Samarqand Kadastr
1.28K subscribers
2.04K photos
377 videos
1.38K links
Kadastr agentligi Samarqand viloyat boshqarmasi hamda Davlat kadastrlari palatasi Samarqand viloyat boshqarmasi rasmiy kanali

☎️ Murojaatlar uchun (95) 508-81-50

📍Manzil: 140129, Samarqand shahar, Gulobod kochasi, 56 A uy
Download Telegram
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 📝📝📝📝

🫥 Avval xabar berganimizdek, bugun ⭐️ Kadastr agentligi va 🌟 Davlat kadastrlari palatasining Samarqand viloyat boshqarmalari rahbariyati tomonidan Urgut tumanida sayyor qabul o'tkazildi.

➡️ Sayyor qabulda Kadastr agentligining Samarqand viloyat boshqarmasi boshlig'i o'rinbosari Butayev Shakarboy Xayrullaevich boshchiligida Davlat kadastrlari palatasining Samarqand viloyat boshqarmasi mas'ullari va tuman bo'li'm hamda filial mutasaddilari tomonidan sayyor qabulga kelgan 15 dan ortiq fuqarolarning murojaatlari tinglanib, shundan, 10 dan ortig'iga huquqiy tushuntirish berildi va joyida hal etildi. Shu bilan birga, qo‘shimcha o‘rganish hamda hujjatlar talab etiladigan 5 ta murojaatlar bo‘yicha sohadagi mas’ullarga topshiriq va ko‘rsatmalar berildi va muddatlari belgilanib, ijrosi nazoratga olindi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

⚡️ RASMIY MUNOSABAT

▶️ Ijtimoiy tarmoqda “Payariq tumani Oqtosh MFY da istiqomat qiluvchi fuqaroni, tuman Kadastr bo‘limi xodimlari jarimaga torttirdi. Ogohlantirish va huquqiy tushuncha berish o‘rniga, oddiy xalq kadastr bo‘limi tomonidan talandimi? Prezidentimizning aholiga imkoniyat yaratish kerak, degan gaplari amalda bajarilmayaptimi?” degan mazmunda murojaat e’lon qilindi.

📃 Mazkur murojaat bo‘yicha Kadastr agentligining Samarqand viloyat boshqarmasi xodimlari tomonidan o‘rganib chiqildi. O‘rganish natijalari bo‘yicha quyidagi sahifa orqali batafsil ma’lumot olishingiz mumkin.

👉 Batafsil o'qing
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

📹 937-SONLI QONUN BILAN QANDAY HUQUQLAR E'TIROF ETILADI?

➡️ Bu bo'yicha ⭐️ Kadastr agentligi Yuridik bo‘lim boshlig‘i Jamshid Amirqulov javob beradi.

➡️ Batafsil videoda

📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

DIQQAT E’LON!

▶️Hurmatli Samarqand viloyati, Qo'shrabot tumani fuqarolari hamda tadbirkorlari!

🌟Sizning kadastrga oid murojaatlaringizni ko‘rib chiqish maqsadida Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasining Samarqand viloyat boshqarmalari rahbariyati hamda tuman bo'limi va filiali mutasaddilari ishtirokida sayyor qabul o‘tkaziladi.

🗓Sayyor qabul kuni: 2024-yil, 16-dekabr, soat 15:00 da

📍Manzil: Qo'shrabot tumani “Buloqboshi” MFY, “Mustaqillik” ko‘chasi. Kadastr idorasi binosi.

📃Qabulga yozilish uchun (95) 508-81-50 va (78) 210-01-33 telefon raqamlariga murojaat qilishingiz mumkin.

#DavKadastrPalata #sayyor_qabullar

Rasmiy sahifalarimiz 👇

Telegram 📹 YouTube 💬 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
E-auksion.uz orqali shaffof auksionda ishtirok etib, 📍 Samarqand viloyatidagi mulk va yer uchastkalarini sotib oling!

⭕️ 4485 ta koʻchma savdo obyektlari (ko'rish)
⭕️ 5804 ta tadbirkorlik uchun yerlar (ko'rish)
⭕️ 153 ta erkin iqtisodiy zonalardagi yerlar (ko'rish)
⭕️ 259 ta qishloq xo'jaligi yerlari (ko'rish)
⭕️ 1310 ta dehqon xo'jaligi uchun yerlar (ko'rish)
⭕️ 65 ta xalqaro yo‘llar bo‘yidagi yerlar (ko'rish)
⭕️ 45 ta mikromarkazlar uchun yerlar (ko'rish)
⭕️57 ta davlat aktivlari (ko'rish)
⭕️ 198 ta ijaraga beriladigan davlat mulklari (ko'rish)

🎞 video-qo'llanma 👈

🤵🏻 "E-AUKSION" vakili (99) 207-36-07 ☎️
🤵🏻
"E-AUKSION" vakili (99) 207-26-07 ☎️
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 📝📝📝📝

🫥 Avval xabar berganimizdek, bugun ⭐️ Kadastr agentligi va 🌟 Davlat kadastrlari palatasining Samarqand viloyat boshqarmalari rahbariyati tomonidan Qo'shrabot tumanida sayyor qabul o'tkazildi.

➡️ Sayyor qabulda Kadastr agentligining Samarqand viloyat boshqarmasi boshlig'i o'rinbosari Butayev Shakarboy Xayrullaevich hamda Davlat kadastrlari palatasining Samarqand viloyat boshqarmasi boshlig'i o'rinbosari Davronov Yashnar Baxodirovich boshchiligida tuman bo'li'm hamda filial mutasaddilari tomonidan sayyor qabulga kelgan 10 dan ortiq fuqarolarning murojaatlari tinglanib, shundan, 7 nafariga huquqiy tushuntirish berildi va joyida hal etildi. Shu bilan birga, qo‘shimcha o‘rganish hamda hujjatlar talab etiladigan 4 ta murojaatlar bo‘yicha sohadagi mas’ullarga topshiriq va ko‘rsatmalar berildi va muddatlari belgilanib, ijrosi nazoratga olindi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Fermerlarning
ijara huquqini boshqa shaxsga o‘tkazish huquqi qonuniy mustahkamlandi.

🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasining 2024-yil 10-oktabrdagi "Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkalarini ijaraga berish tartibining takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida"gi 973-sonli Qonuniga asosan O‘zbekiston Respublikasining bir qancha qonun hujjatlariga tegishli tartibda o'zgartirish va qo'shimchalar kiritildi.

Xususan, O‘zbekiston Respublikasining Yer kodeksi, “Fermer xo‘jaligi to‘g‘risida”gi qonun hamda “Dehqon xo‘jaligi to‘g‘risida”gi qonunlarga Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkasiga nisbatan huquqlar va majburiyatlarni boshqa shaxsga o‘tkazish (qayta ijaraga berish) oid modda va to'ldirishlar kiritildi.

◼️ Unga ko‘ra, fermer xo‘jaligi ijara huquqi asosida tegishli bo‘lgan yer uchastkasiga nisbatan huquqlari va majburiyatlarini yer uchastkasining asosiy mo‘ljallangan maqsadini saqlab qolgan holda ijara shartnomasi amal qiladigan muddatga boshqa shaxsga o‘tkazish (qayta ijaraga berish) huquqiga ega bo‘ldi.

◼️ Endi fermer va dehqon xo‘jaliklari o‘zlariga ijara huquqi asosida tegishli bo‘lgan yer uchastkasiga doir huquqni notarial tartibda tasdiqlangan shartnomalar asosida oldi-sotdi va hadya qilishlari, ayirboshlashlari, renta haqi to‘lanishi sharti bilan berishlari hamda notarial tasdiqlangan guvohnoma asosida meros qilib olishlari, bundan tashqari yuridik shaxslarning ustav fondiga ulush sifatida kiritishlari mumkin bo‘ladi.

#DavKadastrPalata #huquqiy_ma_lumotlar

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM