#Farmon_ijrosi #Samarqand
“Sog‘lom ayol millat faxridir”
🩺 Har jihatdan sog‘lom va yetuk onalar farzand, oila, jamiyat barkamol bo‘lishi uchun zamin yaratadilar. Bu borada mamlakatimizda xotin-qizlarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, ularning iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy faolligini oshirish, sog‘lig‘ini saqlash, kasbga o‘qitish va bandligini ta’minlash, tadbirkorlikka keng jalb etish, ehtiyojmand xotin-qizlarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, gender tenglikni ta’minlash borasida olib borilayotgan islohotlarni tizimli davom ettirish, shuningdek, 🇺🇳 Birlashgan Millatlar Tashkiloti Global kun tartibining Barqaror rivojlanish maqsadlarini izchil amalga oshirish maqsadida 🌏 Prezidentimizning 2022-yil 7-martdagi “Oila va xotin-qizlarni tizimli qo‘llab-quvvatlashga doir ishlarni yanada jadallashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni e’lon qilindi.
📃 Ushbu Farmon bilan bir qator ustuvor vazifalar belgilandi, mazkur vazifalar ijrosini ta’minlash yuzasidan ⭐️ Kadastr agentligining tegishli topshiriq xatiga asosan 🌟 Davlat kadastrlari palatasi Samarqand viloyat boshqarmasi tomonidan boshqarma va uning tuman (shahar) filiallarida faoliyat ko‘rsatayotgan barcha ya’ni, 66 nafar xotin-qizlar salomatligini mustahkamlash, xotin-qizlarga xos bo‘lgan kasalliklarni barvaqt aniqlash va oldini olish maqsadida 🌏 O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Respublika ixtisoslashtirilgan Onkologiya va radiologiya ilmiy amaliy tibbiyot markazi Samarqand filialida profilaktik tekshiruvlar tashkil etildi.
✅ Bu kabi tadbirlarning doimiy tashkil etilishi, so‘nggi yillarda mamlakatimizda oilalarni mustahkamlash, xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini hamda bandligini oshirish, tadbirkorlik ko‘nikmalarini shakllantirish, gender tengligini ta’minlash borasida keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirilayotganligidan dalolat beradi.
Rasmiy sahifalarimiz👇
✅ Telegram 📹 YouTube 💬 Facebook
“Sog‘lom ayol millat faxridir”
Rasmiy sahifalarimiz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM