Samarqand Kadastr xabarlari
555 subscribers
4.26K photos
943 videos
19 files
3.8K links
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
⚜️ Vatan himoyachilariga madh⚜️

🇺🇿Yigit omon bo‘lsa xavf-u xatar yo‘q,
Qalqon bor, qal’a but, qo‘rg‘on salomat.
Og'irimiz yengil qilib doimo
Yaxshi hamki baxtimizga siz borsiz!

Yana bir bor bayramingiz muborak boʻlsin, Vatanimizning mard oʻgʻlonlari!

#DavKadastrPalata #muhim_sanalar

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🌐Telegram 🌐Instagram 🌐YouTube 🌐 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿 Bugun, O‘zbek tilining asoschisi, buyuk mutafakkir shoir Alisher Navoiy tavallud topgan kuniga 582 yil to‘ldi.

💰 Meni men istagan o‘z suhbatiga arjumand etmas,
Meni istar kishining suhbatin ko‘nglum pisand etmas.

💰Ne bahra topqamen andinki, mendin istagay bahra,
Chu ulkim, bahrayi andin tilarmen, bahramand etmas.

💰Netay hur-u pari bazminki, qatlim yo hayotimg'a,
Ayon ul zahrchashm aylab, nihon bu no‘shxand etmas.

“Badoyeʼ ul-vasat” devonidan misralar.

#DavKadastrPalata #muhim_sanalar

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🌐Telegram 🌐Instagram 🌐YouTube 🌐 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
📆 15 mart — Butunjahon iste’molchilar huquqlarini himoya qilish kuni

🌍 Maʼlumki, Birlashgan millatlar tashkiloti tomonidan 15-mart “Butunjahon isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish kuni” deb eʼlon qilingan. Dunyoning boshqa mamlakatlarida bo'lgani kabi mamlakatimizda ham mazkur sana O‘zbekiston Respublikasi “Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonuni qabul qilingandan boshlab nishonlanib kelinmoqda.

🇺🇿 Bugun mamlakatimizda har bir iste'molchi huquqi chin ma'noda qonun himoyasida. Iste’molchilarning mahsulot yoki xizmat haqida ma’lumot olish, uning sifati va xavfsizligiga ishonch hosil qilish, mahsulot (xizmat)ni tanlash hamda unga o‘zgartirish kiritish kabi huquqlarga ega. Respublikamizda iste’molchilar huquqlarini himoya qilish davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri etib belgilangan bo‘lib, ishlab chiqaruvchi (ijrochi, sotuvchi) va iste’molchi manfaatlari bir-biriga zid kelganda ustunlik iste’molchi tomonida bo‘ladi. Boshqacha aytganda, iste’molchi har doim haq.

▶️ Iste'molchi sifatida huquqingiz poymol bo'lgan taqdirda mazkur tarmoqlar orqali murojaat qilishingiz mumkinligini eslatib o'tamiz:

📞 1091
https://murojaat.istemol.uz
@PotrebitelUz_bot

#DavKadastrPalata #muhim_sanalar

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🌐Telegram 🌐Instagram 🌐YouTube 🌐 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
▪️18-may - Xalqaro muzeylar kuni▪️

🏛 Maʼlumki, 1977 yildan boshlab mazkur kun dunyo miqyosida keng nishonlanadi. Mamlakatimizda ham mazkur kun 1997- yildan boshlab muzeylar kuni deb belgilangan.

🏛 Muzeylar — tarixning sirli xilqatlarini oʻzida mujassam etgan holda xalqlar madaniyatini, qadriyatlarini tarannum etuvchi maskan va davlatlarni bir-birlariga yaqinlashtiruvchi koʻprik hisoblanadi. Shu bilan birga, xalqning maʼnaviy dunyosini boyitish, yosh avlodni Vatanga muhabbat va sadoqat ruhida tarbiyalashda ham muzeylarning oʻrni beqiyosdir.

🌅Muzeylar ajdodlardan meros bo'lgan boylikni kelajak avlodga yetkazib beradigan ilmiy, ma'naviy-ma'rifiy xazina. Yillar davomida boyib, to'lib boraveradigan bu xazina faqatgina madaniy qadriyatlar namoyishigina bo'lib qolmay, uzoq tarix sahifalaridan so'zlovchi bebaho kitob hamdir.

#DavKadastrPalata #muhim_sanalar

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🌐Telegram 🌐Instagram 🌐YouTube 🌐 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
▪️5-iyun — Butunjahon atrof-muhitni muhofaza qilish kuni▪️

🌳 Xalqaro atrof-muhitni muhofaza qilish kunini nishonlash doirasida Birlashgan Millatlar Tashkiloti Butunjahon miqyosida dolzarb bo'lgan ekologik muammolar to'g'risida xalqaro jamoatchilikni xabardor etib, shu muammolarni yechishga dunyo xalqlarini chorlaydi.

🌤 Insonlarni doimiy o‘sib borayotgan talablari tabiatni o‘z chegaralaridan tashqariga chiqarib yubormoqda. Okeanlar va o‘rmonlar 86 million insonlarni ish bilan ta’minlaydi. To‘rt milliard insonlar faqat tabiiy dorilarga tayanadi. Shaharlar va binolarni sovitish uchun o‘rmonlar va ko‘kalamzorlardan foydalanish kabi tabiiy yechimlarni asrash talab etiladi.

🌈 Mazkur sana nafaqat ona yer tuhfalarini qadrlash, yerimizda mavjud bo`lgan boy biologik xilma-xillikni asrash kunidir. Ushbu kunda biz barchamiz ona-yerimizni qanday qilib muhofaza qilishimiz, hozirda dolzarb bo`lib qolgan ekologik muammolarni qanday yechishimiz mumkinligi to'g'risida chuqur o'ylashimiz, yer-sharimizni yanada go'zalroq, sog'lomroq qilish yo'llarini izlashimiz lozimdir.

🌟 Davlat kadastrlari palatasi jamoasi barchani atrof-muhitni asrab-avaylashga chaqiradi.

#DavKadastrPalata #muhim_sanalar

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🌐Telegram 🌐Instagram 🌐YouTube 🌐 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM