Samarqand Kadastr
1.28K subscribers
2.04K photos
376 videos
1.38K links
Kadastr agentligi Samarqand viloyat boshqarmasi hamda Davlat kadastrlari palatasi Samarqand viloyat boshqarmasi rasmiy kanali

☎️ Murojaatlar uchun (95) 508-81-50

📍Manzil: 140129, Samarqand shahar, Gulobod kochasi, 56 A uy
Download Telegram
#Kadastr_agentligi
#amaliy_seminar

▪️Yer uchastkalarini o‘zboshimchalik bilan egallash va ulardan noqonuniy foydalanish holatlarini barvaqt aniqlash hamda huquqbuzarlik sodir etgan shaxslarga nisbatan jazoning muqarrarligi ta’minlanishi ustidan qat’iy nazoratni o‘rnatish, shuningdek, davlat yer va kadastr nazoratini maxsus planshetdan foydalangan holda amalga oshirish, natijalarini joyning o‘zida elektron tarzda rasmiylashtirish tizimini joriy etish maqsadida ⭐️ Kadastr agentligi tomonidan Samarqand viloyat boshqarmasiga taqdim etilgan 55 dona “Planshet” va “Bodi kamera” kabi maxsus moslamalardan to‘g‘ri foydalanish tartibini xodimlarga tushuntirish va amaliyotda qo‘llashni o‘rgatish yuzasidan amaliy-o‘quv seminari tashkil etildi.

◼️Seminarda Kadastr agentligining Yer va kadastr nazorati boshqarmasi bosh mutaxassislari S.Akbarov va B.Taxirovlar tomonidan Davlat yer va kadastr nazoratini amalga oshirishda planshetdan foydalanish hamda ish hujjatlarini “E-yer nazorat” avtomatlashtirilgan axborot tizimida joyning o‘zida elektron tarzda rasmiylashtirish tartibi to‘g‘risida boshqarma xodimlari hamda tuman (shahar) bo‘lim boshliqlari va xodimlariga tegishli ko‘rsatma va tushuntirishlar berildi.

Rasmiy sahifalarimiz 👇

Telegram 📹 YouTube 💬 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Amaliy_seminar #Samarqand

Zamonaviy geodezik o'lchov uskunalaridan foydalanishga bag’ishlangan
amaliy seminar tashkil etildi.

◼️Bugun zamonaviy yangi avlod o‘lchov vositalaridan foydalanishnishni o‘rgatish va zarur ko‘nikma bilimlarini olish maqsadida boshqarmaning tuman va shahar filiallarida faoliyat olib boradigan topograflarga amaliy seminar tashkil etildi.

📃Seminarda Davlat kadastrlari palatasi hamda Respublika Aerogeodeziya markazi masʼullari tomonidan topograflarga sun'iy yuldosh asboblarini doimiy stansiyalarga bog'lab ishlatish borasida va o‘lchov vositalardan foydalanib ishlarni sifatli amalga oshirish bo‘yicha amaliy ko‘nikmalar berilmoqda.

↪️Ta'kidlash kerakki, yer va binolar o'lchovini amalga oshirish va hisobini yuritishda zamonaviy texnikalar ish samaradorligini oshirishga xizmat qiladi.

Rasmiy sahifalarimiz 👇

Telegram | 📹YouTube | 💬 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM