Samarqand Kadastr xabarlari
560 subscribers
4.26K photos
943 videos
19 files
3.8K links
Download Telegram
#Xizmatlar #Ipoteka #Huquqiy_asoslar

Ko‘chmas mulk obyektlarining qonun asosidagi ipotekasi va ipoteka to‘g‘risidagi shartnomalarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatish REGLAMENTI

🔹Ipoteka to‘g‘risidagi shartnoma notarial tartibda tasdiqlanishi (birlamchi bozordan ko‘chmas mulk olishda ipoteka to‘g‘risidagi shartnoma bundan mustasno) va davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi lozim.

🔹
Ipoteka to‘g‘risidagi shartnoma davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan paytdan e’tiboran tuzilgan deb hisoblanadi va kuchga kiradi.

🔹
Ipoteka to‘g‘risidagi shartnomani notarial tartibda tasdiqlash va davlat ro‘yxatidan o‘tkazish qoidalariga rioya etmaslik uning haqiqiy emasligini keltirib chiqaradi. Bunday shartnoma haqiqiy hisoblanmaydi.

🔹Ipotekani davlat ro‘yxatidan o‘tkazish Ko‘chmas mulk obyektlariga bo‘lgan huquqlarning davlat reyestriga tegishli yozuv kiritish yo‘li bilan amalga oshiriladi.