Samarqand IIB | Rasmiy kanal
18.3K subscribers
35.9K photos
8.12K videos
62 files
13.1K links
Download Telegram
#bayram_tabrigi

Qadrli ichki ishlar xodimlari, ofitserlar, serjantlar,safdorlar va muhtaram faxriylar!


Avvalo, barchangizni bugungi qutlug‘ sana – “25 oktabr - Ichki ishlar organlari xodimlari kuni” hamda “O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar organlari tashkil etilganligining 33 yilligi” bayrami bilan samimiy muborakbod etaman.


Yurtimiz tinch osmonimiz musaffo bo‘lsin!

Hurmat bilan
Paxtachi tumani hokimi
M.Xamdamov


Biz👉 https://myurls.co/paxtachi
25 октябрь – Ўзбекистон Республикаси ички ишлар идоралари xодимлари куни

🌐 Web-sayt|  🌏 Telegram| 🎞 YouTube  
🏞  Instagram|📂 Facebook|📁 Facebook
Forwarded from Nurobod tumani hokimligi
Hurmatli ichki ishlar organlari xodimlari va soha faxriylari!

Sizlarni “25-oktabr – Ichki ishlar organlari xodimlari kuni” munosabati bilan samimiy muborakbod etaman.

Xalqimizning tinch va osuda hayot kechirishi, qonunlar ustuvorligi ta'minlanishi, jinoyat va huquqbuzarliklarning oldini olish, jamoat tartibini saqlash yo'lida olib borayotgan xizmatlaringizni har qancha e'tirof etsak ham kam.

Sizlarning el-yurt osoyishtaligi yo'lida kunni tunga ulab, bayram neligini bilmasdan qilayotgan fidokorona mehnatlaringiz tufayli bugun xalqimiz tinch-xotirjam, baxtli va ertangi kuniga bo'lgan yuksak ishonch bilan hayot kechirmoqda.

Aziz ichki ishlar organlari xodimlari!
Barchangizga yuksak hurmat-ehtirom va eng ezgu tilaklarimni bildiraman. Sharafli va mas'uliyatli xizmat faoliyatingizni vatanparlik, g'urur-iftixor bilan bajarishdan aslo tolmang, charchamang!

Bayramingiz muborak bo'lsin!

Sirojiddin Berdiqulov,
Nurobod tumani hokimi


©️ @nur_press
“25-oktabr - Ichki ishlar organlari xodimlari kuni”

PROFILAKTIKA INSPEKTORI – HUDUDNING OSOYISHTALIGI POSBONI

Bugun “Zamon bilan hamnafas, xalq bilan birga” umr guzaronlik qilish har bir davlat organi xodimiga tegishli bo‘lganidek, mazkur tushuncha ichki ishlar organlari xodimlarining ham asosiy shioriga aylangan. Ayniqsa hududlardagi profilaktika katta inspektorlari bu qoidani o‘zlariga dasturulamal qilib olgan.

Urgut tumani IIB 2-son IIB huquqbuzarliklar profilaktikasi bo‘linmasi profilaktika katta inspektori kapitan Nodir Azizov o‘z xizmat hududida fuqarolar tinchligini saqlashga va hudud osoyishtaligini ta’minlashga doimo jiddiy e’tibor qaratadi.

“Muammolarni o‘rganish va xavfsizlikni ta’minlash maqsadida har bir fuqaro bilan yakkama-yakka, individual gaplashaman. Bu mening har kungi ishlarimning bosh mezonidir” deydi inspektor. Darhaqiqat, bu kabi profilaktik ishlar yillar davomida o‘z samarasini ko‘rsatgan.

Kapitan Nodir Azizov bugun ham ichki ishlar organlarida g‘ayrat va shijoat bilan o‘z xizmat vazifasini davom ettirmoqda.

👉@samiibuz
Samarqand viloyati IIB mas`ul xodimlari tomonidan “25-oktabr - Ichki ishlar organlari xodimlari kuni” munosabati bilan ichki ishlar organlarida uzoq yillar samarali xizmat qilib, bugun nafaqa gashtini surayotgan iste’fodagi podpolkovnik Shuxrat Mamatkulovning xonadonida bo‘lib ustozni bayram bilan qutlab, viloyat IIB boshlig‘ining bayram tabrigini yetkazishdi.

👉@samiibuz
“25-oktabr - Ichki ishlar organlari xodimlari kuni” munosabati bilan Narpay va Urgut tumani IIB rahbariyati tomonidan tizimda koʻp yillar samarali xizmat qilib, hozirda nafaqada boʻlgan faxriylar bayram bilan qutlandi.

👉@samiibuz
#Bayram_muborak

25 oktabr - O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar organlari xodimlari kuni

Hurmatli tinchligimiz posbonlari! Sizlarni Ichki ishlar idoralari xodimlari kuni bilan chin qalbdan muborakbod etamiz. Barchangizga mustahkam salomatlik, oilaviy baxt va tinchlik tilaymiz!

Bayramingiz muborak bo‘lsin!

Hurmat
bilan,
Samarqand shahridagi
Prezident maktabi jamoasi
Audio
🎙#SAMARQAND
#RADIOSI📡

“25-oktabr - Ichki ishlar organlari xodimlari kuni”

Kun mavzusi. Tashkiliy boshqarma boshlig`ining yuridik masalalar bo`yicha o`rinbosari Murodillo Kattaqulov.

👉@samiibuz