Samarqand Kadastr xabarlari
557 subscribers
4.26K photos
943 videos
19 files
3.8K links
Download Telegram
▪️Yer fondi hisobotlari arxivlashtirildi▪️

🇺🇿 Xabaringiz bor, Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi mutasaddilari tomonidan 2023-yil 1-yanvar holatiga ko'ra O'zbekiston Respublikasining yer fondi hisoboti tayyorlanib matbuot anjumani va ommaviy axborot vositalari orqali ma'lumotlar taqdim etilgan edi.

🌟 Davlat kadastrlari palatasi Davlat yer kadastrini yuritish bo'limi xodimlari tomonidan 2021-2023-yillar mobaynida bajarilgan Yer fondi balansi hisobotlariga asos bo'lgan 3 yillik arxiv hujjatlari Markaziy apparat arxiviga joylashtirildi.

#DavKadastrPalata #yer_fondi

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🌐Telegram 🌐Instagram 🌐YouTube 🌐 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
▪️Xonalar qanday raqamlanadi ?▪️

⚜️ O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Ko'chmas mulk obyektlari manzillari yagona reyestrini shakllantirish va yuritish tartibi to'g'risidagi 1010-son qaroriga ko'ra alohida ajratilgan xonalar qurilish loyihasida belgilangan tartibda raqamlanadi.

◼️Agar loyihada raqamlash belgilanmagan bo‘lsa yoki u bo‘lmasa, raqamlash asosiy imoratning chapdagi eng chekka kirish yo‘lidan eng chekka kirish yo‘ligacha, binoning pastki qavatidan boshlanadi.

◼️ Bitta qavat doirasida, kirish yo‘li bo‘lgan taqdirda esa — kirish yo‘li qavati doirasida chapdan o‘ngga qarab raqamlanadi. Alohida ajratilgan xonalarga toq raqamlar yo‘lakning chap tomonidan va juft raqamlar yo‘lakning o‘ng tomonidan berilishiga yo‘l qo‘yiladi. Ko‘p darajali alohida ajratilgan xonalar binoning pastki qavati bo‘yicha bir darajali alohida ajratilgan xonalar qanday raqamlangan bo‘lsa, shunday raqamlanadi.

◼️ Agar qurilish loyihasiga muvofiq alohida ajratilgan joylarni raqamlashda tartib raqamlarining takrorlanishi nazarda tutilgan bo‘lsa, xonalarning funksional vazifasiga qarab, ular eng avval berilgan raqamdan keyingi tartib raqamdan boshlab qayta raqamlanadi.

#DavKadastrPalata #huquqiy_ma_lumot

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🌐Telegram 🌐Instagram 🌐YouTube 🌐 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
✍️ Bilishingiz muhim

📃 Davlat kadastrlari palatasiga taaluqli bo‘lmagan savollar bilan juda ko‘p murojaat qiluvchi yurtdoshlarimiz uchun mazkur loyihamiz foydali bo‘lmoqda.

🤝 Sizlarning sarsongarchiliklaringizga chek qo‘yish va huquqiy bilimingizni yanada oshirirsh maqsadida manzili noto‘g‘ri savollaringizga aniq javob berishda davom etamiz.

⁉️ Fuqarolar nomlarida turarjoy bor yoki yo'qligi haqida ma'limot berish - qog'oz shaklida taqdim qilish vakolatiga egami? Shunday savol bilan kadastrga murojaat qilishlari ko‘p uchramoqda.Murojaatga aniq javob videoda.👆

#DavKadastrPalata #bilishingiz_muhim

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🌐Telegram 🌐Instagram 🌐YouTube 🌐 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
▪️Hafta davomida 3 953 ta kadastr pasporti shakllantirilgan▪️

🌟 Davlat kadastrlari palatasi Axborot xizmati jamoatchilikka o‘z faoliyati va xizmatlari bo‘yicha muntazam ma’lumotlar berishda davom etadi.

📃 Navbatdagi ma’lumotda ko‘chmas mulkning kadastr pasportini shakllantirish yuzasidan bir hafta davomida respublika bo‘yicha kelib tushgan arizalar va tayyorlangan kadastr pasportlari to‘g‘risidagi statistik ma’lumotlarni mazkur infografika orqali ko‘rishingiz mumkin.

#DavKadastrPalata #kadastr_pasporti

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🌐Telegram 🌐Instagram 🌐YouTube 🌐 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Prezident #forum_2023

🇺🇿 Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёевнинг Тошкент халқаро инвестиция форумидаги иштироки:

➡️ Халқаро конгресс марказида иккинчи Тошкент халқаро инвестиция форуми бошланмоқда.
Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёевнинг иккинчи Тошкент халқаро инвестиция форумининг очилиш маросимидаги нутқи Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёевнинг иккинчи Тошкент халқаро инвестиция форумининг очилиш маросимидаги нутқи
➡️ Иккинчи Тошкент халқаро инвестиция форуми ўз ишини бошлади. Форумнинг ялпи мажлисида Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёев иштирок этди. Давлатимиз раҳбари ўз нутқида хорижий инвесторлар билан ҳамкорликни кенгайтириш борасидаги янги имкониятларни кўрсатиб ўтди.
➡️ Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёев Тошкент халқаро инвестиция форуми доирасида Ислом тараққиёт банки президенти Муҳаммад бин Сулаймон ал-Жассирни қабул қилди.

🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐YouTube | 🌐 Facebook | 🌐 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Kadastr

⭐️Kadastr obyektiga taqiqni qanday tekshirishni bilasizmi?
Batafsil videoda tomosha qiling.

Taqiqni tekshirish uchun quyidagi havola orqali kiring va foydalaning.
👇👇👇
https://my.gov.uz/uz/service/471

🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐YouTube | 🌐 Facebook | 🌐 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
▪️Kadastr atamalari▪️

➡️ Kadastr yig‘majildi — obyektning ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni shakllantirish, hisobga olish va keyinchalik davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun zarur bo‘lgan kadastr suratiga olish, texnik xatlovdan o‘tkazish va pasportlashtirishning, maxsus tekshirish va izlanishlarning, sifat va qiymat jihatidan baholashning hujjatlari, materiallari va ma’lumotlari jamlamasidir.

#DavKadastrPalata #kadastr_atamalari

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🌐Telegram 🌐Instagram 🌐YouTube 🌐 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
▪️@Dkpuz_bot - javob beradi▪️

📤 SAVOL: Kadastr hujjatiga ega, chegara chiziqlari aniq bo'lgan tomorqa yeriga qurilish materiallari orqali chegaradan chiqmagan holda devor qilishim uchun qanday hujjatlar talab etiladi?

✍️ JAVOB: “Shahar va qishloq aholi punktlari hududlarini rivojlantirish va qurilishini rejalashtirish” shaharsozlik normalari va qoidalarining 26-bandiga asosan tomorqa uchastkalari bo‘lgan shaxsiy qurilish tumanlari qurilishlarida quyidagi talablar qondirilishi lozim:
- Har qanday bino qurilishi qo‘shni uchastka egalari bilan kelishilishi;
- turar joy uyi va xo‘jalik binolarining qo‘shni uchastkalardan ko‘rinish panaligi ta’minlanishi;
- o‘z hududidan muhandislik tarmoqlarini kiritish;
- piyoda-transport va muhandislik aloqalari, shuningdek umumiy foydalanish ko‘kalamzorlarining saqlanishini ta’minlash;
- qo‘shnining turar-joy uyiga quyosh tushishi normalarini ta’minlash.


************

👉@Dkpuz_bot 👈 yordamida sizni qiziqtirgan barcha savollaringizga mutaxassislarimizdan yozma va telefon muloqoti orqali javob olishingiz mumkin.

#DavKadastrPalata #savol_javob

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🌐Telegram 🌐Instagram 🌐YouTube 🌐 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#yer_nazorati #javobgarlik #bilasizmi

⚡️Fermer yoki dehqon xo‘jaligi yuritish uchun, yakka tartibda uy-joy qurish va turar-joy binosiga xizmat ko‘rsatish, jamoa bog‘dorchiligi va polizchiligi uchun fuqarolarga yer berilishiga to‘sqinlik qilish javobgarlikka sabab bo‘ladi

Yer berish tartibini buzish, xuddi shuningdek fermer yoki dehqon xo‘jaligi yuritish uchun, yakka tartibda uy-joy qurish va turar-joy binosiga xizmat ko‘rsatish, jamoa bog‘dorchiligi va polizchiligi uchun fuqarolarga yer berilishiga to‘sqinlik qilish, — mansabdor shaxslarga eng kam ish haqining uch baravaridan yetti baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.

Huquqiy asos: MJtK 66-modda

Rasmiy sahifalarimiz 👇

Telegram | 📹YouTube | 💬 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM