Samarqand Kadastr xabarlari
560 subscribers
4.26K photos
943 videos
19 files
3.8K links
Download Telegram
#Adliya_xabari

⚖️ Adliya vazirligi tomonidan 2022 yil 15 avgustdan 15 sentyabrga qadar “Xususiy mulk daxlsiz va davlat himoyasidadir” aksiyasi o‘tkaziladi.

Aksiya doirasida quyidagilar rejalashtirilgan:

▫️aholi va tadbirkorlarning mulk huquqlari bo‘yicha ma’lumotlarni OAV va ijtimoiy tarmoqlar orqali keng yoritish;

▫️sayyor qabullar va boshqa tadbirlar tashkil etish;

▫️murojaatlarni o‘rganish va tahlil qilish natijasi yuzasidan aholi va tadbirkorlarning buzilgan huquqlarini tiklash bo‘yicha amaliy choralar ko‘rish;

▫️qonunchilikni takomillashtirish yuzasidan takliflar ishlab chiqish.