“Toza qoʻllar” dasturi amalda
Sanepidqoʻmita Qoʻshrabot tuman boʻlimi xodimlari tomonidan tumandagi “Barkamol avlod bolalar maktabi”da “Toza qoʻllar” dasturi doirasida bajarilgan ishlar koʻzdan kechirildi.
Shuningdek, bolalarga “Toza qoʻllar” dasturining mohiyati, qoʻllarni toza saqlash, shaxsiy gigiyena qoidalariga amal qilish borasida tushunchalar berildi.
✅ @Samarqandses

Periantal surtma usilida na’munalar olindi
Sanepidqo'mita Samarqand tuman bo'limi xodimlari tomonidan tumandagi 33 -DMTTda reja asosida suv, surtma, oziq-ovqat namunalarini sanitariya holatini koʻrsatuvchi mikroorganizmlarni aniqlash uchun namunalar olindi.
Parazitologiya labaratoriyasi mutaxasislari tomonidan muassasadagi tarbiyalanuvchilarini Periantal surtma usulida mikraskopik tekshiruv olib borildi.
Tekshirishdan maqsad bolalar o'rtasida turli-xil gelmintozlarni oldini olish. Muassasadagi tarbiyalanuvchilarga parazitar kasalliklarni oldini olish buyicha tushunchalar berildi.
✅ @Samaeqandses

Belgilanmagan joylarda cho‘milish qanchalik xavfli!
Issiq kunlarda salqin suv havzalari ko‘pchilikni o‘ziga tortadi. Ammo belgilanmagan joylarda choʻmilish juda xavfli ekanini bilishmaydi.
Belgilanmagan joylarda kuzatuvchilar boʻlmaydi. Suv harorati nazorat qilinmaydi, turli xildagi xavfli chuqurliklar, yashirin suv toʻlqinlari sizning hayotingizga xavf soladi.
Bundan tashqari bu turdagi suvlarda koʻpgina yuqumli kasalliklar va xavfli viruslar boʻlishi mumkin.
Shu sababli, faqat maxsus ruxsat etilgan, xavfsizlik choralari ko‘rilgan joylarda cho‘miling!
Oʻzingiz va yaqinlaringiz salomatligiga befarq boʻlmang!

Toza qo’llar – sog’lom kelajak demakdir
Sanepidqo’mita Samarqand tuman bo’limi xodimlari tomonidan tumandagi 3-sonli maktabgacha ta’lim tashkilotida rejali tekshiruv va "Toza qo‘llar" dasturi doirasida bajarilgan ishlar hamda yaratilgan sharoitlar ham o’rganildi.
Shuningdek, tarbiyalanuvchilarga qo’llarni toza saqlash, doimo shaxsiy gigiyena vositalaridan foydalanish haqida tushunchalar berildi.
Bundan tashqari mutaxasislar tomonidan tarbiyalanuvchilarga qo’llarni toza yuvish texnikasi ham o’rgatildi.

Trans yog'lar nima?
Trans yog'lar ko'pincha quyidagi oziq-ovqat mahsulotlarida uchraydi:
Qovurilgan taomlar: kartoshka fri, qovurilgan tovuq, ko’chalarda pishirib sotiladigan perojki va boshqa chuqur yog'da qovurilgan yeguliklar.
Pishiriqlar va shirinliklar: Paketlangan pechenyelar, kekslar, piroglar va boshqa sanoat usulida tayyorlangan shirinliklar.
Margarin va qisman gidrogenlangan yog'lar: Ushbu mahsulotlar ko'pincha pishirishda ishlatiladi va trans yog'larni o'z ichiga oladi.
Fast-fud mahsulotlari: Burgerlar, pitsa va boshqa tez tayyorlanadigan ovqatlar trans yog'larni o'z ichiga olishi mumkin.
Trans yog'larni ko'p iste'mol qilish yurak-qon tomir kasalliklari, qandli diabet va boshqa sog'liq muammolariga olib kelishi mumkin. Shuning uchun, ushbu turdagi oziq-ovqatlarni iste'mol qilishni cheklash tavsiya etiladi.
O’zingiz va yaqinlaringiz salomatligiga befarq bo’lmang!
✅ @Samarqandses
Trans yog'lar o'simlik moylaridan gidrogenlash jarayonida olinadigan qattiq yog' massasi hisoblanadi. Suyuq o'simlik moylari yuqori haroratda vodorod pufakchalari bilan to'yingan bo'lib, natijada trans yog'li kislotalar yoki buzilgan, to'yinmagan yog'li kislotalar hosil bo'ladi. O'simlik yog'ini sun'iy qayta ishlash tufayli uning molekulalarining taxminan 30% qismi trans-izomerlarga aylanadi. Vujudga kirgandan so'ng, bunday molekulalar foydali yog' kislotalarini hujayra membranalaridan siqib chiqaradi, fermentlarni bloklaydi va shu bilan hujayralarning to'g'ri ovqatlanishini buzadi.
Trans yog'lar ko'pincha quyidagi oziq-ovqat mahsulotlarida uchraydi:
Qovurilgan taomlar: kartoshka fri, qovurilgan tovuq, ko’chalarda pishirib sotiladigan perojki va boshqa chuqur yog'da qovurilgan yeguliklar.
Pishiriqlar va shirinliklar: Paketlangan pechenyelar, kekslar, piroglar va boshqa sanoat usulida tayyorlangan shirinliklar.
Margarin va qisman gidrogenlangan yog'lar: Ushbu mahsulotlar ko'pincha pishirishda ishlatiladi va trans yog'larni o'z ichiga oladi.
Fast-fud mahsulotlari: Burgerlar, pitsa va boshqa tez tayyorlanadigan ovqatlar trans yog'larni o'z ichiga olishi mumkin.
Trans yog'larni ko'p iste'mol qilish yurak-qon tomir kasalliklari, qandli diabet va boshqa sog'liq muammolariga olib kelishi mumkin. Shuning uchun, ushbu turdagi oziq-ovqatlarni iste'mol qilishni cheklash tavsiya etiladi.
O’zingiz va yaqinlaringiz salomatligiga befarq bo’lmang!
✅ @Samarqandses
Ko‘kyo‘tal haqida nimalarni bilasiz?
Ko‘kyo‘tal – bu nafas yo‘llarining juda yuqumli bakterial kasalligi bo‘lib, asosan Bordetella pertussis bakteriyasi sabab bo‘ladi. Ayniqsa, bolalarda og‘ir kechadi, lekin kattalarda ham uchrashi mumkin.
Asoratlari:
Pneumoniya, taloq yorig‘i, miya shikastlanishi, nafas yetishmovchiligi kabi jiddiy oqibatlarga olib kelishi mumkin.
Oldini olish:
Vaksina olish. Emlash bolalar uchun majburiy emlashlar qatoriga kiradi. Kattalarga ham ba'zan takroriy emlash tavsiya qilinadi (ayniqsa, homilador ayollar yoki chaqaloqlar bilan muloqotda bo‘lganlar).
Agar siz yoki biror tanishingizda kuchli yo‘tal, ayniqsa, to‘xtovsiz xurujlar bo‘lsa, imkon qadar tezroq shifokorga murojaat qilish lozim.
Oʻzingiz va yaqinlaringiz salomatligiga befarq boʻlmang!
✅ @Samarqandses
Ko‘kyo‘tal – bu nafas yo‘llarining juda yuqumli bakterial kasalligi bo‘lib, asosan Bordetella pertussis bakteriyasi sabab bo‘ladi. Ayniqsa, bolalarda og‘ir kechadi, lekin kattalarda ham uchrashi mumkin.
Ko‘kyo‘tal bosqichma-bosqich rivojlanadi:
1. Inkubatsion davr alomatlarsiz kechadi (5-14 kun).
2. Kataral bosqich (1-2 hafta):
Yengil shamollashga o‘xshash, burun oqishi, yo‘tal, harorat ko‘tarilishi.
3. Spazmatik bosqich (2-6 hafta):
Kuchli, to‘xtovsiz yo‘tal xurujlari. Har bir yo‘tal xurujidan keyin chuqur nafas olish. Qoʻzg‘alish, ko‘karish, qusish bilan tugashi mumkin.
4. Tiklanish davri (bir necha hafta yoki oy):
Yo‘tal asta-sekin kamayadi.
Asoratlari:
Pneumoniya, taloq yorig‘i, miya shikastlanishi, nafas yetishmovchiligi kabi jiddiy oqibatlarga olib kelishi mumkin.
Oldini olish:
Vaksina olish. Emlash bolalar uchun majburiy emlashlar qatoriga kiradi. Kattalarga ham ba'zan takroriy emlash tavsiya qilinadi (ayniqsa, homilador ayollar yoki chaqaloqlar bilan muloqotda bo‘lganlar).
Agar siz yoki biror tanishingizda kuchli yo‘tal, ayniqsa, to‘xtovsiz xurujlar bo‘lsa, imkon qadar tezroq shifokorga murojaat qilish lozim.
Oʻzingiz va yaqinlaringiz salomatligiga befarq boʻlmang!
✅ @Samarqandses
#Infografika
Radiogiya labaratoriyasi asosiy vazifalari qanday
Asosiy vazifalari:
Ichki a’zolarning rentgen, KT (kompyuter tomografiyasi), MRT (magnit-rezonans tomografiya) orqali tekshiruvini o‘tkazish.
Shubhali o‘sma yoki o‘zgarishlarni aniqlash va tahlil qilish.
Kasalliklarning rivojlanish dinamikasini nazorat qilish.
Shoshilinch holatlarda (jarohat, qon ketish, suyak sinishi va b.) aniqlik bilan tashxis qo‘yish.
Oʻzingiz va yaqinlaringiz salomatligiga befarq boʻlmang!
✅@Samarqandses

Radiologiya laboratoriyasi zamonaviy tibbiyotning ajralmas bo‘lagi hisoblanadi. Bu laboratoriya turli diagnostik tadqiqotlarni radiatsiya yordamida amalga oshiradi va kasalliklarni erta aniqlashda muhim rol o‘ynaydi.
Asosiy vazifalari:
Ichki a’zolarning rentgen, KT (kompyuter tomografiyasi), MRT (magnit-rezonans tomografiya) orqali tekshiruvini o‘tkazish.
Shubhali o‘sma yoki o‘zgarishlarni aniqlash va tahlil qilish.
Kasalliklarning rivojlanish dinamikasini nazorat qilish.
Shoshilinch holatlarda (jarohat, qon ketish, suyak sinishi va b.) aniqlik bilan tashxis qo‘yish.
Oʻzingiz va yaqinlaringiz salomatligiga befarq boʻlmang!
✅@Samarqandses
Farzandlaringizni yozgi oromgohlarga jo’natishdan avval nima qilish kerakligini bilasizmi?
Yozgi ta’til – bolalar uchun quvonchli, dam olish va sog‘lomlanish davridir. Ayniqsa, bolalar sog‘lomlashtirish oromgohlarida o‘tadigan ta’til ularga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Biroq oromgohda bolaning vaqtini mazmunli, xavfsiz va sog‘lom o‘tkazishi uchun ota-onalar ba’zi tayyorgarlikni ko‘rishlari muhim.
O’zingiz va yaqinlaringiz salomatligiga befarq bo’lmang!
✅ @Samarqandses
Yozgi ta’til – bolalar uchun quvonchli, dam olish va sog‘lomlanish davridir. Ayniqsa, bolalar sog‘lomlashtirish oromgohlarida o‘tadigan ta’til ularga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Biroq oromgohda bolaning vaqtini mazmunli, xavfsiz va sog‘lom o‘tkazishi uchun ota-onalar ba’zi tayyorgarlikni ko‘rishlari muhim.
Bolani oromgohga yuborishdan oldin quyidagilarga e’tibor bering:
1.Tibbiy ko‘rikdan o‘tkazing - bola oromgohga jo‘natilishidan oldin oilaviy shifokor yoki poliklinika tomonidan to‘liq tibbiy ko‘rikdan o‘tishi shart.
2.Shaxsiy gigiyena vositalarini tayyorlab bering - sovun, tish pastasi, tish cho‘tkasi, sochiq, taroq, hojatxona qog‘ozi, antiseptik gel va salfetkalar. Qiz bolalar uchun zarur gigiyenik vositalar.
3. Kiyim-kechak va oyoq kiyimlar - ob-havoga mos, yengil va qulay kiyimlar tayyorlang. Sport kiyimlari, suzish uchun kiyim va shippak.
4. Farzandingizga oromgohning tartib-qoidalarni tushuntiring.
O’zingiz va yaqinlaringiz salomatligiga befarq bo’lmang!
✅ @Samarqandses
Me’yordan ortiq shakar iste’mol qilish nimalarga sabab bo’ladi?
Me’yordan ortiq shakar iste’mol qilish sog‘lig’ingizga jiddiy ta’sir qiladi.
Qandli diabet – ortiqcha shakar qon glyukozasi darajasini oshiradi va bu uzoq muddatda insulin qarshiligiga olib keladi.
Semizlik – shakar ko‘p kaloriya beradi, lekin to‘yimlilik hissini bermaydi. Bu esa ortiqcha ovqatlanishga va tana vaznining oshishiga sabab bo‘ladi. Vaznning ortishi sizning harakatingizni cheklaydi.
Yurak-qon tomir kasalliklari – shakar yurak kasalliklari xavfini oshiradi, chunki u yomon xolesterin va qon bosimini ko‘taradi.
Tish emalining yemirilishi va karies – ko’p miqdorda shakar iste’moli og‘izdagi bakteriyalar bilan reaksiyaga kirishib, kislota hosil qiladi va bu tishlarni yemiradi. Tish qatlamlarining yemirilishi tishlarning noziklashishi va to’kilihsiga olib keladi.
Jigar muammolari, ayniqsa, fruktoza shaklida bo‘lsa, jigar yog‘lanishiga va hatto gepatozni keltirib chiqarishi mumkin. Jigarning normal ishlamasligi oqibatida turli xastaliklar kuchayadi.
Surunkali yallig‘lanish – shakar organizmda surunkali yallig‘lanishni qo‘zg‘atishi mumkin, bu esa ko‘plab surunkali kasalliklarning ildizi bo‘ladi.

“Shakarning ham ozi shirin”- deydi dono xalqimiz. Har bir mahsulotni me’yoridan ortiq iste’mol qilish, inson uchun xavfli bo’lgan kasalliklarni rivojlanishiga imkon yaratadi.
O’zingiz va yaqinlaringiz salomatligiga befarq bo’lmang!
✅ @Samarqandses
Quturish kasalligi insonni o’limiga sabab bo’ladi(mi?)
Virus shikastlangan teri orqali asab tizimi tomon harakatlanadi va ular orqali miya va orqa miyaga tarqaladi. Kasallik insonlar uchun halokatli hisoblanadi va kasallikni faqatgina favqulodda emlash bilan oldini olish mumkin.
Jahon sog’liqni saqlash tashkiloti ma’lumotlariga ko’ra, har yili 59 000 kishi quturish kasalligidan vafot etadi. Ularning 99 foizi quturgan it tishlashi natijasida kasallangan. Biroq, hayvonlar va insonlar uchun vaktsina mavjudligi so’nggi yillarda quturish kasalligidan o’lim ko’rsatkichlarining kamayishiga olib keldi.
Odamlarda quturish kasalligining asosiy belgisi — gidrofobiya yoki suvdan qo’rqish sanaladi. Avval suv ichishdan qo’rqish kuzatilsa, keyinchalik suvni ko’rganda va suv haqida gap ketganda ham qo’rqish belgilari kuzatiladi. Qo’shimcha ravishda yutunish mushaklarining titroqli harakati, qo’rquv, tutqanoq, nafas olishdagi uzulishlar aniqlanishi mumkin.
Tishlashdan boshlab kasallik belgilari paydo bo’lgunigacha bo’lgan vaqt kasallikning inkubatsion davri deb ataladi. Odatda kasallik alomatlari inson kasallanganidan 4-12 hafta o’tib namoyon bo’la boshlaydi. Biroq, inkubatsiya davri bir necha kun yoki olti yilgacha cho’zilishi ham mumkin.
Bu asosiy belgilari tashqari yana tana haroratining 37 °C gacha ko’tarilishi, ruhiy tushkunlik, uyquning buzulishi, tishlangan joyda og’riqlar qayd qilinishi mumkin.
Kasallikni tarqatuvchi hayvonlarga itlar, ko’rshapalaklar, mushuklar, sigirlar, echki, otlar kabi hayvonlar kiradi.
Hayvonlar quturishining asosiy belgisi — uning xulqi o’zgarishi hisoblanadi: yaxshi uy hayvoni tajovuzkor, yovvoyi va tishlashga shay bo’lib qoladi.
2005-yilgacha kasallikning klinik belgilari namoyon bo’la boshlanganda quturishni davolashning samarali usullari fanga ma’lum emas edi. Ko’pincha azobli holatni yengillashtirish uchun simptomatik vositalar bilan cheklanishga to’g’ri kelardi.
Hozirgi kunda quturish virusi yuqganidan keyin, insonga kasallanishni oldini olish uchun bir qator vaksinalar bilan emlanadi. Virus bilan kurashish uchun quturishga qarshi immunoglobulin beriladi. U quturishga qarshi antitanalarni darhol ishlab chiqilishiga imkon beradi va virusning kirib borishini oldini oladi.
O’zingiz va yaqinlaringiz salomatligiga befarq bo’lmang!
✅ @Samarqandses
Quturish kasalligi — quturish virusi qo’zg’atadigan virusli kasallik, issiqqon hayvonlar va odamlarda uchraydi. Odamga kasallangan hayvonlar tishlaganda yoki tirnaganda ularning so’lagi orqali yuqadi. Virus yuqganda markaziy asab tizimining og’ir progressiv shikastlanishi kuzatiladi.
Virus shikastlangan teri orqali asab tizimi tomon harakatlanadi va ular orqali miya va orqa miyaga tarqaladi. Kasallik insonlar uchun halokatli hisoblanadi va kasallikni faqatgina favqulodda emlash bilan oldini olish mumkin.
Jahon sog’liqni saqlash tashkiloti ma’lumotlariga ko’ra, har yili 59 000 kishi quturish kasalligidan vafot etadi. Ularning 99 foizi quturgan it tishlashi natijasida kasallangan. Biroq, hayvonlar va insonlar uchun vaktsina mavjudligi so’nggi yillarda quturish kasalligidan o’lim ko’rsatkichlarining kamayishiga olib keldi.
Odamlarda quturish kasalligining asosiy belgisi — gidrofobiya yoki suvdan qo’rqish sanaladi. Avval suv ichishdan qo’rqish kuzatilsa, keyinchalik suvni ko’rganda va suv haqida gap ketganda ham qo’rqish belgilari kuzatiladi. Qo’shimcha ravishda yutunish mushaklarining titroqli harakati, qo’rquv, tutqanoq, nafas olishdagi uzulishlar aniqlanishi mumkin.
Tishlashdan boshlab kasallik belgilari paydo bo’lgunigacha bo’lgan vaqt kasallikning inkubatsion davri deb ataladi. Odatda kasallik alomatlari inson kasallanganidan 4-12 hafta o’tib namoyon bo’la boshlaydi. Biroq, inkubatsiya davri bir necha kun yoki olti yilgacha cho’zilishi ham mumkin.
Quturish gripp kabi alomatlar bilan boshlanadi, jumladan:
Isitma
Mushaklarning kuchsizligi;
Og’riqlar.
Bu asosiy belgilari tashqari yana tana haroratining 37 °C gacha ko’tarilishi, ruhiy tushkunlik, uyquning buzulishi, tishlangan joyda og’riqlar qayd qilinishi mumkin.
Kasallikni tarqatuvchi hayvonlarga itlar, ko’rshapalaklar, mushuklar, sigirlar, echki, otlar kabi hayvonlar kiradi.
Hayvonlar quturishining asosiy belgisi — uning xulqi o’zgarishi hisoblanadi: yaxshi uy hayvoni tajovuzkor, yovvoyi va tishlashga shay bo’lib qoladi.
2005-yilgacha kasallikning klinik belgilari namoyon bo’la boshlanganda quturishni davolashning samarali usullari fanga ma’lum emas edi. Ko’pincha azobli holatni yengillashtirish uchun simptomatik vositalar bilan cheklanishga to’g’ri kelardi.
Hozirgi kunda quturish virusi yuqganidan keyin, insonga kasallanishni oldini olish uchun bir qator vaksinalar bilan emlanadi. Virus bilan kurashish uchun quturishga qarshi immunoglobulin beriladi. U quturishga qarshi antitanalarni darhol ishlab chiqilishiga imkon beradi va virusning kirib borishini oldini oladi.
O’zingiz va yaqinlaringiz salomatligiga befarq bo’lmang!
✅ @Samarqandses
Murojaat ijobiy hal etildi
Sanepidqoʻmita Samarqand tuman boʻlimi xodimlari tomonidan “Yuqori Qaynama” MFY fuqoralaridan tuman xokimiga qilingan murojat joyida oʻrganilib, ijobiy hal etildi.
Shuningdek, mahalla hududida istiqomat qiluvchi aholi xonadonlarida dezinfeksiya ishlari oʻtkazildi.

Epidemiologik surishtiruv ishlari oʻtkazildi
Sanepidqoʻmita Kattaqo‘rg‘on tuman boʻlimi xodimlari tomonidan tuman hududida joylashgan “Jonkel” va “Yavi” MFY hududlarida qayd qilingan yuqumli kasalliklar o‘choqlarida epidemiologik surishtiruv ishlari oʻtkazildi.
Shuningdek, yuqumli kasalliklar aniqlangan xonadonlarda dezinfeksiya ishlari oʻtkazildi.

"Mahallabay ishlash” tizimi yuzasidan sanitariya-targ‘ibot tadbirlari davom etmoqda.
Sanepidqoʻmita Qoʻshrabot tuman boʻlimi xodimlari tomonidan “Bozorjoy" MFY hududida istiqomat qiluvchi aholisi orasida mahallabay tizimda ishlar davom etmoqda.
Maqsad – aholi orasida turli yuqumli kasalliklar, ovqatdan zaharlanish va botulizm kabi kasalliklarning oldini olish.
Aholiga sog‘lom ovqatlanish va jismoniy faollikni qo‘llab-quvvatlash, ularni aholiga keng targ‘ib qilish chora tadbirlari hamda tushuntirish ishlari olib borildi.
Sog‘lom turmush tarziga rioya qilish yuzasidan tushuntirish ishlari olib borildi.
Shuningdek, “Toza qoʻllar” dasturining mohiyati, qoʻllarni toza saqlash, shaxsiy gigiyena qoidalariga rioya etish toʻgʻrisida tushunchalar berildi.

"Mahallabay ishlash" tizimi doirasida o‘rganish o‘tkazildi
Sanepidqoʻmita Kattaqo‘rg‘on tuman boʻlimi xodimlari tomonidan “Uyshun” MFY hududida istiqomat qiluvchi aholi xonadonlarida "Mahallabay ishlash" tizimi doirasida o‘rganish o‘tkazildi.
Oʻrganish ishlari davomida mahalla fuqarolariga “Toza qoʻllar” dasturining mohiyati, qoʻllarni toza saqlash, shaxsiy gigiyena qoidalariga doimiy amal qilish haqida tushunchalar berildi.

AHOLI XONADONLARDA TUSHUNTIRISH ISHLARI OʻTKAZILDI
Sanepidqo‘mita Toyloq tuman bо‘limi xodimlari tomonidan tumandagi “Talliota” MFY hududida istiqomat qiluvchi aholi xonadonlarida “Quturish” kasalligi toʻg‘risida tushuntirish ishlari o‘tkazildi.
Shuningdek, “Toza qoʻllar” dasturining mohiyati, qoʻllarni toza saqlash, shaxsiy gigiyena vositalaridan doimiy foydalanish zarurligi haqida tushuntirish ishlari oʻtkazildi.