rsatkichga ahamiyat bering.

Endi to'g'ri javobga qaytamiz 😁. Gap shundaki, yuqoridagi parametrga ega kompyuterlar juda qimmat bo'lib ketadi. Masalan, men juda havasim keladigan lamba tensorbookning narxi 3700$ dan boshlanadi.

Shuning uchun ham biz kursimiz davomida ham, hayotda ham Google Colab yoki Kaggle kompyuterlaridan foydalanamiz.

Solishtirish uchun, Google bizga quyidagi parametrdagi kompyuterni taqdim qiladi (ha, BEPUL):
GPU: Nvidia K80/T4 (narxi, K80 - 40000$, T4 - 9000$)
GPU xotirasi: 12/16GB
RAM: 12-26GB
Ma'lumotlar uchun joy: 358GB

Shuning uchun, Data Science uchun alohida kompyuter olaman demang, o'rtacha kompyuter va yaxshi internet aloqa bilan narxi 50000$ kompyuterda bepul ishlashingiz mumkin.
👍141🔥6👏5😁54🎉4🥰1🤯1