Samarqand Kadastr xabarlari
553 subscribers
4.26K photos
943 videos
19 files
3.8K links
Download Telegram
🔹Ma'lumot o'rnida🔹

Ko'chmas mulk buzilishi haqida ma'lumot my.gov.uz portali orqali elektron shaklda qay tartibda olinadi?

▫️Batafsil infografikada.

#DavKadastrPalata #ma_lumot_o_rnida

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram|Facebook|Instagram|YouTube
🔹Ma'lumot o'rnida🔹

⚪️ Yoʻqolgan kadastr pasportini qayta tiklash uchun nima qilish kerak?

Kadastr pasporti yoʻqolganda yoki yaroqsiz holga kelganda, qogʻoz yoki plastik shaklda yangi kadastr pasporti 2 ish kuni mobaynida beriladi.

▫️Batafsil mazkur infografikada

#DavKadastrPalata #ma_lumot_o_rnida

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram|Facebook|Instagram|YouTube
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🔸Ma'lumot o'rnida🔸

⚜️“Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish to‘g‘risida”gi 803 - Qonun (O‘RQ–803, 28.11.2022 y.)ning ayrim qismlari boyicha Davlat kadastrlari palatasi Ko‘chmas mulkni Davlat ro‘yxatidan o‘tkazish boshqarmasi boshlig‘i S. Abdurazzoqov ma'lumot beradi.

#DavKadastrPalata #huquqiy_yangiliklar #ma_lumot_o_rnida

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🌐Telegram 🌐Instagram 🌐YouTube 🌐 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔹Ma'lumot o'rnida🔹

⚪️ Yoʻqolgan kadastr pasportini qayta tiklash uchun nima qilish kerak?

Kadastr pasporti yoʻqolganda yoki yaroqsiz holga kelganda, qogʻoz yoki plastik shaklda yangi kadastr pasporti 2 ish kuni mobaynida beriladi.

▫️Batafsil mazkur infografikada

#DavKadastrPalata #ma_lumot_o_rnida

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🌐Telegram 🌐Instagram 🌐YouTube 🌐 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
▪️Ma'lumot o'rnida▪️

Hukumat qaroriga ko‘ra, ko‘chmas mulk ob’ektini kadastr hisobiga olish va kadastr yig‘majildini shakllantirish natijasida ko‘chmas mulk ob’ekti bo‘yicha elektron shaklda kadastr pasporti rasmiylashtiriladi.

👨‍💼 Ariza beruvchi kadastr pasportini olish uchun Davlat xizmatlari markaziga yoki YIDXP ro‘yxatdan o‘tadi.

🗂Ko‘chmas mulk ob’ektlarining turar joyga oid qismi bo‘yicha quyidagi muddatlarda amalga oshiriladi:

▪️ko‘p kvartirali uydagi kvartira – 3 ish kunigacha;
▪️yakka tartibdagi turar joy – 5 ish kunigacha;

Ko‘chmas mulk ob’ektlarining noturar joyga oid qismi bo‘yicha:

▪️umumiy maydoni 100 kv.m. gacha - 5 ish kunigacha;
▪️umumiy maydoni 100 kv.m. dan 1000 kv.m. gacha - 7 ish kunigacha;
▪️umumiy maydoni 1000 kv.m. dan 5000 kv.m. gacha - 10 ish kunigacha;
▪️umumiy maydoni 5000 kv.m. dan 15000 kv.m. gacha - 15 ish kunigacha;
▪️umumiy maydoni 15000 kv.m. dan 50000 kv.m. gacha - 20 ish kunigacha;
▪️umumiy maydoni 50000 kv.m. dan ortiq - 25 ish kunigacha.

📃 Kadastr yig‘majildi shakllantirilgandan so‘ng kadastr pasportini berish uchun to‘lov miqdori qiymati ko‘rsatilgan xabarnoma (invoys) Davlat xizmatlari markaziga yoki ariza beruvchiga elektron shaklda yuboriladi.

Ariza beruvchi xabarnomani olgandan so‘ng 1 oy mobaynida to‘lov qiymatini to‘laydi.

‼️ Kadastr pasportini berish uchun to‘lov qiymatlari Hukumatning 186-son qarori bilan belgilanadi.

#DavKadastrPalata #ma_lumot_o_rnida

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🌐Telegram 🌐Instagram 🌐YouTube 🌐 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
▪️Yangi turmush qurgan yoshlarga o‘z xonadonida qo‘shimcha uy-joy qurish uchun garovsiz kredit ajratiladi▪️

💸 “Temir daftar” va “Ayollar daftari”ga kiritilgan oilalarning farzandlari hamda “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yangi turmush qurgan yoshlarning yakka tartibdagi xonadonida qo‘shimcha uy-joy qurish uchun 33 million so‘mgacha garovsiz kredit ajratish tartibi belgilangan.

◼️ Kredit quyidagi shartlar asosida ajratiladi:
- bozor stavkasida mijoz xohishiga ko‘ra 6 oy imtiyozli davr bilan;
- 20 yildan ko‘p bo‘lmagan muddatga;
- boshlang‘ich badali yakka tartibdagi xonadonda qo‘shimcha qurilayotgan uy-joy qiymatining 15 foizidan kam bo‘lmagan miqdorda.

◼️ Shuningdek, qarz oluvchi quyidagi muvofiqlik mezonlariga mos bo‘lishi lozim, jumladan:
- kredit olish uchun murojaat qilgan kunida 18 yoshga to‘lgan va 30 yoshdan oshmagan bo‘lishi;
- “Temir daftar” va “Ayollar daftari”ga kiritilgan oilalarning farzandlari hamda “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlarning yangi turmush qurganlari (nikohi qayd etilganiga 3 yildan oshmagan bo‘lishi lozim);
- daromad manbalariga, shaxsiy yordamchi yoki dehqon xo‘jaligidan yohud yakka tartibdagi tadbirkorlik faoliyatidan doimiy daromadga ega bo‘lishi.

#DavKadastrPalata #ma_lumot_o_rnida

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🌐Telegram 🌐Instagram 🌐YouTube 🌐 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
▪️Manzil-maʼlumot axborotlarini olish tartibi ▪️

◼️Manzil-maʼlumot axborotlari – fuqaroning doimiy propiskada turganligi, propiskadan chiqqanligi, turgan joyi boʻyicha hisobga olinganligi, vaqtinchalik roʻyxatdan oʻtganligi, shuningdek, maʼlumot mavjud emasligi haqida maʼlumotlardir. Ushbu xizmatdan jismoniy shaxslar foydalanadilar.

📃 Xizmatni koʻrsatish tartibi:

▫️Bu axborotlarni olish uchun ariza beruvchilar Davlat xizmatlari markazlariga oʻzi kelib murojaat etadi yoki davlat xizmatlaridan elektron tarzda foydalanish uchun YIDXP (my.gov.uz) orqali roʻyxatdan oʻtadi.
▫️Soʻrovnoma toʻldirilgach, elektron raqamli imzo bilan tasdiqlanib, vakolatli organ (Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, viloyatlar Ichki ishlar boshqarmalari va Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi huzuridagi Manzil-maʼlumot byurolari)ga yuboriladi.
▫️ Vakolatli organ soʻrovnoma kelib tushgan kundan boshlab 1 ish kunida QR-kod qoʻyilgan manzil-maʼlumot axborotni rasmiylashtiradi hamda uni tegishli Davlat xizmatlari markaziga yoki arizachiga YIDXP orqali elektron ravishda yuboradi.

◼️Ariza beruvchilar faqat oʻzlariga tegishli manzil-maʼlumot axborotlarini olishlari mumkin. Boshqa shaxslarga tegishli manzil-maʼlumot axborotlari berilmaydi.

📆 Xizmatni koʻrsatish muddati: 1 ish kunida

➡️ Xizmat narxi: BHMning 3 foizi miqdorida – 9 900 soʻm;

Asos: Hukumat qarori (797-son, 04.10.2018-y.)

#DavKadastrPalata #ma_lumot_o_rnida

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🌐Telegram 🌐Instagram 🌐YouTube 🌐 Facebook 🐦Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
▪️O‘zbekistonda 1 kilometr kvadrat maydonga qancha aholi to‘g‘ri keladi?▪️

📊 Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, 1-iyul holatiga O‘zbekistonda 1 km kv. yer maydoniga o‘rtacha 81 nafar doimiy aholi soni to‘g‘ri keladi.

◼️Qayd etilishicha, bu 2022-yilning mos davriga nisbatan solishtirilganda 1,7 kishiga ortgan (2022-yil 1-iyul holatiga 1 km kvga 79,3 kishi).

◼️Shuningdek, ma’lum qilinishicha, 1-iyul holatiga respublikaning doimiy aholisi 36 372 437 kishini tashkil etmoqda.

▫️ Shahar joylarda – 18 557,5 ming kishi;
▫️ Qishloq joylarda – 17 814,9 ming kishi.

#DavKadastrPalata #ma_lumot_o_rnida

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🌐Telegram 🌐Instagram 🌐YouTube 🌐 Facebook 🐦Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
▪️Uy sotganimda soliqdan xat keldi▪️

➡️ Uy sotilganda soliq to'lanadimi?

➡️ Agar to'lansa qancha miqdorda va qay shaklda to'lanadi?

➡️ Meros yoki hadya bo'lib nomingizga o'tgan uyni sotish uchun ham soliq hisoblanadimi?

🌟 Kadastrga bo'ladigan murojaatlarni aksariyati ham shu mavzuda.

Davlat solq qo'mitasi tomonidan tayyorlangan mazkur video orqali savollaringizga batafsil javob topishingiz mumkin.

#DavKadastrPalata #ma_lumot_o_rnida

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🌐Telegram 🌐Instagram 🌐YouTube 🌐 Facebook 🐦Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
▪️Issiqxona va tomorqalar maydoni ▪️

⚪️ Aholi tomorqalari va xonadonlarida davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etilgan:

▫️ issiqxonalar va uy issiqxona majmualari uchun yer soligʻi stavkalari,
▫️ uy issiqxona majmualari tarkibidagi turar joylar uchun mol mulk soligʻi stavkalari ular foydalanishga topshirilgan sanadan boshlab 3 yil davomida 50 % miqdorda mol-mulk va yer soliqlaridan imtiyoz
qoʻllaniladi.

👔Bunda:
▫️ aholi tomorqalari va xonadonlarida tashkil etilgan issiqxonalar maydoni kamida 10 sotix, uy issiqxona majmualarining maydoni kamida 20 sotix boʻlishi lozim;
▫️ issiqxona va uy issiqxona egasi oʻzini oʻzi band qilgan shaxs sifatida faoliyat olib boradi va ushbu faoliyat boʻyicha olingan daromadi soliqqa tortilmaydi;
▫️ uy issiqxona tashkil etish uchun yer maydonlari investorlar oʻrtasida oʻtkaziladigan ochiq tanlov yakunlari boʻyicha ijara huquqi asosida ajratadi. Ijara muddati yakunlangandan soʻng uy issiqxona majmuasi mulk huquqi asosida, joylashgan yeri ijara huquqi asosida (ijara shartnomasi amal qilish muddatiga) beriladi;
▫️ issiqxonalar va uy issiqxona majmualari investorlar tomonidan ishlab chiqariladigan zamonaviy va energiya tejamkor uskuna-jihozlardan foydalangan holda tashkil etilishi lozim.

#DavKadastrPalata #ma_lumot_o_rnida

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🌐Telegram 🌐Instagram 🌐YouTube 🌐 Facebook 🐦Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM