▪️Huquqiy ma'lumot▪️
🫥 Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishga doir harakatlarni amalga oshirish muddatlari
◼️ Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishga doir harakatlar tegishli hujjatlar ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organga kelib tushgan kundan e’tiboran
ikki ish kuni ichida amalga oshiriladi. Agar talab etiladigan hujjatlar ariza bilan birga taqdim etilmagan bo‘lsa, bu muddat talab etiladigan hujjatlar berilgan kundan e’tiboran boshlanadi.
📃 Taqdim etilgan hujjatlarda bartaraf etilishi mumkin bo‘lgan yoki qo‘shimcha hujjatlarni talab etadigan kamchiliklar mavjud bo‘lganda, ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish
uch ish kuniga to‘xtatib turilishi mumkin. Bunday holda ro‘yxatdan o‘tkazuvchi ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish to‘xtatib turilganligi to‘g‘risida vositachini va (yoki) arizachini
bir ish kuni ichida
xabardor qiladi.
#DavKadastrPalata #huquqiy_ma_lumotlarIjtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🌐Telegram 🌐Instagram 🌐YouTube 🌐 Facebook 🐦Twitter