Samarqand Kadastr xabarlari
549 subscribers
4.26K photos
943 videos
19 files
3.8K links
Download Telegram
#Kadastr #xalqaro_aloqalar

🌍 Fazoviy ma'lumotlar infratuzilmasi bo'yicha Evrosiyo tashabbusi (Eurasia SDI) ishtirokchi davlatlari va tashkiliy qo‘mita a’zolarining 2023-yildagi ilk onlayn formatdagi uchrashuvi bo’lib o’tdi.

Uchrashuvdan ko’zlangan maqsad 2023-yilda tashkiliy qo’mitaning faoliyati va kelgusi rejalarini muhokama qilish hamda 2023-2024yillarda Fazoviy ma'lumotlar infratuzilmasi bo'yicha “Evrosiyo SDI” konferensiyasini o’tkazish bo’yicha mezbon davlatlarni aniqlash muhokamasi hisoblanadi.

Ma’lumot uchun: Fazoviy ma'lumotlar infratuzilmasi bo'yicha Evrosiyo tashabbusining doimiy a’zolari 🇰🇷Koreya Respublikasi, 🇧🇾Belarus Respublikasi, 🇰🇿Qozog’iston Respublikasi, 🇰🇬Qirg’iziston Respublikasi, 🇹🇯Tojikiston Respublikasi, 🇲🇳Mo‘g’uliston va 🇺🇿O’zbekiston Respublikasi hisoblanib, tashabbusning asosiy maqsadi Koreyaning rivojlanayotgan davlatlar bilan geoaxborot tizimlari va fazoviy ma’lumotlarni rivojlantirishda bilimlar transferi va tajriba almashishdan iborat.

🌐 Telegram 🌐 Instagram 🌐YouTube 🌐 Facebook 🌐 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#kadastr #xalqaro_aloqalar

🟢Ayni damda 🌟 Kadastr agentligida 🇹🇯 Tojikiston Respublikasi Yer resurslari va geodeziya qo‘mitasining “Fazo” ilmiy-loyihalash instituti hamda Dushanbe Aerogeodeziya Davlat unitar korxonasi vakillari bilan uchrashuv bo’lib o’tmoqda.

Uchrashuv kun tartibidan yer va ko’chmas mulk munosabatlari yo’nalishidagi qonunchilikdagi o’zgarishlar, O’zbekistonda fazoviy ma’lumotlar milliy infrastrukturasini qurish borasida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan tajriba almashish o’rin olgan.

🟢 Ma’lumot uchun: 2018-yil 17-avgustda Tojikiston Respublikasi Prezidentining O’zbekistonga tashrifi doirasida “Yer tuzish, kadastr, geodeziya, kartografiya va Yerni masofadan turib zondlash sohasida hamkorlik" bo’yicha Hukumatlararo Bitim imzolangan bo’lib, 🇺🇿O’zbekiston tomondan asosiy ijrochi 🌟 Kadastr agentligi, 🇹🇯 Tojikiston Respublikasi tomonidan Tojikiston Yer resurslari va geodeziya qo‘mitasi hisoblanadi.

🌐 Telegram 🌐 Instagram 🌐YouTube 🌐 Facebook 🌐 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#kadastr #xalqaro_aloqalar

🇺🇿O‘zbekiston va 🇦🇿Ozarbayjon kadastr idoralari o‘rtasida yer hisobi, geoaxborot tizimlari, kadastr tizimlarining modernizatsiyasi yo‘nalishida idoralararo ishchi guruhlarning onlayn sessiyasi bo‘lib o‘tdi

🟢Joriy yilning 8-iyun hamda 22-iyun sanalarida 🇺🇿O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi 🌟Kadastr agentligi hamda 🇦🇿Ozarbayjon Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi huzuridagi Mulk masalalari davlat xizmati o‘rtasida idoralararo ishchi guruhlarning tajriba almashishga bag‘ishlangan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Kun tartibidan:

😎Yer maʼmurchiligi hamda yer hisobini yuritish;
😎Yer va kadastr nazorati;
😎Raqamlashtirish va Yer boshqaruviga oid axborot tizimlari;
😎Ozarbayjonning «Nesas» hamda O‘zbekistonning «Uzkad» axborot tizimi imkoniyatlari;
😎geoaxborot tizimlari va manzillar reyestri;
😎Fazoviy maʼlumotlar infrastrukturasini yaratish yo‘nalishida o‘zaro tajriba almashish o‘rin oldi.

Maʼlumot uchun: Davlatlararo sohaviy hamkorlik O‘zbekiston Respublikasi va Ozarbayjon Respublikasi o‘rtasida hamkorlik bo‘yicha hukumatlararo komissiya o‘rtasida belgilangan harakatlar rejasiga muvofiq yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, tomonlarning hamkorlik ko‘lami – yer munosabatlari, ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish, davlat kadastrlarini yuritish sohasida tajriba almashish, shuningdek mazkur yo‘nalishlarda elektron xizmatlar ko‘rsatish masalalarini qamrab oladi.

🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐YouTube | 🌐 Facebook | 🌐 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM