Samarqand Kadastr xabarlari
564 subscribers
4.26K photos
943 videos
19 files
3.8K links
Download Telegram
Bugun Oliy Majlis Senatining o‘n sakkizinchi yalpi majlisi oldidan o‘tkaziladigan Axborot siyosati va davlat organlarida ochiqlikni taʼminlash masalalari qo‘mitasining majlisida Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligi direktorining sohaga oid qonunchilik hujjatlari ijro etilishi holati to‘g‘risidagi axborot dastlabki tarzda eshitildi.

Manba
▫️Yer uchastkalari jamoat ehtiyojlari uchun kompensatsiya evaziga olib qo‘yilishi mumkin▫️

💠 O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senatning yigirma oltinchi yalpi majlisida “Yer uchastkalarini kompensatsiya evaziga jamoat ehtiyojlari uchun olib qo‘yish tartib-taomillari to‘g‘risida”gi va “Yer uchastkalarini kompensatsiya evaziga jamoat ehtiyojlari uchun olib qo‘yish tartib-taomillari takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonunlar ko‘rib chiqildi.

💠 Jamoat ehtiyojlari uchun kompensatsiya evaziga yer uchastkalarini olib qo‘yish masalalari to‘g‘ridan-to‘g‘ri amal qiladigan yaxlit qonun bilan tartibga solinishi, nizoli vaziyatlarning oldi olinishi, mulk egalarining huquqlari himoyasini kuchaytirishga xizmat qilishi inobatga olinib, ushbu qonunlar senatorlar tomonidan ma’qullandi.


#DavKadastrPalata #oliy_majlis #yer_uchastkalari

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram|Facebook|Instagram|YouTube