Samarqand Kadastr
1.27K subscribers
2.12K photos
393 videos
1.44K links
Kadastr agentligi Samarqand viloyat boshqarmasi hamda Davlat kadastrlari palatasi Samarqand viloyat boshqarmasi rasmiy kanali

☎️ Murojaatlar uchun (95) 508-81-50

📍Manzil: 140129, Samarqand shahar, Gulobod kochasi, 56 A uy
Download Telegram
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Sohaga oid tushunchalar


💬 Huquq egasi — ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish asosida ushbu ko‘chmas mulkka doir huquqqa ega bo‘lgan yuridik va (yoki) jismoniy shaxs.

Asos: O'RQ-803 28.11.2022

#DavKadastrPalata #bilishingiz_muhim

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

DIQQAT E’LON!

🇺🇿 Sizning O‘zbekiston Respublikasining 937-sonli Qonuni bo‘yicha savol va murojaatlaringizni ko‘rib chiqish maqsadida Davlat kadastrlari palatasi mutasaddilari ishtirokida onlayn audio muloqot o‘tkaziladi.

👔Mavzu: "O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalari hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni e‘tirof etishning huquqiy asoslari va ahamiyati"

▶️ Jonli efir TELEGRAM platformasi orqali o‘tkaziladi.

🗓 Vaqti: 2024-yil 24-dekabr, soat 15:00 da

#DavKadastrPalata #ochiq_muloqot

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

2024 yilning so'nggi haftasida DKPga kelib tushgan haftalik murojaatlar

🌟 Davlat kadastrlari palatasi va uning hududiy boshqarmalariga aholidan 2024 yil, 23-27-dekabrda  jami  1 390 ta murojaatlar kelib tushgan. Ularni hududlar kesimida videoinfografika orqali tomosha qilishingiz mumkin.

#DavKadastrPalata #info #murojaatlar #haftalik_natijalar

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Qadrli hamyurtlar!


🇺🇿 Yurtimizda 2024-yil «Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili» sifatida yangi g‘oyalar, islohotlar va imkoniyatlarga boy bo‘ldi. Har bir yoshga o‘z maqsadlariga erishish, har bir tadbirkorga muvaffaqiyatli start berish uchun keng imkoniyatlar yaratildi.
Har bir islohotlar, yangi tashabbuslar va iqtisodiy o‘zgarishlar aholi farovonligini oshirishga, yoshlarni qo‘llab-quvvatlashga va tadbirkorlikni rivojlantirishga qaratildi. Xususan, kadastr sohasida ham bir qator yangi yutuqlar va innovatsion yechimlar amalga oshirildi.

😞😡😞😫-yil ham har bir yurtdoshimiz uchun yangi maqsadlarga, imkoniyatlarga boy va muvaffaqiyatlarga erishish yili bo‘lsin. Yangi yil sizga o‘z maqsadlaringiz sari dadil qadam tashlab, hayotingizda yangicha yuksalishlar va baxtli lahzalar yaratish imkonini olib kelsin. Har bir orzu va niyatlaringiz ro‘yobga chiqib, sizni yana yangi g‘alabalar sari yetaklasin.

💐 Barcha ezgu niyatlaringiz amalga oshib, har bir yangi kun sizni yanada yuqori cho‘qqilarga olib chiqsin! Yurtimizning ravnaqi yo‘lida qilgan barcha sa’y-harakatlaringizda omad yor bo‘lsin!

💐 Kirib kelayotgan 2025-yilingiz muborak bo'lsin!

Hurmat bilan
Davlat kadastrlari palatasi raisi
M.K.Valiyev

#DavKadastrPalata
#tabrik #muhim_sana


Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🟦🟦🟦

YURTDOSHLARIMIZGA TAVSIYALAR!

☯️ Xabaringiz bor, O'RQ-937-sonli Qonuniga ko'ra, 2024-yilning 8-noyabridan respublika boʻyicha reja jadval asosida xatlov ishlari olib borilmoqda. Davlat kadastrlari palatasi vakillari mazkur jarayonni katta shijoat bilan olib borar ekanlar, xonadon sohiblari boʻlmish sizlardan ham bu jarayonda oʻz xissangizni qoʻshishingizni soʻraymiz. Qanday qilib deysizmi? 👇

📹 Mazkur videoni tomosha qiling!👆

#DavKadastrPalata #bilishingiz_muhim

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Kadastr atamalari


➡️ Obyektning kadastr raqami — yer uchastkasining, binoning yoki inshootning O‘zbekiston Respublikasi hududida takrorlanmaydigan o‘ziga xos raqami bo‘lib, ushbu raqam ko‘chmas mulkni shakllantirish chog‘ida beriladi va uning ro‘yxatdan o‘tkazilgan huquqning yagona obyekti sifatida mavjud bo‘lishi davrida saqlanib turadi.

💬 Asos: O'RQ-803 28.11.2022

#DavKadastrPalata #kadastr_atamalari

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Yer uchastkasi olib qo‘yilishi munosabati bilan kompensatsiya
beriladi

🪪Yer uchastkasi olib qo‘yilganligi munosabati bilan huquq egasiga noqulayliklar keltirib chiqarilganligi uchun kompensatsiya sifatida yer uchastkasida joylashgan ko‘chmas mulk bozor qiymatining besh foizi miqdorida bir martalik to‘lov amalga oshiriladi.

Quyidagilar kompensatsiya qilinadi:

▪️olib qo‘yilgan yer uchastkasida joylashgan ko‘chmas mulk obyektlarining bozor qiymati;
▪️olib qo‘yilgan yer uchastkasiga bo‘lgan huquqning bozor qiymati;
▪️olib qo‘yilgan yer uchastkasida joylashgan ko‘p yillik dov-daraxtlarning bozor qiymati;
▪️ko‘chish, shu jumladan boshqa ko‘chmas mulk obyektini vaqtinchalik ijaraga olish bilan bog‘liq xarajatlar;
▪️yer uchastkasidan va unda joylashgan ko‘chmas mulk obyektlaridan foydalanishdan olinishi mumkin bo‘lgan boy berilgan foyda (bunda yer uchastkasi va unda joylashgan ko‘chmas mulk obyektlari bo‘shatib qo‘yilgan paytdan e’tiboran avvalgi faoliyatni tiklashga qadar bo‘lgan, biroq bir yildan ortiq bo‘lmagan muddatdagi foyda yoki mavsumiy hosildan olinishi mumkin bo‘lgan foyda hisobga olinadi);
▪️huquq egasining qonunchilikda yoki kelishuvda nazarda tutilgan boshqa xarajatlari va zararlari.

Asos: 29.06.2022-yildagi O'RQ-781-son

#DavKadastrPalata #huquqiy_ma_lumotlar

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Uy olishda aldanib qolmaslik uchun nimalarga e'tibor qilish kerak ?


🏠 Xabaringiz bor, so‘nggi vaqtlarda ijtimoiy tarmoqlarda ayrim yangi qurilgan ko‘p qavatli uylardan xonadon xarid qilgan fuqarolarning turli mazmundagi e’tirozlari, jumladan, kadastr hujjatini ololmayotgani bilan bog‘liq murojaatlari e’lon qilinmoqda.

❗️Bu kabi muammoli holatlar nima sababdan yuzaga kelmoqda, aslida yangi kvartira sotib olishda nimalarga e’tibor berish kerak?

▶️ Aholi fikri va mutaxassisdan tavsiyalar batafsil mazkur reportajda

➡️ Videoni yaqinlaringizga yuborishni unutmang!!!

#DavKadastrPalata #bilishingiz_muhim

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

8-yanvar - Prokuratura organlari xodimlari kuni


🇺🇿 Prokuratura organlari mamlakatimizda huquqiy tartibni saqlash, qonunlarning adolatli va teng ravishda qo‘llanilishini ta'minlashda beqiyos ahamiyatga ega. Ularning har bir qarori, har bir amaliyoti jamiyatimizda qonun ustuvorligini, huquqiy xavfsizlikni va adolatni tiklashga xizmat qiladi.

🇺🇿 Bugungi kunda prokuratura tizimi faqatgina jinoyatlarni tergov qilishda emas, balki inson huquqlarini himoya qilish, korrupsiyani fosh etish va jamiyatda adolatli huquqiy muhitni yaratishda ham katta rol o‘ynaydi. Ularning har bir xatti-harakati Vatanimiz ravnaqi uchun muhim ahamiyatga ega.

💐 Prokuratura tizimida mehnat qilayotgan barcha xodimlarga adolat va qonuniylikni ta'minlashdagi fidokorona va mashaqqatli ishlarida davomiy muvaffaqiyat va omadlar tilaymiz! Jamiyatimizdagi huquqiy tartibni mustahkamlashga xizmat qilayotgan sharafli faoliyatingizda ulkan zafarlar yor bo'lsin!

#DavKadastrPalata #muhim_sana

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

2024-yil hisobotlariga ko'ra, mulkdorlari eng ko'p bo'lgan hudud Samarqand viloyatidir


🇺🇿 Respublikamiz miqyosida jismoniy shaxslar egaligidagi jami obyektlar 2025-yil 1-yanvar holatiga ko'ra 8 120 538 tani tashkil etmoqda.

Bu esa yurtimizda kambag'allikni qisqartirish va aholi turmush tarzini yanada yaxshilash borasidagi islohotlar samarasi o'laroq, mulkdorlar soni kun sayin ko'payib borayotganidan dalolatdir.

Eng ko'p mulkka egalik qiluvchi jismoniy shaxslar esa doimgidek Samarqand viloyatida qayd etildi.

📊 Hududlar kesimidagi batafsil ma'lumotlar mazkur infografikada.

#DavKadastrPalata #DKP_statistikasi

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM