Sariq Dev
13.3K subscribers
1.25K photos
381 videos
4 files
845 links
Mohirdev.uz asoschisi Anvar Narzullaevning rasmiy kanali.

Muhokama uchun guruhimiz: @sariqdevchat
Talab va takliflar uchun @sariqdevadmin ga murojat qiling.
Download Telegram
Bulutli texnologiyalardan foydalanasizmi?

Ikkita kompyuterim bor, biri uyda, biri o’zim bilan olib yurishga. Barcha ma’lumotlarim bulutda turgani uchun bittasida qilayotgna ishimni 1 soniyada ikkinchisida davom etib ketaveraman. Ikkisi doim sinxronizasiya holatida turadi.

Kompyuter va telefonim xotirasidagi barcha narsalar doim bulutga ko’chiriladi. Istalgan hujjat yoki rasmni istlagan payt telefon orqali ham ochaman.

Qaysi bulutlardan foydalanaman:

Rasmlar uchun - Google Photos. 15GB bepul. Keyin to’lov qilish kerak.
20 yildan beri Google xizmatidan foydalanaman. 2002-yil ilk chiqqanida Google Picasa deb atalar edi. Yaqingacha ham katta hajmdagi rasmlarni joylash bepul edi. Hozir barcha Google bulut xizmatlari uchun oyiga 3$ to’layman (200 GB).

Hujjatlar uchun - Microsoft Office 365 tarkibidagi OneDrive. 15GB bepul.
OneDrive Microsoft Office (Word, Excel, PowerPoint) bilan birga ishlataman. Hujjatlar birdan bulutga va kompyuterga tushadi. Microsfot Office o’zingizga olsangiz oyiga 7$. Menga ishxonam to’laydi. Pullik verisiyada joy 1TB.

Dasturlar uchun - GitHub (bepul) va Google Drive (oyiga 3$, 200GB).

Qisqa qaydlar uchun - Google Keep (bepul). Hayolga kelgan fikrlarni, blog uchun mavzular, majlis davomida aytilgan gaplar uchun juda qulay. Uydagilar bozorlik ro’yxatini Keepga yozadi. Birdan menda ham ko’rinadi.

Kam ishlatiladigan hujjatlar, turli kitoblar, fayllar uchun - Dropbox.

Avval ishlatgan, keyin qolib ketgan xizmatlar: Evernote (qisqa matnlar uchun), Pocket (web sahifalar uchun), Mega (fayllar uchun), HubiC (fayllar uchun).

Bulut xizmatlardan foydalanishda xavfsizlik o’ta muhim. Bitta qurilmani yo’qotsangiz, hamma ma’lumotlar ochiqlanadi. Buni oldini olish uchun:
1. Barcha xizmatlarni 2 qadam bilan himoyalang (kalit so’z + sms).
2. Barcha qurilmalarni kalit bilan himoyalang.

Yana bir muhim narsa - bulutdan tashqari barcha ma’lumotlarni ora-orada tashqi diskka saqlab turing (backup). Tashqi diskni ham albatta kalit so’z bilan himoyalang (maxsus shifrlash dasturlari yordamida).

Siz qaysi biridan foydalanasiz?
👍142🔥10👏8🥰3🤩3
Tez kunlarda….

Shunaqangi zo’r loyiha qildik. Bir qator kod yozmasdan murakkab botlar yaratish mumkin. Yaqinda e’lon qilamiz.

Do’konlar, mehmonxonalar, shifoxonalar va hokazo uchun tayyor shablonlar.

Bot yasab, sotadiganlar uchun esa maxsus imkoniyatlari ham bor. Xullas, @sariqdev va @mohirdev ni kuzatib boring.
👍149🔥29😱13🤩73😁1
Tayyor backend va dashboard. Hammasi ichida…
👍110🔥28🤩10🎉72😢2👎1
To’lov tizimlari bilan integrasiya…
👍136🔥31👏11🤩112
24-26 Iyun kunlari TATUda "Computer vision AI challenge" xakatoni bo'lib o'tgan edi.

Hursand qilgani, 2-3-o'rinlarni egallagan dasturchilar Data Science va Sunʼiy Intellekt kursimiz talabalari ekan.

Ishonaman, aynan shu talabalar ertaga Oʻzbekistonda AI sohasida katta kashfiyotlar qilishadi.

Batafsil: https://bit.ly/3yoyBPG
👍141🔥16👏124🤔4😢3
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Bizning koʻchalarga ham kelarmikin bunday avtolar...
😁86👍46👏9🔥8😱84🤩3
Kechagina General Motors kompaniyasining oʻzi yurar mashinasini maqtagan edim. Yangiliklarda yozilishicha, ishga tushganiga 10 kun bo'lmay, nosozlik tufayli barcha mashinalar koʻchaning oʻrtasida toʻxtab qolib, San Franciscoda katta tirbandlik yuzaga keltiribdi 🤦‍♂.

GM Amerikadayam GM ekanda...
😁341😢21👍19👎8🤔8🔥5🤯5👏2🤩21
1 yil avval mohirdev.uz taqdimotini oʻtkazgan ekanmiz...
👍300🎉50👏1716😢13🔥3👎2🤯2
Tanishing, Diyorbek. Ataylab Koreadan meni ko'rgani kelibdi.

Hayotini eshitib, siz bilan ulashgim keldi. Koreaga Turizm sohasida oʻqish uchun borgan va koʻpchilik kabi oʻqishni tashlab ishlashga chiqib ketgan.

Orada IT da oʻqiyotgan talaba bilan koʻrishib, dasturlashga qiziqib qolgan YouTubeda "Dasturlash Asoslari" darsimni koʻrib boshlagan. Keyin "Mukammal bot" darsini xarid qilgan.

Shu bilan dasturlashga qiziqib ketib, ishlaridan voz kechib oʻqishga jiddiy kirishibdi. Yoʻnalishini "Sunʼiy intellekt"ga oʻzgartirib, hozir 2-kursda tahsil olayotgan ekan.

Malayziyaga kelishi ham ajoyib boʻlgan. "Telegram bot" kursini koʻrib, @halalbread_bot yasagan. Bu bot chet eldagi musulmonlarga Halol restoran va doʻkonlarni topib beradi.

Shu bot bilan Koreadagi talabalar oʻrtasidagi tanlovda gʻolib boʻlgan va Singapurga sayohat qilish imkoniyatini qoʻlga kiritgan. Yoʻl-yoʻlakay ataylab meni koʻrgani kelibdi.

Diyorbekning hikoyasini eshitib hursand boʻldim, taʼsirlandim. Motivasiya boʻlsin deb sizlar bilan ulashdim.
👍712🔥72👏22🤩6😢54🤯3😱3🎉3👎1🤔1
Qurbon Hayiti Muborak, Azizlar!
👍189🎉5418🔥8🥰8🤩7👏1
Oʻzbekistonda qadriga yetishmaydigan, deyarli ishlatilmaydigan texnologiyalardan biri - email.

Aksar odam email nega kerakligini ham bilmaydi. Smartfon olganda bitta Google yoki iCloud manzil ochadi va qaytib ishlatmaydi.

Chet elda aksincha, rasmiy muloqot faqat email orqali. Telegram yoki Whatsappda biror narsaga kelishilsa ham, ortidan darrov email yuboriladi.

Mohirdev platformasining birinchi versiyasida roʻyxatdan oʻtish email orqali edi. Shunaqangi qiynalib ketdik. Hech kim emailini yodlab qolmagan, yoki mavjud boʻlmagan email yozib yuborgan. Login/parol esdan chiqadida, tiklolmay yuradi. Qoʻlda tiklab beramiz. Oxiri tinchgina emaildan voz kechib, telefon raqam orqali login qildik.

Sizchi, email ishlatasizmi?
👍573😁154😢35👎13🤯12🔥8🤔7👏5🥰4🤩43
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Videoni koʻring va pastdagi savolga javob bering.
🤯19😱6
Yuqoridagi videoda qaysi mahsulotning ilk savdosi aks etgan?

Toʻgʻri javob ertaga.
Anonymous Poll
22%
Apple iPod mp3 player
13%
Nokia X6 smartfon
48%
Windows 98 OS
8%
Sony Walkman mp3 player
9%
Apple iMac G3 kompyuter
🤔76👍28🎉16🔥12😁75👎5
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Qachonlardir Windows 98 shunaqa shov-shuv bilan sotilgan ekan.
😱117👍76😁26👏19🤯85🔥4🤔4👎3🤩2😢1
Junior bo’lib ishga kirish uchun portfolio va CV ning o’zi yetarli emas. Boshqalardan ajralib ham turish kerak.

Menga ham ko’pchilik ish so’rab yozadi, portfoliosiga qarasam 99% odam shablon loyihalar qilgan bo’ladi. O’zidan birorta yangilik qo’shmaydi. Ba’zilar xatto “Lorem ipsum…” shablon matnni ham o’zgartirmaydi.

Bitta narsani tushuning, har kuni minglab o’quv markazlarini minglab talabalar yakunlayapti. Hammasi ish izlayapti. Agar shu bir xil kulrang massa orasida ajralib turmasangiz, ish topishingiz juda-juda qiyin.

Bu postni yozishimga yangi, Ulug'bek ismli stajyorimiz sabab bo’ldi. 3 kun oldin ish so’rab yozgan ekan. Dasturlashni avval o’quv markazida keyin mohirdevda o’qigan.

E’tiborimizni tortgani mohirdev.uz saytining klonini yaratibdi: https://mohirdev-clone.netlify.app/ (va yozgan xatida aynan shunga urg’u berib, linkini ham alohida yuborgan).

Protfoliosini ochib qaradik, barcha loyihalariga mehr bilan yondoshgan. Quruq shablon emas, saytlarni ma’lumot bilan to’ldirgan.

Aslida hozirda ishchi olmayotgan bo’lsak ham, suhbatga chaqirdik va boshlanishiga stajyorlik taklif qildik.

Ozgina tajriba orttirsa ishga olib qolamiz. Sababi, ramkadan tashqari firklaydigan, o’z hunarini ko’rsata oladigan hodimlar doimo kerak.

Sizlarga ham maslahatim, ish qidirganda avvalo ajralib turing. Ikkinchidan esa, ishga topshirayotgan kompaniyani o’rganing. Yuqorida aytganimdek, bizni e’tiborimizni tortgani aynan mohirdev kloni bo’ldi. Bu yaxshi taktika. Agar boshqa saytni yuborganda balki rad javob berar edik.
👍232🔥21😁19🎉5🤔2😢1
Forwarded from Josh*Developer
Sun'iy ong (AI)

▫️U haqida nimalar bilamiz ?
▫️Kelajakda ko'pchilikni ishdan ayirishi rostmi ?
▫️Dasturchilarni hammi ?
▫️O'zimiz o'rgansak bo'ladimi ? Qanday ?

Azizlar, kamtarona taklifimizni qabul qilgan holda, Mohirdev platformasida CEO va Co-Founder Anvar Narzullayev kanalimizda ovozli suhbat qilishga rozi bo'ldilar.

Mavzu: Sun'iy ongning umumiy va dasturlashdagi o'rni.
Sana va vaqti: 25-iyul, 18:30 (Toshkent vaqti bilan)
Manzil: @JoshDeveloper kanali.

Shuningdek, Anvar akadan yosh dasturchilar uchun qimmatli maslahatlar ham olamiz.
InshaaAlloh.

Savollaringizni post ostiga qoldiring
.

Ulashing ✈️.

@JoshDeveloper
👍82🔥11🎉3
@mohirdev asoschilaridan biri Ulugʻbek Samigjonov yozayapti:

Hozirgacha juda ko'p intern'larni intervyu qildim. Backend'dan ko'ra ko'proq frontend bo'yicha suhbat o'tkazdim. Asosiy talab HTML, CSS, CSS pre-processor, Javascript, Typescript va ReactJS'ni bilishi bo'ldi. Albatta, loyihaga qarab talab ham o'zgaradi.

HTML'ni o'zidan savol berish ozgina qiyin, chunki so'raydigan narsa ham ko'p emas, qiyin joyi ham yo'q. Lekin shunda ham deyarli hammadan ikki savol so'radim:

1. block, inline-block va inline element'larni bir-biridan farqi
2. HTML'da semantics nima va nima uchun kerak?

Qiziq tomoni ko'p hollarda shu savollarga javob bera olisholmadi. Sizchi, shu savollarga javob bera olarmidingiz?
👍101😢214🔥2🤔2😱2🤩2😁1