Samarqand Kadastr xabarlari
557 subscribers
4.26K photos
943 videos
19 files
3.8K links
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#kadastr #ijtimoiy_rolik

🏠🏢 Uy-joyni o‘z vaqtida davlat ro‘yxatidan o‘tkazmaslik ko‘plab muammoli vaziyatlar keltirib chiqarishi mumkin

🎬 Videoda shunday holatlarning biri misol qilingan.

‼️Sizda ham mana shunday holat bo‘lmasligi uchun ko‘chmas mulkingizni o‘z vaqtida davlat ro‘yxatidan o‘tkazing.

Rasmiy sahifalarimiz 👇

Telegram | 📹YouTube | 💬 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🌟 DAVLAT KADASTRLARI PALATASI 2023-yil 1-maydan qonunchilikda yuz beradigan ayrim o'zgarishlar haqida ma'lumot beradi:

⚜️Davlat ko'chmas mulklari va aksiya paketlari Davlat aktivlarini boshqarish agentligiga o'tkaziladi.
👉 Batafsil

⚜️Rasmiy daromadga ega bo'lmagan shaxslarga ham ipoteka kreditlari beriladi.
👉 Batafsil

⚜️Yangi “dom”larning tomiga quyosh panellari o‘rnatish majburiy bo‘ladi.
👉 Batafsil

⚜️Byudjet tashkilotlari xodimlarining ish haqi miqdori 7 foizga oshiriladi.
👉 Batafsil

⚜️ Halok bo‘lgan harbiy xizmatchining yaqinlari ijtimoiy qo‘llab-quvvatlanadi.
👉 Batafsil

⚜️Ma’muriy jarimalarni 15 kun ichida to‘laganlik uchun chegirma miqdori oshiriladi.
👉 Batafsil

⚜️ Rahbar kadrlar uchun inson huquqlari va gender tenglik bo‘yicha o‘quv kurslari joriy qilinadi.
👉 Batafsil

⚜️Bank hisobvarag‘ini masofadan turib ochishga ruxsat etiladi.
👉 Batafsil

⚜️“Metan-zapravka”larga onlayn kamera o‘rnatish majburiy bo‘ladi;
👉 Batafsil

⚜️ Ayrim toifadagi fuqarolarga bepul yurish huquqini beruvchi imtiyozli transport kartalari beriladi.
👉 Batafsil

⚜️Ayrimlarga shifoxonada bepul ovqat beriladi.
👉 Batafsil

⚜️ Ayrim turdagi tovarlar xaridi uchun qo‘shilgan qiymat solig‘i qaytarib beriladi.
👉 Batafsil

#DavKadastrPalata #qonunchilikdagi_o_zgarishlar

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🌐Telegram 🌐Instagram 🌐YouTube 🌐 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Yer_uchastkalari #qonun #yer_kodeksi

O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan joriy yilning 16- avgustida qabul qilingan 708-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni asosida Yer kodeksi 91¹-modda bilan to‘ldirildi.

O‘zboshimchalik bilan egallangan yer uchastkasiga, shuningdek qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan, qurilish maqsadlari uchun ajratilmagan yer uchastkasida barpo etilgan har qanday bino va inshootlarga nisbatan mulk huquqini yoki boshqa mulkiy huquqlarni belgilashga yo‘l qo‘yilmaydi, bundan qonunda nazarda tutilgan hollar mustasno.

⭕️Yer uchastkasini o‘zboshimchalik bilan egallagan, qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan, qurilish uchun ajratilmagan yer uchastkasida qonunga xilof qurilish obyektini barpo etgan shaxslar insofli mulkdor deb tan olinmaydi.

O‘zboshimchalik bilan egallangan yer uchastkalaridagi qonunga xilof qurilish obyektlarini suv taʼminoti, oqova suv, elektr, issiqlik energiyasi va gaz tarmoqlariga ulash taqiqlanadi.

Rasmiy sahifalarimiz 👇

Telegram | 📹YouTube | 💬 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#kadastr #huquqiy_axborot

🌍 O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer maydonlarini yer egasiga qaytarish tartibi

🇺🇿 O'zbekiston Respublikasi yer kodeksi 91-modda

O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalari ularga g‘ayriqonuniy ravishda egalik qilingan va foydalanilgan vaqtda qilingan sarf-xarajatlar qoplanmagan tarzda tegishliligiga ko‘ra qaytariladi.

Yer uchastkalarini foydalanish uchun yaroqli holatga keltirish, shu jumladan undagi imoratlarni buzish yer uchastkalarini o‘zboshimchalik bilan egallab olgan shaxslar hisobidan amalga oshiriladi.

▪️ O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkasini yer egasiga, yerdan foydalanuvchiga, yer uchastkasi ijarachisiga yoki mulkdoriga qaytarish tegishli tuman, shahar, viloyat hokimining qaroriga binoan yoki sudning hal qiluv qaroriga ko‘ra amalga oshiriladi.

Rasmiy sahifalarimiz 👇

Telegram 📹 YouTube 💬 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
E-auksion.uz platformasi biznes uchun qulay platforma!

Samarqand viloyatidan
e-auksion.uz platformasi orqali Biznes uchun 2737 dan ortiq ko'chma savdo joylarini 3 yilga ijaraga oling.

🟢
Oqdaryo tumanidan 86 ta (ko'rish)
🟢 Bulung'ur tumanidan 74 ta (ko'rish)
🟢 Jomboy tumanidan 75 ta (ko'rish)
🟢 Ishtixon tumanidan 119 ta (ko'rish)
🟢 Kattaqo'rg'on tumanidan 215 ta (ko'rish)
🟢 Qo'shrabot tumanidan 91 ta (ko'rish)
🟢 Narpay tumanidan 220 ta (ko'rish)
🟢 Payariq tumanidan 316 ta (ko'rish)
🟢 Pastdarg'om tumanidan 169 ta (ko'rish)
🟢 Paxtachi tumanidan 192 ta (ko'rish)
🟢 Samarqand tumanidan 311 ta (ko'rish)
🟢 Nurobod tumanidan 46 ta (ko'rish)
🟢 Urgut tumanidan 513 ta (ko'rish)
🟢 Toyloq tumanidan 194 ta (ko'rish)
🟢 Samarqand shahridan 40 ta (ko'rish)
🟢 Kattaqo‘rg‘on shahridan 76 ta (ko'rish)

Ushbu obyektlar Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 3-avgustdagi 485-son qaroriga ko'ra savdoga chiqarilmoqda.

Rasmiy sahifalarimiz 👇

Telegram 📹 YouTube 💬 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Kadastr #infografika

🌟Kadastr agentligiga 2023-yil 1-may holatiga jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bo'yicha ma'lumot Infografika ko'rinishida .

🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐YouTube | 🌐 Facebook | 🌐 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#onlayn_xizmatlar #kadastr

📃 Kadastr pasportini shakllantirish bo'yicha my.gov.uz portali orqali 1-may holatiga kelib tushgan arizalar bo'yicha umumiy statistika.

💻 Yagona portal orqali- 54 114 ta
🏢 Davlat xizmatlari markazi orqali- 184 314 ta

📱 Kadastr pasportini onlayn shakllantirish

➡️HARAKATLAR KETMA-KETLIGI➡️

1️⃣ Ariza beruvchi YAIDXPda ro‘yxatdan yoki avtorizatsiyadan o‘tadi va so‘rov yuboradi.

2️⃣ Mutaxassis organ joylardagi o‘lchovlarni amalga oshiradi va YAIDXP orqali elektron shaklda talabgorga to‘lov uchun invoys yuboradi.

3️⃣ Ariza beruvchi to‘lovni amalga oshiradi.

4️⃣ Vakolatli organ kadastr pasportini shaklantiradi va YAIDXP orqali arizachiga xabarnoma yuboradi.

🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐YouTube | 🌐 Facebook | 🌐 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
▪️Auksionga chiqarilgan yer uchastkalari▪️

⚖️ Respublikamizning barcha hududlari bo‘yicha 2023 yil 25 - aprel 1-may kunlari auksion savdolariga taqdim etilgan 543 ta yer uchastkalarining  statistik ma’lumotlari bilan tanishing.

🌟 Davlat kadastrlari palatasi taqdim etgan ma'lumotlar asosida e-auksion.uz da qatnashing va shaffof, ochiq yo'l bilan yer uchastkalarini sotib oling!

#DavKadastrPalata #auksion #info

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🌐Telegram 🌐Instagram 🌐YouTube 🌐 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#onlayn_xizmatlar #kadastr

📃 Fuqarolarning nomida shaxsiy uy-joyi borligi yoki yo'qligi to'g'risidagi ma'lumotnoma olish jarayoni my.gov.uz portali orqali 1-may holatiga kelib tushgan arizalar bo'yicha umumiy statistika.

💻 Yagona portal orqali- 14 993 ta
🏢 Davlat xizmatlari markazi orqali- 24 418 ta

📱 Ma'lumotnoma olish

➡️HARAKATLAR KETMA-KETLIGI➡️

1️⃣ Ariza beruvchi YaIDXPda ro‘yxatdan va/yoki avtorizatsiyadan o‘tadi va so‘rov yuboradi.

2️⃣Vakolatli organ so’rovnoma kelib tushgan kundan boshlab 2 ish kuni mobaynida 💳QR-kod qo’yilgan ma’lumotnomani rasmiylashtiradi hamda uni arizachiga YaIDXP orqali elektron ravishda yuboradi.

🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐YouTube | 🌐 Facebook | 🌐 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Samarqand shahrida fuqaro tomonidan qurilgan noqonuniy qurilish Kadastr agentligi Samarqand shahar boʻlimi inspektorlari tomonidan qurilish ishlari yakunlanmasdan o‘z vaqtida bartaraf etildi.

Rasmiy sahifalarimiz 👇

Telegram 📹 YouTube 💬 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#yer_nazorati #javobgarlik #bilasizmi

Vaqtincha egallab turilgan yerlarni o‘z vaqtida qaytarib bermaslik yoki ularni o‘z o‘rnida foydalanish uchun yaroqli holga keltirmaslik uchun

🔹BHMning besh baravari (1500 000 so'm) miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.


Huquqiy asos: Mjtk 67-modda

Rasmiy sahifalarimiz 👇

Telegram 📹 YouTube 💬 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔤Kadastr atamalari🔤

🔤 Metama’lumotlar — fazoviy ma’lumotlarning to‘plamlari, servislari va boshqa xususiyatlarini tavsiflash imkonini beradigan, ularni identifikatsiya qilish, izlash, inventarizatsiyalash va ulardan foydalanish uchun zarur bo‘lgan ma’lumotlardir.

#DavKadastrPalata #kadastr_atamalari

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🌐Telegram 🌐Instagram 🌐YouTube 🌐 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#kadastr #iso_37001_2016

🌟 Кадастр агентлиги ISO 37001:2016 халқаро сертификатни қўлга киритди.

“Cert international”
ташкилоти томонидан 2022 йилнинг 7 декабрь ҳамда 6-8 апрель кунлари ISO 37001:2016 халқаро стандарти бўйича аудиторлик текшируви ўтказилди. Текширув натижасига мувофиқ 🌟Кадастр агентлиги марказий аппарати ISO 37001:2016 халқаро сертификатига лойиқ деб топилди.

➡️ BATAFSIL 👈

🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐YouTube | 🌐 Facebook | 🌐 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
▪️Huquqiy ma'lumot▪️

🏠 Ko‘chmas mulkni bo‘lish va bo‘linayotgan ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish

▫️ Ko‘chmas mulkni bo‘lish uning mulkdorining arizasiga yoki sudning qaroriga asosan amalga oshiriladi.
▫️ Umumiy mulk bo‘lgan ko‘chmas mulk uning mulkdorlarining (ishtirokchilarining) o‘zaro kelishuviga ko‘ra bo‘linadi.
▫️ Bo‘lish natijasida ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqning yuzaga kelganligi yoki bekor qilinganligi shartnoma yoki sud qarori bilan tasdiqlanadi.
▫️ Ko‘chmas mulkni bo‘lish uchun bo‘linayotgan ko‘chmas mulkka ko‘chmas mulkning kadastr yig‘majildi va kadastr pasporti shakllantiriladi.
▫️ Ko‘chmas mulkni bo‘lish qonunchilikka muvofiq amalga oshiriladi.
▫️ Ko‘chmas mulkning muayyan turdagi obyektini bo‘lish xuddi shu turdagi ikki yoki undan ortiq obyektning tashkil etilishiga olib keladi.
▫️ Ko‘chmas mulk bo‘linganidan keyin mazkur ko‘chmas mulkni ro‘yxatdan o‘tkazishga doir ish yopiladi, yangidan tashkil etilgan ko‘chmas mulkka esa yangi ro‘yxatdan o‘tkazishga doir ish ochiladi.
▫️ Ko‘chmas mulkni bo‘lish chog‘ida bu ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlar va ularga oid cheklov yangidan tashkil etilgan ko‘chmas mulkka o‘tadi.
▫️ Ko‘chmas mulkni bo‘lish chog‘ida huquqlarning va ularga oid cheklovlarning boshqa shaxsga o‘tishi bo‘linayotgan ko‘chmas mulkka nisbatan ushbu huquqlar va cheklovlarning bekor bo‘lishini hamda ularning yangidan vujudga kelgan ko‘chmas mulkka nisbatan yuzaga kelishini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish orqali amalga oshiriladi.
▫️ Umumiy birgalikdagi mulkni bo‘lish ushbu umumiy mulk ishtirokchilari o‘rtasidagi kelishuvga yoki sud qaroriga asosan amalga oshiriladi.
▫️ Ko‘p kvartirali uylardagi kvartiralar va qurilishi tugallanmagan obyektlar bo‘linmaydi.

#DavKadastrPalata #huquqiy_ma_lumot

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🌐Telegram 🌐Instagram 🌐YouTube 🌐 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#onlayn_xizmatlar #kadastr

📃 Ko'chmas mulk obyektlariga bo'lgan huquqlarni davlat ro'yxatidan o'tkazish yuzasidan my.gov.uz portali orqali 1-may holatiga kelib tushgan arizalar bo'yicha umumiy statistika.

💻 Yagona portal orqali - 47 889 ta
🏢 Davlat xizmatlari markazi orqali - 170 190 ta

📱 Xizmatdan foydalanish

➡️HARAKATLAR KETMA-KETLIGI➡️

📨 Ariza beruvchi YAIDXPda ro‘yxatdan yoki avtorizatsiyadan o‘tadi va so‘rov yuboradi.

📃 Ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organ ko‘chmas mulk obyektini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish bo‘yicha qonunchilik talablariga muvofiqligi yuzasidan o‘rganib, davlat ro‘yxatidan o‘tkazadi va yig‘im summasi ko‘rsatilgan xabarnomani arizachiga yuboradi.

📁 Arizachi yig‘imni to‘laydi va reyestrdan ko‘chirmani yuklab oladi.

🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐YouTube | 🌐 Facebook | 🌐 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
▪️Huquqiy ma'lumot▪️

⚜️ Davlat kadastrlari palatasi tuman (shahar) filiali yer uchastkalarini xususiylashtirish uchun ariza tushgan kundan boshlab 5 ish kuni ichida quyidagilarni o‘rganadi:

▫️ yer uchastkalari bo‘yicha topografik rejaning mavjudligi;
▫️ arizada ko‘rsatilgan yer uchastkasi va huquq egasi to‘g‘risidagi ma’lumotlarning Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarning davlat reyestridagi ma’lumotlarga muvofiqligi;
▫️ xususiylashtirilayotgan yer uchastkasiga bo‘lgan huquq egasi haqidagi ma’lumotlarning ushbu yer uchastkasida joylashgan bino va inshootlarning mulkdori haqidagi ma’lumotlarga muvofiqligi;
▫️ xususiylashtirilayotgan yer uchastkasida joylashgan ko‘chmas mulk obyektlariga nisbatan taqiqning yoki xatlovning mavjudligi;
▫️ yer uchastkasi joylashgan joyga chiqqan holda yer uchastkasi chegaralarini kadastr hujjatlari ma’lumotlariga mosligini aniqlash.

💠 Yer uchastkasi va unga tutash hududning topografik rejasini tayyorlash uchun to‘lov summasi bir gektar yer maydoni uchun BHM ning 5 baravari hisobidan kelib chiqib hisoblanadi va yer uchastkasini xususiylashtirishdan tushgan mablag‘lar hisobidan qoplanadi.

#DavKadastrPalata #huquqiy_ma_lumot

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🌐Telegram 🌐Instagram 🌐YouTube 🌐 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM