👍4
Bugun imtihonga kiruvchilarga omad. Siz eplaysiz, siz eng yaxshi natijaga loyiqsiz. Qoʻrqmang, hayajonni unuting. Hammasi yaxshi boʻladi.
@rustamov_edu
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡14❤🔥4
Ha, bugungi kun insoniyat birinchi bor kosmosga qadam qoʻygan kun va mening tugʻilgan kunim sifatida tarixi yozilgan kun 😁
Oʻzimga yuqori baho berishdek tuyilishi mumkin: men oʻz hayotimning buyuk quruvchisiman. 22 yilni toʻldirib, 23 ga oʻtdim. Tugʻilgan kunni yangi yildan keyingi sarhisob kuni deb ham hisoblash mumkin. Oʻtgan kunlar yaxshi xotiralar bilan esda qoladi. Keyingi yillar esa yaxshi maqsad va muvaffaqiyatlar bilan meni kutib turibdi 🥳👑
@rustamov_edu
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🎉26👍1
Xullas, kechagi suhbat vaqti, tabiiyki, mening yoshim soʻraldi va 23 ga oʻtishimni aytganimdan soʻng yuqoridagi suratda mendan oʻng tomonda turgan hamkasbim meksikalik Mr Gabo “sen ertaga tugʻilgan kuning uchun sovgʻa sifatida oʻyinchoqlar qabul qilib olsang kerak” deb hazil qildi va birozdan keyin xonasidan shunday ikkita oʻyinchoq olib chiqib sovgʻa qildi 😁
Shundan keyin hamma 23 yoshida qayerda boʻlgani va oʻsha yoshdagi suratlarini koʻrsatishga tushib ketdi: ayrimlar universitetda, ayrimlar endigina magistraturani boshlagani, yana kimdir yangi ishga joylashganini aytib, xotiralarini boʻlishdi.
Bir tatar hamkasbim esa 23 yoshida davlat maktabida ish boshlagani va mening hozirda xalqaro maktabda ishlayotganim oʻz yoshim uchun katta yutuq va tajriba ekanini aytib ruhlantirdi.
Soʻnggi nutq sifatida tabrik aytgan fransuz hamkasbim esa hayotimning har daqiqasidam bahra olib yashashim kerakligini aytib, maslahat berdi.
Bu postdan maqsad:
23, 25, 30. Biz uchun bu yosh xuddiki qarilik belgisi boʻlib borayapti. Universitetni endigina bitirgan boladan hokim boʻlishi shartdek bosim beriladi. Shu vaqt, shu umr hammaga beriladi, lekin imkoniyatlar taqsimoti har xil. Kimdadir erta, kimdadir kech!
@rustamov_edu
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤🔥15👍8🔥3👏1
Bugun imtihonga kiruvchilarga omad. Siz eplaysiz, siz eng yaxshi natijaga loyiqsiz. Qoʻrqmang, hayajonni unuting. Hammasi yaxshi boʻladi.
@rustamov_edu
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍9❤🔥4
10 km zabt etildi 💪🏻
Bugun Invento xalqaro maktabi “International Tashkent Marathon VII” da ishtirok etdi.
@rustamov_edu
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥6👍4⚡2🏆1
ProEducation | O'zbek tili
#munosabat 👍 Sizga ham shunday tuyilyaptimi: ayrimlar imtihonni lotereyaga aylantirib yuborishayotgandek?! “Imtihonda tushish ehtimoli bor esse mavzulari" “Imtihonda tushish ehtimoli bor g'azal namunalari" Mutlaqo shaxsiy fikrim: 1. BMBA test topshiriqlari…
Men imtihonda qatnashmadim, u yerda boʻlgan voqealarni oʻz koʻzim bilan koʻrmaganim uchun aniq bir xulosa aytolmayman. Lekin ichki xotirjamlikni saqlang, halol kurashsangiz, yutqazmaysiz.
Sertifikat natijalar umumiy boʻladi. Bu musobaqa emas, 1- yoki 2-deb oʻrin belgilanmaydi. Shuning uchun xavotirga oʻrin yoʻq. Siz jamgʻargan balingizga qarab ustama olasiz. Xohlashsa, oʻtgan yilgi natijalar bilan qoʻshib tekshirsa ham, sizning balingiz oʻsha.
Bu imtihonga kirib chiqqanlarga ham, endi kiradiganlarga ham tegishli: ichki xotirjamlik eng muhimi. Gʻirrom yoʻlga oʻtmang, tatimaydi.
@rustamov_edu
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍9⚡1
Sizga hozirdan aytishim mumkin: bir davlat tashkiloti boshqasini shunday vaziyatda qoʻllab yuboradi. Ya’ni xuddi attestatsiyada boʻlgani kabi sertifikat imtihonlariga kirishda ham majburiylik tusi beriladi va maktab oʻquv boʻlimi boshliqlari va direktorlar oʻqituvchilardan sertifikat olishni qat’iy talab qilishadi.
Ha azizlar, biz qayerdaligimizni unutib qoʻymaylik. Bu hali holva!
@rustamov_edu
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
😢10👍6🔥4💯1
Ba’zi hollarda esse umuman tekshirilmaydi – mazmuni baholanmasdan, avtomatik tarzda belgilangan ball beriladi. Mezon bo‘yicha quyidagi uchta holatda Davlat test markazi essega faqat 2 ball qo‘yadi, batafsil tekshiruv o‘tkazilmaydi:
• Mavzudan chetga chiqqan holda yozilsa. Talabgor umuman boshqa mavzuda yoki berilgan vaziyatdan mutlaqo farqli mazmunda esse yozib topshirgan bo‘lsa, bunday ish mavzuga mos emas deb topiladi va mazmuni tekshirilmaydi. Natijada avtomatik tarzda minimal bal – faqat 2 ball beriladi.
• Hajmi 100 so‘zdan kam bo‘lsa. Essening umumiy hajmi belgilangan minimal miqdordan (100 ta so‘zdan) kichik bo‘lsa, bu ish talab qilingan hajmni bajarmagan hisoblanadi. Bunday holatda ham esse ko‘rib chiqilmaydi va 2 ball bilan baholanadi.
• Ko‘chirma (plagiat) bo‘lsa. Agar yozilgan esse matni boshqa manbadan (kitob, internet, oldingi namunalar) ko‘chirilgani aniqlansa, ya’ni muallifning o‘ziga tegishli emasligi ma’lum bo‘lsa, unday ish müstakil ish deb topilmaydi. Natijada tekshiruvchi bu esseni baholamaydi va unga 2 ball qo‘yadi.
Eslatma: Agar esse umuman yozilmagan bo‘lsa, ya’ni talabgor bo‘sh qoldirgan bo‘lsa, bu ish uchun 0 ball beriladi. Shuning uchun, hattoki kam so‘z yozilgan taqdirda ham, hech narsa yozmaslikdan ko‘ra minimal talablarga javob berishga intilish lozim.
@rustamov_edu
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍5
Natijada imtihonga tayyorlovchi va "ehtimollar nazariyasi"dan foydalanmaydigan boshqa repetitor-o'qituvchilar o'quvchilarini ilmiy tomondan emas, ruhiy tomondan tayyorlashga majbur bo'ladi.
Kulgimni keltirgan holat: shu kabi ehtimollarni tarqatib oldindan g'irromlik qilganlar esa imtihondan keyin u aytgan g'azal va esse namunasi tushganidan faxrlanishidir. O'quvchilari istalgan mavzuda yoza olmasligidan qo'rqib, shunday harakatlar qilisharmikin yo men bilmagan boshqa sabablar bormi?
Ichimda qolib ketsa, butun ta'lim tizimidan nafratlanib ketyapman. Mana shunday postlar orqali sizlarga shuni yetkazmoqchimanki, boringizni tikib bu imtihonga tayyorlansangiz, oxirida ayrim ustamonlarning ustamonliklari sabab ustamaga ega chiqolmasangiz, voz kechganlaringiz hisobidan ham 2 karra bosimga uchraysiz. Ustama hayot-mamot masalasi bo'lib qolmasin!
@rustamov_edu
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍13💯2
O'qib ko'ring, sizning fikringiz qanday: sun'iy intellekt bergan ball haqlimi yoki yo'q?
Mavzu: Mamlakatimizda daraxtkushlik yil sayin kuchayib bormoqda. Jamiyat faollari bu holatga chek qo’yilmasa, yurt ekologiyasi juda yomon ahvolga kelib qolishidan ogohlantirmoqda.
Jamiyatda hech bir inson keraksiz bo’lib qolmaganidek, hayotimizda ro’y berayotgan jarayonlarga ham mutlaqo zararli deb qarash xato. Biroq dastlab manfaatli maqsadlarni ko’zlagan holda boshlangan bu ish keyinchalik e’tiborsizlik va egoizm sabab insoniyat onasi – ekologiyaning jabrlanishiga olib keldi. Bu holatda qanday qilib ekotizimga zarar bermagan holda inson o’z ehtiyojlarini qondira olishi mumkin?
Inson borki, unga qarashli bo’lgan narsalardan beso’roq foydalanishgani uchun jahli chiqadi. Biroq uni yana-da “portlatib yuboradigan” holat esa foydalanilgan narsaning o’z o’rniga qo’yilmaganidir. Ekologiya ham jonli tanadek, undagi tog’-u bog’, qir-u adirlar uning tana a’zolari hisoblanadi. Undagi barcha narsa tabiatga qarashli. Biror davr yo’qki, insoniyat tabiatdan o’zi bajarmoqchi bo’lgan ishlari uchun ijozat so’ragan bo’lsa. Xususan, o’z maqsadlarini ko’zlab tabiatning bir qismi (asosiy qismi) bo’lgan daraxtlarni kesish ham uning ijozatisiz bo’lgan. Lekin bugunga kelib uning “portlashiga” bu jihat emas, balki daraxtlarning o’rniga qo’yilmayotgani sabab bo’lmoqda. “Birni kessang, o’nni ek” qabilidagi gaplar esa uzoq tarixning go’zal hikmatlariga aylanib qoldi, xolos. Jahl chiqishi aqlning unutilishiga olib kelishini inson juda yaxshi biladi, biroq uning o’zi ekologiyaning jahlini yildan yilga ko’proq chiqarmoqda va u har safar “aqlini esdan chiqarganda” oqibatlari yillarga “tatimoqda”.
Alloh shunday chevar zotki, dunyodagi har bir elementga: xoh inson, xoh tabiat bo’lsin, cheklangan umr bergan. Va yana shuni aytganki, bu olamdagi har bir narsa inson ehtiyoji uchun xizmat qiladi. Qaysidir ma’noda, daraxtlar ham inson ehtiyojining bir qismini qoplash uchun yaratilgan. Lekin ba’zida inson o’zining ikkilamchi talablari sabab birlamchi ehtiyojlarini unutib qo’yadi. Daraxtlar aynan bizning birlamchi ehtiyoj – nafas olishimiz uchun qulay sharoit yaratib beradi. Ularning saqlab qolinishi, dunyoning yashilliklari ko’payishi esa hozirgi muammolarning bevosita yechimi bo’la oladi.
Inson mohiyatni anglamaguncha, o’zi qilayotgan xato ishini to’xtata olmaydi. Ekotizim bizning atrofimizni nima uchun o’rab turgani tushunib yetmasa, uning daraxtga qiron keltirishini hech bir qonun to’xtatib qololmaydi.
Javlonbek Rustamjonov
@rustamov_edu
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍6