Samarqand Kadastr xabarlari
562 subscribers
4.26K photos
943 videos
19 files
3.8K links
Download Telegram
SAMARQANDDA KORRUPSIYAVIY HOLATLARGA QARSHI KURASHISH MASALALARI MUHOKAMA ETILDI
#Korrupsiyaga_qarshi_kurashish_Komlayens_nazorat

“Antikorrupsiya haftaligi” doirasida Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasining Komplayens nazorati xizmati xodimlari tomonidan joriy yilning 14-dekabr kuni Samarqand viloyatining Samarqand va Kattao‘rg‘on shaharlarida “Korrupsiya – taraqqiyot dushmani!” mavzusida davra suhbatlari bo‘lib o‘tdi.
#Kadastr #korrupsiyaga_qarshi_kurashish_profilaktikasi

🔰Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasi hududlardagi boshqarma boshliqlari hamda masʼul xodimlardan iborat tuzilgan ishchi guruh tomonidan boshqarmalarning tuman va shahar bo‘lim va filiallarida faoliyat ko‘rsatayotgan xodimlar ishtirokida "Korrupsiya - taraqqiyot kushandasi" mavzusida davra suhbatlari o‘tkazildi.

🔸Tadbirda soha xodimlarining korrupsiya illatidan uzoq bo‘lish va o‘z vazifasiga sidqidildan yondashib, faqat to‘g‘ri yo‘ldan yurish, firibgarlik, tamagirlik holatlariga yo‘l qo‘ymasligi kerakligi tushuntirildi.

"Korrupsiya - taraqqiyot kushandasi" mavzusidagi davra suhbatlari quyidagi hududlarda o'tkazildi.

Jizzax viloyati;

Qashqadaryo viloyati;

Samarqand viloyati;

Andijon viloyati;

Sirdaryo viloyati;

Xorazm viloyati;

Buxoro viloyati;

Qoraqalpog'iston Respublikasi;

📌Bunday profilaktik tadbirlarni o‘tkazishdan ko‘zlangan asosiy maqsad har bir xodimda korrupsiyaga qarshi immunitetni shakllantirish hisoblanadi.
Korrupsiyaga qarshi profilatik tadbir o‘tkazildi
#Korrupsiyaga_qarshi_kurashish #Samarqand

Bugun Davlat kadastrlari palatasining Komplayens-nazorat xizmati boshlig‘i A.Rahmatov, yuridik bo‘lim boshlig‘i N.Xo‘jamov, Inson resurslarini boshqarish bo‘limi bosh mutaxassisi O.Marufovlardan iborat Ishchi guruh tomonidan Davlat kadastrlari palatasining Samarqand viloyat boshqarmasi rahbariyati va tuman (shahar) filial xodimlari ishtirokida ZOOM platformasi orqali korrupsiyaga qarshi kurashish va uni oldini olish yuzasidan yig‘ilish tashkil etildi.

Rasmiy sahifalarimiz 👇

Telegram | YouTube | Facebook