SAMARQAND SHAHAR HOKIMLIGI / САМАРҚАНД ШАҲАР ҲОКИМЛИГИ
10.6K subscribers
26.7K photos
5.14K videos
16 files
18.2K links
Samarqand shahar hokimligi
Abdurahmon Jomiy 59-uy
Tel: (8366) 2332090
Facebook kanalga o‘tish: https://www.facebook.com/samshaharhokim/
Download Telegram
Forwarded from Samarqand viloyati Ekologiya boshqarmasi (Шерали Искандаров)
#Munosabat

Yaqinda ijtimoiy tarmoqlar orqali “Oʻz qurbonini kutayotgan daraxt” sarlavhasi ostida tarqalgan maʼlumot yuzasidan Tabiat resurslari vazirligi Samarqand shahar boʻlimi shuni maʼlum qiladiki, haqiqatda ham Samarqand shahri Amir Temur koʻchasida oʻsib turgan bir tub chinor daraxti tanasi tabiiy holatda yon tomonga engashgan holda oʻsgan.
Mazkur daraxt ayni paytda insonlar va texnika vositalariga xavflilik darajasi mavjud emasligini maʼlum qilamiz.

Tabiat resurslari vazirligi Samarqand viloyati boshqarmasi matbuot xizmati

Kanalga qo‘shiling👇👇
https://t.iss.one/econewssamarqand
#MUNOSABAT

"Я-Самаркандец" kanalida e‘lon qilingan murojaat yuzasidan quyidagilarni ma‘lum qilamiz.

Samarqand shahar “Anhor” mahallasi, Kurchatova ko‘chasi 14-umumiy hovlida fuqaro F.Obidova tomonidan o‘zboshimchalik bilan tegishli shaharsozlik hujjatlarini rasmiylashtirmasdan umumiy hovli hududidagi turar-joy binosini buzib qayta qurish ishlari olib borayotganligi aniqlangan.

Samarqand shahar Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi bo‘limi mutaxassislari tomonidan fuqaro F.Obidovaga 2022-yil 24-noyabrda “O‘zboshimchalik bilan amalga oshirilayotgan qurilish ishlarini to‘xtatish hamda shaharsozlik hujjatlarini rasmiylashtirish to‘g‘risida”gi 305-sonli yozma ko‘rsatma berilgan. Biroq shunga qaramasdan fuqaro F.Obidova qurilish ishlarini davom ettirayotganligi sababli hozirda holatni sud tartibida bartaraf etish bo‘yicha shahar hokimligi doimiy komissiyasiga hujjatlar kiritilmoqda.

Samarqand shahar Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi bo‘limi.
👉🏽 Каналга уланиш: https://t.iss.one/samshahar
🌐 www.facebook.com/samshaharhokim
🌔 samshahar.uz
Forwarded from Zarnews.uz
#Муносабат
Электр симидан хавфли ҳолатда фойдаланган қурилиш корхонаси маъмурий жавобгарликка тортилади

Кеча, 6 июнь куни телеграм каналимизда "@Zarafshonbot'га мурожаат: Қурилиш ташкилоти электр симларини хавфли ҳолатда қолдирмоқда" сарлавҳали мурожаат эълон қилинган эди.

—————

#Munosabat
Elektr simidan xavfli holatda foydalangan qurilish korxonasi maʼmuriy javobgarlikka tortiladi

Kecha, 6-iyun kuni telegram kanalimizda “@Zarafshonbotʻga murojaat: Qurilish tashkiloti elektr simlarini xavfli holatda qoldirmoqda” sarlavhali murojaat eʼlon qilingan edi.

Batafsil: 👉 https://zarnews.uz/jdqz

Каналга қўшилинг: 👇

Telegram | Facebook | Youtube
#MUNOSABAT

“Zo‘r TV” telekanalining “Bu kun” informatsion dasturi orqali Samarqand shahrida “Tarixiy qadamjo oʻrnida mehmonxona qurilmoqda” sarlavhali videolavha efirga uzatildi.

Samarqand shahar “Dari Zanjir” MFY hududida joylashgan sobiq 15-maktab binosi 2022-yil 25-apreldagi elektron-onlayn auksion savdo platformasi orqali fuqaro Nabiyev Aslam Tolibovich tomonidan sotib olingan.

Madaniy meros agentligining Ilmiy-ekspert kengashining 2023-yil 16-fevraldagi bayonnomasiga koʻra Samarqand shahar Romitan koʻchasi 56-manzilda qurilish loyihasi qurilajak bino 7,6 metr balandlikdan oshirmaslik sharti bilan maʼqullangan.

Shuningdek, Samarqand viloyat Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi boshqarmasi huzuridagi “Arxitektura-shaharsozlik Kengashi”ning 2023-yil 3-iyuldagi bayonnomasiga asosan Samarqand shahar Romitan koʻchasi 56-manzilda uy mehmonxonasi binosi qurilishi boʻyicha buyurtmachi Aslam Nabiyevning loyiha taklifi va obyekt joylashuvi, Madaniy meros agentligi Ilmiy-ekspert kengashining 2023-yil 16-fevraldagi yigʻilish bayoniga asosan maʻqullangan.

Videolavhada Samarqand shahar “Dari Zanjir” MFY Romitan ko‘chasi 56-manzilda qurilish ishlari olib borilayotganligi bildirib o‘tilgan. Biroq Inspeksiya xodimlari va tegishli tashkilot mas’ullari tomonidan holat joyida o‘rganilganda hali qurilish ishlari boshlanmaganligi aniqlandi. Bugungi kunda buzish ishlari olib borilmoqda.

Samarqand viloyati hududiy Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasi

Rasmiy sahifalarimizga a‘zo bo‘ling
👇👇👇
|Web | Instagram| Facebook |Telegram|
#Munosabat

Samarqand shahar Sug'diyona mahallasi hududida joylashgan 58-A ko'p qavvatli uylarning oldidagi maishiy chiqindilarni tozalanmaganligi bo'yicha video murojat joyida o'rganildi. Bu ko'p qavvatli uylarning chiqindilari har kuni tozalab olinayotganligi GPS programmasi orqali ilova qilinmoqda.

@Samarqand_live
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#MUNOSABAT

“Samarqand_LIVE” kanali orqali e’lon qilingan murojaat yuzasidan quyidagilar ma’lum qilinadi.

O‘rganishlar davomida haqiqatdan ham fuqarolar tomonidan o‘zboshimchalik bilan to‘siqlar o‘rnatilganligi aniqlandi.

Yuqoridagi holat nazoratga olinib, hududiy Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida nazorat qilish inspeksiya hamda Samarqand shahar Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi bo‘limi mas'ullari tomonidan BSK xodimlari bilan hamkorlikda o‘zboshimchalik bilan amalga oshirilgan ishlar joyida bartaraf qilindi.

Shu o‘rinda, fuqarolardan ko‘p qavatli uylarning tutash hududlariga o‘zboshimchalik bilan turli xil to‘siqlar o‘rnatmasliklarini so‘rab qolamiz!

👉🏽 Kanalga ulanish: https://t.iss.one/samshahar
🌐 www.facebook.com/samshaharhokim
🌔 samshahar.uz