Forwarded from DAVLAT KADASTRLARI PALATASI
⚜️ Qonunchilikka ko‘ra, quyidagilar ko'chmas mulk obyekti manzilni o‘zgartirish uchun asos bo‘ladi:
▫️ obyektning ma’muriy-hududiy mansubligi o‘zgarishi (tashkil etilishi, o‘zgartirilishi, tugatilishi va shu kabilar);
▫️ ko‘cha-yo‘l tarmog‘i elementlarining bo‘linishi, qo‘shib yuborilishi;
▫️ qurilgan yer uchastkasi chegaralari o‘zgarganda qurilgan yer uchastkasi geokodining o‘zgarishi (uchastka kadastr raqami uning konturi chegarasidan chiqib ketgan taqdirda uning maydonini bo‘lish yoki qo‘shib yuborish);▫️- qurilgan yer uchastkasi ichki manzilining unda joylashgan binolar va inshootlar ichki manzili o‘zgarishi bilan bog‘liq o‘zgarishi;
▫️ qurilgan yer uchastkasi ichki manzilining unda joylashgan tugallanmagan qurilishlar manzillari mavjudligi bekor qilinishi bilan bog‘liq o‘zgarishi, yer uchastkasining qurilganligicha qolishi sharti bilan;
▫️ binolar va inshootlardagi alohida ajratilgan xonalar ichki manzillarining ularning bo‘linishi, qo‘shilishi munosabati bilan o‘zgarishi;
▫️ qurilgan yer uchastkalari, binolar, inshootlar manzillarining ularning bo‘linishi, qo‘shib yuborilishi munosabati bilan o‘zgarishi;
▫️ alohida ajratilgan xonalar ichki manzillarining alohida ajratilgan xonalarning qayta raqamlanishi munosabati bilan o‘zgarishi — alohida xona(lar)ning bo‘linishi natijasida, shuningdek, asosiy imorat (bino, inshoot)ning ustiga, yoniga alohida xona qurilishi yoki undan ajratilishi natijasida ko‘p sonli alohida ajratilgan xonalar paydo bo‘lgan taqdirda;
▫️ asosiy imoratning obyekt geokodi o‘zgarishiga olib kelgan o‘zgarishi;
▫️ manzillarning me’yorlashtirilishi.
#DavKadastrPalata #huquqiy_ma_lumot
Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from DAVLAT KADASTRLARI PALATASI
▫️ ko‘chmas mulk joylashgan ma’muriy — hududiy birlik o‘zgarganda;
▫️ ko‘chmas mulk obyektining bir qismi begonalashtirilganda, obyektning qolgan qismiga eski manzili berilganda;
▫️ ko‘chaning nomi o‘zgarishi bilan ushbu ko‘chada joylashgan barcha ko‘chmas mulklarning manziliga o‘zgartirish kiritilganda;
▫️ nomsiz ko‘chalarga nom berilishi bilan ushbu ko‘chada joylashgan barcha ko‘chmas mulklarning manzili belgilanganda va manziliga o‘zgartirish kiritilganda;
▫️ qonunchilik hujjatlariga muvofiq aholi punktlarining nomlanishi va chegaralari o‘zgarganda, shu jumladan, bir hududdan boshqa hududga o‘tkazilganda (turar yoki noturar ko‘chmas mulk obyektida rekonstruksiya, qo‘shimcha va alohida qurilish mavjud bo‘lgan hollar bundan mustasno).
#DavKadastrPalata #huquqiy_ma_lumot
Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from DAVLAT KADASTRLARI PALATASI
#DavKadastrPalata #huquqiy_ma_lumot
Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from DAVLAT KADASTRLARI PALATASI
⚜️ Ko‘chmas mulkni bo‘lish va bo‘linayotgan ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish
▫️ Ko‘chmas mulkni bo‘lish uning mulkdorining arizasiga yoki sudning qaroriga asosan amalga oshiriladi.
▫️ Umumiy mulk bo‘lgan ko‘chmas mulk uning mulkdorlarining (ishtirokchilarining) o‘zaro kelishuviga ko‘ra bo‘linadi.
▫️ Bo‘lish natijasida ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqning yuzaga kelganligi yoki bekor qilinganligi shartnoma yoki sud qarori bilan tasdiqlanadi.
▫️ Ko‘chmas mulkni bo‘lish uchun bo‘linayotgan ko‘chmas mulkka ko‘chmas mulkning kadastr yig‘majildi va kadastr pasporti shakllantiriladi.
▫️ Ko‘chmas mulkni bo‘lish qonunchilikka muvofiq amalga oshiriladi.
▫️ Ko‘chmas mulkning muayyan turdagi obyektini bo‘lish xuddi shu turdagi ikki yoki undan ortiq obyektning tashkil etilishiga olib keladi.
▫️ Ko‘chmas mulk bo‘linganidan keyin mazkur ko‘chmas mulkni ro‘yxatdan o‘tkazishga doir ish yopiladi, yangidan tashkil etilgan ko‘chmas mulkka esa yangi ro‘yxatdan o‘tkazishga doir ish ochiladi.
▫️ Ko‘chmas mulkni bo‘lish chog‘ida bu ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlar va ularga oid cheklov yangidan tashkil etilgan ko‘chmas mulkka o‘tadi.
▫️ Ko‘chmas mulkni bo‘lish chog‘ida huquqlarning va ularga oid cheklovlarning boshqa shaxsga o‘tishi bo‘linayotgan ko‘chmas mulkka nisbatan ushbu huquqlar va cheklovlarning bekor bo‘lishini hamda ularning yangidan vujudga kelgan ko‘chmas mulkka nisbatan yuzaga kelishini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish orqali amalga oshiriladi.
▫️ Umumiy birgalikdagi mulkni bo‘lish ushbu umumiy mulk ishtirokchilari o‘rtasidagi kelishuvga yoki sud qaroriga asosan amalga oshiriladi.
▫️ Ko‘p kvartirali uylardagi kvartiralar va qurilishi tugallanmagan obyektlar bo‘linmaydi.
⚜️ Asos: O‘zbekiston Respublikasining 803-son Qonuni.
#DavKadastrPalata #huquqiy_ma_lumot
Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from DAVLAT KADASTRLARI PALATASI
⚜️ Qonunchilikka ko‘ra, yer uchastkalariga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish Davlat kadastrlari palatasining hududiy boshqarmasi tomonidan davlat orderi tushgan kundan boshlab ikki ish kuni ichida amalga oshiriladi.
Asos: O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 71-son qarori
#DavKadastrPalata #huquqiy_ma_lumot
Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from DAVLAT KADASTRLARI PALATASI
⚜️ O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Ko'chmas mulk obyektlari manzillari yagona reyestrini shakllantirish va yuritish tartibi to'g'risidagi 1010-son qaroriga ko'ra alohida ajratilgan xonalar qurilish loyihasida belgilangan tartibda raqamlanadi.
#DavKadastrPalata #huquqiy_ma_lumot
Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from DAVLAT KADASTRLARI PALATASI
▫️ Ko‘chmas mulkni bo‘lish uning mulkdorining arizasiga yoki sudning qaroriga asosan amalga oshiriladi.
▫️ Umumiy mulk bo‘lgan ko‘chmas mulk uning mulkdorlarining (ishtirokchilarining) o‘zaro kelishuviga ko‘ra bo‘linadi.
▫️ Bo‘lish natijasida ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqning yuzaga kelganligi yoki bekor qilinganligi shartnoma yoki sud qarori bilan tasdiqlanadi.
▫️ Ko‘chmas mulkni bo‘lish uchun bo‘linayotgan ko‘chmas mulkka ko‘chmas mulkning kadastr yig‘majildi va kadastr pasporti shakllantiriladi.
▫️ Ko‘chmas mulkni bo‘lish qonunchilikka muvofiq amalga oshiriladi.
▫️ Ko‘chmas mulkning muayyan turdagi obyektini bo‘lish xuddi shu turdagi ikki yoki undan ortiq obyektning tashkil etilishiga olib keladi.
▫️ Ko‘chmas mulk bo‘linganidan keyin mazkur ko‘chmas mulkni ro‘yxatdan o‘tkazishga doir ish yopiladi, yangidan tashkil etilgan ko‘chmas mulkka esa yangi ro‘yxatdan o‘tkazishga doir ish ochiladi.
▫️ Ko‘chmas mulkni bo‘lish chog‘ida bu ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlar va ularga oid cheklov yangidan tashkil etilgan ko‘chmas mulkka o‘tadi.
▫️ Ko‘chmas mulkni bo‘lish chog‘ida huquqlarning va ularga oid cheklovlarning boshqa shaxsga o‘tishi bo‘linayotgan ko‘chmas mulkka nisbatan ushbu huquqlar va cheklovlarning bekor bo‘lishini hamda ularning yangidan vujudga kelgan ko‘chmas mulkka nisbatan yuzaga kelishini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish orqali amalga oshiriladi.
▫️ Umumiy birgalikdagi mulkni bo‘lish ushbu umumiy mulk ishtirokchilari o‘rtasidagi kelishuvga yoki sud qaroriga asosan amalga oshiriladi.
▫️ Ko‘p kvartirali uylardagi kvartiralar va qurilishi tugallanmagan obyektlar bo‘linmaydi.
#DavKadastrPalata #huquqiy_ma_lumot
Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from DAVLAT KADASTRLARI PALATASI
⚜️ Davlat kadastrlari palatasi tuman (shahar) filiali yer uchastkalarini xususiylashtirish uchun ariza tushgan kundan boshlab 5 ish kuni ichida quyidagilarni o‘rganadi:
▫️ yer uchastkalari bo‘yicha topografik rejaning mavjudligi;
▫️ arizada ko‘rsatilgan yer uchastkasi va huquq egasi to‘g‘risidagi ma’lumotlarning Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarning davlat reyestridagi ma’lumotlarga muvofiqligi;
▫️ xususiylashtirilayotgan yer uchastkasiga bo‘lgan huquq egasi haqidagi ma’lumotlarning ushbu yer uchastkasida joylashgan bino va inshootlarning mulkdori haqidagi ma’lumotlarga muvofiqligi;
▫️ xususiylashtirilayotgan yer uchastkasida joylashgan ko‘chmas mulk obyektlariga nisbatan taqiqning yoki xatlovning mavjudligi;
▫️ yer uchastkasi joylashgan joyga chiqqan holda yer uchastkasi chegaralarini kadastr hujjatlari ma’lumotlariga mosligini aniqlash.
#DavKadastrPalata #huquqiy_ma_lumot
Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from DAVLAT KADASTRLARI PALATASI
#DavKadastrPalata #huquqiy_ma_lumot
Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from DAVLAT KADASTRLARI PALATASI
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#DavKadastrPalata #huquqiy_ma_lumot
Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from DAVLAT KADASTRLARI PALATASI
- davlat xizmatlari markazlari;
- notarial idoralar, notariuslar;
- rieltorlik tashkilotlari;
- tijorat banklari;
- O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi.
- O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlarida boshqa yuridik va jismoniy shaxslar ham vositachilar sifatida belgilanishi mumkin.
- ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish, davlat reyestridagi ma’lumotlarni va hujjatlarni berish to‘g‘risida arizalar tayyorlash;
- keyinchalik ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organga topshirish uchun jismoniy yoki yuridik shaxslardan ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish, davlat reyestriga o‘zgartishlar kiritish, davlat reyestridan olinadigan ma’lumotlarni va hujjatlarni taqdim etish uchun hujjatlarni qabul qilish;
- vositachilarga taqdim etiladigan qog‘ozdagi hujjatlarning elektron ko‘chirma nusxalarini tayyorlash;
- ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organga elektron hujjatlarni va ma’lumotlarni yuborish.
#DavKadastrPalata #huquqiy_ma_lumot
Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from DAVLAT KADASTRLARI PALATASI
- yer uchastkasiga bo‘lgan huquq belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tkazilganligi;
- qurilish qonun hujjatlariga muvofiq tasdiqlangan loyiha asosida boshlanganligi sharti bilan davlat ro‘yxatidan o‘tkaziladi.
#DavKadastrPalata #huquqiy_ma_lumot
Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from DAVLAT KADASTRLARI PALATASI
💠 Qonunchilikka ko'ra, Davlat reyestridan ko‘chirmada:
▫️ davlat yer kadastrida hamda binolar va inshootlar davlat kadastrida mavjud ko‘chmas mulk obyektining texnik parametrlari haqida;
▫️ ko‘chmas mulk obyektiga bo‘lgan huquq egalari haqida;
▫️ Reyestrda mavjud ro‘yxatga olingan huquqlar haqida;
▫️ sudlar, tergov organlari hamda O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi organlari tomonidan ko‘chmas mulk obyektiga taqiq yoki xatlov qo‘yilganligi haqida, sanani, qaysi hujjat asosida va qaysi organ tomonidan taqiqlar yoki xatlov qo‘yilganini, shuningdek, ularni ro‘yxatdan o‘tkazish sanasi va raqamini ko‘rsatgan holda;
▫️ ipoteka hamda binolar va inshootlar ipotekasi shartnomasini, shuningdek yer uchastkalariga bo‘lgan ashyoviy huquqlarni ro‘yxatdan o‘tkazish haqida;
▫️ yer uchastkasiga bo‘lgan servitutning davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi haqida;
▫️ binolar va imoratlar yoki ularning qismlari ijarasi davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risida;
▫️ joylardagi davlat hokimiyati organlarining qarori bo‘yicha mo‘ljallanayotgan bino, inshootni buzish haqidagi ma’lumotlar aks ettiriladi.
#DavKadastrPalata #huquqiy_ma_lumot
Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from DAVLAT KADASTRLARI PALATASI
⚜️ Qonunchilikka ko‘ra, o‘zlariga biriktirilgan turar joyga ega bo‘lmagan va turar joyga muhtojlar sifatida hisobda turgan yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarga ular 18 yoshga to‘lgan yilda ko‘p kvartirali uy-joylardan umumiy maydoni 25 kvadrat metrdan kam bo‘lmagan 1 xonali, voyaga yetgan yetim bolalar o‘rtasida nikoh tuzilgan hollarda, 50 kvadrat metrdan kam bo‘lmagan 2 xonali kvartiralar ajratilishi belgilangan.
#DavKadastrPalata #huquqiy_ma_lumot
Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from DAVLAT KADASTRLARI PALATASI
Davlat reyestridagi yozuvni bekor qilish
#DavKadastrPalata #huquqiy_ma_lumot
Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from DAVLAT KADASTRLARI PALATASI
⚜️ Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yer uchastkalarini xususiylashtirish bo'yicha
#DavKadastrPalata #huquqiy_ma_lumot
Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from DAVLAT KADASTRLARI PALATASI
▫️ taqdim etgan hujjatlarda noto‘g‘ri yoki buzib ko‘rsatilgan ma’lumotlarning mavjudligi;
▫️ hujjatlarni lozim tarzda rasmiylashtirmay taqdim etish;
▫️ ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqning davlat ro‘yxatidan o‘tkazilmaganligi;
▫️ ko‘chmas mulk obyektlariga bo‘lgan huquqlarni tasdiqlovchi hujjatlar mavjud emasligi;
▫️ qonunda nazarda tutilgan boshqa cheklovlar.
#DavKadastrPalata #huquqiy_ma_lumot
Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from DAVLAT KADASTRLARI PALATASI
🏢 Binolar va inshootlarga bo‘lgan mulk huquqining cheklanishini tasdiqlovchi hujjatlar quyidagilardan iborat:
▫️ binolar va inshootlar xatlab qo‘yilgani to‘g‘risidagi xabarnoma;
▫️ binolar va inshootlarning boshqa shaxsga o‘tkazilishini taqiqlash to‘g‘risidagi xabarnoma;
▫️ binolar va inshootlar ipotekasi to‘g‘risidagi shartnoma;
▫️ tasarruf etish huquqisiz berilgan davlat orderi;
#DavKadastrPalata #huquqiy_ma_lumot
Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from DAVLAT KADASTRLARI PALATASI
▫️ vakolatli davlat organlarining binolarni va inshootlarni boshqa shaxsga o‘tkazish to‘g‘risidagi hujjatlari, qarorlari va farmoyishlari;
▫️ ko‘chmas mulk oldi-sotdisiga, uni ayirboshlashga, hadya qilishga, bo‘lishga va turar joyni umrbod saqlash sharti bilan boshqa shaxsga berishga doir, imorat qurish to‘g‘risidagi, yer uchastkalarini xususiy mulk huquqi asosida uylar qurish uchun berish haqidagi, yakka tartibdagi imorat quruvchilarning uy-joy qurilish jamoalariga uylar qurish uchun yer uchastkalarini berish to‘g‘risidagi, er-xotin o‘rtasida uyni bo‘lish haqidagi notarial tartibda tasdiqlangan shartnomalar;
▫️ xalq deputatlari shahar va tuman Kengashlari ijroiya qo‘mitalarining imoratlarga bo‘lgan mulk huquqini tan olish to‘g‘risidagi (mavjud hujjatlar asosida) qarorlari;
▫️ umumiy mulk bo‘lgan imoratning tegishli qismiga bo‘lgan meros qilib olish huquqi to‘g‘risidagi va mulk huquqi to‘g‘risidagi guvohnomalar hamda uy ochiq kim oshdi savdolarida olinganligi to‘g‘risidagi guvohnomalar;
▫️ binolarga va inshootlarga bo‘lgan mulk huquqini tasdiqlovchi qonuniy kuchga kirgan sud qarorlari va ajrimlari;
▫️ ko‘chmas mulkning boshqa shaxsga berilishi haqidagi shartnomalarning dublikatlari.
#DavKadastrPalata #huquqiy_ma_lumot
Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from DAVLAT KADASTRLARI PALATASI
Ijobiy xulosada yer uchastkasining mulkdoriga yoki ijarachisiga nisbatan shaharsozlik hamda boshqa norma va qoidalarga rioya etish talablari bayon etiladi.
#DavKadastrPalata #huquqiy_ma_lumot
Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM