Samarqand Kadastr xabarlari
551 subscribers
4.26K photos
943 videos
19 files
3.8K links
Download Telegram
📣DIQQAT ELON!📣

🌟Davlat kadastrlari palatasi ushbu bilan quyidagilarni ma’lum qiladi.

▶️ Kadastr xizmatlariga integratsiya qilingan bankning xabar qilishicha, kadastr xizmatlariga aloqador MUNIS (banklararo universal tarmoqli axborot tizimi) dasturi orqali amalga oshiriladigan bank operatsiyalari 2022-yilning 25-dekabridan 2023-yilning 5-yanvariga qadar vaqtincha faoliyat ko‘rsatmaydi. Ya’ni notarial tartibda rasmiylashtirilgan bitimlarga asosan ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni Davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun amalga oshiriladigan to‘lovlarni aynan notarial idoralar orqali yoki PAYME elektron dasturi orqali amalga oshirishning imkoni cheklanadi.

Shu munosabat bilan ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun murojaat arizalari hamda to‘lovlarni VAQTINCHALIK Davlat xizmatlari markazlari yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali amalga oshirishingiz mumkin bo‘ladi.

▪️Yuzaga keladigan noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz.

#DavKadastrPalata #e_lon

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🌐Telegram 🌐Instagram 🌐YouTube 🌐 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Diqqat – e'lon!⚡️

▶️ Hurmatli fuqaro hamda tadbirkorlar!

◼️Kadastr agentligining Davlat kadastrlari palatasi xizmatlariga oid to‘lovlarni Payme to‘lov tizimi orqali amalga oshirish vaqtincha cheklandi. Mazkur ilovadagi texnik nosozliklar sabab to‘xtatilgan elektron to‘lov tizimini yo‘lga qo‘yilishi ustida ishlar olib borilayotganini ma’lum qilamiz.

📱Kadastr xizmatlariga oid onlayn to‘lovlarni boshqa ilovalar orqali amalga oshirishingiz mumkinligini eslatib o‘tamiz.

✅️Yuzaga kelgan noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz.

#DavKadastrPalata #e_lon

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🌐Telegram 🌐Instagram 🌐YouTube 🌐 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
▪️DIQQAT ELON!▪️

▶️ Hurmatli fuqaro va tadbirkorlar!

◼️ Uztelecom AKning magistral tarmoqlarida vaqtinchalik uzilishlar kuzatilayotgani sababli Davlat kadastrlari palatasi xizmatlariga oid "subsidiya.idm.uz" elektron savdo platformasida ma’lumotlar uzatishda hamda Davlat xizmatlari markazlari va yagona interaktiv davlat xizmatlari portali mygov.uz orqali kadastr pasportini shakllantirish va davlat ro‘yxatidan o‘tkazishdagi to‘lovlarda ham kamchiliklar kuzatilmoqda.

Ushbu vaqtinchalik uzilish holatlarini bartaraf etish bo‘yicha barcha ishlar amalga oshirilayotganini ma’lum qilamiz.

◼️Yurtdoshlarimizdan yuzaga kelgan noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz!

#DavKadastrPalata #e_lon

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🌐Telegram 🌐Instagram 🌐YouTube 🌐 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
▪️DIQQAT ELON!▪️

◼️Kadastr yo‘nalishiga tegishli davlat xizmatlari ko‘rsatilishida O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi Elektron hukumat loyihalarini boshqarish markazining Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali va O‘zbekiston Respublikasi Adliya Vazirligining Davlat xizmatlari markazi orqali buyurtmalar kelib tushishi yo‘lga qo‘yilgan.

◼️Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali va Davlat xizmatlari markazining axborot tizimlarida uzilishlar kuzatilishi oqibatida ayni davr oralig‘ida yaratilgan buyurtmalarning "DAVREESTR PRO-2" dasturida axborot tizimiga yetib kelishi hamda tizim orqali ishlov berilgan buyurtmalarning yakunlanishida bir qator muammolar yuzaga kelmoqda.

Ushbu holat, ayni damda to‘liq bartaraf etilishi bo‘yicha choralar ko‘rilmoqda.

◼️Yurtdoshlarimizdan yuzaga kelayotgan noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz!

#DavKadastrPalata #e_lon

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🌐Telegram 🌐Instagram 🌐YouTube 🌐 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM