Samarqand IIB | Rasmiy kanal
18K subscribers
33.9K photos
7.81K videos
62 files
12.3K links
Download Telegram
Viloyat IIB boshlig'ining 1-o‘rinbosari Sobirjon Abduxomidov huzurida hududlarda sodir etilgan oldi olinishi mumkin bo‘lgan jinoyatlar muhokamasi bo‘lib o‘tdi.

Muhokamada jinoyatlarning sodir etilishini oldini olishga mas’ul bo‘lgan rahbar va xodimlar, mahalla yettiligi va boshqa jamoatchilik vakillari tomonidan olib borilayotgan profilaktik ishlar tahlil qilindi.

Kanalimizga qoʻshiling
👇👇👇
https://t.iss.one/samiibuz
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Samarqand shahar bo‘yicha IIO FMB Probatsiya bo‘limi hisobidagi shaxslar bilan uchrashuv o’tkazildi

Kanalimizga qoʻshiling
👇👇👇
https://t.iss.one/samiibuz
Ayni paytda Xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashining navbatdagi sessiyasi bo‘lib o‘tmoqda

Unda viloyat IIB boshlig‘i Rahmat Mamatovning Samarqand viloyatini ishsizlik va korrupsiyadan xoli hududga aylantirish hamda “Obod xonadon”, “Obod ko‘cha” va “Obod mahalla” mezonlarini joriy etish borasida viloyat 3-sektorida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan hisoboti tinglandi.

Kanalimizga qoʻshiling
👇👇👇
https://t.iss.one/samiibuz
Xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashining navbatdagi sessiyasi bo‘lib o‘tdi

Unda viloyat IIB boshlig‘i Rahmat Mamatovning Samarqand viloyatini ishsizlik va korrupsiyadan xoli hududga aylantirish hamda “Obod xonadon”, “Obod ko‘cha” va “Obod mahalla” mezonlarini joriy etish borasida viloyat 3-sektorida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan hisoboti tinglandi.

Shuningdek, aholi bandligini ta’minlash, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar, xotin-qizlar, yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, “kambag‘allikdan – faravonlik sari” “Obod xonadon – obod ko‘cha – obod mahalla” dasturi doirasida amalga oshirilgan ishlar hamda “Mahalla yettiligi” faoliyatini samarali tashkil etish va ularning mas’uliyatini oshirish yo‘nalishi bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar yuzasidan ma’lumot berib o‘tildi.

Kanalimizga qoʻshiling
👇👇👇
https://t.iss.one/samiibuz
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🚨🚨🚨🟢❗️YANGI KO’RINISHDAGI FIRIBGARLIK TURIDAN EHTIYOT BO’LING!

🆘 Yaqinlaringizni ham ogohlantirishni unutmang!
  
💻 𝐼𝑛𝑠𝑡𝑎𝑔𝑟𝑎𝑚 |📝 𝑇𝑒𝑙𝑒𝑔𝑟𝑎𝑚 | 🎞 𝑌𝑜𝑢𝑡𝑢𝑏𝑒
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Davlatimiz rahbari tomonidan imzolangan “2025-yilda respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish tizimi samaradorligini yanada oshirish boʻyicha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Qarorini amaliyotga tatbiq etish maqsadida Ichki ishlar vaziri general-leytenant Poʻlat Bobojonov boshchiligidagi respublika ishchi guruhi Samarqand viloyatida oʻz faoliyatini boshladi.

Dastlabki manzil viloyatning chekka hududi hisoblangan Urgut tumani boʻldi. Unda ishchi guruhi tumanning “Mergancha” mahallasida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar va “mahalla yettiligi” faoliyati, shuningdek tartibli mehnat migratsiyasi boʻyicha taqdimot bilan tanishdi. Mahallada ish uslubi samarasiz tashkil etilgani, profilaktika inspektorining ishlari qoniqarsiz ekanligi, shuning uchun mahalla “qizil” toifaga tushib qolganligi tanqid qilindi.

Shundan soʻng tuman sektor rahbarlari, hamkor tashkilotlarning masʼullari, “Mergancha” “qizil” toifadagi mahalla yettiligi ishtirokida yigʻilish oʻtkazilib, unda mazkur qarorning mazmun-mohiyati ishtirokchilarga yetkazilib, ular tomonidan amalga oshirilgan ishlar tahlil etildi.

Navbatdagi manzil Toyloq tumani “Charogʻbon” mahallasi boʻlib, tuman sektor rahbarlari ishtirokida bu yerda ham jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar va “mahalla yettiligi” faoliyati, shuningdek ichkilikka ruju qoʻygan, giyohvand, ruhiy kasallar va boshqa ijtimoiy koʻmakka muhtoj shaxslarga manzilli tibbiy xizmat koʻrsatish boʻyicha taqdimot oʻtkazildi.

Tadbirda masʼullarga huquqbuzarliklarni barvaqt profilaktikasini “Yoʻl xaritasi” asosida toʻliq ijro etilishini taʼminlash hamda ijtimoiy profilaktika tizimini samarali yoʻlga qoʻyish, yangi ish oʻrinlari yaratib, fuqarolar, ayniqsa, yoshlar va ayollarni bandligini taʼminlash boʻyicha tegishli tavsiya va topshiriqlar berildi.

Shuningdek, respublika ishchi guruhi aʼzolari kichik guruhlarga boʻlinib, viloyatning barcha shahar-tumanlarida qarorning mazmun-mohiyatini tushuntirish, ijrosini taʼminlash choralarini koʻrmoqda.

Kanalimizga qoʻshiling
👇👇👇
https://t.iss.one/samiibuz