🎥 Samarqand shahar kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limida shahar hokimi Fazliddin Umarovning tadbirkorlar bilan navbatdagi uchrashuvi bo'lib o'tmoqda.

Telegramdagi rasmiy sahifamizga obuna bo'ling ▶️ Samarqand.uz

📱 Web-sayt | 📱 Instagram | 📱 Facebook | 📱 You Tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Erkakning ori – do‘ppi, atlas - ayol ibosi

Milliy libos — har bir xalqning o‘ziga xos kiyim-kechagi, uning madaniyati, tarixiy merosi va ilk an’analarini aks ettiruvchi elementlardan biri. Yurtimizda ham milliy libos tarixiy va madaniy ahamiyati bilan xalqimizning o‘zligini saqlash va taraqqiyotga ishonchining ramzi hisoblanadi. Qolaversa, milliy libos yordamida o‘zlikni saqlash, millatning tarixi va qadriyatlarini jahonga tanitish imkoniyati mavjud. Shu sabab keyingi yillarda zamonaviy talablar bilan hamohang, yangi dizayn va shaklga ega milliy liboslarni ommalashtirishga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Batafsil ▶️ samarkandnews.uz

Telegramdagi rasmiy sahifamizga obuna bo'ling ▶️ Samarqand.uz

📱 Web-sayt | 📱 Instagram | 📱 Facebook | 📱 You Tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
9-fevral – Alisher Navoiy tavallud topgan kun

IKKI SIYMO “BESHLIGI”


Hazrat Nizomiy Ganjaviy va Alisher Navoiy dunyo adabiyoti tarixidagi ikki buyuk siymolardandir. Ular o‘zlarining go‘zal asarlari bilan turkiy xalqlar adabiyoti rivojiga ulkan hissa qo‘shdilar. Nizomiy Ganjaviy turkiy millatning benazir mutafakkiri sifatida jahon adabiyotidagi noyob poetik hodisa – xamsachilikni boshlab berib, o‘z adabiy muhitidagi birinchi dostonnavis sifatida buyuklikka erishgan bo‘lsa, Alisher Navoiy temuriylar tamadduni davrining ijtimoiy faol va hozirjavob ijodkori sifatida Ganjaviy “panjasi”ga “panja urib” “Xamsa”ni turkiy tilda yozdi va xamsachilik an’anasini yuksak cho‘qqilarga olib chiqdi.

Batafsil ▶️ samarkandnews.uz

Telegramdagi rasmiy sahifamizga obuna bo'ling ▶️ Samarqand.uz

📱 Web-sayt | 📱 Instagram | 📱 Facebook | 📱 You Tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
“Samarqand noni” geografik koʻrsatkich sifatida davlat roʻyxatidan oʻtkazildi

“Geografik koʻrsatkichlar toʻgʻrisida”gi Qonunga koʻra, tovarni muayyan geografik obyekt hududidan kelib chiqqan tovar sifatida identifikatsiyalovchi belgi geografik koʻrsatkich deb eʼtirof etilib, unda tovarning sifati, nom qozonganligi yoki boshqa xususiyatlari uning geografik jihatdan kelib chiqishiga sezilarli darajada bogʻliq boʻladi.

Batafsil ▶️ samarkandnews.uz

Telegramdagi rasmiy sahifamizga obuna bo'ling ▶️ Samarqand.uz

📱 Web-sayt | 📱 Instagram | 📱 Facebook | 📱 You Tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#xorij_xabarlari

▶️ Turkiya ballistik raketasini sinovdan oʻtkazdi

Turkiyaning “Tayfun” (Typhoon) ballistik raketasi Roketsan davlat kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan. 2022-2023-yillarda oʻtkazilgan sinovlarda 560 kilometrdan ortiq masofani bosib oʻtgan. Mudofaa kompaniyasi raketani ommaviy ishlab chiqarish boshlanganini bildirgan.

______

▶️ Shvetsiyaning Erebru shahridagi maktabda otishma sodir etildi. 10 kishi halok bo‘ldi

Yana 15 kishi jarohatlandi. Hujumchi o‘z joniga qasd qildi. Bu Shvetsiya tarixidagi eng katta ommaviy otishma sanaladi.

______

▶️ “Ukraina NATOga kirmaydigan bo‘lsa, bizga yadroviy qurol bering”, — Zelenskiy

Ukraina prezidenti yadroviy qurol mamlakat uchun yetarlicha xavfsizlik kafolati bo‘lishi mumkinligini aytdi.

______

▶️ Yevropa Kengashi Putin uchun maxsus tribunal yaratishni rejalashtirmoqda

Bu haqda Deutsche Welle va “Yevropa haqiqati” xabar berdi. Tribunal Ukraina va Yevropa Kengashi o‘rtasidagi ikki tomonlama kelishuv asosida ishga tushiriladi, dedi OAV manbasi.

______

▶️ Zelenskiy urushda 45 ming ukrainalik askar halok bo‘lganini, 390 ming nafari yaralanganini aytdi

Bu haqda u britaniyalik jurnalist Pirs Morgan bilan suhbatida ma’lum qildi. Zelenskiyning aytishicha, Rossiyaning yo‘qotishlari taxminan 350 ming kishini tashkil etadi. 50-70 ming rossiyalik bedarak yo‘qolgan, 600-700 ming kishi esa jarohatlangan.

______

▶️ Amerikalik 26 yoshli qiz lotereyada 4 mln dollar yutib oldi. Omadli chiptani unga otasi “shunchaki” sovg‘a qilgandi

“Buncha pul yutganimdan haligacha shokdaman”, — deydi lotereya g‘olibi.
Qiz yutuqni bir martalik to‘lov shaklida olishga qaror qildi, bunda unga 2,7 mln dollar beriladi.

Telegramdagi rasmiy sahifamizga obuna bo'ling ▶️ Samarqand.uz

📱 Web-sayt | 📱 Instagram | 📱 Facebook | 📱 You Tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Shayboniylar dahmasining hududi obodonlashtiriladi


Avval xabar berganimizdek, viloyat hokimi vazifasini bajaruvchi Adiz Boboyev ziyolilar va tarixchi-olimlar bilan uchrashuv o‘tkazgan edi. Ana shu uchrashuvda Shayboniylar sulolasiga mansub “Shayboniylar dahmasi”ni ommalashtirish bo‘yicha tarixchi olimlar bir qator takliflarni bildirgan edi.

Viloyat rahbari mas’ul mutasaddi va tarixchi olimlar bilan birgalikda Samarqand shahrining yuragi hisoblanmish – Registon maydoni hududida joylashgan dahmani ziyorat qildi. Mutaxassislar o‘rta asr me’moriy yodgorligining paydo bo‘lish tarixi haqida batafsil so‘zlab berishdi.

Shundan so‘ng Adiz Boboyev mas’ullarga dahma hududini obodonlashtirish, ko‘chat va butalar ekish orqali yashil maydonlarni ko‘paytirish, tashrif buyurgan mehmonlarga qulaylik yaratish maqsadida ma’lumotlar taxtasini o‘rnatish, QR kodli qilib joylashtirish, atroflariga tilovat qilish uchun o‘tirg‘ichlar o‘rnatish borasida tegishli vazifalarni belgilab berdi.

Telegramdagi rasmiy sahifamizga obuna bo'ling ▶️ Samarqand.uz

📱 Web-sayt | 📱 Instagram | 📱 Facebook | 📱 You Tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#mutolaa

DO‘PPI
__________
Do‘ppi kiymay qo‘ydi odamlar,
Bir shoir, bir nosirdan boshqa.
Sochlar silliq,
Silliq qadamlar,
U og‘irlik qilyapti boshga...
______
Rost do‘ppilar,
Yolg‘on do‘ppilar,
Kinolarda qolg‘on do‘ppilar.
Chust do‘ppilar,
Anjon do‘ppilar,
Munchoqdek Marg‘ilon do‘ppilar...
______
Do‘ppi kiymay qo‘ydi odamlar,
Bir shoir, bir nosirdan o‘zga,
Men ham sizga berdim savollar,
Shlyapamni bostirib ko‘zga.
______
Do‘ppi kiymay qo‘ydi odamlar,
Ko‘ngil esa ko‘rmoq tusaydi.
Madaniyat gullagan damlar,
Kallaga e’tibor susaydi.
______
Do‘ppi kiymay qo‘ydi odamlar,
Na uyda va na ko‘chada.
Mirtemirlar, G‘afur G‘ulomlar
Yechgan do‘ppi qoldi tokchada...
______
Bu qandayin ko‘rgulik savdo,
Do‘ppi kiymay qo‘ydi xaloyiq.
Boshga loyiq do‘ppi yo‘qdir yo —
Bosh qolmadi do‘ppiga loyiq.
______
Muhammad Yusuf

Telegramdagi rasmiy sahifamizga obuna bo'ling ▶️ Samarqand.uz

📱 Web-sayt | 📱 Instagram | 📱 Facebook | 📱 You Tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Samarqand

Bugun 6-fevral, Payshanba.


☁️ +13°...+1°, Bulutli

☀️Kun: +13°

🌙Oqshom: +1°

🛁Namlik: 26%

🍃 Shamol: Sharqiy, 2.7 m/s

🌪 Bosim: 768 mm sim. ust.

🌙 Oy: Yosh oy

☀️ Quyosh chiqishi: 07:35

🌅 Quyosh botishi: 17:57

Telegramdagi rasmiy sahifamizga obuna bo'ling ▶️ Samarqand.uz

📱 Web-sayt | 📱 Instagram | 📱 Facebook | 📱 You Tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🟦🟦🟦🟦

Hayot - murakkab romandir. Biz esa ham uning muallifi, ham o‘quvchilarimiz.

✍️ Abdulla Qodiriy


Telegramdagi rasmiy sahifamizga obuna bo'ling ▶️ Samarqand.uz

📱 Web-sayt | 📱 Instagram | 📱 Facebook | 📱 You Tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
"Samarqand" gazetasining 2025-yil 6-fevral kunidagi 5-soni mutolaa uchun havola qilinmoqda.

Bugungi sonda:


▶️ Shahardagi alimentchi ayollar "safi"— 175 nafar!

▶️ “Samarqand noni” geografik koʻrsatkich sifatida davlat roʻyxatidan oʻtkazildi

▶️ Sportchilarga — "Prezident socg'asi"

▶️ ERKAKlarning ori do‘ppidir, atlas esa AYOL ibosi

▶️ Ikki siymo beshligi

▶️ Yuqumli kasalliklar kamaymoqda

Gazetadagi maqolalarni va Samarqand hayotiga oid yangiliklarni samarkandnews.uz sayti hamda ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimizda o'qishingiz mumkin.

Telegramdagi rasmiy sahifamizga obuna bo'ling ▶️ Samarqand.uz

📱 Web-sayt | 📱 Instagram | 📱 Facebook | 📱 You Tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Bojxona institutiga o'qishga kirishni istaysizmi?

❗️Unutmang: o'qishga kirish uchun arizalar 2025-yilning 1-apreliga qadar davom etadi!

Murojaat qilish uchun hududiy bojxona boshqarmalari manzillari ushbu havolada.

Telegramdagi rasmiy sahifamizga obuna bo'ling ▶️ Samarqand.uz

📱 Web-sayt | 📱 Instagram | 📱 Facebook | 📱 You Tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Shahardagi alimentchi ayollar "safi"— 175 nafar!

Avval xabar berganimizdek, viloyat Matbuot uyida o‘tkazilgan matbuot anjumanida Majburiy ijro byurosi Samarqand viloyat boshqarmasi mas’ullari tomonidan 2024 yil davomida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan OAV vakillariga ma’lumot berildi. Ta’kidlanishicha, o‘tgan yil davomida 11,5 trln. so‘mlik ijro hujjatlari bo‘yicha majburiy ijro harakatlari olib borilib, 8,5 trln. so‘mlik hujjatlar ijrosi ta’minlangan, 2,9 trln. so‘mdan ortiq qarzdorliklar undirilgan. Shahar miqyosida esa 646 mlrd. so‘m qarzdorlik undirilganligi ma’lum qilindi.

Batafsil ▶️ samarkandnews.uz

Telegramdagi rasmiy sahifamizga obuna bo'ling ▶️ Samarqand.uz

📱 Web-sayt | 📱 Instagram | 📱 Facebook | 📱 You Tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM