Samarqand IIB | Rasmiy kanal
18.1K subscribers
34.1K photos
7.85K videos
62 files
12.4K links
Download Telegram
Pirotexnika vositalarining savdosiga chek qoʻyildi

2021-yil 27-dekabr kuni, Kattaqoʻrgʻon shahar IIB profilaktika inspektorlari tomonidan olib borilgan profilaktik surishtiruv ishlari natijasida, Kattaqoʻrgʻon shahar S.Olloyor MFY da yashovchi 1999-yilda tugʻilgan M.U. ga tegishli boʻlgan Narpay buyi koʻchasida joylashgan oziq-ovqat doʻkoni koʻzdan kechirilganda, umumiy bahosi 1 500 000 soʻmga teng boʻlgan jami 3600 dona pirotexnika vositalari, borligi aniqlanib, holislar ishtirokida hujjatlashtirib olindi.

Holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Kanalimizga qo'shiling
👇👇👇
https://t.iss.one/samiibuz
Urgutda pirotexnika vositalarining savdosiga chek qoʻyildi

Urgut tumani IIB xodimlari tomonidan 2021-yil 26-dekabr kuni oʻtkazilgan tezkor profilaktik tadbir davomida, Urgut tumani “Mergancha” mahallasi hududida joylashgan “Urgut Savdo Kompleks” MCHJda, Urgut tumani Katta Kamangaron mahallasi yashovchi, 1996-yilda tugʻilgan R.Sh. 58 quti pirotexnika vositalarini noqonuniy ravishda sotayotgan vaqtida ushlanib, hujjatlashtirilib olindi.

Holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Kanalimizga qo'shiling
👇👇👇
https://t.iss.one/samiibuz
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Samarqand viloyati IIB Transportda xavfsizlikni taʼminlash boshqarmasi xodimlari oʻrtasida sportning “Sambo” turi boʻyicha musobaqa oʻtkazildi

Kanalimizga qo'shiling
👇👇👇
https://t.iss.one/samiibuz
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Samarqand viloyati IIB YHXB xodimlari tomonidan aholi gavjum maskanlarda, bozorlar va boshqa koʻngilochar maskanlar atrofida harakat xavfsizligini taʼminlagan holda xizmat faoliyatini olib borishmoqda

Kanalimizga qo'shiling
👇👇👇
https://t.iss.one/samiibuz
#Diqqat

Ayni vaqtlarda Samarqand viloyatining koʻpgina hududlarida qalin tuman tushganligi hisobiga yoʻlda koʻrinuvchanlik qisqargan. Mazkur yoʻllarda harakatlanib oʻtuvchi haydovchilardan:

- tezlik meʼyoriga rioya qilgan holda;

- oraliq masofani saqlab;

- oʻta ehtiyotkorlik bilan harakatlanishlarini soʻraymiz.

❗️Oʻzingiz va atrofdagilar salomatligini asrang!

Samarqand viloyati IIB Axborot xizmati

Kanalimizga qo'shiling
👇👇👇
https://t.iss.one/samiibuz
#tabriklaymiz

Qoʻl jangi boʻyicha viloyat hokimi kubogida Ichki ishlar boshqarmasi mutlаq gʻolib

Joriy yilning 25-27-dekabr kunlari Samarqand shahrida sportning “Qoʻl jangi” turi boʻyicha viloyat hokimi kubogi musobaqalari boʻlib oʻtdi.

Oʻtkazilgan musobaqada viloyat Ichki ishlar boshqarmasi Tezkor vazifalarni bajaruvchi safarbar otryadi xodimlari ham munosib ishtirok etib, umumiy hisobda 5 ta birinchi, 2 ta ikkinchi va 3 ta uchinchi oʻrinni egallab, umumjamoa hisobida faxrli birinchi oʻrinni qoʻlga kiritdi.

Viloyat Ichki ishlar boshqarmasi rahbariyati va shaxsiy tarkibi musobaqada ichki ishlar sharafini himoya qilgan barcha xodimlarni gʻalaba bilan tabriklaydi.

Samarqand viloyati IIB Axborot xizmati

Kanalimizga qo'shiling
👇👇👇
https://t.iss.one/samiibuz
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Samarqandda o'rnatilgan "Yangi yil archalari" atrofida o'tkazilayotgan bayram sayllarida IIB xodimlari tomonidan jamoat xavfsizligi ta'minlanmoqda

Kanalimizga qo'shiling
👇👇👇
https://t.iss.one/samiibuz
Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёев Мустақил Давлатлар Ҳамдўстлигига аъзо давлатлар раҳбарларининг норасмий саммитида иштирок этиш учун амалий ташриф билан Санкт-Петербург шаҳрига жўнаб кетди.
Саммитда етакчилар йилнинг асосий якунларини сарҳисоб қилиб, ҳамкорликни ривожлантиришнинг келгусидаги устувор йўналишлари юзасидан фикр алмашадилар.

Президент Республики Узбекистан Шавкат Мирзиёев отбыл с рабочим визитом в город Санкт-Петербург для участия в неформальном саммите глав государств-участников Содружества Независимых Государств.
На саммите лидеры подведут основные итоги уходящего года и обменяются мнениями по приоритетным направлениям дальнейшего сотрудничества.

#Mirziyoyev #sammit #MDH #hamkorlik

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
Sotish maqsadida olib ketilayotgan pirotexnika manziliga yetmadi

Joriy yilning 27-dekabr kuni Samarqand tumanining “Quyi Chordara” MFY hududida tungi xizmatni olib borayotgan profilaktika inspektorlari tomonidan "Neksiya" rusumli transport vositasi koʻzdan kechirilganda, Urgut tumani Torinjak MFYda yashovchi, 1994-yilda tugʻilgan X.D. mashinasining yukxonasida 13750 dona “Mikki maus” yozuvli pirotexnika vositalari hamda 9 dona salyut mushaklarini sotish maqsadida olib yurganligianiqlanib,
tegishli tartibda rasmiylashtirildi.

Holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Kanalimizga qo'shiling
👇👇👇
https://t.iss.one/samiibuz
2021-yil 26-dekabr kuni Samarqand viloyati IIB Xavfsiz turizmni taʼminlash boshqarmasi xodimlari tomonidan Samarqand shahar Gʻafur Gʻulom MFYda yashovchi 1997-yilda tugʻilgan Yo.M. boshqaruvida boʻlgan Damas rusumli avtomashina xolislar ishtirokida koʻzdan kechirilganda, mashinaning yukxonasida 90 quti “BRITANIK”, 56 dona boshqa turdagi pirotexnika vositalari borligi aniqlanib, hujjatlashtirib olindi.

Mazkur holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.

Kanalimizga qo'shiling
👇👇👇
https://t.iss.one/samiibuz
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Avtomashina olib beraman

Fuqarolarni aldab, firibgarlik qilgan shaxsga sud hukmi e`lon qilindi
.

Kanalimizga qo'shiling
👇👇👇
https://t.iss.one/samiibuz
“Sogʻlom va barkamol oila” shiori ostida o`tkazilgan sport musobaqalari va kitobxonlik bellashuvlarining respublika bosqichida Kattaqoʻrgʻon tumani 3-sektorida yashovchi Tangriyevlar oilasi 2-oʻrinni qoʻlga kiritdi

Respublikamizning 3-sektor hududlarida yashovchi oilalar oʻrtasida Ichki ishlar vaziri sovrini uchun “Sogʻlom va barkamol oila” shiori ostida sport musobaqalari va kitobxonlik bellashuvlari oʻtkazildi.

Qizgʻin va murosasiz kechgan bellashuvlarning “Kitobxonlik yoʻnalishi”da Kattaqoʻrgʻon tumani 3-sektor hududidagi Qorakoʻlcha mahallasida yashovchi Tangriyevlar oilasi faxrli 2-oʻrinni qoʻlga kiritib, Ichki ishlar vazirligining 30 million soʻm pul mukofoti hamda qimmatbaho sovgʻalari bilan taqdirlandlar.

Viloyat Ichki ishlar boshqarmasi bellashuvlarda viloyatimiz sharafini munosib himoya qilgan Tangriyevlar oilasiga minnatdorchilik bildiradi.

Samarqand viloyati IIB Axborot xizmati

Kanalimizga qo'shiling
👇👇👇
https://t.iss.one/samiibuz
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#tabriklaymiz

Qoʻl jangi boʻyicha viloyat hokimi kubogida Ichki ishlar boshqarmasi mutlаq gʻolib

Kanalimizga qo'shiling
👇👇👇
https://t.iss.one/samiibuz
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Amerikaga yubormoqchi boʻlgan firibgarlar ushlandi

Kanalimizga qo'shiling
👇👇👇
https://t.iss.one/samiibuz
Forwarded from Kun.uz | Rasmiy kanal
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
O‘zbekistonliklarni Boliviya, Kolumbiya va Meksika orqali Amerikaga yubormoqchi bo‘lgan guruh a’zolari qo‘lga olindi

DXX Samarqand viloyati bo‘yicha boshqarmasi va viloyat IIB xodimlari 2 nafar fuqaroni 60 ming dollar evaziga noqonuniy ravishda AQShga yuborishini aytib, oldindan 20 ming dollar olgan firibgarlarni qo‘lga olgan.

👉 https://kun.uz/uz/39156773

Kun.uz rasmiy kanali