Samarqand Kadastr xabarlari
560 subscribers
4.26K photos
943 videos
19 files
3.8K links
Download Telegram
#Huquqiy_asoslar #Yer_kadastri #xizmatlar

Yer uchastkasining kadastr
yig‘majildini tayyorlashda
bajariladigan ishlar

Asos: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining VM-389-son qarori 22.06.2021

Davlat kadastrlari palatasining rasmiy sahifalari 👇👇👇

Telegram | Facebook | Instagram
#Huquqiy_asoslar #Yer_ajratish

Yer uchastkalarini xususiy sektorga mulk huquqi bilan berish tartibi kuchga kiradi

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-6243-son farmoniga asosan 2021 yil 1 avgustdan boshlab yer uchastkalari xususiy sektorga — mulk va ijara huquqi asosida, davlat tashkilotlariga — doimiy foydalanish huquqi asosida ajratiladi.

Hokimlar va mahalliy kengashlarning yer uchastkalarini to‘g‘ridan to‘g‘ri ajratish, foydalanishga berish, kelgusida ajratish uchun zaxiralash, biriktirish, obodonlashtirish uchun berish yoki yerlarni boshqacha yo‘l bilan tasarruf qilish, sug‘oriladigan yerlarni sug‘orilmaydigan yoki boshqa yer toifasiga, sug‘orilmaydigan qishloq xo‘jaligi yerlarini boshqa yer toifasiga o‘tkazish va ular yuzasidan qaror, farmoyish yoki boshqa turdagi hujjat qabul qilish huquqi bekor qilinadi.
#Huquqiy_asoslar #Aktual_savollar

Ikkita yonma yon hovlini bitta uy qilish uchun qanday yo‘l tutsak bo‘ladi? Avval hujjatlarni rasmiylashtirib keyin qurilish boshlashim kerakmi yoki bu ahamiyatsizmi?

Ikkata yonma-yon yakka tartibdagi turar joy obyektini birlashtirish yoki kayta kurish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 18 maydagi 370-son qaroriga bilan tasdiqlangan Nizom asosida amalga oshiriladi. Bunda obyektni ruxsatnomasiz qayta ixtisoslashtirish va rekonstruksiya qilish taqiqlanadi. Ruxsatnoma olish uchun ariza beruvchi Davlat xizmatlari markazlariga o‘zi kelib murojaat etadi yoki O‘zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida elektron tarzda amalga oshiriladi.
#Xizmatlar #Ipoteka #Huquqiy_asoslar

Ko‘chmas mulk obyektlarining qonun asosidagi ipotekasi va ipoteka to‘g‘risidagi shartnomalarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatish REGLAMENTI

🔹Ipoteka to‘g‘risidagi shartnoma notarial tartibda tasdiqlanishi (birlamchi bozordan ko‘chmas mulk olishda ipoteka to‘g‘risidagi shartnoma bundan mustasno) va davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi lozim.

🔹Ipoteka to‘g‘risidagi shartnoma davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan paytdan e’tiboran tuzilgan deb hisoblanadi va kuchga kiradi.

🔹Ipoteka to‘g‘risidagi shartnomani notarial tartibda tasdiqlash va davlat ro‘yxatidan o‘tkazish qoidalariga rioya etmaslik uning haqiqiy emasligini keltirib chiqaradi. Bunday shartnoma haqiqiy hisoblanmaydi.

🔹Ipotekani davlat ro‘yxatidan o‘tkazish Ko‘chmas mulk obyektlariga bo‘lgan huquqlarning davlat reyestriga tegishli yozuv kiritish yo‘li bilan amalga oshiriladi.
#Huquqiy_asoslar #Yer_kadastri #xizmatlar

Yer uchastkasining kadastr
yig‘majildini tayyorlashda
bajariladigan ishlar

Asos: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining VM-389-son qarori 22.06.2021

Davlat kadastrlari palatasining rasmiy sahifalari 👇👇👇

Telegram | Facebook | Instagram
#Huquqiy_asoslar #Aktual_savollar

15 sotix yer uchastkamizga 1998 yil kadastr hujjat rasmiylashtirganmiz. Hozir yagona darchaga murojaat qilsak, guvohnomasi yo‘q ekan boshqatdan kadastr qilish kerak deyapti. Shu to‘g‘rimi?

1998 yil kadastr hujjatlari rasmiylashtirilgan bo‘lsa va Hozirgi kunga kelib joyida o‘zgarishlar bo‘lmasa kadastr hujjatlarini yangilash mumkin. O‘sha davrda huquqni ro‘yxatdan o‘tkazilganligini tasdiqlovchi guvohnoma rasmiylashtirish jarayoni mavjud bo‘lmagan. Huquq ro‘yxatdan o‘tkazilganligini tasdiqlash uchun huquq belgilovchi hujjatga usti xat (shtamp va muhr) qo‘yilgan.

Agar ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquq ro‘yxatdan o‘tkazilmagan bo‘lsa, ushbu ko‘chmas mulkka huquq belgilovchi hujjatlarni (davlat orderi, shartnoma, tuman(shahar) hokimining qarori, sud qarori. v.b.) davlat xizmatlari markaziga taqdim etiladi.

Hozirgi kunda ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqni ro‘yxatdan o‘tkazilganligini tasdiqlashda davlat reyestridan ko‘chirma taqdim etiladi.
#Huquqiy_asoslar #Xizmatlar #Vazirlar_mahkamasi_qarori

🏢 KO‘CHMAS MULK OBYEKTIGA BO‘LGAN HUQUQLAR VA ULAR BO‘YICHA TUZILGAN BITIMLARNI DAVLAT RO‘YXATIDAN O‘TKAZISH BO'YICHA YANGI XIZMATLAR JORIY ETILDI.

📝
Jismoniy shaxslarning qishloq xo‘jaligi uchun berilgan yer uchastkalariga bo‘lgan huquqlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va davlat reyestridan ko‘chirmalar berish.

💳Xizmat narxi-
Bazaviy hisoblash miqdorining 1,5 baravari

📝Yuridik shaxslarga qishloq xo‘jaligi uchun berilgan yer uchastkalariga bo‘lgan huquqlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va davlat reyestridan ko‘chirmalar berish.

💳Xizmat narxi-
Bazaviy hisoblash miqdorining 2,5 baravari
#Huquqiy_asoslar #E_auksion

🔷Endilikda:

📄Ishtirokchilarga, shu jumladan chet el fuqarolariga auksionda qatnashish uchun elektron raqamli imzo kaliti sertifikati masofadan turib, "Elektron onlayn-auksionlarni tashkil etish markazi" DUK tomonidan bepul taqdim qilinadi;

🚫Jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan obyektlarni auksionga chiqarish uchun to‘lanadigan yig‘im bekor qilinadi;

🔔Auksion o‘tkazish to‘g‘risidagi xabar u o‘tkaziladigan kundan 30 kun oldin e’lon qilinadi;

💰Sotilgan obyektning qiymati bazaviy hisoblash miqdorining 5 000 baravarigacha bo‘lganda, to‘lovlarni 10 ish kuni, 5 000 baravariga teng yoki undan ortiq bo‘lganda to‘lovlarni 15 ish kuni mobaynida to‘lash imkoniyati yaratiladi, qonunchilik hujjatlarida belgilangan hollar bundan mustasno.
#Huquqiy_asoslar #Bino_inshootlar

Binolar va inshootlar davlat kadastrini yuritish axborot tizimlari orqali quyidagi bosqichlarda amalga oshiriladi:

🔹1-bosqichbinolar va inshootlarning texnik ko‘rsatkichlarini o‘lchash vositalari orqali aniqlash va axborot tizimida hisobga olish;

🔹2-bosqich obyektlarni chizmada joylashtirib, raqamli kadastr rejasini tuzish;

🔹3-bosqicholdingi bosqichlarda olingan maʼlumotlarni hisobga olgan holda, maʼlumotlarni axborot tizimiga kiritish yoki mavjud maʼlumotlarni yangilash.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 22 iyun saanasidagi 389-son qarori

Davlat kadastrlari palatasining rasmiy sahifalari 👇👇👇

Telegram | Facebook | Instagram
#Qonunchilikdagi_yangiliklar #Huquqiy_asoslar #Davlat_kadastrlari_palatasi #Vazifalar

🔰 Loyiha doirasida:

qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlarda – faqat qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishi uchun qishloq xo‘jaligi maqsadlarida;

qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yerlarda – qonunchilik bilan taqiqlanmagan har qanday faoliyatni amalga oshirish mumkin.

⚠️ Yakka tartibdagi uy-joy va ko‘p kvartirali uylar qurilishini nazarda tutuvchi loyihalar yirik investisiya loyihasi hisoblanmaydi va ko‘rib chiqilmaydi.

Tanlangan yerga bo‘lgan huquqning bozor qiymatidan kam qiymatdagi yirik investisiya loyihasi bo‘yicha takliflar ko‘rib chiqilmaydi.

🖥 Bo‘sh turgan yer uchastkasi bo‘yicha hujjatlar yig‘ma jildi Kadastr agentligining Davlat kadastrlari palatasi tomonidan “YERELEKTRON” AAT orqali tayyorlanadi.

BATAFSIL
#huquqiy_asoslar #kadastr #loyiha #2023

📖 Mazkur Qonunning maqsadi davlat yer kadastri yuritishning, iqtisodiyotni rivojlantirish, yer uchastkalariga bo‘lgan huquqlarning kafolatlarini taʼminlash, yerlardan oqilona foydalanish, ularni qayta tiklash va muhofaza qilish uchun kadastr maʼlumotlaridan foydalanishning huquqiy asoslarini belgilashdan iborat.

🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasining "DAVLAT YER KADASTRI TO‘G‘RISIDA"gi Qonuni

🌐 Telegram 🌐 Instagram 🌐YouTube 🌐 Facebook 🌐 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#huquqiy_asoslar #kadastr #loyiha #2023

📖 Mazkur Kodeksning maqsadi yer to‘g‘risidagi qonunchilikning asosiy vazifalari hozirgi va kelajak avlodlarning manfaatlarini ko‘zlab yerdan ilmiy asoslangan tarzda, oqilona foydalanish va uni muhofaza qilishni, tuproq unumdorligini tiklash va oshirishni, tabiiy muhitni asrash va yaxshilashni, xo‘jalik yuritishning barcha shakllarini teng huquqlilik asosida rivojlantirish uchun sharoit yaratishni, yuridik va jismoniy shaxslarning yer uchastkalariga bo‘lgan huquqlarini himoya qilishni ta’minlash maqsadida yer munosabatlarini tartibga solishdan, shuningdek bu sohada qonuniylikni mustahkamlashdan shu jumladan korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarning oldini olishdan iborat..

🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasining "YER KODEKSI"

🌐 Telegram 🌐 Instagram 🌐YouTube 🌐 Facebook 🌐 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#huquqiy_asoslar #171_II_son #kadastr #loyiha

📖 Ushbu Qonunning maqsadi davlat kadastrlarini yuritish, kadastrga doir axborotni to‘plash va undan foydalanish sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iboratdir.

🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasining "DAVLAT KADASTRLARI TO‘G‘RISIDA"gi Qonuni

🌐 Telegram 🌐 Instagram 🌐YouTube 🌐 Facebook 🌐 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#huquqiy_asoslar #kadastr #loyiha

📔 Mazkur Qonunning maqsadi fazoviy ma’lumotlar sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat.

🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasining "FAZOVIY MA’LUMOTLAR TO‘G‘RISIDA"gi Qonuni.

🌐 Telegram 🌐 Instagram 🌐YouTube 🌐 Facebook 🌐 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#huquqiy_asoslar #kadastr #loyiha

📔 Mazkur Qonunning maqsadi geografik obyektlarning nomlari sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat.

🇺🇿 Ushbu Qonunning amal qilishi O‘zbekiston Respublikasi hududidan tashqarida joylashgan geografik obyektlar nomlarining ulardan O‘zbekiston Respublikasida foydalanishga doir qismiga ham tatbiq etiladi.

🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasining "GEOGRAFIK OBYEKTLARNING NOMLARI TO‘G‘RISIDA"gi Qonuni

🌐 Telegram 🌐 Instagram 🌐YouTube 🌐 Facebook 🌐 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#huquqiy_asoslar #kadastr #loyiha

📔 Mazkur Kodeksning maqsadi shaharsozlik faoliyati sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat.

🇺🇿 "O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING SHAHARSOZLIK KODEKSI"

🌐 Telegram 🌐 Instagram 🌐YouTube 🌐 Facebook 🌐 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM