Sariq Dev
13.3K subscribers
1.25K photos
381 videos
4 files
845 links
Mohirdev.uz asoschisi Anvar Narzullaevning rasmiy kanali.

Muhokama uchun guruhimiz: @sariqdevchat
Talab va takliflar uchun @sariqdevadmin ga murojat qiling.
Download Telegram
Forwarded from MohirDev.uz
​​Siz uchun 15 ta bepul hosting provayderlarini bir joyga jamladik.

O'qing, o'rganing, loyihalar qiling.

1. GitHub sahifalari
Bepul rejasining xususiyatlari:

- Veb sayt hajmi 1 GB gacha bo’lishi mumkin.
- Bandwidth: oyiga 100 Gb.
- CNAME orqali domen ulashingiz mumkin.
- HTTPSni qo’llab-quvvatlaydi.

2. Glitch
Bepul rejasining xususiyatlari:

- Soatiga 4000 ta so’rovni taqdim qiladi.
- Xotirasi 512MBgacha.
- Cheksiz statik saytlar.
- Github import/eksport funksiyasini qo’llab-quvvatlaydi.
- Kamchiliklari: Sizning kodingiz va loyihangiz avtomatik ravishda ommaga ochiq turadi.

3. Fleek
Bepul rejasining xususiyatlari:

- Domenni tahrirlashni qo’llab-quvvatlaydi.
- HTTPSni qo’llab quvvatlaydi.
- 3 GB xotira.
- Cheksiz veb saytlar.
- Gitda avtomatik joylashtirish.
- Bandwidth: 50GB.
- Bepul SSL sertifikati.

4. Netlify
Bepul rejasining xususiyatlari:

- Bandwidth: oyiga 100 GB.
- Veb saytlar soni: Cheksiz.
- Sayt versiyalarini qayta tiklay olish
- Bepul CLI taqdim etadi.

5. Render
Bepul rejasining xususiyatlari:

- Bandwidth va xotira: oyiga 100 GB.
- Tezkor CDN.
- SSL funksiyasini ulay olash.
- Gitda avtomatik joylashtirish.

To'liq ro'yxat: https://mohirdev.uz/bepul-hosting/

@mohirdev bilan o'zingizga qulay vaqtda, istalgan joyda, chegarasiz ta'lim oling!

Telegram | Instagram | Youtube
👍71🔥9👏5
Kelinglar, shu yigitga yordam beraylik.

Link orqali kirib ovoz beramiz, rahmat: https://openbudget.uz/boards/4/99797
👍99👏13👎7🔥5😁3🤩1
Forwarded from MohirDev.uz
Instagram sahifamizga obuna bo'lganmisiz?

Savollarga javob berib borayapmiz sahifamizda.

LINK: instagram.com/mohirdev/
👍75🔥13👏5🤩42🥰1😁1😱1😢1
Forwarded from MohirDev.uz
​​Data Science Praktikum kursi o'quvchisining fikri:

"Ismim Rashidov Azamat 25 yoshdaman. Hozirda Janubiy Koreyaning Seul shaxridagi Ire Data
System
IT kompaniyasida Database Engineer lavozimida ishlab kelmoqdaman. Ushbu kompanyada bir oy internship oʻtab, shu yilning yanvar oyidan buyon toʻliq ishga qabul qilindim.

2021-yil sentyabr oyidan buyon Mohirdevdagi "Data Science va Sun'iy Intellekt" kursida oʻqib kelmoqdaman. Hozirgi ishimni topishimda ushbu kurs ancha foydali bo'ldi. Ustozlarning pedagogik bilimlari juda yaxshi, darslar barcha uchun tushunarli qilib ishlangan. Hozirgi onlayn davrda zamonaviy bilimlarni bemalol uydan turib ham organish mumkin. Mohirdevdagi kurslar ham aynan shunga qaratilgan boʻlib , hozirda o'zbek tilidagi eng yaxshi va to'liq kurs deb bemalol ayta olaman. Qolaversa narxlari ham qolgan platformalar bilan solishtirganda uncha qimmat emas ayniqsa tez-tez berib borilayotgan chegirmalar ham yurtdoshlarimiz uchun ancha yengillik beradi deb o'ylayman.

Mohirdev jamoasi o'z oldiga qo'ygan maqsadlariga yetishishlikka tilakdoshman. Qolaversa biz shogirdlar ham ushbu xayrli ishlarga yordam berishlikka doim tayyormiz."

Azamat Rashidov, Ire DataSystem, Database Engineer

Kursimiz 👉: ai.mohirdev.uz

Bog'lanish: @mohirdevsales

Telegram | Instagram | Youtube
👍100🔥64👎4👏2
Mohirdev sherigim Muhammadxalil bilan jonli suhbat bo'layapti, kiringlar, startuplarni yurgazish haqida savollarga ham javob olamiz.

LINK: https://instagram.com/mohirdev?utm_medium=copy_link
👍21🔥2👏2
Dasturchi bo'laman dedingizmi, endi albatta visa card oching. Busiz iloji yoʻq.

Dasturchi sifatida juda koʻp onlayn xizmatlardan foydalanishga toʻgʻri keladi, bugungi kunda hatto bepul xizmatlar ham visa yoki mastercard soʻraydigan bo'lgan.

Menimcha bugun visa karta ochish muammo bo'lmasa kerak. Payme (yoki click) orqali virtual visa kartalar ham ochib olsa boʻladi.

Xullas, dasturchi bo'lmoqchimisiz, visa oching.

Izohlarda Oʻzbekistonda visa karta ochishning oson yo'llari haqida fikr qoldiring, afsuski meni xabarim yoʻq 😅.

@sariqdev
👍107😁11🔥5👏4
Forwarded from MohirDev.uz
"Dasturchilar kursni bitirib, birinchi ishini qanday topishadi?"

Albatta dasturchilik sohasiga kirib kelayotgan barcha boshlang'ich dasturchilarni shu savol qiynab keladi. Aynan shu mavzu bo'yicha 19-mart soat 19:00 da @mohirdev telegram kanali voice chatida AQSHning EPAM Systems kompaniyasida Senior dasturchi hamda Toptal Freelance platformasi a’zosi Ulug'bek Samigjonov bilan ochiq suhbat bo'lib o'tadi.

Suhbatni o'tkazib yubormang!

@mohirdev bilan o'zingizga qulay vaqtda, istalgan joyda, chegarasiz ta'lim oling!
👍61🔥10🎉4😁1
Bugun Malayziyadagi elchixonamiz barcha yurtdoshlar uchun ajib bayram qilib berdi.
Pandemiya sabab bunday uchrashuvlar toʻxtab qolgan edi, mana yana boshlanibdi. Koʻp tanishlarni koʻrib, xursand boʻlib qaytdik.
👍247🎉23🔥20🤩14👏63😱3
5 daqiqada boshlaymiz 👉 https://t.iss.one/mohirdev?livestream
👍29🔥3👎1
Koʻpchilik praktikumga yana chegirma boʻladimi deb so'raydi. Hozir prakitkumlar narxi 1.5mln soʻm.

Praktikumlarni endi e'lon qilgan vaqtimizda aksar kurslar faqatgina qisman tayyor edi xolos. Ilk talabalar ham bizga ishonch bildirib, xali tayyor boʻlmagan kurslarni xarid qilishdi va bu bilan platforma rivojiga ham o'z hissalarini qo'shishdi.

Buning uchun men ilk talabalarimizga cheksiz minnatdorman.

Undan beri 6 oy vaqt oʻtdi. Praktikumlar materiallar bilan to'ldirildi, kamchiliklar bartaraf etildi. Hozir esa yangi platformaga koʻchish arafasidamiz.

Xullas, chegirma masalasiga qaytsak, men chegirma emas, narxlar ko'tarilishi tarafdoriman. Ayniqsa, bitta praktikum yozishga sarflangan mehnatni koʻrib, narxini arzon belgilagan ekanmiz degan fikrga keldim.

Albatta narxlarni belgilash mohirdev marketing va savdo bo'limi qoʻlida, lekin umuman olganda avvalgidek ommaviy chegirmalar berish bo'lmasa kerak (deb umid qilaman).

Shuning uchun, chegirma kutib yashamang. Ilmga investisiya qiling. Arzimagan 1.5mln so'mga butun bir kasb egasi bo'layapsiz.
👍185🔥11😱9🤔7🤩7👏6🎉4👎1
Chet elda o‘qishni istayotgan yoshlar uchun o‘z shaxsiy hayotimdan kelib chiqib tavsiyalar bermoqchi edim.:

1) Uy-joy muammosini hal qilmasdan avval hech qayerga bormang.

2) Boradigan mamlakatingizda mahalliy narxlariga o‘rganmay turib, xaridlarni amalga oshirmang, bo‘lmasa keyinchalik “uff, bu x narsaga juda ham ko‘p pul berdim” deb boshingizni devorga urib yurasiz.

3) Vaqti-vaqti bilan yolg‘iz qolishingiz mumkinligini yodda tuting. Hech kim sizga g‘amxo‘rlik qilishga majbur emas. Hamma narsani o‘zingiz qilishga tayyor bo‘ling. Tayyor bo‘lmasangiz bormang, tushkunlikka tushib qolasiz.

4) O‘z tarixingiz va mamlakatingizda sodir bo‘layotgan voqealar haqida yaxshilab bilib oling. Vataningizning o‘tmishini yaxshi biling. Begona mamlakatda albatta mamlakatingiz tarixi haqida savollarga duch kelasiz. Keyin uyalib qolmang.

5) Borayotgan mamlakatingizdagi aeroportda hech kim qoramag‘iz o‘zbek yigiti yoki qizi keldi deb ko‘zini to‘rt qilib kutib turmaydi, hatto ikkinchi darajali odamdek munosabatda bo‘lishingiz mumkin. Shuning uchun katta umidlarga berilmang. Bo‘lmasa xafa bo‘lib qolasiz.

6) Avvalo shuni bilingki, chet elda o‘qish oson emas va hech qachon oson bo‘lmaydi. Chet elda o‘qish katta pul talab qiladi. Moliyaviy ahvoli yaxshi bo‘lganlar kamroq qiyinchilik bilan o‘qishlari mumkin. Moliyaviy ahvoli yaxshi bo‘lmaganlar katta qiyinchilikka duch kelishadi. Borib ishlab o‘qiyman demang, eng kamida 6 oyga yetadigan pulingiz bo‘lsin.

7) Siz borgan mamlakatda tartibsizliklar bo‘lishi mumkin, hukumat ag‘darilishi mumkin yoki bosqinchi jirkanch Rossiya hujum qilishi mumkin. Qaytish borasida rejangiz bo‘lsin, hamma narsaga tayyor turing. Oilangizni xavotirga quymang.

8 ) “Men o‘zbeklar bilan uchrashmayman, faqatgina chet ellik do‘stlarim bo‘ladi”, demang. Albatta vataningizdan bir do‘stingiz bo‘lsin va u do'stingizni oilangiz bilsin. Kutilmagan holatlar yuz berishi mumkin.

9) Pasportingizni yo‘qotmang!

10) O‘zbekiston o‘rgimchak miyalar qo‘lida qolmasligi uchun orqaga qaytishni reja qilib keting. Mamlakatimizda o‘qimishli va malakali insonlar soni ko‘paygani sari albatta bir kun taraqqiy etgan mamlakatlardan biriga aylanamiz. Shunday ekan g‘arbning ommaviy madaniyatini o‘rganiboq qaytganingiz maʼqul ;)

©️ Abdullatif Adham
👍183🔥22👏12👎8😁32🤩2
Apple M1 chipini taqdim qilgunga qadar Macbooklarni narxiga nomutonisib darajada qimmat deb bilardim.
Ha, tashqi ko'rinishi zoʻr, lekin ichida o'sha intel prosessorlar edi. Narxi esa 2 barobar qimmat. Masalan, 2019-yil Dell XPS 15 eng zoʻr modelini (32GB RAM, Nvidia GTX1650, 1TB SSD) 1500$ ga olganimda, bu pulga eng oddiy Macbook Pro bermasdi.

Lekin M1 chip hammasini o'zgartirib yubordi. Endi kompyuterning hamma komponentlari (prosessor, ram, gpu) bitta chip ichida. Bu o'z navbatida bir tarafdan kompyuter samaradorligini oshirsa, ikkinchi tarafdan elektr iste'molini bir necha barobar kamaytiradi.

Xayratlanarlisi, Macbooklarning eng sodda konfigurasiyasi ham kuchli intel kompyuterlarni ortda qoldirayapti.

Albatta, M1 ning katta kamchligi bu 40 yil davomida standartga aylangan Intel x86 arxitekturasidan voz kechib, odatda smartfonlar ishlatadigan ARM arxitekturasiga oʻtish boʻldi. Natijada chiplar yangi taqdim qilingan vaqti juda koʻp dasturlar M1 ning imkoniyatlaridan toʻliq foydalana olishmadi.

Lekin Applening bozori katta, dasturchilar majbur o'z mahsulotlarini M1 ga ham moslab chiqarayapti. Buning yana bir yutugʻi esa, endi koʻproq kompaniyalar ARM arxitekturasiga oʻta boshlaydilar. Masalan, Lenovo ham yaqinda Snapdragon chipi asosidagi noutbugini taqdim qildi.

Xullas, hayotimda birinchi marta Apple mahsulotlari tomon koʻz olaytirib boshladim 😅.
🔥118👍81😁33🤩8🤔7😢5🎉4
Forwarded from MohirDev.uz
"Dasturchi sifatida chet elda ishlash"

Aynan shu mavzu bo'yicha 26-mart soat 17:00 da @mohirdev telegram kanali voice chatida AQSHning Anaconda kompaniyasida Senior dasturchi hamda RealPython.com da Technical Author bo'lib faoliyat yurituvchi Jahongir Rahmonov bilan ochiq suhbat bo'lib o'tadi.

Suhbatni o'tkazib yubormang!

Fikrlaringizni va savollaringizni izohda yozib qoldiring!
👍63🔥11👏2
Forwarded from MohirDev.uz
Data science sohasi bo'yicha suhbatlashamiz!

Bugun soat 19:00 da Mohirdev instagram sahifasida

Mohirdev instagram sahifasi: https://instagram.com/mohirdev?utm_medium=copy_link
👍50👎42🤩2