Samarqand Kadastr
1.28K subscribers
2.08K photos
384 videos
1.41K links
Kadastr agentligi Samarqand viloyat boshqarmasi hamda Davlat kadastrlari palatasi Samarqand viloyat boshqarmasi rasmiy kanali

☎️ Murojaatlar uchun (95) 508-81-50

📍Manzil: 140129, Samarqand shahar, Gulobod kochasi, 56 A uy
Download Telegram
#Samarqand #Kadastr #Seminar

Yong'in xavfsizligi bo'yicha o'qiv-seminari o'tkazildi.

⭐️Kadastr agentligi hamda🌟Davlat kadastrlar palatasi Samarqand viloyati boshqarmalari hamda Samarqand viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi hamkorligida markaziy aparat xodimlari, tuman shahar filiali arxiv ishi muhandislari ishtirokida yong'in xavfsizligi bo'yicha o'quv seminari o'tkazildi.

🗣Seminarda har bir xodim ish faoliyati davomida eʼtibor qaratishi lozim bo‘lgan jihatlarga, yaʼni sovuq ob-havo sharoitida yong‘inlar, gaz va havo aralashmasining chaqnashi, tabiiy va is gazidan zaharlanish hamda boshqa turdagi favqulodda vaziyatlarning oldini olish bo‘yicha zaruriy tavsiyalar berildi.

⚡️Bundan tashqari Davlat kadastrlari palatasi Samarqand viloyati boshqarmasi hamda tuman, shahar filiallari arxiv ishi muhandislariga yong'in xavsizligi qoidalariga qat'iy rioya etilishi idoraviy arxivlaridagi hujjatlarni saqlash bo‘yicha ham tegishli tavsiyalar berildi.

Rasmiy sahifalarimiz 👇

Telegram 📹 YouTube 💬 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Milliy_yer_hisoboti #seminar

Yer hisobini raqamlashtirish jarayonlari

🔹Davlat kadastrlari palatasining Samarqand viloyati boshqarmasida yer hisobini raqamlashtirish borasida 8 ta yer fondi toifalari va uning kichik toifalari, Vazirlar Mahkamasining 578-sonli qaroridagi Nizom talablari asosida ish yuritish hamda “Uzkad” axborot tizimiga kiritilayotgan ko‘chmas mulk obyektlarini yer fondi va uning kichik toifalarini to‘g‘ri belgilash yuzasidan kengaytirilgan o‘quv-seminari o‘tkazildi.

🔹O‘quv-seminarida boshqarmaning Davlat Yer kadastrini yuritish sho‘basi boshlig‘i N.Mardonov tomonidan yer hisobini yuritish, yer fondi toifalari va uning kichik toifalari, hududning foydalanishdagi jami yer maydoni, yangi yer o‘zlashtirish va toifasi o‘zgargan yerlarni hisobini yuritish bo‘yicha tushunchalar, tavsiyalar berildi.

🔹Seminar ishtirokchilari amaliyotda uchrayotgan masalalar yuzasidan o‘zlarini qiziqtirgan savollariga tegishli javob oldilar.

Rasmiy sahifalarimiz 👇

Telegram 📹 YouTube 💬 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Samarqand_Kadastr #Seminar

🌏 O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligining buyrug‘iga asosan 5️⃣ Respublika aerogeodeziiya markazi Samarqand hududlararo bo‘linmasi binosida "Andijon viloyati misolida yer resurslarining hisobotdagi va amaldagi maydonlari o‘rtasidagi farqlarni o‘rganish" mavzusida o‘quv seminari tashkil etildi.

◼️ Seminarda ⭐️ Kadastr agentligining boshqarma boshlig‘i Q.Bobojonov hamda 🌟 Davlat yer kadastrini yuritish boshqarmasi boshlig‘i F.Niyozovlar tomonidan yig‘ilganlarga tushuncha va ko‘rsatmalar berildi.

◼️Tadbirda ⭐️ Kadastr agentligining Samarqand viloyat boshqarmasi boshlig‘i F.Xudoyqulov va 5️⃣ Respublika aerogeodeziiya markazi Samarqand hududlararo bo‘linmasi direktori R.Xatamovlar ham ushbu mavzuga oid masalalar yuzasidan o‘z fikr-mulohazalarini bildirishdi.

◼️ Shuningdek Kadastr agentligining chora-tadbirlar rejasini ijrosini taʼminlash maqsadida Respublika aerogeodeziya markazi Samarqand hududlararo bo‘linmasida ishchi shtab tashkil qilish belgilab olindi.

Rasmiy sahifalarimiz 👇

Telegram 📹 YouTube 💬 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM