🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿⭐️ Kadastr agentligining Samarqand viloyat boshqarmasida
🌏 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 14-noyabrdagi PF-184-son Farmoni bilan tasdiqlangan Tadbirkorlar huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha
“Yo‘l xaritasi”ning
tegishli bandi ijrosi yuzasidan tadbirkorlarning tadbirkorlik sohasidagi majburiy talablardan xabardorligini oshirishga oid
seminar-
trening tashkil etildi.
💠 Seminar-treningda tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha Samarqand viloyati bo‘yicha vakil devoni bosh inspektori Sh.Hamdamov ishtirok etib, mazkur Farmonda 2025-yil 1-yanvardan boshlab - tadbirkorlik subyektlari faoliyatida o‘tkaziladigan barcha tekshiruvlar
“Yagona davlat nazorati” axborot tizimida ro‘yxatga olish orqali Biznes-ombudsmanni xabardor etish tartibida amalga oshirilishini ta’kidladi.
📃 Shuninggdek, tadbirkorlik subyektlari faoliyatida
“Xavfni tahlil qilish” elektron tizimi natijalari asosida profilaktika tadbirlari va tekshiruvlarni o‘tkazish quyidagi tartibda amalga oshirilishi belgilanganligi aytib o‘tdi.
🫥 Bundan tashqari, Biznes-ombudsman va nazorat qiluvchi organlar tomonidan tasdiqlangan namunadagi cheklist to‘ldirilishi natijalari bo‘yicha tadbirkorlik subyektlari faoliyatida qonunbuzilishlarga olib kelishi mumkin bo‘lgan kamchiliklarni bartaraf etishga ko‘maklashish ham belgilanganligingi qayd etdi.
🧊 Seminar-
trening ishtirokchilari tomonidan berilgan savollarga ma’ruzachilar tomonidan batafsil javoblar orqali huquqiy tushuntirishlar berildi.
#Seminar_trening#Kadastr_agentligi_Samarqand