Samarqand Kadastr xabarlari
562 subscribers
4.26K photos
943 videos
19 files
3.8K links
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Davlat_kadastrlari_palatasi #Hududiy_boshqarmalar #Andijon_viloyati #Shahrihon #Asаka

Shahrixon va Asaka tumanlarida 70 mingdan ziyod ko‘chmas mulk obyektlarga bo‘lgan huquqlar eʼtirof etiladi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 13 avgust kungi “Andijon viloyatining Asaka hamda Shahrixon tumanlaridagi mavjud ko‘chmas mulk obyektlariga bo‘lgan huquqlarni eʼtirof etish to‘g‘risida”gi 520-sonli qarori ijrosini taʼminlash maqsadida viloyatning Asaka hamda Shahrixon tumanlaridagi mavjud ko‘chmas mulklar qayta xatlovdan o‘tkazish ishlari boshlanmoqda. Shu munosabat bilan Davlat kadastrlari palatasi raisi Valiyev Moxir Kamolovich Andijon viloyatining yuqorida nomlari qayd etilgan tumanlarida mutaxassislarga yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishmoqda.
Forwarded from Kadastr - Live
​​#Kadastr #Andijon_viloyati

🇺🇿O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 13 avgustdagi Andijon viloyatining Asaka va Shahrixon tumanlarida ko‘chmas mulk ob’ektlariga bo‘lgan huquqlarni e’tirof etish to‘g‘risida”gi 520-sonli qarori ijrosi yuzasidan quyidagi ishlar amalga oshirildi.

Xususan,

🔷Asaka tumanida Kadastr va Soliq organlari xodimlari bilan hamkorlikda jami bo‘lib, 21 551 ta obyektlar xatlovdan o‘tkazildi (33 ta mahalla).

📍Shundan, 4 464 tasi davlat ro‘yxatidan o‘tganligi va 16 717 tasi ro‘yxatdan o‘tmaganligi aniqlandi.

💠Bundan tashqari, 7 431 ta obyekt egalari tomonidan to‘langan soliq summalari o‘rganildi.
Jumladan:
📝15 yillik soliq to‘lagan obyektlari soni 3 262 tani;
📝11-14 yillik soliq to‘lagan obyektlari soni 1 697 tani;
📝6-10 yillik soliq to‘lagan obyektlari soni 1 458 tani;
📝1-5 yillik soliq to‘lagan obyektlari soni 1 014 tani tashkil etmoqda.

Amalga oshirilgan ishlar yuzasidan Asaka tumanida tashkil etilgan «Shtab» tomonidan kunlik tahlil qilinib kunbay nazorat olib borilmoqda.

Telegram Instagram YouTube Facebook Web-sayt