Samarqand Kadastr xabarlari
560 subscribers
4.26K photos
943 videos
19 files
3.8K links
Download Telegram
#Ijtimoiy_aksiya

🔰 Xususiy mulk huquqi shaxsning mol-mulkka egalik qilish, undan foydalanish va uni tasarruf etish huquqidir.

🔄 Xususiy mulk bo‘lgan mol-mulkning miqdori va qiymati cheklanmaydi.

Xususiy mulk daxlsiz va davlat himoyasidadir.

Davlat xususiy mulkning but saqlanishini ta’minlash va uning ko‘paytirilishi uchun barcha zarur sharoitlarni yaratadi.

Mulkdor o‘ziga qarashli mol-mulkka o‘z xohishiga ko‘ra hamda o‘z manfaatlarini ko‘zlab egalik qiladi, undan foydalanadi va uni tasarruf etadi.

📝 Mulkdor o‘z mol-mulkiga nisbatan qonunga zid bo‘lmagan har qanday harakatlarni bajarishga haqli.

🔘 U o‘z mol-mulkidan xo‘jalik faoliyatini amalga oshirish uchun foydalanishi, uni boshqa shaxslarga egalik qilish va (yoki) foydalanish uchun tekinga yoxud haq evaziga berishi mumkin.


Manba:@huquqiyaxborot