Samarqand Kadastr
1.55K subscribers
2.97K photos
522 videos
1.92K links
Kadastr agentligi Samarqand viloyat boshqarmasi hamda Davlat kadastrlari palatasi Samarqand viloyat boshqarmasi rasmiy kanali

☎️ Murojaatlar uchun (95) 508-81-50

📍Manzil: 140129, Samarqand shahar, Gulobod kochasi, 56 A uy
Download Telegram
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Fermerlarning
ijara huquqini boshqa shaxsga o‘tkazish huquqi qonuniy mustahkamlandi.

🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasining 2024-yil 10-oktabrdagi "Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkalarini ijaraga berish tartibining takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida"gi 973-sonli Qonuniga asosan O‘zbekiston Respublikasining bir qancha qonun hujjatlariga tegishli tartibda o'zgartirish va qo'shimchalar kiritildi.

Xususan, O‘zbekiston Respublikasining Yer kodeksi, “Fermer xo‘jaligi to‘g‘risida”gi qonun hamda “Dehqon xo‘jaligi to‘g‘risida”gi qonunlarga Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkasiga nisbatan huquqlar va majburiyatlarni boshqa shaxsga o‘tkazish (qayta ijaraga berish) oid modda va to'ldirishlar kiritildi.

◼️ Unga ko‘ra, fermer xo‘jaligi ijara huquqi asosida tegishli bo‘lgan yer uchastkasiga nisbatan huquqlari va majburiyatlarini yer uchastkasining asosiy mo‘ljallangan maqsadini saqlab qolgan holda ijara shartnomasi amal qiladigan muddatga boshqa shaxsga o‘tkazish (qayta ijaraga berish) huquqiga ega bo‘ldi.

◼️ Endi fermer va dehqon xo‘jaliklari o‘zlariga ijara huquqi asosida tegishli bo‘lgan yer uchastkasiga doir huquqni notarial tartibda tasdiqlangan shartnomalar asosida oldi-sotdi va hadya qilishlari, ayirboshlashlari, renta haqi to‘lanishi sharti bilan berishlari hamda notarial tasdiqlangan guvohnoma asosida meros qilib olishlari, bundan tashqari yuridik shaxslarning ustav fondiga ulush sifatida kiritishlari mumkin bo‘ladi.

#DavKadastrPalata #huquqiy_ma_lumotlar

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Yer uchastkasi olib qo‘yilishi munosabati bilan kompensatsiya
beriladi

🪪Yer uchastkasi olib qo‘yilganligi munosabati bilan huquq egasiga noqulayliklar keltirib chiqarilganligi uchun kompensatsiya sifatida yer uchastkasida joylashgan ko‘chmas mulk bozor qiymatining besh foizi miqdorida bir martalik to‘lov amalga oshiriladi.

Quyidagilar kompensatsiya qilinadi:

▪️olib qo‘yilgan yer uchastkasida joylashgan ko‘chmas mulk obyektlarining bozor qiymati;
▪️olib qo‘yilgan yer uchastkasiga bo‘lgan huquqning bozor qiymati;
▪️olib qo‘yilgan yer uchastkasida joylashgan ko‘p yillik dov-daraxtlarning bozor qiymati;
▪️ko‘chish, shu jumladan boshqa ko‘chmas mulk obyektini vaqtinchalik ijaraga olish bilan bog‘liq xarajatlar;
▪️yer uchastkasidan va unda joylashgan ko‘chmas mulk obyektlaridan foydalanishdan olinishi mumkin bo‘lgan boy berilgan foyda (bunda yer uchastkasi va unda joylashgan ko‘chmas mulk obyektlari bo‘shatib qo‘yilgan paytdan e’tiboran avvalgi faoliyatni tiklashga qadar bo‘lgan, biroq bir yildan ortiq bo‘lmagan muddatdagi foyda yoki mavsumiy hosildan olinishi mumkin bo‘lgan foyda hisobga olinadi);
▪️huquq egasining qonunchilikda yoki kelishuvda nazarda tutilgan boshqa xarajatlari va zararlari.

Asos: 29.06.2022-yildagi O'RQ-781-son

#DavKadastrPalata #huquqiy_ma_lumotlar

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Shaharsozlik qoidalarini buzish uchun jazo kuchaytirildi


📃 Yangi qonun (O‘RQ-1050-son, 25.03.2025) bilan:

Ruxsatsiz qurilish, tayanch konstruksiyalarni o‘zgartirish va shahar rejasiga zid loyihalar uchun javobgarlik belgilandi;

Birinchi marta qoidabuzarlik qilganlar xatolarini ixtiyoriy tuzatsa, jazodan ozod etilishi mumkin;

Loyiha talablariga rioya qilmaganlar va ekspertizadan o‘tmagan obyektlar uchun javobgarlik kuchaytirildi;

Odam o‘limiga sabab bo‘lgan shaharsozlik qonunbuzarliklari uchun jinoiy javobgarlik joriy etildi;

Shaharsozlik qoidabuzarliklari uchun jarimalar oshirildi.

⚖️ Qonun rasmiy e’lon qilinganidan 3 oy o‘tib kuchga kiradi.

#DavKadastrPalata #huquqiy_ma_lumotlar

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍2
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

🇺🇿O‘zbekiston Respublikasining Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risidagi Qonuni (05.06.2024 yil O‘RQ-931-son).

3-modda. Ushbu Qonunda quyidagi asosiy tushunchalar qo‘llaniladi:

◼️davlat organining yoki boshqa tashkilotning xodimi — davlat organlarida yoki boshqa tashkilotlarda mehnat shartnomasi (kontrakt) asosida yoxud saylab qo‘yiladigan yoki tayinlanadigan lavozimlarda mehnat (xizmat) faoliyatini amalga oshirayotgan boshqaruv xodimi;

◼️manfaatlar to‘qnashuvi — shaxsning shaxsiy (bevosita yoki bilvosita) manfaatdorligi uning o‘z lavozim yoki xizmat majburiyatlarini lozim darajada bajarishiga taʼsir ko‘rsatayotgan yoxud taʼsir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan hamda shaxsiy manfaatdorlik bilan fuqarolarning, tashkilotlarning, jamiyatning yoki davlatning huquqlari, qonuniy manfaatlari o‘rtasida qarama-qarshilik yuzaga kelayotgan (mavjud manfaatlar to‘qnashuvi) yoki yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan (ehtimoliy manfaatlar to‘qnashuvi) vaziyat;

◼️manfaatlar to‘qnashuvini tartibga solish bo‘yicha maxsus bo‘linma — davlat organlarining yoki boshqa tashkilotlarning korrupsiyaga qarshi ichki nazorat bo‘linmalari (va) yoki kadrlar bo‘linmalari;

◼️shaxsiy manfaatdorlik — davlat organining yoki boshqa tashkilotning xodimi yoxud u bilan aloqador shaxslar ushbu xodim tomonidan bevosita yoki bilvosita qaror qabul qilinishi yoki xodimning ushbu jarayonda boshqacha tarzda ishtirok etishi natijasida olishi mumkin bo‘lgan har qanday naf yoki afzallik;

◼️yaqin qarindoshlar — ota-onalar, aka-ukalar, opa-singillar, o‘g‘illar, qizlar, er-xotinlar, shuningdek er-xotinlarning ota-onalari, aka-ukalari, opa-singillari va farzandlari.

#DavKadastrPalata #huquqiy_ma_lumotlar

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍2
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Bo‘sh turgan davlat ko‘chmas mulk obyektlaridan samarali foydalanish tashkil etiladi

📃 Hukumat qarori (247-son, 21.04.2025 y.) bilan “Bo‘sh turgan davlat ko‘chmas mulk obyektlarini xatlovdan o‘tkazish va ulardan samarali foydalanishni tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi nizom tasdiqlandi.

🔰Nizom noturar bo‘lgan bo‘sh turgan davlat ko‘chmas mulk obyektlarini aniqlash va xatlovdan o‘tkazish, xatlov natijalarini rasmiylashtirish, bo‘sh turgan davlat ko‘chmas mulk obyektlaridan samarali foydalanish mezonlari va ulardan samarali foydalanishni tashkil etish tartibini belgilaydi.

📝 Nizomga ko‘ra, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi huzuridagi Davlat mulki obyektlaridan samarali foydalanish markazi va uning hududiy boshqarmalari "Davlat mulki" ATda bo‘sh turgan davlat ko‘chmas mulk obyektlarining hisobini yuritish sohasida quyidagilarni amalga oshiradi:

🔹 toifalarga ajratish bo‘yicha:

➡️bo‘sh turgan;
➡️meyorga asosan ortiqcha maydon aniqlangan;
➡️qurilishi tugallanmagan (1 yildan ortiq muddatda);

◼️samarali foydalanish choralari ko‘rilganligi bo‘yicha:

➡️ rivojlantirish dasturlariga kiritilgan;
➡️ ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan;
➡️ davlat-xususiy sheriklik dasturiga kiritilgan;
➡️ ijaraga berish uchun ommaviy savdolarga chiqarilishi belgilangan.

✔️ Markaz aniqlangan bo‘sh turgan davlat ko‘chmas mulk obyektlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni xatlov yakunlangandan so‘ng 10 kun muddatda o‘zining rasmiy veb-saytida e’lon qiladi.

#DavKadastrPalata #huquqiy_ma_lumotlar

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1