🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 🟢Bugun respublikamizda Alisher Navoiy tavalludining 583-yilligi nishonlanmoqda.
Alisher Navoiy (1441-1501) - to‘liq ismi Nizomiddin Mir Alisher.
Alisher Navoiy hayotiga taalluqli bilishimiz kerak bo'lgan 8 ta ma’lumot: 🟢Navoiy 4 yoshida maktabda ta’lim ola boshlagan. 7 yoshida
Farididdin Attorning «Mantiqut-tayr» asarini va buyuk muhaddisimiz
Buxoriy hazratlarining
olti mingdan ziyod hadisi shariflarini
yod bilgan. Mir
Alisher 7-8 yoshlaridan boshlab
g‘azallar yoza boshlagan.
🟢Alisher Navoiy «Muqarrabi hazrati sultoniy» («Sulton hazratlarining eng yaqin kishisi») degan unvonni olgan.
🟢Alisher Navoiy turkiy tilda yozgan she’rlariga
Navoiy, forsiy tildagi she’rlariga
Foniy deb taxallus qo‘yadi.
🟢 Navoiyning sevgilisi sifatida tasvirlanadigan
“Guli” ismi faqat xalq og‘zaki ijodida,
Navoiy haqidagi rivoyat va afsonalarda uchraydi xolos. Guli nomi Navoiyning hayoti haqida ma’lumot beruvchi
yozma manbalarning hech birida uchramaydi.
🟢Navoiy taxminan 18-19 yoshlarida
Abdurahmon Jomiy bilan tanishadi. Jomiy uni ham
farzand, ham shogird sifatida qadrlaydi.
🟢Navoiy o‘z jamg‘armasi hisobidan
Hirotda va butun
Xuroson mamlakatida
300 dan ortiq inshootlar qurdirgan.
🟢Navoiy 16 ta adabiy janrda ijod qilgan. Turkiy tilidagi ilk
“Xamsani” 2 yil davomida yozadi. Dunyoning
64 tilga tarjima qilingan bu asar
51 ming misradan ortiq. Shoirning lirik merosi umumiy hajmi 50000 misradan ortiq
«Xazoyinul-maoniy» nomli to‘rt devon (1491—1498)ga jamlangan.
🟢Alisher Navoiy 1501 yil 3 yanvarda vafot etdi. Uni dafn etish chog‘ida maydalab yomg‘ir yog‘ib turgan edi. Buni tarixchi Xondamir
“Hatto tabiat ham motam tutdi” deya ta’riflagan.
#kadastr #Alisher_Navoiy 📩 Telegram | 📩 Instagram | 📩YouTube | 📩 Facebook | 📩 Web-sayt