ProEducation | O'zbek tili
4.62K subscribers
2.21K photos
1.14K videos
222 files
2.02K links
ProEducation – ta'limning pro versiyasi!

Ona tili va adabiyot fanidan bepul ta'lim olishingiz uchun eng to'g'ri tanlov.

Takliflar uchun: @javlonbek_rustamjonov
Online kurs natijalari: @edu_natijalar
Download Telegram
ProEducation | O'zbek tili
👍Assalomu alaykum, barchaga xayrli tong! Bugun kanalga bir post joylayman. Post esseda fikr kelmaganda yoki fikrlaringizni tartibli bayon etishingizga yordam beruvchi formulalar haqida boʻladi. @rustamov_edu
👍 Fikr "muzlab qolmasligiga" qarshi ko'rsatmalar

Yozma ishni baholash mezonlari bilan tanishib chiqqan bo'lsangiz, bildingizki, esseda asosiy e'tibor
uning mazmuni, fikrlar teranligiga qaratiladi. Avvalroq esse tekshilmaydigan holatlar haqida aytib o'tgan edim va e'tibor bersangiz, bu xatoliklarga fikrlar chalkashib ketishi ortidan yo'l qo'yiladi.

Hozir men esseyingiz tekshirilishi va tekshirilganda ham yuqoriroq ball olishingizni kafolatlaydigan fikr formulalari bilan bo'lishaman:

1. A + B ≠ C (harfiy ifodalar fikrlarni anglatadi)
Bu hamma kabi odatiy fikrlash ortidan keladigan fikrlarni yo'qqa chiqaradi va esse uchun yangi g'oya beradi. Masalan, “Yutuq + mashhurlik ≠ baxt”, ya'ni hayotda muvaffaqiyatga erishish va uning ortidan keladigan mashurlik har doim ham baxt keltirmasligi mumkin.

2. Agar… bo‘lmasa, B bo‘lmaydi – “Shartli natija”
Avvalgi fikringizni dalillash va uni mantiqiy davom ettirishga yordam beradi. Masalan, agar jamiyat yoshlarga ishonmasa, kelajak poydevori qurilmaydi. Bu gapdan keyin siz jamiyat poydevori haqida ikki og'iz gapirish uchun imkon yaratasiz.

3. Ko‘rinishda A, aslida B – “Yuzaki va ichki tafovut”
Bu sizning mavzuga yondashuvingizni ko'rsatadi. Shu kabi gap qurilmasi orqali siz fikr chuqurligingizni ko'rsatib bera olasiz. Masalan, kasb tanlashda ota-onaning yordami tanlovdek ko‘rinsa-da, bu ba’zida farzand uchun bosimdir.

4. A – bu nafaqat B, balki C – “Fikrni kengaytirish”
Bu qurilma yordamida siz mavjud fikringizni yanada kengaytirish imkoniga ega bo'lasiz. Bir fikrni aytish orqali boshqa yangi yondashuvni olib kirasiz. Masalan, kasb – bu nafaqat daromad manbai, balki o‘zini anglash vositasidir. Bunda asosiy fikrga falsafiy yondashuvni olib kirildi va endi yana 2-3 gap yordamida kasbning shu tomoniga to'xtalish mumkin.

5. O‘tmishda A, bugun esa B – “Vaqt orqali solishtirish”
Deyarli har qanday mavzuga zamonaviy yondashuv olib kira oladigan qurilma. Masalan, kasb tanlash o‘tmishda ota-ona tanlovi odatiy edi, bugun esa ko‘proq yoshlarga quloq solinmoqda.

6. A yoki B emas, A va B kerak – “Ziddiyatdan muvozanatga”
Bu qurilma yordamida xulosa yoki yechim qismida muvozanatli pozitsiyangizni ko‘rsata olasiz. Masalan, nazariya yoki amaliyot emas – ikkisining uyg‘unligi zarur.

7. Ko‘pchilik A deb o‘ylaydi, lekin aslida B – “Stereotipni buzish”
Bu qurilmadan fikr yo'nalishini o'zgartirishda ishlatishingiz mumkin. Yana foydali tomoni shundaki, fikringizdagi kontrast aniq ko'rinadi, kontrastli fikrlar esa essening bezagi.

Eslatma: bu tayyor qolip emas. Bu qurilmalardan o'z yo'nalishingizda boshi berk ko'chaga kirib qolganingizda vaziyatdan chiqish uchun foydalanishingiz mumkin.


Tavsiya: bu qurilmalarni imtihonga qadar mashq qilish tavsiya etiladi. Tayyorligicha yodlab olib, imtihonda ishlata olmaysiz. Buni o'zlashtirish va o'zingizniki qilish uchun 3-4 esseda sinab ko'rishingiz kerak.


@rustamov_edu
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍12❤‍🔥1🏆1
👍 2 seriyali bo'lajak milliy sertifikat imtihonlari bo'yicha savollaringiz bo'lsa, ertaga 16:00 da BMBA telegram kanalida tashkil etiladigan ovozli chatda qatnashib, javob olishingiz mumkin.

Ovozli chat uchun havola 👇
https://t.iss.one/BaholashUz/7475

@rustamov_edu
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍4🏆2
👍 Sun'iy intellekt orqali tekshirilgan esse namunasi 👇🏻
O'qib ko'ring, sizning fikringiz qanday: sun'iy intellekt bergan ball haqlimi yoki yo'q?


Mavzu: Ko’pgina pedagoglar bola tarbiyasida mashhur tarixiy shaxslarni namuna sifatida ko’rsatishadi. Ayrimlar esa tarixiy shaxslardan ko’ra ayni zamonning mashhur ishbilarmon shaxslarini namuna qilib ko’rsatishni ma’qul ko’rishadi.

Umr yo’lidagi har bir bekat insonni tajribali, muvaffaqiyatli bo’lishiga, uni komillikka tomon borishiga ko’maklashadi. Zero, inson hayoti davomida maktab deb atalmish bekatga bir marta to’xtab o’tadi va bu yerda olgan tarbiyasi, bilimi va tajribasi uning keyingi yo’nalishini aniqlab beradi. Avvaldan belgilab qo’yilgan oxirgi manzilimizga qay yo’sinda yetib olishni ko’rsatib beruvchi vosita – tarbiyani kimlardan o’rnak olgan holda o’rganish ma’qul?

“Moziyga qarab ish ko’rmoq xayrlidir”. Tarix –biz uchun ibrat, o’rnak olish mumkin bo’lgan shohbekat. Ayniqsa, yosh avlodning tarbiyasida tarixdagi ajdodlarimizning qilgan buyuk ishlaridan o’rnak, yo’l qo’ygan xato-kamchiliklaridan ibrat sifatida foydalananish bir muncha samarali yo’l hisoblanadi. Nazdimda, ularning hayot tajribalari, yozib qoldirgan buyuk ilmiy xazinalari farzandlarimiz yo'lini yo'lchi yulduzdek yoritib beradi.

Bu masala yuzasidan ikkinchi tomonning fikri esa biroz boshqacharoq. “Inson yuz marta eshitgandan, bir marta ko’rgani afzal”, qabilidagi mulohazaga tayanib, tarixning ajoyibotlari bilan emas, bugunning haqiqatlari bilan namuna, o’rnak ko’rsatish tarbiya berishning samarali usuli deb hisoblashmoqda. Negaki, bolaga biror ishni bajarishda buyruq emas, namuna tezroq ta’sir etishini psixologlar ham ko’p bora ta’kidlashadi. Fikrimcha, zamonaviy pedagogikaning bugungi kun bilan hamnafas bo’lishi ta’lim darajasini oshirishga xizmat qiladi.

Tarozi pallalarini tenglashtiradigan fikrlar bilan yozma ishimizni yakunlaymiz: tarbiya – insonga o’zini, o’zligini anglash uchun beriladigan ilohiy ne’mat, shunday ekan, bu ne’matning berilish uslubi ham avvaldan belgilangan. Tarix ham, bugun ham hayot yo’limizdagi bekatlardir va bularning har birida to’xtab, keyingi yo’nalishni to’g’ri belgilay olsak bas!

Javlonbek Rustamjonov

@rustamov_edu
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍8🏆1
👍 Bu esa sun'iy intellektning har bir mezon bo'yicha baholari va izohlari:

Albatta! Quyida siz yuborgan esseni Ona tili va adabiyot fanidan yozma ishni baholash mezonlari asosida bandma-band tahlil qilaman. Har bir mezon maksimal 2 ball, jami 24 ball. Har band uchun izohlar beriladi va yakunda aniq yakuniy ball chiqariladi.

📝 Essening qisqacha mazmuni:
Muallif tarbiya berishda tarixiy shaxslar va zamonaviy ishbilarmonlar o‘rtasida qarama-qarshi qarashlarni muhokama qiladi. Har ikki fikrga e’tibor qaratilgan, so‘ng esa har ikkisini uyg‘unlashtiruvchi umumiy pozitsiya bildirilgan.

📊 Bandma-band baholash
1. Publitsistik uslubga moslik — 2 ball
Izoh:
Esseda jamiyatga murojaat ruhida, mulohazali ohangda yozilgan fikrlar mavjud. Til jiddiy, badiiylik me’yorda. Publitsistik uslubga to‘liq mos.

2. Qarashlar va shaxsiy fikr yoritilishi — 2 ball
Izoh:
Ikki pozitsiya aniq ifodalangan:
Tarixiy shaxslardan o‘rnak olish,
Bugungi mashhurlarni ko‘rsatish.
Muallif esa har ikkalasini “yo‘lning bekati” deb ifodalaydi – bu o‘ziga xos shaxsiy fikrdir.

3. Dalillar bilan asoslash — 1.5 ball
Izoh:
Fikrlar dalillangan, lekin asosiy dalillar fikr doirasida qolgani uchun 0.5 ball tushadi.
Masalan, “psixologlar aytadi” deyilgan, ammo aniq iqtibos yoki misol keltirilmagan.
Dalillar umumiy, lekin mavzuga mos.

4. Matn tuzilishi (kirish, asosiy qism, xulosa) — 2 ball
Izoh:
Kirish – betakror va falsafiy: “Hayot yo‘lidagi bekatlar...”
Asosiy qism – ikkita asosiy pozitsiya va izohlari
Xulosa – kuchli umumlashtirish
Tuzilma aniq va puxta.

5. Mantiqiy tuzilish va abzaslar — 2 ball
Izoh:
Matn abzaslarga to‘g‘ri bo‘lingan, har biri alohida fikrni o‘z ichiga olgan. O‘tishlar silliq.

6. Mantiqiy izchillik, takror yo‘qligi — 2 ball
Izoh:
Fikrlar izchil, takrorlanmaydi. Har abzas yangi fikr olib kiradi.

7. Imlo xatolari (orfografiya) — 1.5 ball
Izoh:
Quyidagi xatoliklar mavjud:
“foydalananish” → “foydalanish”
“yo’lchi yulduzdek” → bu o‘rinli, lekin tarjima ohangida.
“moziyga qarab ish ko‘rmoq” – maqol, ammo tirnoqda berilmagan.
Imlo xatolari ko‘p emas, lekin aniqlik talab etiladi.

8. Punktuatsiya xatolari (tinish belgilari) — 1.5 ball
Izoh:
Ko‘plab verguldan keyin bo‘shliq yo‘q, yoki nuqta o‘rnida vergul keltirilgan. Masalan:
“Tarix –biz uchun ibrat,” → “Tarix – biz uchun ibrat,”
“deyilgan, ammo” → verguldan keyin bo‘shliq kerak.

9. Qo‘shimchalar bilan bog‘liq xatolar — 2 ball
Izoh:
Qo‘shimchalar to‘g‘ri, zamon, shaxs va egalik qo‘shimchalari yaxshi qo‘llangan. Grammatik jihatdan to‘g‘ri.

10. So‘z qo‘llashdagi uslubiy xatolar — 1.5 ball
Izoh:
“Tarixning ajoyibotlari bilan emas...” – bu ibora mavhum va biroz chalkash.
Shuningdek, “bekat”, “vosita” so‘zlari ko‘p ishlatilgan, lekin ba’zida mantiqan og‘irlik beradi. 1–2 o‘rinda aniqlik yo‘q.

11. Lug‘at boyligi va ifodalilik — 2 ball
Izoh:
“Hayot yo‘lidagi bekat”, “yo‘lchi yulduzdek”, “tarbiya ilohiy ne’mat” – bular ta’sirchan, obrazli iboralar. Til boyligi yuqori.

12. Adabiy til me’yori (sheva, jargon, parazit so‘zlar) — 2 ball
Izoh:
Til adabiy. Hech qanday jargon, og‘zaki tildan o‘tgan ibora, parazit so‘z yo‘q.

Jami ball: 22 / 24
📘 Yakuniy baho va tavsiya:

Bu esse mazmunan chuqur, ifodaviy jihatdan boy, fikrga asoslangan mukammal yozma ishdir. Muallifning falsafiy kirish va kuchli xulosa yozishi, mavzuni estetik tilda bayon qilishi alohida e’tiborga loyiq.

🔻 Kamchiliklar:
Dalillarning aniq manbasi yo‘q (psixologlar, zamonaviy misollar iqtibossiz),
Imlo va punktuatsiyada kichik e’tiborsizliklar bor.

🎯 Yakuniy baho: 22 / 24 ball – Yuqori darajadagi yozma ish



@rustamov_edu
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍10🏆31
👍 Assalomu alaykum, xayrli tong barchaga!

Bugun 9-aprel buyuk sarkarda va sohibqiron Ami Temur tavallud topgan kun.

@rustamov_edu
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍7
ProEducation | O'zbek tili
👍 2 seriyali bo'lajak milliy sertifikat imtihonlari bo'yicha savollaringiz bo'lsa, ertaga 16:00 da BMBA telegram kanalida tashkil etiladigan ovozli chatda qatnashib, javob olishingiz mumkin. Ovozli chat uchun havola 👇 https://t.iss.one/BaholashUz/7475 @rustamov_edu
👍 Milliy sertifikat imtihoni sanasi o'zgarishi ortidan ko'pchilikda bu bilan bog'liq noqulayliklar yuzaga keldi va to'lovni qaytarish haqida o'ylab qolishdi. Menga ham ko'p o'qituvchilar vaqt muammo bo'lib qolishi sababli imtihonda qatnashmaslik fikriga kelgani va to'lovni qanday qaytarib olish mumkinligi haqida savollar bera boshlashdi.

To'g'risi, bilmayman. Chunki ruxsatnomalar allaqachon chiqib bo'ldi, siz uchun o'zingiz tanlagan hududda joy band qilib qo'yilgan. Agar qatnashishdan bosh tortib imtihonga bormasangiz, ko'p ehtimol to'lovingiz qaytarilmaydi. Lekin ko'pchilik e'tiroz bilan chiqsa, balki qaytarishar.

Shu kabi savollar bilan bugun 16:00da BMBA telegram kanalida bo'lib o'tadigan ovozli chatda qatnashishingiz va savollaringizga mutaxassislardan javob olishingiz mumkin.

@rustamov_edu
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍3
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
👍5🔥1
👍 Qaysi biri to'g'ri yozilgan?
Anonymous Quiz
60%
saylgoh
40%
sayilgoh
🏆21
👍 Qaysi biri to'g'ri yozilgan?
Anonymous Quiz
39%
xalal bermoq
61%
halal bermoq
👍2🏆1
👍 Assalomu alaykum, xayrli tong!

Bugun 10-aprel, sertifikat imtihonining 1-seriyasiga 2 kun vaqt qoldi. Oramizda kimlar shu kuni imtihonga kiradi?

@rustamov_edu
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍8🤓2
👍 Qaysi variant to'g'ri?

@rustamov_edu
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍10🏆1
👍 12-13-aprel kunlari imtihonga kiruvchilar, vaqt taqsimoti va esse ustida ishlash uchun sizlarda hali ham vaqt bor. Quyida ayni shu mavzularda kanalga joylagan maqolalarimni ilova qilaman. Tanishib chiqishingiz mumkin:

Imtihonda vaqt taqsimoti
Fikr "muzlab qolmasligiga" qarshi ko'rsatmalar

@rustamov_edu
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍6🏆1
👍 Qaysi biri to'g'ri yozilgan?
Anonymous Quiz
88%
dimog'dor
12%
dimoqdor
👍5🎉2🏆1
👍 Qaysi javob to'g'ri?

@rustamov_edu
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍4🏆1
👍 Qaysi javob toʻgʻri?

@rustamov_edu
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍2
👍 Qaysi biri toʻgʻri yozilgan?
Anonymous Quiz
28%
Shavqat
72%
Shafqat
🎉3👍2
👍 12-13-aprel kuni Milliy sertifikat imtihoniga kiruvchilar uchun tavsiyalar

Imtihon yaqin, vaqt kam qoldi. Asablar tarang. Har xil fikrlar sabab vahima kuchayyapti. Shunday vaziyatda imtihondan oldin va imtihon vaqtida sizga kerak bo'ladigan tavsiyalar bilan bo'lishmoqchiman. Saqlab qo'ying, albatta, kerak bo'ladi:

1. Asosiy narsalar(pasport, ruxsatnomalar)ni oldindan tayyorlab qo'ying. Shoshilinchda esdan chiqib, noxush vaziyatga tushib qolmaysiz.

2. Uyqu eng muhimi
Imtihon vaqtida miya muzlab qolmasligi uchun bosimni kamaytiring va uxlang. O'tgan 2-3 oy davomida kunlik bosim bilan miyani tonusda ushlab keldingiz. Tiniqib uxlang va miyani qayta tiklanishiga yordam bering.

3. Vaqtni to‘g‘ri taqsimlash rejasini yodda tuting
150 daqiqa – buni quyidagicha bo‘lib oling:
Grammatik testlar – 35 daqiqa
Badiiy matn – 10 daqiqa
Ilmiy matn – 15 daqiqa
G‘azal tahlili – 25 daqiqa
Esse – 65 daqiqa

4. Savollarni ohang bilan o‘qing
Shoshilmang. Ba’zi savollarda chalg'ituvchi so'zlar yoki qo'shimchalar qo'llangan bo'lishi mumkin. Oxirigacha o‘qimay variant belgilash – eng katta xato. Vaqtdan yutaman deb baldan yutqazib qo'ymang.

5. "To‘g‘ri tuyulgan javob"ga emas, qoidaga asoslaning
Ko‘p hollarda sizni chalg‘itadigan variant aynan “to‘g‘ridek tuyulgan” bo‘ladi. Shubhalansangiz, qoidani eslang. Bilmasangiz, oldinga o‘ting, yodingizga tushganda qaytib kelasiz.

6. Imtihon zalida o‘zingizga ishonchni yo‘qotmang
Kimdir tez ishlashi, kimdir qog‘ozni qarsillatib burishi – sizga aloqasi yo‘q. Siz o‘zingiz uchun kirdingiz, o‘zingiz uchun kurashyapsiz.

Eng muhimi ruhiy tetiklik. Chuqur-chuqur nafas oling, yaxshi bo'lishiga ishoning. Harakat qilganingiz va nima uchundir kurashayotganingizning o'zi sizga katta kuch beradi. Harakatsiz joyida qotib qolganlardan farqli ravishda siz harakatdasiz!

Kimgadir isbotlash uchun emas, o'zingizga isbotlash uchun imtihonga kirayotganingizni anglab yetish sizni barcha bosimlardan xalos qiladi.


Ushbu tavsiyalarga amal qilgan holda keyingi ikki kunni ruhiy tetik bo'lish uchun yaxshi o'tkazishga harakat qiling.
Omad. Siz eng yaxshisiga loyiqsiz!

Hurmat bilan Javlonbek Rustamjonov

@rustamov_edu
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
111❤‍🔥10👍6🔥3🕊2🏆2
👍 Assalomu alaykum, barchaga xayrli tong!

@rustamov_edu
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍5
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍9
#munosabat

👍 Sizga ham shunday tuyilyaptimi: ayrimlar imtihonni lotereyaga aylantirib yuborishayotgandek?!

“Imtihonda tushish ehtimoli bor esse mavzulari"
“Imtihonda tushish ehtimoli bor g'azal namunalari"

Mutlaqo shaxsiy fikrim:
1. BMBA test topshiriqlari masalasida yopiq siyosat yuritadi. Bu akademik halollikni saqlaydi. Shundagina siz bu tizimga ishongan holda to'lov qilib, tanlovda qatnashasiz. Bu kabi taxminlarni keltirish uchun qaysidir manbaga asoslanasiz, lekin manba bitta-ku.
Shunda:
- bu kabi kanal yurituvchilari yoki repetitorlarning shu manbaga asoslanish uchun "ichkari" bilan aloqasi bor;
- yoki ular hamma imtihon tashvishida yurganida vahima ko'tarish orqali kanal auditoriyasini kengaytirishga harakat qilishmoqda.

Birinchi holatga ko'ra, repetitor "mening asosim bor, yolg'on ma'lumot tarqatmadim" desa, g'irrom o'yin qilmoqda, ikkinchi holatda esa yolg'on ishlatmoqda.

2. Bu kabi "ehtimollar nazariyasi" tayyorgarlik ko'ruvchilarda vahimani battar oshiradi: tushmay qolsa-chi degan shubha tayyorlanish uchun imkon bermaydi. Imtihon uchun tayyorgarlik ko'rishda bir yoki bir nechta essegagina qarab tayyorlanish mustaqil fikrlashni o'ldiradi.

3. Shunday ehtimollarni keltirishda kanal egalari qo'rqmasmikan, dersiz, mening javobim yo'q. Chunki ular "tushsa, yaxshi, tushmasa, bu shunchaki taxmin edi" kabi vaziyatdan chiqib ketish yo'llari mavjud. Shuning uchun hech kim ularning yoqasidan ololmaydi.

Yechim (shaxsiy fikrlarim asosida)

Bozor erkin qo'yilsa, raqobat hammani o'z joyiga tushirib qo'yadi. Aytmoqchimanki, test oluvchi va sertifikat beruvchi tashkilot yagonaligi va uning davlat nazoratida ekanligi orqasidan shunday vaziyatlar bo'laveradi. Xohlasa, imtihon kunini o'zgartirishadi, xohlasa, imtihon savollari tashqarida tarqalib yurishiga yo'l qo'yib beradi. Yechim bitta: xususiy sektorga imtihon olish va sertifikat berishga ruxsat berish. Mana shu raqobat asosida ozgina bo'lsa-da, vaziyat o'zgaradi. Aytarsiz, xususiy sektorda sertifikat sotib olish, test sizdirilishi bo'lmaydimi deb, agar bu jarayonga davlat tashkiloti aralashmasa, bo'lmaydi.

Bu postni yozishdan maqsadimni aytib o'tsam:
Bu hech qanday ichi kuyish yoki ichi qoralik emas. Men tizim noto'g'ri ishlayotganini bildim va o'z blogimda buni ulashdim. Agar bu xabar yuqorida aytilgan ishlarni qilganlarga yetib borsa va bu ularning jahlini chiqarsa, demak, post manziliga yetib borgan. G'irrom o'yin qilmay, halol tayyorgarlik ko'rganlar bilan halol kurashing. Imtihonni lotereyaga aylantirmang.

Agar bu gaplar kor qilmay o'zingizni oqlashda davom etsangiz, omadingizni bersin!

Hurmat bilan Javlonbek Rustamjonov

@rustamov_edu
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍281