📆 Samarqand viloyatida 2022-yil davomida Davlat kadastrlari palatasining viloyat boshqarmasiga ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish bo‘yicha 85 539 ta buyurtma kelib tushdi.
Kadastr agentligi Samarqand shahar bo‘limi tomonidan 2022-yilda yerlarni o‘zboshimchalik bilan egallab olib, noqonuniy qurilishlar qurilganlik holatlarini aniqlash hamda ularni bartaraf etish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar
⭐️Kadastr agentligi Samarqand shahar bo‘limi inspektorlari tomonidan 2022-yil davomida 151 ta holatda 8.80 gektar yer maydoni o‘zboshimchalik bilan egallab olinganligi aniqlangan.
✔️ Shundan 42 ta holatda 0,26 gektar yer maydonlarida qonunbuzilish holatlari ixtiyoriy bartaraf etilgan.
↪️109 ta holatda 8,5 gektar yer maydonidagi qurilmalarni buzdirish uchun Fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlarga daʼvo arizalari kiritilgan va 102 ta holat bo‘yicha 8.0 gektar yer maydoniga sudning hal qiluv qarori chiqqan.
O‘zbekiston Respublikasi “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi Qonunining ijrosini ta’minlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligining Davlat kadastrlari palatasi tomonidan tasdiqlangan 2023-yil I-yarim yilligi davomida sayyor qabul kunlari rejasi ijrosi bo‘yicha bugun Davlat kadastrlari palatasi raisining o‘rinbosari Ahmadjon Suyunov tomonidan Samarqand viloyatining Payariq tumanida sayyor qabul o‘tkazildi.
Tadbir boshida A.Suyunov tomonidan tadbir ishtirokchilarga bugungi kunda kadastr sohasida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar, qonunchilikda kiritilayotgan o‘zgartirishlar va sohadagi yangiliklar yuzasidan batafsil tushuntirishlar berilib, kadastr sohasida amalga oshirilayotgan ishlar va kelgusidagi rejalar haqida aholiga ma’lumotlar berib o‘tildi.
Shundan so‘ng, sayyor qabulga kelgan 30 dan ortiq fuqarolar o‘zlarining kadastr sohasiga oid muammoli masalalari bo‘yicha mas’ullarga savollar bilan murojaat qilishdi.
🔰 Hurmatli fuqarolar, siz kadastr yo‘nalishida korrupsion holatlarga duch kelsangiz, bizga xabar bering!
📲 Korrupsiya holatlari haqida ma’lumotlarni Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi Samarqand viloyati boshqarmalarining komplayens-nazorati xizmatining +998 97 924-32-88 raqamli telefoniga qo‘ng‘iroq qilib xabar qilishingiz mumkin.
❗️Yuborilgan xabarlar belgilangan tartibda ko‘rib chiqiladi hamda murojaat qiluvchining shaxsi sir saqlanadi.
📢Hurmatli Samarqand viloyati fuqarolari hamda tadbirkorlari!
🟢 Aholining 🌟Kadastr sohasidagi murojaatlarini ko‘rib chiqish maqsadida Samarqand viloyati aholisi uchun sayyor qabul o‘tkaziladi.
📝 Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bo‘yicha va kadastr bilan bog‘liq boshqa muammolaringiz bo‘lsa, joriy yilning 28-fevral kuni soat 11:00 dan boshlab sayyor qabulda ishtirok etishingiz mumkin.
✅ Sayyor qabul ⭐️Kadastr agentligi direktori PulatovFarrux Jaxongirovich boshchiligida bo‘lib o‘tadi.
📍 Manzil: Samarqand viloyati, Pastdarg'om tumani, Hamid Olimjon ko'chasi, 15-uy. 1-son madaniyat markazi binosi
📢Hurmatli Samarqand viloyati fuqarolari hamda tadbirkorlari!
🟢 Aholining 🌟Kadastr sohasidagi murojaatlarini ko‘rib chiqish maqsadida Samarqand viloyati aholisi uchun sayyor qabul o‘tkaziladi.
📝 Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bo‘yicha va kadastr bilan bog‘liq boshqa muammolaringiz bo‘lsa, joriy yilning 28-fevral kuni soat 11:00 dan boshlab sayyor qabulda ishtirok etishingiz mumkin.
✅ Sayyor qabul ⭐️Kadastr agentligi direktori PulatovFarrux Jaxongirovich boshchiligida bo‘lib o‘tadi.