Sariq Dev
13.3K subscribers
1.25K photos
381 videos
4 files
845 links
Mohirdev.uz asoschisi Anvar Narzullaevning rasmiy kanali.

Muhokama uchun guruhimiz: @sariqdevchat
Talab va takliflar uchun @sariqdevadmin ga murojat qiling.
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Junior dasturchidan portfolio so'raganda 😅
😁216👍17🔥8😢7👎6
Googledan ingliz tilida suhbatga tayyorlanish uchun yangi bepul xizmat.

Saytga kirib qaysi yo'nalishda ish qidirayotganingizni tanlasangiz, sunʼiy intellekt siz bilan suhbat qiladi.

Ingliz tilida gapirib javob berasiz, oʻzi matnga o'girib, tahlil qilib, tavsiyalar ham beradi.

Marhamat, oʻzingizni sinab ko'ring: https://grow.google/certificates/interview-warmup/
👍126🔥26😱64🤩4
Yangi chiqqan "Top gun: Maverick" kinosidagi aktyorlaridan biri Vel Kilmer bir necha yil avval tomoq saratoni tufayli ovozini yo'qotgan edi.

Yangi kinoda aktyorga sunʼiy intellekt ovoz beribdi. Aktyorlarni sunʼiy intellekt yordamida yoshartirish, yoki umuman aktyorning ishtrokisiz kino olish oxirgi 4-5 yilda rivojlangan edi. Faqat shu ovoz berishga aktyorning oʻzi qatnashayotgan edi xolos.

Ana endi bu ham shart emas. Endi aktyorlar "o'lmaydi". O'lganlarini ham bemalol sunʼiy intellekt bilan tiriltirib olishadi.

Juda qaltis zamonda yashayapmiz. Ko'rganga ham, eshitganga ham ishonib bo'lmay qoldi.

@sariqdev
😁143👍64🔥18🤯16😱12🤔84👎4🤩4
Sunʼiy intellekt haqida gap ketar ekan, yaqinda yana bir qiziq loyihaga duch keldim.

Hozirda chatbot dasturlar chiqqan. Bu dasturlar asosan tex xizmat uchun ishlatiladi. Ishlash prinsipi oddiy, foydalanuvchilar eng koʻp so'raydigan savollarni yodlab olib, shularga javob berib turadi. "Ok Google" yoki "Siri" kabi.

Xullas bir dasturchi o'lgan otasi bilan yillar davomidagi yozishmalarini olib, sunʼiy intellekt yordamida chatbot yasagan. Chatbotga xabar yuborsa, huddi otasi javob bergandek javob yozayapti. Otamni sog'inganda gaplashib o'tiraman deydi. Etim junjukib ketdi.

Nima deysiz, bunday ixtirolar bizga kerakmi?
👍237👎46😱32😢28🤔26🤯6😁1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Bugun dengizga keldim 🌊
Dam olib ham turish kerak 🥽
👍346🔥28🤩28😁9👏6🎉6🥰3🤯31👎1
Koʻpincha junior dasturchiga ish topish qiyin deb nolishadi. Men buni "juniordasturchiga ish topish qiyin" deb toʻgʻrilagan boʻlardim.

Aytingchi, qaysi sohada yangi bitiruvchi birpasda ish topib ketayapti? Bunday sohaning oʻzi yoʻq.

Har qanday sohada, junior lavozimlarga talabgor koʻp, raqobat katta va bu tabiiy.

Ish topa olmayotgan bo'lsangiz, sababi bor. Oʻsha sabablari ustida ishlang. Rad javobi olganda, iloji boʻlsa nima uchun rad qilishganini, qaysi kamchilik ustida ishlashni soʻrab oling va oʻz ustingizda ishlang.

Muhimi, ish qidirish jarayonida oʻsishdan to'xtamang. Oʻquv markazni yoki univerni 3 oy oldin bitirib, shu paytgacha birorta mustaqil loyiha qilmagan yoki yangi narsa o'rganmagan odamni men ishga olmasdim, masalan.

@sariqdev
👍222👏16🔥6😁54🥰2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Videoni ko'ring. Sahnadagi odamlar 100% sohta desam ishonasizmi? Qo'shiqchilar gologramma, qo'shiqlar fonogramma.

Aytdimku, artislar endi "o'lmaydi". Yulduz Usmonova 100 yildan keyin ham Xaqlar do'stligida konsert bersa hayron bo'lmayman.

Video Abba voyage gologramma konsertidan parcha.
👍121🤯55😁12😱12🔥6👎5👏54🤔3🎉3😢2
Forwarded from IT Park Uzbekistan
#event

📆 24-26-iyun kunlari Toshkent axborot texnologiyalari universitetida "Computer Vision AI Challenge" xakatoni bo‘lib o‘tadi va unda ishtirokchilar kompyuter ko‘rish texnologiyalari asosida istalgan raqamli mahsulotni yaratishlari kerak.

Xakaton tashkilotchilari: O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, IT Park, Raqamli texnologiyalar va sun’iy intellektni rivojlantirish ilmiy-tadqiqot instituti, shuningdek, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti.

Oldindan saralash uchun ishtirokchilarga ro‘yxatdan o‘tish vaqtida test topshirig‘i beriladi.

Xakaton yakunida ishtirokchilar tashkilotchilar tomonidan texnika ko‘rinishidagi qimmatbaho sovg‘alarga ega bo‘ladilar.

❗️Arizalarni qabul qilishning oxirgi muddati: 20-iyun

Ro'yxatdan o'tish uchun havola orqali o'ting:
https://forms.gle/41Szvx2V7cXhffeF8
👍55😁3🔥2
Data Science talabalari, jamoa qilib qatnashinglar 👆
👍118🤩9🔥3
Forwarded from MohirDev.uz
VISA va Mastercard orqali to'lash imkoniyati

Endi chet eldagi "Mohirdev" foydalanuvchilari kurslarimizni VISA va Mastercard orqali to'g'ridan-to'g'ri xarid qilishlari mumkin.

To'lovlar 7 yildan beri faoliyat yuritayotgan Paybox kompaniyasi bilan hamkorlikda amalga oshiriladi. Kompaniya PCI DSS sertifikatiga ega.

Qanday to'lash mumkin?

1. Saytimizdan ro'yxatdan o'ting yoki profilingizga kiring.
2. Kursimizni xarid qilish tugmasini bosing.
3. Rasmiylashtirish sahifasida kerakli ma'lumotlarni to'ldirib, "Paybox" to'lov turini tanlang.
4. Paybox to'lov sahifasida karta ma'lumotlarni kiriting va to'lovni amalga oshiring.

Barcha pullik kurslarimiz ro'yxati bilan tanishing

Telegram | Instagram | Youtube
👍62🔥7
@Mohirpool loyihamizga yangi qabul ochildi. Bu safar Python Django ham qoʻshildi.

Eslatib oʻtaman, Mohirpool bu kurs yoki oʻqish emas, ishga tayyorlaydigan maxsus 14 haftalik amaliyot.

Amaliyot davomida mentorga biriktirilgan holda, kichik guruhda real loyiha ustida ishlanadi.

Qisqa qilib aytsak, ish o'rganasizlar.
Undan tashqari suhbatga tayyorlanish, portfolio, cv tayyorlash. Jira, confluence kabi project management ish qurollaridan foydalanishni amalda o'rganasiz.

Butiruvchilar to ishga kirmaguncha tinch qo'ymaymiz. Maqsadimiz 100% ish bilan ta'minlash.

Boshqa yoʻnalishlar:
- Java (Spring) backend
- PHP (Laravel)
- Android (Kotlin)
- Frontend (React)
- Freelance

Batafsil 👉 https://t.iss.one/mohirpool/8
👍541👎1
@mohirpool haqida savollarga bliz (qisqa, lo'nda) javob beraman, savollarni izohda qoldiring 👇
👍426
Assalom alaykum hurmatli do'stlar, Pyscript freymvorki haqida eshitgan bo'lsangiz kerak.

Anakonda kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan pyscript freymvorki python kodlarini to'g'ridan to'g'ri brauzerda ishlatish imkoniyatini beradi. Bu darsda pyscript freymvorki qanday ishlashini va uni Brython kutubxonasidan farqlarini batafsil ko'rib chiqamiz.

LINK: Youtube
👍67🔥11😱3
Uzoq kutilgan yangilik - mohirdev.uz kurslariga Zoodpay orqali boʻlib toʻlash imkoniyati qoʻshildi.

Endi kurslar uchun hech qanday qoʻshimcha komissiyasiz 4 ga boʻlib toʻlov qilish mumkin.

Batafsil 👉 https://t.iss.one/mohirdev/1043
👍99🔥16👏8🤩8👎3🤔1🎉1
Oxirgi 1 oyda juda ko'plab resumelarni ko'rib chiqishga to'g'ri kelyapti.
Ish qidirayotgan dasturchilarga bazi oddiy bo'lgan maslahatlar bermoqchi edim. Aslida ko'pchilik resume yozish haqida ma'lumotlar berishgan, videolar qilishgan.

- linkedin yoki googledan ismingizni yozganda siz haqingizda ma'lumot chiqadigan bo'lsin, chunki resumeda ko'pchilik juda kam ma'lumot yozadi

- github akkaunt ko'rsatgan bo'lsangiz repositorylar ham bo'lsin, bo'sh akkauntni qizig'i yo'q hechkimga

- resume yuborgan korxonaga salgina bo'lsa ham qiziqing, ma'lumot olishga harakat qiling

- biror joyda ishlagan bo'lsangiz "backend dasturchi" yoki "frontend developer" deb qisqagina yozmay, u yerda nima ish qilganingiz haqida qisqacha bo'lsa ham ma'lumot yozing

- portfolioyingizni to'ldiring, local kompyuteringizdagi qilgan ishlaringiz uncha qiziq emas

- biror o'quv markazda darsda qilgan ishlaringizni porfolio sifatida qo'shmang

- suhbatga chaqirishsa, hech bo'lmasa internetdan "interview questions" deb qidirib salgina bo'lsa ham suhbatga tayyorlanib keling
...
yana fikrlar kelsa yozaman
👍235🔥19😁15👏8🤩4🤔3😱3
Forwarded from MohirDev.uz
🤝 Mohirdev ta'lim platformasi Marifat Jamal bilan eksklyuziv hamkorlikni yo'lga qo'ydi

Hamkorlikdan maqsad - yoshlarni chet el universitetlariga tayyorlashga qaratilgan loyiha tashkil qilish.

Marifat Jamal SAT bo'yicha mentor, bir nechta TOP universitetlarda o'qish uchun grant sohibi va Full Stack dasturchi hisoblanadi.

@mohirdev - hamma sifatli ta'lim olishga haqli

Telegram | Instagram | Youtube
👍133🔥215🥰2😁2👎1
NFT, Web 3.0, Crypto haqida

Iltimos, bu narsalar bilan yoshlarning boshini og'ritmang. Mayli, nimaligini o'rgating, lekin pul va vaqt sarflashga chorlamang.

Yoshlarga maslahatim, uzoq muddat daromad keltiradigan, riski kam va muhimi barqaror kasbni o'rganing. Farqi yo'q, novvoychilikmi, savdomi, dasturlashmi, dizaynerlikmi, marketingmi - bular hammasi sinalgan kasblar. Ish topasiz, ro'zg'or tebratasiz.

NFT, crypto deb jar solayotganlar o'zi ham bilmaydi bu narsalar nimani hisobiga o'sib, nimani hisobiga tushayotganini. Mashhur yulduzlarning tavsiyasiga ham uchmang, ular pulga istalgan narsani reklama qilib beradi. Mana, Amerikada yil boshida cryptoni reklama qilgan bir nechta yulduzlar hozir muhlislaridan qochib yuribdi. Sababi va'da qilgan daromadlari puch bo'lib chiqdi. Crypto bozori esa quladi.

Ertaga boy bo'lib, ortiqcha jamg'armangiz bo'lganida, balki qandaydur tushunarsiz narsalarga pul tikib qo'yarsiz, lekin hozircha maslahatim tayinli ish bilan shug'ullaning.

@sariqdev
👍524🔥30👏247🎉6👎5🤔4🥰3🤩1