Samarqand Kadastr xabarlari
549 subscribers
4.26K photos
943 videos
19 files
3.8K links
Download Telegram
Forwarded from Kadastr - Live
#savol_javob

САВОЛ
Ҳовлимиз
23 сотих. Кадастир ҳужжатларимиз жойида. Лекин 11 сотихи қизил майдон қилиб белгилаб қўйилган. Ўша қизил майдонга уй қуришга ҳаққим борми?

ЖАВОБ

Ўзининг эгаллаб турган ер участкасида қурилиш, қайта қуриш ишларини амалга ошириш учун Вазирлар Маҳкамасининг 2018 йил 18 майдаги 370-сонли қарори билан тасдиқланган маъмурий регламентларга асосан рухсатнома олиш лозим. Бунинг учун давлат хизматлари марказлари орқали мурожаат этилади. Рухсатнома Архитектура қурилиш бўлими томонидан берилади.

Агар ер участкаси қизил чизиқ ҳудудида ёки мухофаза зонасида жойлашган бўлса ёки ўзбошимчалик билан эгалланган бўлса, қурилиш ишларини амалга ошириш учун рухсат берилмайди.

Бизларни ижтимоий тармоқларда кузатиб боринг
Telegram Instagram YouTube Facebook
Forwarded from ANDIJON KADASTR
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#savol_javob

САВОЛ
Уйимнинг кадастр паспортини олдим. 1 дона пластик карта беришди. Илгарилари ичида ҳужжатлар йиғилган кадастр йиғмажилди берилар эди. Кадастр паспортим тўлиқ ҳолатда қилинган ёки қилинмалигини қандай билсам бўлади?

ЖАВОБ 📹

Давлат кадастрлари палатаси вилоят
бошқармаси матбуот хизмати

Telegram|Instagram|Twitter|Facebook| You tube
Forwarded from Kadastr - Live
#kadastr #savol_javob #farmon

САВОЛ:

Қандай сабабларга кўра янги
ПФ-6243-сон Фармонда умрбод ерга эгалик қилиш ҳуқуқи бекор қилинган?

ЖАВОБ
:

Фармон билан ушбу ҳуқуқлар бекор қилинмаган.
Фармоннинг 2-банди билан мерос қилиб қолдириладиган умрбод эгалик, доимий эгалик, вақтинча фойдаланиш ҳуқуқи билан ер ажратиш тартиби бекор қилинган ҳамда айнан шу бандда илгари ажратилган ер участкаларига бўлган бундай ҳуқуқлар уларнинг эгаларида амалдаги тартибда сақланиб қолиши белгиланган.

Ижтимоий тармоқлардаги саҳифаларимизга аъзо бўлинг
Telegram Instagram YouTube Facebook
#savol_javob

Savol – Kadastr xujjatini tayyorlash muddati qancha?

Javob – Davlat kadastrlari palatasining tuman (shahar) filiallari tomonidan kadastr yig‘majildini tayyorlash va uning natijasi bo‘yicha kadastr pasportini taqdim etish kadastr ob’ektining murakkabligiga qarab quyidagi muddatlarda amalga oshiriladi:

a) ko‘chmas mulk ob’ektlarining turar joyga oid qismi bo‘yicha:
ko‘p kvartirali uydagi kvartira – 3 ish kunigacha;
yakka tartibdagi turar joy – 5 ish kunigacha;

b) ko‘chmas mulk ob’ektlarining noturar joyga oid qismi hamda yaxlit ko‘p kvartirali uylar bo‘yicha:
umumiy maydoni 100 kv. metrgacha bo‘lgan ko‘chmas mulk – 5 ish kunigacha;
umumiy maydoni 100 kv. metrdan 1 000 kv. metrgacha bo‘lgan ko‘chmas mulk – 7 ish kunigacha;
umumiy maydoni 1 000 kv. metrdan 5 000 kv. metrgacha bo‘lgan ko‘chmas mulk – 10 ish kunigacha;
umumiy maydoni 5 000 kv. metrdan 15 000 kv. metrgacha bo‘lgan ko‘chmas mulk – 15 ish kunigacha;
umumiy maydoni 15 000 kv. metrdan 50 000 kv. metrgacha bo‘lgan ko‘chmas mulk – 20 ish kunigacha;
umumiy maydoni 50 000 kv. metrdan ortiq bo‘lgan ko‘chmas mulk – 25 ish kunigacha;
ajratilgan yer uchastkalari bo‘yicha – 3 ish kunigacha;
kadastr (yig‘majildi) pasporti yo‘qolganda (yaroqsiz holga kelganda), yangi kadastr pasporti 2 ish kuni mobaynida beriladi.

👉Manba
▪️@Dkpuz_bot - javob beradi▪️

📧 SAVOL:. Bundan 5-6 yil avval otamga tegishli yerni amakim o'zboshimchalik bilan nomiga o'tkazib olgan ekan, bunda otamdan hech qanaqa rozilik yoki imzo ham so'ralmagan. Endi amakim yer meniki chunki soliq to'layabman deb turib olgan. Shu masalada amaliy yordam berishingizni so'rayman.

✍️ JAVOB: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 29-dekabrdagi “Ko‘chmas mulk obyektlariga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 1060-sonli qaroriga asosan, O‘zbekiston SSRning Yer kodeksi amal qilgan davrda O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining olingan yer uchastkalariga bo‘lgan meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun davlat arxivlari tomonidan tasdiqlangan hujjatlari asos bo‘ladi, shuningdek, davlat arxivlari saqlovida mavjud bo‘lmagan yoki ularni topish imkoni qolmagan taqdirda, o‘rnatilgan tartibda tuman fuqarolik sudiga murojaat qilishingiz maqsadga muvofiq.

************

👉 @Dkpuz_bot 👈 yordamida sizni qiziqtirgan barcha savollaringizga mutaxassislarimizdan yozma va telefon muloqoti orqali javob olishingiz mumkin.

#DavKadastrPalata #savol_javob

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🌐Telegram 🌐Instagram 🌐 YouTube 🌐 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
▪️@Dkpuz_bot - javob beradi▪️

📤 SAVOL: Lalmi yerlarni xususiylashtirish uchun qanday harakatlar amalga oshiriladi?

✍️ JAVOB: O‘zbekiston Respublikasining "Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yer uchastkalarini xususiylashtirish to‘g‘risida"gi 15.11.2021 yildagi 728-son qonuniga muvofiq, lalmi yerlarni xususiylashtirish mumkin emas. Ulardan faqat qishloq xo‘jaligi maqsadlarida ijara huquqlari asosida foydalanish mumkin.

************

👉 @Dkpuz_bot 👈 yordamida sizni qiziqtirgan barcha savollaringizga mutaxassislarimizdan yozma va telefon muloqoti orqali javob olishingiz mumkin.

#DavKadastrPalata #savol_javob

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🌐Telegram 🌐Instagram 🌐YouTube 🌐 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
▪️@Dkpuz_bot - javob beradi▪️

📤 SAVOL: Ko'chmas mulkni davlat ro'yxatidan o'tkazish huquqlarini prokuratura protesti asosida bekor qilish mumkinmi?

✍️ JAVOB: O'zbekiston Respublikasining 803-qonuniga asosan, ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish, ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish chog‘ida yuzaga keladigan nizolarni faqat sudga qadar hal qilish komissiyasi tomonidan yoki sudning qaroriga ko‘ra bekor qilinishi mumkin ekanligini ma'lum qilamiz.

#DavKadastrPalata #savol_javob

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🌐Telegram 🌐Instagram 🌐YouTube 🌐 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
▪️@Dkpuz_bot - javob beradi▪️

📤 SAVOL: Korxona 2021-yilda balansida bo'lgan mol-mulkning bir qismini jismoniy shaxslarga sotdi va kadastr hujjatlari rasmiylashtirildi. Ushbu sotilgan mol-mulklarning maydonini kamaytirish maqsadida 2022-yilda ariza berildi.
O'z balansida mavjud bo'lmagan(sotilgan) mol-mulkning maydonini qaysi sana bilan kamaytirib beriladi? Ariza berilgan sana bilanmi? Yoki sotilgan sana bilanmi?


✍️ JAVOB: O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 423-moddasiga asosan, Mol-mulkka bo‘lgan mulk huquqi kalendar yil mobaynida bir mulkdordan boshqasiga o‘tgan taqdirda, soliq avvalgi mulkdor tomonidan shu yilning 1 yanvaridan e’tiboran u mol-mulkka bo‘lgan mulk huquqini yo‘qotgan oyning boshlanishiga qadar, yangi mulkdor tomonidan esa, unda mulk huquqi vujudga kelgan oydan e’tiboran to‘lanadi hamda O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 413-moddasiga asosan Soliq bazasi har bir soliq solish obyekti bo‘yicha alohida aniqlanishini ma’lum qilamiz.

************

👉 @Dkpuz_bot 👈 yordamida sizni qiziqtirgan barcha savollaringizga mutaxassislarimizdan yozma va telefon muloqoti orqali javob olishingiz mumkin.

#DavKadastrPalata #savol_javob

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🌐Telegram 🌐Instagram 🌐YouTube 🌐 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
▪️@Dkpuz_bot - javob beradi▪️

📤 SAVOL: Menga tegishli davlat ro‘yxatidan o‘tgan yer uchastkasida qo'shimcha yer bor. Shu qo‘shimcha yerni auksion savdosiga qo'ysa bo'ladimi?

✍️ JAVOB: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yer uchastkalarini xususiylashtirish to‘g‘risida"gi O‘zbekiston qonunini amalga oshirish chora-tadbirlari haqidagi 14.02.2022 yildagi 71-son qaroriga muvofiq, fuqarolar tomonidan egalik huquqi mavjud bo‘lgan yoki umumiy foydalanishdagi bo‘lgan yer uchastkalarini auksion savdolariga chiqarish mumkin emas. Qonunchilikka ko‘ra, faqat qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan bo‘sh turgan yer uchastkalarini belgilangan tartibda auksion savdolariga taqdim qilish mumkin.

************

👉 @Dkpuz_bot 👈 yordamida sizni qiziqtirgan barcha savollaringizga mutaxassislarimizdan yozma va telefon muloqoti orqali javob olishingiz mumkin.

#DavKadastrPalata #savol_javob

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🌐Telegram 🌐Instagram 🌐YouTube 🌐 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
▪️@Dkpuz_bot - javob beradi▪️

📤 SAVOL: Kadastr hujjatiga ega, chegara chiziqlari aniq bo'lgan tomorqa yeriga qurilish materiallari orqali chegaradan chiqmagan holda devor qilishim uchun qanday hujjatlar talab etiladi?

✍️ JAVOB: “Shahar va qishloq aholi punktlari hududlarini rivojlantirish va qurilishini rejalashtirish” shaharsozlik normalari va qoidalarining 26-bandiga asosan tomorqa uchastkalari bo‘lgan shaxsiy qurilish tumanlari qurilishlarida quyidagi talablar qondirilishi lozim:
- Har qanday bino qurilishi qo‘shni uchastka egalari bilan kelishilishi;
- turar joy uyi va xo‘jalik binolarining qo‘shni uchastkalardan ko‘rinish panaligi ta’minlanishi;
- o‘z hududidan muhandislik tarmoqlarini kiritish;
- piyoda-transport va muhandislik aloqalari, shuningdek umumiy foydalanish ko‘kalamzorlarining saqlanishini ta’minlash;
- qo‘shnining turar-joy uyiga quyosh tushishi normalarini ta’minlash.


************

👉@Dkpuz_bot 👈 yordamida sizni qiziqtirgan barcha savollaringizga mutaxassislarimizdan yozma va telefon muloqoti orqali javob olishingiz mumkin.

#DavKadastrPalata #savol_javob

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🌐Telegram 🌐Instagram 🌐YouTube 🌐 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
▪️@Dkpuz_bot - javob beradi▪️

📤 SAVOL: Nomimga kadastr pasporti qilingan edi, lekin hozirgi kunda familiyam o‘zgargan. Bu holatda nima qilishim kerak, kadastr pasportimni o‘zgartirishim kerak bo‘lsa, qayerga murojaat qilaman va to‘lovlari qanday bo‘ladi?

✍️ JAVOB: Qonunchilikka ko'ra, fuqaroning familya, ism yoki otasining ismi o'zgarganda kadastr pasporti shakllantirish uchun to'lovlar undirilmaydi. Fuqaro DXM ga tegishli hujjatlar bilan tashrif buyurib yoki my.gov.uz saytiga ariza bergan holda yangi kadastr pasporti shakllantirishi mumkin.

👔 Ma'lumot o'rnida, agar fuqaroning ko'chmas mulk obyektida biror bir o'zgarish bo'lmagan bo'lsa, familiyasi o'zgargan holatda qaytadan kadastr pasporti rasmiylashtirish majburiyat belgilanmagan.

Asos: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 10.07.2014 yildagi
186-son qarori

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 02.09.2020 yildagi
535-son qarori

************

👉@Dkpuz_bot 👈 yordamida sizni qiziqtirgan barcha savollaringizga mutaxassislarimizdan yozma va telefon muloqoti orqali javob olishingiz mumkin.

#DavKadastrPalata #savol_javob

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🌐Telegram 🌐Instagram 🌐YouTube 🌐 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#savol_javob #murojaatlar #foydali

📩 Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish kechiktirilgan bo‘lsa ya’ni o‘z vaqtida murojaat qilinmagan bo‘lsa, mulk egasi kadastr idoralari tomonidan jarimaga tortiladimi

🔤🔤🔤🔤🔤🔤 🇺🇿O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 7-sentabrdagi PF-6061-son Farmoniga asosan 👍Kadastr agentligi va uning hududiy boshqarma, tuman (shahar) boʻlimi inspektorlari tomonidan koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazishni amalga oshiruvchi organga yer uchastkasiga, bino va inshootga boʻlgan huquqni davlat roʻyxatidan oʻtkazish uchun oʻz vaqtida murojaat etmaslik holati boʻyicha jarima qoʻllash vakolati berilgan.

🇺🇿Oʻzbekiston Respublikasi “Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisida”gi Kodeksining 68-prim 1-moddasiga asosan jarima miqdori fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining oʻn baravari, mansabdor shaxslarga esa oʻn besh baravarini tashkil etadi.

🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐YouTube | 🌐 Facebook | 🌐 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
▪️@Dkpuz_bot - javob beradi▪️

📤 SAVOL: Menga tegishli fermer xo'jaligi nomiga 49 yilga ijara shartnomasi asosida yer mavjud. Ushbu fermer xo'jaligini boshqa yuridik shaxsga ikkilamchi ijara shartnomasi qilib bermoqchiman. Ikkilamchi ijara shartnomasi qanday tuziladi va necha yilga tuzish mumkin?

✍️ JAVOB: Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkalarini ikkilamchi ijaraga berish tartibi to‘g‘risidagi Nizomning 6-bandiga ko'ra, yer uchastkalarni ikkilamchi ijaraga beruvchi yuridik va jismoniy shaxslar o‘z tashabbusi bilan ixtiyoriylik asosida ikkilamchi ijaraga oluvchining roziligi bilan yozma yoki elektron shaklda qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkalarini ikkilamchi ijaraga berish to‘g‘risida shartnoma tuzadi. Bunda ikkilamchi ijaraga berish shartnomasini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun Kadastr agentligining Davlat kadastrlari palatasi hududiy organlariga yozma yoki elektron shaklda murojaat qiladi. Shuningdek, qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkalari yuridik va jismoniy shaxslarga 5 yilgacha bo‘lgan muddatga ikkilamchi ijaraga beriladi.

****

👉@Dkpuz_bot 👈 yordamida sizni qiziqtirgan barcha savollaringizga mutaxassislarimizdan yozma va telefon muloqoti orqali javob olishingiz mumkin.

#DavKadastrPalata #savol_javob

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🌐Telegram 🌐Instagram 🌐YouTube 🌐 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#kadastr #savol_javob

Savol: 🏠O‘zimning uyimga qo‘shimcha qurilish qilib tugatdim. Menga qo‘shimcha qurilishimni kadastr hujjatlarimga kiritishda to‘lovlar uchun yengillik bormi

Javob: 🇺🇿 Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 18-maydagi 306-son qaroriga asosan, agar siz I-II guruh nogironlari va ikkinchi jahon urushi qatnashchilari toifasiga kirsangiz ko'rsatilayotgan davlat xizmatlari umumiy qiymatining 50 foizini to'laysiz.

🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐YouTube | 🌐 Facebook | 🌐 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM